2 210
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
No data30 days
Data loading in progress...
Similar Channels
Tags Cloud
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Incoming and Outgoing Mentions
---
---
---
---
---
---
Attracting Subscribers
April '24
April '24
+241
in 3 channels
March '24
+499
in 4 channels
Get PRO
February '24
+434
in 2 channels
Get PRO
January '24
+703
in 4 channels
Get PRO
December '23
+466
in 4 channels
Get PRO
November '23
+88
in 1 channels
Get PRO
October '23
+98
in 4 channels
Get PRO
September '23
+546
in 0 channels
| Date | Subscriber Growth | Mentions | Channels | |
| 30 April | 0 | |||
| 29 April | 0 | |||
| 28 April | 0 | |||
| 27 April | 0 | |||
| 26 April | +4 | |||
| 25 April | +6 | |||
| 24 April | +5 | |||
| 23 April | +6 | |||
| 22 April | +8 | |||
| 21 April | +2 | |||
| 20 April | +6 | |||
| 19 April | +10 | |||
| 18 April | +13 | |||
| 17 April | +13 | |||
| 16 April | +9 | |||
| 15 April | +7 | |||
| 14 April | +13 | |||
| 13 April | +10 | |||
| 12 April | +14 | |||
| 11 April | +12 | |||
| 10 April | +7 | |||
| 09 April | +15 | |||
| 08 April | +11 | |||
| 07 April | +5 | |||
| 06 April | +15 | |||
| 05 April | +9 | |||
| 04 April | +6 | |||
| 03 April | +13 | |||
| 02 April | +6 | |||
| 01 April | +16 |
Channel Posts
10 ta o'quvchi 10 ta loyiha
Saytlar bo'yicha shogirdlikda 4 ta asosiy modul bor.
1. Kopirayting
2. Dizayn
3. Tilda
4. Sotuv (Frilans)
Har bir modul oxirida (oflayn )10:00 dan 18:00 gacha jonli workshop bo'ladi.
Bu safar kopirayting bo'yicha jonli workshop.
Workshop — Kun davomida bir joyda o'tirib bir loyihani bitirish.
Onlayn o'qish yaxshi, lekin ko'z ko'zga tushmasa, jonli muloqot bo'lmasa insonlarga bilim yetib borishi qiyin ekan.
O'quvchilarning loyihalari:
@saIijanov — Wall Street LC, Chinar (O'quv markazi)
@sadulloxon_fatkhullayev — goabroad (Konsalting)
@kaa_yamin — Di dizayner (Grafik dizayn kursi)
@MR_Rahmatkhoja — Ubox (Maxsulot)
@mahruzteshaboyev — Rizing zone (O'quv markaz)
@Jakhongirshukurov — Mohir (marketing agentlik)
@ibbixay — upnet telecom (internet provaider)
@Vohidjon_Turgunboyev — Prodyuserlik markazi
@SardorSaydullayevich — Xitoy tili o'quv markazi
@hyx_mihgdd — xitoyda o'quv markaz
| 2 | O‘zimni ikkita holda ko‘rdim:
1. Qalb xoli
2. Aql xoli
Odamni o‘z holiga tashlab qo‘yish aql xoli, inson o‘zini majburlab bir ishni qilishi qalb xoli.
Aqlga qo‘yib bersangiz uning xohishlari cheksiz. Unga dam olish, ko‘p uxlash, o‘zini qiynamaslik, ishlamaslik, oson narsalarni qilish, ko‘p yeb ichish va doim qulayliklarga intilishni istaydi.
Qalb esa haqiqatdan sizni yaxshilikka yetaklaydigan, sizni o‘stiradigan va foydali bo‘lgan narsalarga undaydi.
Aql bir ishni boshlash uchun qulay fursatni kutadi, uni yaxshi ko‘rib qilishni buyuradi, xohish bo‘lganda qilasan deydi, vaqting bo‘lganda qilasan deydi va oxir-oqibat o‘sha ishni esdan chiqarib yuborasiz.
Masalan:
Tongda badan tarbiya qilish, ichingizda yaxshi ko‘rinish, sog‘lom bo‘lishni istaysiz, ammo tongda turish qiyin, sovuqda mashq qilish yoki “zal”ga borish qiyin, unga pul to‘lash undan ham qiyin. Shu yerda aql bilan qalbga nazar solganingizda qaysi biri nimani xohlayotganini tushunib yetasiz.
