en
Feedback
“FARĞONA HETK” AJ

“FARĞONA HETK” AJ

Open in Telegram

⚡️ Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi AJ rasmiy kanali 🔧 Elektr ta’minoti 🛠 Ta’mirlash ishlari 📢 Rejalashtirilgan uzilishlar 📰 Yangiliklar 📷 Instagram: @fargona_hetk_aj

Show more
3 491
Subscribers
-124 hours
+167 days
-12630 days
Posts Archive
Iqtisodiyot o‘sishiga katta turtki beradigan yirik loyihalar ham amalga oshirilmoqda. Jizzaxda atom elektr stansiyasi, Olmali
Iqtisodiyot o‘sishiga katta turtki beradigan yirik loyihalar ham amalga oshirilmoqda. Jizzaxda atom elektr stansiyasi, Olmaliqda to‘rtinchi mis boyitish fabrikasi, “Toshkent – Samarqand” va “Toshkent – Andijon” zamonaviy avtomobil yo‘llari shular jumlasidan. Xorazmda ekologik aviayoqilg‘i majmuasi, Surxondaryoda 940 gektarlik zamonaviy issiqxona, Yuqori Chirchiqda Yangi Toshkent aeroporti qurilmoqda. Bu yil qiymati 27 milliard dollar bo‘lgan 105 ta yangi sanoat va infratuzilma loyihasi boshlanadi. Barcha hududlarda jami 3 million aholi uchun yangi massivlar barpo etilmoqda. Bunday loyihalarda o‘z mahsuloti va xizmati bilan ishtirok etmoqchi boʻlgan mahalliy tadbirkorlarga xorijiy investorlar bilan teng sharoit yaratiladi. Transport-logistika sohasida yuk mashinalarini import qilishda boj va utilizatsiya yig‘imi bekor qilindi. Xalqaro tashuvlar uchun vagon taqdim etishda qo‘shilgan qiymat solig‘i “nol” stavkaga tushiriladi. Kelasi yil Gruziyaning Poti portida quvvati 500 ming tonna bo‘lgan logistika markazi ishga tushiriladi, Anakliya porti bo‘yicha ham amaliy ishlar boshlanadi. Olot, Termiz, Yangiyo‘l, Ohangaron va Xonobodda yirik transport-logistika markazlari tashkil etiladi. Kelgusi yilda Toshkent xalqaro moliya markazi hamda “Enterprise Uzbekistan” xalqaro raqamli texnologiyalar markazi ishga tushiriladi. Ular 20-25 milliard dollar kapital, yangi bilim va texnologiyalarni jalb etish imkonini yaratadi. Facebook|Instagram|X

Jahondagi vaziyat qanchalik murakkab bo‘lmasin, o‘tgan yarim yillikda O‘zbekiston iqtisodiyoti 8,5 foizga o‘sdi. “Fitch” va “
Jahondagi vaziyat qanchalik murakkab bo‘lmasin, o‘tgan yarim yillikda O‘zbekiston iqtisodiyoti 8,5 foizga o‘sdi. “Fitch” va “Moodyʼs” agentliklari mamlakatimiz suveren kredit reytingini bir pog‘ona yaxshiladi. Jahon bankining investitsiya va ishbilarmonlik muhiti bo‘yicha hisobotida O‘zbekiston 31-o‘rinni egalladi. Davlatimiz rahbari bu natijalar, avvalo, tadbirkorlar bilan yelkama-yelka amalga oshirilayotgan islohotlar samarasi ekanini taʼkidladi. Joriy yil kooperatsiya, davlat xaridi, standart, oziq-ovqat xavfsizligi va urbanizatsiya sohalarida institutsional o‘zgarishlar amalga oshirildi. “Milliy sanoat zanjiri” orqali xususiy korxonalar yirik davlat kompaniyalaridan 4 trillion so‘mlik buyurtmalar oldi. Strategik korxonalar mahalliylashtirish uchun 650 dan ziyod yangi mahsulot ro‘yxatini eʼlon qildi. Bu tadbirkorlar uchun qo‘shimcha 1 milliard dollarlik bozor yaratdi. Qo‘shilgan qiymat solig‘iga o‘tish chegarasi 1 milliard so‘mdan 5 milliard so‘mga oshirildi. Kafe va restoranlarga 100 milliard so‘m QQS “keshbek” sifatida qaytarildi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga “nol” stavka joriy qilinishi hisobiga 400 milliard so‘m fermerlarda qoldi. Qozog‘istonda 11 turdagi qurilish materiallari importiga cheklov bekor qilindi, Turkmaniston bilan o‘zaro bojsiz savdo rejimi yo‘lga qo‘yildi. Iordaniya, Pokiston, Eron va Afg‘oniston bilan yuzlab mahsulotlar bo‘yicha imtiyozli savdo bitimlari tuzildi. Facebook|Instagram|X

