cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

"Aviatsiya Yoshlari"✈️

Toshkent Davlat Transport Universiteti Aviatsiya Transporti Muhandisligi Fakulteti | Matbuot xizmati telegram kanali. Savollar va murojaatlar uchun: @AviatsiyaTMF_bot

Show more
Advertising posts
1 343
Subscribers
-424 hours
+277 days
+3630 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Repost from Uzbekistan Airways
🇺🇿Bundan roppa-rosa yuz yil muqaddam O‘zbekiston osmonga ilk qadamlarini qo‘ydi! 1924-yil 12-mayda “Junkers R-13” havo kemasida Toshkent – Pishpek – Olmaota yoʻnalishi bo‘yicha birinchi yo‘lovchi aviaqatnovi amalga oshirildi. Ushbu voqea O‘zbekistonda fuqaro aviatsiyasi rivojlanishining boshlanishi bo‘ldi. O‘z hayotini osmonsiz tasavvur qila olmaydigan barchani ushbu muhim sana bilan tabriklaymiz. Biz faxriylarga, aviatsiya sohasining rivojlanishida boshida turgan, yangi turdagi havo kemalarini o'zlashtirgan, aeroportlar, uchish-qo'nish yo'laklarini qurgan, navigatsiya tizimini yo‘lga qo‘yilishini ta'minlagan va aviatorlarning yangi avlodiga ishongan har bir insonga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz. 🇷🇺Ровно сто лет назад Узбекистан совершил первые шаги в небо! 12 мая 1924 года был выполнен первый пассажирский рейс по маршруту Ташкент – Пишпек – Алма-Ата на самолете «Юнкерc P-13». Это событие ознаменовало собой начало развития гражданской авиации в Узбекистане. Поздравляем со знаменательной датой всех, кто не может представить свою жизнь без неба. Выражаем слова благодарности ветеранам, всем, кто стоял у истоков, осваивал новые типы воздушных судов, строил аэропорты, взлетно-посадочные полосы, обеспечивал наладку навигационной системы и верил в новое поколение авиаторов. #uzbekistanairways
Show all...
👍 7 4👏 2
Toshkent davlat transport universitetida “Talaba fest” innovatsion ishlanmalar koʻrgazmasi boʻlib oʻtdi Universitet rasmiy sahifalari: TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News
Show all...
👍 2👏 2
Repost from Uzbekistan Airways
🇺🇿Bizning aviaparkimiz Airbus A320 oilasining 24-havo kemasi bilan to‘ldirildi! Bugun, 8-may kuni biz katta oilamizga UK32029 ro‘yxatga olish raqamiga ega yana bir Airbus A320neoni qabul qilib oldik. Tez orada havo kemasi ikki sinfli tartibda 170 nafargacha yo‘lovchini tashishni boshlaydi, bu esa odamlarni bir-biriga yaqinlashtiradi va masofalarni qisqartiradi. Biz bilan Markaziy Osiyo qanotlarida sayohat qiling! 🇷🇺Наш самолётный парк пополнился 24-м воздушным судном семейства Airbus A320! Сегодня, 8 мая, мы приняли в нашу большую семью еще один Airbus A320neo с регистрационным номером UK32029. В скором времени самолет начнет перевозить до 170 пассажиров в двуклассовой компоновке, сближая людей и делая расстояния короче. Путешествуйте с нами на Крыльях Центральной Азии! #uzbekistanairways
Show all...
👍 7💯 1
Repost from UZBEKISTAN AIRPORTS
"Uzbekistan Airports" 2024-yilning birinchi choragi yakunlarini sarhisob qildi Joriy yilning birinchi choragida oʻtgan yilning shu davriga nisbatan Oʻzbekiston aeroportlari asosiy koʻrsatkichlar – yoʻlovchi va yuklarni tashish, xizmat koʻrsatilgan reyslar soni boʻyicha qariyb 50%ga oʻsishni koʻrsatmoqda. Jumladan, joriy yilning dastlabki uch oyida respublika xalqaro aeroportlari tomonidan 25 360 ta reysga xizmat koʻrsatilgan, shundan 8 022 tasi ichki, 17 338 tasi esa xalqaro yo‘nalishlarga toʻgʻri kelmoqda. O‘tgan yilga nisbatan o‘sish 40% tashkil etdi. Shuningdek, parvozlarning umumiy sonidan rezident aviakompaniyalar tomonidan 16 597 ta va norezident aviakompaniyalar tomonidan 8 763 ta reys amalga oshirildi. Yanvar-mart oylari davomida O‘zbekiston aeroportlari 3 130 386 nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatgan. Jumladan, ichki reyslarda 762 435 nafar, xalqaro reyslarda 2 367 951 nafar yo‘lovchi. 2023-yilning shu davriga nisbatan o‘sish 42% tashkil etdi. Shuningdek, 2024-yilning birinchi choragida 17126 tonna yuk va pochta jo‘natmalariga xizmat ko‘rsatildi, bu o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan 6% ga ko‘proq. Web-site | Facebook | Instagram | Telegram | X | IOS/Android
Show all...