Odam o‘zini majburlashi kerak ekan. Doim qaysi holda ekaniga nazar solib turishi kerak ekan. Qulay vaziyatni kutib, bir ishni o‘zim xohlab qilaman deb yashasa umr o‘tib ketar ekan.
Fikrlarim boshqa odamlarning xayotiga to'g'ri kelmasligi mumkin. Bu shaxsiy fikrim. | 1 818 |
| 3 | No text... | 3 032 |
| 4 | Xatolar daftari
Shaxsiy rivojlanish bo‘yicha bir ustozim judayam foydali odat o‘rgatgan. Bu odat har kuni sizni yaxshiroq bo‘lishingizga yordam beradi.
1. Bir online yoki oflayn daftar tutasiz.
2. Har kuni kechasi bugun qilgan xatolaringizni yozasiz. (Yomon gapirdingiz, vaqtni bekor sarfladingiz, kimgadir qattiq gapirdingiz, qayerdadir shoshdingiz yoki noto‘g‘ri qaror chiqardingiz va h.k)
3. Ularning orasidan eng katta sizga zarar keltirayotganini tanlab olasiz
4. Tongda o‘sha tanlagan xato ustida 5-15 daqiqa ishlaysiz yani o‘zingizni “sud” qilasiz.
— nima uchun bu ishni qildim?
— bunga nima sabab bo‘ldi?
— buni qanday oqibatga olib keldi
— buni qanday to‘g‘irlasam bo‘ladi?
— kelajakda qaytarmasligim uchun nima qilish kerak?
5. Ertasi kuni yana xatolarni yozasiz va shu ishni takror va takror bajaraverasiz.
✅ Bu odat har o‘tgan kunimiz oldingisidan yaxshiroq bo‘lishga yordam beradi.
✅ Kelajakda xatolarni takrorlamaslikka yordam beradi
Xatolarimiz tugamaydi, lekin kamayadi va sifati o‘zgaradi. | 13 |
| 5 | Ko‘p xatolarimdan so‘ng bir narsani tushunib yettim
Sizni atrof muhitingiz, odamlar va hodisalar sizni aksingiz ekan.
Kimdir sizga baqirdimi? Siz ham kimgadir baqirgansiz
Tanishingiz pulingizni bermadimi? Siz ham kimgadir bermagansiz
Shogirdingiz sizni yuzingizni yerga qaratdimi? Siz ham ustozni yuzini yerga qaratgansiz
Ukangiz aytganingizni qilmadimi? Siz ham akangizni yoki sizdan katta odamni aytganini qilmagansiz
Uchrashuvga mijoz kech qoldimi? Siz ham kech qolgansiz
Judayam kichik holatlarda buning aksi bo'ladi, ular istisnolar bo‘ladi.
Dunyoni, odamlarni o‘zgartirishga urunmang, qo‘lingizdan hech narsa kelmaydi. O‘zingizni o‘zgartiring.
Shunday fikrlashni boshlasangiz, boshqa hech qachon birovlarni ayblamaysiz. Hamma ayb har qanday holatda o‘zingizda ekanini tushunib yetasiz. Yechim ham o‘zingizni ekanini anglaysiz.
Keling bugundan:
— Yolg‘on gapirmaylik
— Kech qolmaylik
— Masʼuliyatli bo‘laylik
— Qarzlarni cho‘zmaylik
— Mehr-shafqatli bo‘laylik
— Vaʼdaga vafo qilaylik
— Gapimizni ustidan chiqaylik
— Go‘zal axloqli bo‘laylik
— Ishimizni ustasi bo‘laylik
— Kechirimli bo'laylik
100% bunday yashay olmaymiz, kamchiligimiz bo‘ladi, lekin hech bo‘lmasa harakat qilaylik.
Bu o'zimdan kelib chiqib yozgan shaxsiy hulosam. | 5 321 |
| 6 | Yuqoridagi so'rovnomani o'tkazishdan maqsad manda 6 ta vakansiya paydo bo'ldi.
Shu odamlarni vaqtida olmaganim va ishni boshidan tizim qurmaganim uchun $20.000 dan ortiq zarar ko'rdim. Keyingi xato qimmatga tushishi mumkin, shuning uchun hozir hamma ishlarni noldan boshlashga qaror qildim.