Bugungi rejalashtirilgan Buvayda, Rishton hamda Bag‘dod tumanlarining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi yuqori kuchlanishli "L-RK" elektr uzatish tarmog‘ida taʼmirlash ishlari maʼlum sabablarga ko‘ra boshqa kunga qoldirildi.

Davlatimiz rahbari so‘nggi yillarda Xorazmda ham tadbirkorlik uchun mutlaqo yangi imkoniyatlar yaratilganini taʼkidladi. Qisq
Davlatimiz rahbari so‘nggi yillarda Xorazmda ham tadbirkorlik uchun mutlaqo yangi imkoniyatlar yaratilganini taʼkidladi. Qisqa davrda viloyatga 4 milliard dollar xorijiy investitsiya kirib, 10 mingta yangi quvvat ishga tushdi. “Hazorasp” maxsus iqtisodiy zonasi va 31 ta sanoat zonasi tashkil etildi. Tuproqqalʼa va Yangiariqda jami 275 megavattli elektr stansiyalar barpo qilinib, korxonalarning barqaror energiya taʼminotiga xizmat qilmoqda. Bugun Xorazm iqtisodiyotining 72 foizini kichik biznes yaratmoqda. Eksportda kichik biznes ulushi 81 foizga yetib, viloyat respublikada birinchi o‘ringa chiqdi. Haftalik aviareyslar 16 tadan 102 taga, temir yo‘l qatnovlari 8 tadan 41 taga ko‘paydi. “Toshkent – Xiva” tezyurar poyezdi yo‘lga qo‘yildi, 35 kilometrlik yangi “Urganch – Xiva” avtomobil yo‘li ishga tushirilmoqda. 25 gektarda “Arda Xiva” turistik majmuasi barpo etildi, tadbirkorlar 7 ming o‘rinli 331 ta mehmonxona va mehmon uylarini tashkil qildi. Joriy yil Xorazmga 3 million xorijiy sayyoh kelishi kutilmoqda. Xivada mehmonxona, savdo va ko‘ngilochar obyektlarni o‘z ichiga olgan “Sahro yulduzi” turistik kompleksi ham bunyod etiladi.
– Bir so‘z bilan aytganda, bugun Xorazm tadbirkorlar uchun yangi imkoniyatlar markaziga aylanib bormoqda,
– dedi Prezident. Facebook|Instagram|X

– Bugun tadbirkorlarimiz “biznesni boshlash” bosqichidan “kapitalni ko‘paytirish” bosqichiga o‘tyapti, – dedi davlatimiz rahb
– Bugun tadbirkorlarimiz “biznesni boshlash” bosqichidan “kapitalni ko‘paytirish” bosqichiga o‘tyapti,
– dedi davlatimiz rahbari. Besh yilda korxonalarning asosiy kapitalga investitsiyasi 3 karra ko‘payib, 363 trillion so‘mga yetdi. Sanoati 100 million dollardan oshgan tumanlar soni 66 tadan 116 taga koʻpaydi. Axborot texnologiyalari, fintex va boshqa servis sohalarining jadal rivojlanayotgani hisobiga xizmatlar hajmi 1 trillion so‘mlik marradan o‘tgan tumanlar soni 41 tadan 152 taga yetdi. Yetakchi xalqaro marketpleyslar bilan ishlayotgan korxonalar esa 3,5 mingtani tashkil etmoqda. Biznesini mahallada boshlab, yurtimiz bo‘ylab o‘nlab filiallarga ega bo‘lgan tadbirkorlar 550 tadan, milliy brendini yaratganlar 300 tadan oshdi. So‘nggi yillarda mis, oltin, metall prokat, polietilen, PVX, kaolin va boshqa xomashyolarning taklifi oshirildi. Natijada elektrotexnika, qurilish materiallari, farmatsevtika, to‘qimachilik va mebelsozlik kabi sohalarda “katta sakrash” qilindi. Elektromobil, polimer va maishiy kimyo, “yashil” energetika, zargarlik sanoati kabi yangi yo‘nalishlar shakllandi. “BYD”, “ADM Jizzakh”, “Sirdaryo Asaka Motors” kabi zamonaviy avtomobil zavodlari sohaga yangi kompetensiya va texnologiyalar olib kirdi. Facebook|Instagram|X