1
#Aviatsiya #Xotira_va_qadrlash_kuni Aviatsiya transporti muhandisligi fakulteti talaba-yoshlari ehtiyojmand nuroniylar holidsan xabar olishdi. Yurtimizda bo'lib o'tgan "9-may Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan Aviatsiya TM fakultetining bir guruh fidoiy talaba-yoshlari Toshkent shahri Mirobod tumanida istiqomat qiluvchi extiyojmand nuroniy otaxon xolidan xabar olishdi. Uchrashuv davomida otaxonga uzoq umr, sihat-salomatlik tilangan holda otaxon istiqomat qilayotgan xonadondagi mavjud kamchiliklarga talabalar tomonidan yordam berildi. https://t.me/Aviakosmik_Texnologiyalar
Show all...
👍 8 1
Transport vaziri stipendiyasi sovrindorlari taqdirlandi 👉 Batafsil Universitet rasmiy sahifalari: TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News
Show all...
👍 7
Repost from TDTrU_online
#xotira_kuni 📌 "Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan rasm chizish tanlovi o'tazildi. Natijalar quyidagicha bo'ldi: 🥇 Aviatsiya transporti muhandisligi fakulteti talabasi Minajatdinova Zaynab Islambek qizi; 🥈 Aviatsiya transporti muhandisligi fakulteti talabasi G‘ofurov Mirzohid Ilhomjon o‘g‘li; 🥉 Aviatsiya transporti muhandisligi fakulteti talabasi Xusanov Shoxrux Fozilovich. Telegram | Facebook | Web-sayt | Instagram | YouTube
Show all...
👍 7😢 2
E'LON Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zMU HARBIY TAYYORGARLIK O'QUV MARKAZIga o‘qish uchun hujjat topshirgan Aviatsiya transporti muhandisligi fakulteti 2-bosqich talabalari DIQQATIGA!!! Yuqorida saralash tanlovida qatnashayotgan talabalardan test sinovlarini topshirish uchun jalb qilinadiganlar ro'yxati keltirib o'tilgan. Yuqorida nomi keltirilgan talabalar quyidagi muddatda O'zbekiston Milliy universiteti Harbiy tayyorgarlik o'quv markaziga test sinovlaridan o'tish uchun borishlar so'raladi.! Test sinovlaridan o'tish muddati: 11-may soat 8:00da Manzil:O‘zbekiston Milliy universiteti Harbiy tayyorgarlik o‘quv markazi (orientir: Beruniy metrosi). Manzil geolokatsiyasi: https://maps.app.goo.gl/N9h2yHxBXhjg2gkm9 Murojaat uchun: +998934960699 Telegram: @doniyor_304 (Doniyor Xaydarov) Diqqat har bir talabada o'zi bilan passport yoki ID karta bo'lishi shart! P.S.: Talabaning shaxsini tasdiqlovchi hujjati (passport) bo'lmasa imtihon jarayonlariga kiritilmaydi. https://t.me/Aviakosmik_Texnologiyalar
Show all...
👍 3🔥 1
#Aviatsiya #Xotira_va_qadrlash_kuni 9-may “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan faxriylar holidan xabar olindi. Aviatsiya transporti muhandisligi fakulteti jamoasi tomonidan 9-may “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan fakultetda uzoq yillar davomida faoliyat olib borgan hamda fakultetning rivoji uchun o’zining bor bilim va malakalarini sarflagan bir guruh faxriylar holidan xabar olindi. Uchrashuvlar davomida faxriy ustozlarimizga mutasaddilar tomonida uzoq umr va sihat-salomatlik tilanib soha rivoji uchun qo’shgan munosib hissalari uchun minnatdorlichilik bildirildi. https://t.me/Aviakosmik_Texnologiyalar
Show all...
👍 17 3💯 1
Repost from Odil Abduraxmanov
9 - may Xotira va qadrlash kuni __ 9 мая - День памяти и почестей Telegram | Instagram | Facebook
Show all...