1. Shaxsiy asisstent
(Eski assistentim hozir o'z yo'lini topib videografiya sohasiga o'tdi)
2. Metodologiya bo'limiga:
— metodolog yordamchisi
— dizayner (Figmada ishlash kerak)
— Sifat nazoratchisi
3. Prototype agentligiga:
— PM (Project manager) loyihalar boshqaruvchisi
— Kopirayter (Saytlar uchun sotuvchu matn yozish)
— Sotuvchi
— Tilda verstkachi
4. Shogirdlik dasturim uchun (Frilans akademiya):
— Sotuvchi
— Biznes assistent
5. Quant Club'ga:
— Menejer
Umumiy talablar:
— Kompyuter bo'lishi shart
— Kuniga kamida 4 soat ishlashga tayyor bo'lish
— Rus tilini tushunish (Ingliz tilini bilsangiz yaxshi)
— Eng kamida 1 yil tajriba
— Haftada 6 kun ish
— Diqqat faqat 1 ta ishda bo'lishi.
Shu ma'lumotlarni yozing:
1. Ismingiz, yoshingiz.
2. Qayerda ishlagansiz yoki ishlaysiz
3. Mendan nima kutyapsiz (pul, bilim, tajriba)
4. Nima uchun bu aynan shu ishga qiziqyapsiz
5. Kuniga necha soat ishlashga tayyorsiz
6. 6-12 oylik maqsadingiz
7. O'zingiz haqingizda qo'shimcha ma'lumot
Shu kontaktga murojaat qiling — @umidikromboev 24 soat ichida javob yozaman. | 3 063 |
| 7 | Yuqoridagi so'rovnomani o'tkazishdan maqsad manda 6 ta vakansiya paydo bo'ldi.
Shu odamlarni vaqtida olmaganim va ishni boshidan tizim qurmaganim uchun $20.000 dan ortiq zarar ko'rdim. Keyingi xato qimmatga tushishi mumkin, shuning uchun hozir hamma ishlarni noldan boshlashga qaror qildim.
1. Shaxsiy asisstent
(Eski assistentim hozir o'z yo'lini topib videografiya sohasiga o'tdi)
2. Metodologiya bo'limiga:
— metodolog yordamchisi
— dizayner (Figmada ishlash kerak)
— Sifat nazoratchisi
3. Prototype agentligiga:
— PM (Project manager) loyihalar boshqaruvchisi
— Kopirayter (Saytlar uchun sotuvchu matn yozish)
— Sotuvchi
— Tilda verstkachi
4. Shogirdlik dasturim uchun (Frilans akademiya):
— Sotuvchi
— Biznes assistent
5. Quant Club'ga:
— Menejer
Umumiy talablar:
— Kompyuter bo'lishi shart
— Kuniga kamida 4 soat ishlashga tayyor bo'lish
— Rus tilini tushunish (Ingliz tilini bilsangiz yaxshi)
— Eng kamida 1 yil tajriba
— Haftada 6 kun ish
— Diqqat faqat 1 ta ishda bo'lishi.
Shu kontaktga murojaat qiling — @umidikromboev 24 soat ichida javob yozaman. | 1 |
| 8 | Yuqoridagi so'rovnomani o'tkazishdan maqsad manda 6 ta vakansiya paydo bo'ldi.