Prezident Shavkat Mirziyoyev Xorazmda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazmoqda. Bugungi anjumanda ilk bor tuman studiyala
Prezident Shavkat Mirziyoyev Xorazmda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazmoqda. Bugungi anjumanda ilk bor tuman studiyalaridan ham 25 mingga yaqin tadbirkor ishtirok etmoqda. Davlatimiz rahbari yurtimiz iqtisodiy qudratini mustahkamlashga faol hissa qo‘shayotgan 1 million 200 minglik biznes hamjamiyatini Tadbirkorlar kuni bilan tabrikladi. Besh yil oldin tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazish anʼanasi boshlanganidan buyon biznesga to‘siq bo‘lgan minglab masalalarga yechim berildi. Bu borada 84 ta qonun, 861 ta farmon va qaror qabul qilindi.
Nima uchun? Tadbirkorlarimizga sharoit yaratib, yangi ish o‘rinlarini ko‘paytirish, odamlarimizni uzoqqa bormasdan, mahallasining o‘zida daromadli qilish uchun!
– dedi Prezidentimiz. O‘tgan davrda biznes uchun ajratilgan kredit portfeli qariyb 3 karra oshib, 450 trillion so‘mga yetdi. Tadbirkorlar 650 trillion so‘mlik soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalandi. Ko‘plab biznes vakillari xorijiy banklardan o‘z loyihalariga mustaqil ravishda 1 milliard dollar jalb qildi. Davlatimiz rahbari buni tadbirkorlarimiz zabt etgan yana bir ulkan marra sifatida baholadi. Facebook|Instagram|X

photo content

Birozdan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqoti boshlanadi. Tadbirda 500 nafarga yaqin t
+9
Birozdan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqoti boshlanadi. Tadbirda 500 nafarga yaqin tadbirkor bevosita, ilk bor tumanlardagi studiyalardan yana 25 mingga yaqin biznes vakillari ishtirok etmoqda. Davlatimiz rahbari tomonidan: 🔷 tadbirkorlik uchun barqaror o‘sish trayektoriyasini ta’minlash, 🔷 hududlarda biznes imkoniyatlarini oshirish, 🔷“sun’iy intellekt – boshqaruv samaradorligi – yangi investitsiyalar” ekotizimini yaratish, 🔷 eksport salohiyatini oshirish, milliy brendlarni tashqi bozorlarga olib chiqish, 🔷 biznesga ma’muriy bosimni keskin kamaytirish yo‘nalishlarida muhim tashabbuslar ilgari surilishi kutilmoqda. Rasmiy sahifalarimiz👇 Veb-sayt |Telegram | Facebook |YouTube | Instagram

MUSTAQILLIK BAYRAMI ARAFASIDA MARG‘ILONDA YIRIK ENERGETIKA LOYIHASI AMALGA OSHIRILMOQDA
8 mingga yaqin xonadon va 280 ta tadbirkorlik subyektining elektr ta’minoti yaxshilanadi
  Yurtimiz mustaqilligining 35 yilligi arafasida Marg‘ilon shahrida bunyodkorlik va yangilanish ishlari yangi bosqichga ko‘tarilmoqda. Shahar elektr ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish, mavjud tarmoqlar quvvatini oshirish va aholiga yanada ishonchli elektr energiyasi yetkazib berish maqsadida yirik energetika loyihasi amalga oshirilmoqda. ⚡️ t.me/farhetk_admin