Shu odamlarni vaqtida olmaganim va ishni boshidan tizim qurmaganim uchun $20.000 dan ortiq zarar ko'rdim. Keyingi xato qimmatga tushishi mumkin, shuning uchun hozir hamma ishlarni noldan boshlashga qaror qildim. (Bu bo'yicha tez orada alohida post chiqaraman, siz ham duch kelmasligingiz uchun)
1. Metodologiya bo'limiga:
— metodolog yordamchisi
— dizayner
— Sifat nazoratchisi
2. Prototype agentligiga:
— PM (Project manager) loyihalar boshqaruvchisi
— Kopirayter
— Sotuvchi
— Tilda verstkachi
3. Shogirdlik dasturim uchun (Frilans akademiya):
— Sotuvchi
— Biznes assistent
4. Quant Club'ga:
— Menejer
5. Shaxsiy asisstent | 1 |
| 9 | Sizni hozirgi xolatingizda agar kuniga kamida 4 soat ishlasangiz eng minimal qancha oylikkga ishlagan bo'lar edingiz? | 2 514 |
| 10 | Ishni samarali va tez bajarish uchun yordam beradigan instrumentlar ro'yxati:
1. Figma — dizayn yasash uchun (10$)
2. Adobe photoshop — rasmlar ustida ishlash + AI yordamchi (33$)
3. Figma jam — Dashboar yasash uchun. Yillik rejalarni ko'rish uchun. (0$)
4. Notion — konspektlar, kunni rejalashtirish, loyihalarning ma'lumotlar bazasi, foydali materiallar, longridlar uchun. (10$)
5. Trello — uzoq muddatli ishlarni rejalashtirish uchun. (0$)
6. Remove.bg — rasmlarning orqa fonini ochirish (9$)
7. Midjorney — sun'iy intellekt orqali rasmlar tayyorlash (30$)
8. ChatGPT — kopirayting uchun, tahlil qilish, savol berish, g'oyalar olish, maslaxatlar olish. (20$)
9. Pinterest — dizayn uchun g'oyalar olish platformasi. (0$)
10. Habit — odatlarni nazorat qilish. (7$)
11. Tilda — saytlar yasash uchun instrument. (15$)
12. Wallet — shaxsiy va biznes moliyasi nazorati uchun. (0$)
13. Google sheets — foydali trekerlar uchun (0$)
14. Google disk — ma'lumotlarni saqlash uchun (0$)
15. Typing club — tez yozishni o'rganish uchun. (0$) | 4 457 |
| 11 | Ko‘p mijozlar bilan ishlab ushbu muammolarga duch keldim. Bu muammolar mendan boshqa ko‘plab mutaxassislarda bor deb o‘ylayman. Shuning uchun bu mavzuni ko‘tarishga qaror qildim.
Har doim muammo o‘zimizda deb o‘ylayman. Boshqalarni ayblash bilan hech narsa o‘zgarmaydi.
Mijozlar bilan bo‘lgan munosabatlardagi muammolar va shaxsiy yechimlar:
1. Pulni vaqtida bermaslik
Ko‘p mijozlarimda pulim qolib ketgan, bunga aybdor ham o‘zim. Bu takrorlanmasligi uchun
— doim eng kamida 50% boshlang‘ich to‘lov bilan ishlaymiz
— boshlang‘ich to‘lov sanasini oldindan aniqlaymiz
— qolgan to‘lovni aniq sanasi va vaqtini oldindan kelishamiz.
— Bu ish boshlashdan avval mijozga tasdiqlatib olamiz.
— Mijoz pulni bermasa — boshqa mutaxassislarni u mijoz bilan ishlamasliklari uchun ogohlantirib chiqamiz.
2. Aniq texnik vazifasiz ishlash
Ish boshlashdan avval 3 kunlik ish, ammo ish boshlangandan keyin bu ish bir necha oyga cho‘zilib ketgan vaziyatlar bo‘ldi. Bu yerda ham o‘zim aybdorman.
— Ishni boshlashdan avval qancha vaqt ketishidan qatʼiy nazar qilinishi kerak bo‘lgan ishlarni ro‘yxatini tuzib chiqish kerak.
— TV dan kelib chiqib loyihani aniq narxini belgilaymiz
— Loyiha qachon tugatishini aniqlaymiz
— ish cho‘zilishi mumkin bo‘lgan holatlarni ko‘rib chiqamiz
— ular maʼlumot beradigan holatlarda aniq sanasini belgilaymiz
— uchrashuvlarni kuni va vaqtini oldindan belgilaymiz
— texnik vazifadan tashqari narsalar qo‘shilishi mumkin bo‘lsa ularni narxlarini belgilaymiz
3. Qo‘shimcha ish uchun haq to‘lamaslik
Ish boshlanadi, TVʼga kiritilmagan ko‘plab vazifalar chiqadi. Shunday holatda u vazifalarni qilmasdan avval buning uchun haq olinishini eslatib o‘tish kerak bo‘ladi. Qo‘shimcha ishlar deadline cho‘zilishiga olib kelishi va bu narxga taʼsir qilishini aytish kerak. Aniq yakuniy deadline va sanalarni aniqlashimiz kerak bo‘ladi.
4. Mutaxassislarga xodimdek qarash
Mutaxassis buyurtmachining xodimi emas. Uning o‘zining ish grafigi, ish joyi va shartlari bor. Ko‘p xollarda mutaxassisdan doim online bo‘lish, uchrashuvlarda qatnashish yoki shunga o‘xshash talablar qo‘yiladi. Bu masalalarni ish boshlashdan avval aniqlab olish kerak.
— nechta uchrashuv bo‘ladi? Qachon, qayerda va qaysi sanada?
— qachon siz xabarlarga javob yoza olasiz?
— qachon xabarlarga javob yoza olmaysiz?
— qaysi kunlari siz ishlamaysiz?
— Sizning vazifalaringizga nimalar kiradi? Aniq ro‘yxatini ko‘rsatish kerak.
5. “Deadline” loyihani tugatish uchun belgilangan vaqt o‘tib ketishi
Manda juda ko‘p deadlineʼlar o‘tib ketish holatlari bo‘lgan. Mijozlarim xabarni o‘qiyotgan bo‘lsa uzr so‘rayman. Bu narsani o‘zim xohlamaganman, ammo shu xolatlar ko‘p kuzatilgan. Loyiha olayotgan paytimizda birinchi navbatda o‘zimiz uchun «deadline» aniqlaymiz. So‘ng shu «deadline»ga yana eng kamida 30% vaqt qo‘shamiz va shu vaqtni mijozga aytamiz. Shunda zaxirada yetarlicha vaqtimiz qoladi.
— Ishni esa shu belgilangan vaqtga yoyib yuboramiz.
— Aniq har kuni shu loyiha ustida ishlash uchun vaqt belgilaymiz
— Loyiha uchun timer qo‘yamiz
— Masʼuliyatni his qilishimiz kerak.
6. Ishni oqibatida do‘stlik rishtalarini uzilishi
Do‘stlar bilan ishlash zo‘r. Ammo barcha yuqoridagi qoidalarga amal qilmaslik oqibatida ko‘p do‘stlardan ayrilish mumkin.
Yuqorida o‘qiganingizning nomi (SOP — Standart Operation Prosedures). Xuddi shunday qo‘llanmalarni biznesning har bir jarayoni uchun yozib chiqish kerak. Prototype agentligimiz va Shogirdlik dasturida saytlar bilan bog‘liq 10 ga yaqin jarayonlar uchun shunday qo‘llanmalarni ishlab chiqishni boshladik | 4 682 |
| 12 | Mayda ishlar qo'l bilan, katta ishlar esa so'z bilan bajariladi.
O'zingiz ishlasangiz faqat ikki qo'lingiz qiladigan ishni qila olasiz. So'z bilan esa minglab odamlarni boshqarish mumkin.
Yirik korxonalarning boshliqlari yoki katta lavozimda ishlaydigan odamlarning bitta ishi bor. Mas'uliyatni bo'yniga olish va qaror qabul qilish (yoki so'z bilan yoki yozma vazifa berish).
Boshqaruvga munosib va arziydigan inson bo'lguningizgacha bu "boshqaruv ilmini" o'rganib olish kerak ekan. | 3 068 |
| 13 | 2.5 oy ichida kodsiz saytlar yasashni noldan o‘rganib daromadga chiqish imkoniyati!
Yaqinda Shogirtlik 3.0 dasturi o‘z yakuniga yetdi.
Bu safarga mentorlik katta ehtimol bilan eng oxirgisi bo‘ladi
Yomon tarafi bu oxirgi imkoniyat 😢
Yaxshi tarafi bu eng kuchli potok bo‘ladi 🚀
Rejam bo‘yicha 20 ta odam olmoqchiman. Bu omma uchun tayyorlangan kurs emas!
Noldan saytlar yasashni o‘rganib daromadga chiqmoqchi bo‘lganlar uchun.
Hozir joyingizni band qilishingiz mumkin 👇👇
https://forms.gle/8g5TXLwCMNo7Lr7x7 | 3 391 |
| 14 | "Kunni" samarali rejalashtirish
Oldin kunimni har bir soat/daqiqasini aniq qilib rejalashtirishga harakat qilar edim. Ko‘p o‘xshamagandan so‘ng umuman rejalashtirmay qo‘ygan edim. Xuddi shu muammoga ko‘p insonlar duch kelib ular ham rejalashtirish foydasiz, baribir buzilib ketadi degan qarorga kelishgan.