Birozdan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqoti boshlanadi. Tadbirda 500 nafarga yaqin t
Birozdan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqoti boshlanadi. Tadbirda 500 nafarga yaqin tadbirkor bevosita, ilk bor tumanlardagi studiyalardan yana 25 mingga yaqin biznes vakillari ishtirok etmoqda. Davlatimiz rahbari tomonidan: – tadbirkorlik uchun barqaror o‘sish trayektoriyasini ta’minlash, – hududlarda biznes imkoniyatlarini oshirish, – “sun’iy intellekt – boshqaruv samaradorligi – yangi investitsiyalar” ekotizimini yaratish, – eksport salohiyatini oshirish, milliy brendlarni tashqi bozorlarga olib chiqish, – biznesga ma’muriy bosimni keskin kamaytirish yo‘nalishlarida muhim tashabbuslar ilgari surilishi kutilmoqda. — Скоро начнется VI открытый диалог Президента Шавката Мирзиёева с предпринимателями. В мероприятии непосредственно принимают участие около 500 предпринимателей, а также впервые – еще порядка 25 тысяч представителей бизнеса из студий в районах. Ожидается, что глава нашего государства выдвинет важные инициативы по таким направлениям, как: – обеспечение устойчивой траектории роста предпринимательства; – расширение возможностей для бизнеса в регионах; – создание экосистемы «искусственный интеллект – эффективность управления – новые инвестиции»; – наращивание экспортного потенциала, продвижение национальных брендов на внешние рынки; – резкое сокращение административного давления на бизнес. Facebook|Instagram|X

MUSTAQILLIK BAYRAMI ARAFASIDA MARG‘ILONDA YIRIK ENERGETIKA LOYIHASI AMALGA OSHIRILMOQDA 8 mingga yaqin xonadon va 280 ta tadb
+6
MUSTAQILLIK BAYRAMI ARAFASIDA MARG‘ILONDA YIRIK ENERGETIKA LOYIHASI AMALGA OSHIRILMOQDA
8 mingga yaqin xonadon va 280 ta tadbirkorlik subyektining elektr ta’minoti yaxshilanadi
  Yurtimiz mustaqilligining 35 yilligi arafasida Marg‘ilon shahrida bunyodkorlik va yangilanish ishlari yangi bosqichga ko‘tarilmoqda. Shahar elektr ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish, mavjud tarmoqlar quvvatini oshirish va aholiga yanada ishonchli elektr energiyasi yetkazib berish maqsadida yirik energetika loyihasi amalga oshirilmoqda. Prezidentimizning PQ-298-son Qarori asosida Marg’ilon shaharning “Turon”, “Istiqlol”, “Mustaqillik”, “Navbahor”, “Navro‘z” hamda “Yangiobod” mahallalarida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Mazkur loyiha natijasida 8 mingga yaqin xonadon va 280 ta tadbirkorlik subyektining elektr ta’minoti quvvati oshiriladi. Bu esa mustaqillik yillarida inson qadri va xalq farovonligini ta’minlash yo‘lida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlarining amaliy ifodasidir. Elektr energiyasiga bo‘lgan talabning yil sayin ortib borayotgani inobatga olinib, mavjud infratuzilmani yangilash, tarmoqlar quvvatini oshirish va yuklamalarni maqbullashtirish bo‘yicha kompleks ishlar bajarilmoqda. Loyiha doirasida “Cho‘lquvar” elektr taqsimlash punkti yuklamasini kamaytirish maqsadida “Satkak” podstansiyasidan 2 ta 4,5 kilometr uzunlikdagi yangi 10 kV elektr tarmog‘i barpo etiladi. Shuningdek, yangi taqsimlash tizimiga umumiy quvvati 23 ming kVA bo‘lgan 67 ta transformator punkti ulanishi rejalashtirilgan. Natijada elektr yuklamalari muvozanatlashtirilib, tarmoqlarning ishonchliligi va barqarorligi yanada oshiriladi. Ayni paytda “Navro‘z” mahallasining “Oltin meros” ko‘chasida elektr kabel tarmoqlarini tortish ishlari jadal davom ettirilmoqda. Loyihani amalga oshirish uchun 12,5 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirilishi rejalashtirilgan. Mustaqillik — bu nafaqat bayram, balki bunyodkorlik, yangilanish va farovon kelajak sari dadil qadamlar timsolidir. Marg‘ilonda amalga oshirilayotgan mazkur loyiha ham ana shu ezgu maqsadlarning amaliy ifodasi bo‘lib, minglab xonadonlar va yuzlab tadbirkorlik subyektlari uchun yangi imkoniyatlar yaratadi. Eng muhimi, loyiha yakunlangach, aholining elektr ta’minoti yanada yaxshilanib, tadbirkorlik va ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirish uchun mustahkam infratuzilmaviy zamin yaratiladi. ⚡️ t.me/farhetk_admin