Lekin oxiri samarali usulni topganman, buni bo‘lishmoqchiman:
0. Kunni bir kun oldin reja qilasiz
1. Kunni 3 ta qismga bo‘lish kerak
a. Tongda 2-4 soat
b. Ish kuni
s. Kechki payt 2-3 soat
2. Tongda va kechki payt qilinadigan ishlar, qayerda, qanday sharoitda, qaysi mamlakatda, qaysi faslda bo‘lishidan qatʼiy nazar bajarilishi kerak bo‘lgan ishlar. Bitta misol — har kunlik sport.
3. Birinchi kun davomida qilinadigan ishlarni ro‘yxat qilib yozib chiqasiz (to do list)
4. Qilinadigan ishlarni 2 ta qismga bo‘lasiz
a. Eng muhim ishlar (Prioritet A) — maksimum kunlik 3 ta ish
b. Ikkinchi darajali ishlar (Prioritet b) — qilsangiz yaxshi, qilmasangiz ertanga ko‘chirish mumkin.
5. Ishni boshlagan paytingiz ro‘yxatdagi birinchi ishga deadline qo‘yasiz. Yani bugun 10 ta ishingiz bo‘lsa birinchisidan boshlaysiz va o‘sha ishni tugash vaqtinigina rejalashtirasiz. Qolgan ishlar haqida o‘ylamaysiz. Keyingi ishga o‘tganingizda uning uchun alohida tugash vaqtini belgilaysiz.
6. Shunday tartibda ishlash rejalar moslashuvchan bo‘lishini taʼminlaydi.
Bugun tekshirib ko‘ring, keyin natijasini bo‘lishing | 4 179 |
| 15 | BIZNES BOSHLASH VA VAQTINCHALIK ISH
Hozirgi kunda manga odamlardagi yoqmayapgan xislat bu bir ish bilan shug‘ullansa unga vaqtinchalik deb qarash va ishiga juda yuzaki va masʼuliyatsiz yondashish.
Misol uchun ko‘p dizaynerlar, montajerlar, operatorlar va boshqa kasbdagilar — baribir 1-2 yil ishlab boshqa yo‘nalishga o‘taman, yoki biznes ochaman degan xayolda yuradi. Lekin eng yomoni aniq nima ish qilishini bilmaydi. Ishini vaqtinchalik deb hisoblagani uchun rivojlanishdan to‘xtab qoladi, kurslar olmaydi, kitob o‘qimaydi, ishini mukammal darajaga olib chiqishga harakat qilmaydi.
Haqiqatdan o‘z ishini yaxshi ko‘radigan professional odamlar juda kam.
To‘g‘risiyam, bir ishni baribir tashlab ketsangiz, nima keragi bor unga ortiqcha vaqt sarflab...
Inson nima ish qilishidan qatʼiy nazar uni imkon boricha eng yaxshi ko‘rinishda qilishi kerak deb o‘ylayman. Ko‘cha supursangiz ham, ofitsiant bo‘lsangiz ham, dasturchi bo‘lsangiz ham, biznesmen bo‘lsangiz ham bor imkoningiz bilan ishga yondashish va o‘sha ishni eng yaxshi ko‘rinishda qilishga harakat qilish kerak deb o‘ylayman.
Endi bir kasb egasi bo‘lib pul yig‘ib biznes qilaman deganlar uchun o‘z fikrimni bildirmoqchiman.
Michael Gerber ismli biznes konsultant bor. U inson 70.000 ta kompaniya ochilishiga o‘z hissasini qo‘shgan. Uni juda ham samarali modeli bor shu modeldan o‘zim ketyapman va boshqalarga ham shuni maslahat bergan bo‘lardim.
Bu model quyidagi ko‘rinishda:
1. Bir qancha sohalarda ishlab ko‘rasiz, o‘rganasiz.
2. O‘zingiz haqiqatdan yoqtiradigan ishni topasiz.
3. O‘sha ishda tajriba orttirasiz
4. Juda kuchli mutaxassisga aylanasiz
5. Shu ishingizni biznesga aylantirasiz.
O‘zimning holatimni misol qilsam:
1. SMM da ishladim, PM bo‘lib ishladim, Matematikadan dars berdim. Saytlar yasadim. Marketingda ishladim
2. Saytlar sohasi yoqti shu sohani tanladim
3. Saytlarni professional qilishni boshladim
4. Mijozlarim soni ko‘payishni boshladi
5. Saytlar yasash bo‘yicha jamoa tuzdim. Agentlik ochdik
6. Agentlik kattalashishni boshladi
7. Parallel odamlarni o‘qitishni boshladim — 50+ odam o‘qitdik
8. Agentlikni kengaytirish va avtomatizatsiya qilishni boshladim
Lekin hozirgi odamlar esa:
1. Bir nechta sohada ishlaydi
2. Bittasini tanlaydi, yaxshi pul ishlay olmaydi
3. Sohasini almashtiradi
4. Yana almashtiradi
5. Yaxshi ishlashni boshlaganda ko‘proq pul ishlaydigan soha chiqadi
6. Yangi sohaga tez daromad uchun sakrab o‘tadi
7. Shunday qilib aylanib yuraveradi
Oxiri hech qaysi bir sohada mutaxassis bo‘lmaydi va puli ham bo‘lmaydi.
1. Bitta sohani tanlang
2. O‘sha sohaning Roadmapʼini tuzib chiqing
3. Michael Gerberning «E-myth» kitobini o‘qing
4. Biznesda mentor toping
5. O‘z sohangizda top 1% kiring
Bu maslahat emas, faqatgina shaxsiy fikrim. Xohlagan odam o‘zi xulosa chiqaradi. | 2 595 |
| 16 | Xayotingizdagi "MEN" degan narsani olib tashlab, qadarga taslim bo'ling. 1000 barobar kuchliroq bo'lgan boshqa insonga aylanasiz. | 426 |
| 17 | Assalamu Alaykum
Manga TOP video montajchi kerak.
- Adobe Premier PRO bilishi shart
- Rus yoki Ingliz tilini bilishi shart
- 6 oydan kam tajribalilar qiziq emas! Tajribali odamlar kerak!
- Fokus bilan ishlaydigan odam (Kuniga eng kamida 2 soat deepwork)
- reelslar va youtube montaji bilan ishlashda yaxshi tajribaga ega
- kurslarni videosi montajida tajribasi bo'lsa yaxshi
Shu kontaktga portfolio + narxlaringiz bilan yozing.
@umidikromboev | 455 |
| 18 | Networth = Network
Eng ko'p mijozlarni olib keladigan sotuv usuli bu ko'p boshqa mutaxassislar bilan hamkorlik qilish.
Mani xolatimda quidagi kasb egalari man uchun mijoz o'qimini yaratadi:
- SMM mutaxassislar
- targetologlar
- prodyuserlar
- marketologlar
- tadbirkorlar
- tadbirkorlarning ish boshqaruvchilari
Qancha ko'p hamkor bo'lsa shuncha ko'p mijoz bo'ladi. | 3 243 |
| 19 | Do'stlik yoqolib ketishiga sababchi bo'ladigan eng katta narsalardan biri — ular (do'stlar) bilan birga shartnomasiz kelishuv qilib hamkorlik qilish yoki ishlash.
Har doim shartnoma bilan ishlang. Dinimizda qarz oldi-berdisida ham tilxat yozish arm etilgan. Biznesda bu narsa 100% bo'lishi kerak. | 3 208 |
| 20 | Shavkat Mustafoyedan sharh
Focusni pulga qaratishdan asosiy maqsad qiyinchilik bo'ladi, buni ochko'zlik deb atash xato deb o'ylayman. Oilasi qiynalyapti, o'zi qiynalyapti moddiy tomondan yetishmovchiligi bordir balki.
"Och qoringa ilm kirmaydi"
—————————
O'qishga kelganlarda ikki hil maqsad bo'ladi.
Ilm olishni istagan odamlarda — "Qanday qilib 1000$ pul oladigan shu pulga arziydigan ish qila oladigan mutaxassis bo'lishim mumkin"
Faqat pul ishlashni istagan odamlarda — "Qanday qilib nima qilib bo'lsa ham 1000$ ishlasam bo'ladi" degan maqsad bo'ladi.
Birinchi aniq natijaga chiqadi, yaxshi mutaxassis bo'ladi
Ikkinchisi mutaxassis bo'lishi juda qiyin masala. | 3 589 |