Xorazmda Yangi O‘zbekiston qiyofasi: ulkan o‘zgarishlar, yangi quvvatlar va xalq farovonligiga xizmat qiluvchi loyihalar. — Облик Нового Узбекистана в Хорезме: масштабные преобразования, новые мощности и проекты во имя благополучия людей. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

🔴🔴🔴 BAG‘DOD TUMANIDAGI ISTE'MOLCHILAR DIQQATIDA! BUGUN "NAʼMUNA" PODSTANSIYASINING QUVVATI OSHIRILADI Bugun, soat 09:00dan
🔴🔴🔴 BAG‘DOD TUMANIDAGI ISTE'MOLCHILAR DIQQATIDA! BUGUN "NAʼMUNA" PODSTANSIYASINING QUVVATI OSHIRILADI Bugun, soat 09:00dan 20:00ga qadar "Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi" AJ tomonidan Bag‘dod tumanining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan taʼminlovchi "Naʼmuna" podstansiyasining quvvatini oshirish ishlari olib boriladi. Podstansiyasidagi quvvati 6 300 kVA bo‘lgan kuch transformatori o‘rniga 10 000 kVA bo‘lgan kuch transformatori o‘rnatiladi. Kuch transformatorini o‘rnatish, montaj qilish jarayonida Bag‘dod tumanining ayrim hududlarida elektr ta'minotida uzilishlar kuzatiladi. Ta'minotdagi uzilish vaqti keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz! ⚡️ t.me/farhetk_admin

#tezkor #18_08_2026 HUDUDLARDA TA'MIRLASH ISHLARI OLIB BORILADI 📌 BUVAYDA, RISHTON HAMDA BAG‘DOD TUMANLARI Bugun, soat 09:00dan 17:00ga qadar Buvayda, Rishton hamda Bag‘dod tumanlarining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi yuqori kuchlanishli "L-RK" elektr uzatish tarmog‘ida taʼmirlash ishlari bajariladi; 📌 BUVAYDA TUMANI Bugun, 09:00dan 17:00ga qadar Buvayda tumanining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi "Buvayda" podstansiyasida joriy taʼmirlash ishlari bajariladi; 📌 DANG‘ARA TUMANI Bugun, 09:00dan 17:00ga qadar Dang‘ara tumanining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi "Alaxamak" podstansiyasida joriy taʼmirlash ishlari bajariladi; 📌 QO‘SHTEPA TUMANI Bugun, 09:00dan 17:00ga qadar Qo‘shtepa tumanining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi "Fayzobod" podstansiyasida joriy taʼmirlash ishlari bajariladi; Hududlarda olib boriladigan ta’mirlash ishlari jarayonining yuqorida belgilangan vaqtlarida elektr ta'minotida uzilishlar kuzatiladi. Ta'mirlash vaqti elektr ta'minotidagi uzilishlar uchun uzr so'raymiz! "Farg‘ona HETK" AJ matbuot xizmati.

🤔 Uchko‘prik tumanida elektr tarmoqlaridagi ishlar izchil davom etmoqda Uchko‘prik tumanida energiya resurslarini tejash, el
+1
🤔 Uchko‘prik tumanida elektr tarmoqlaridagi ishlar izchil davom etmoqda Uchko‘prik tumanida energiya resurslarini tejash, elektr energiyasi yo‘qotishlarini kamaytirish, debitor qarzdorlikni qisqartirish hamda tarmoqlarning barqarorligini ta’minlash borasida amaliy ishlar olib borilmoqda. Xususan, hududdagi “qizil” va “sariq” toifaga kiritilgan transformator punktlarining texnik holati o‘rganilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va ta’mirlash ishlarini jadallashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shuningdek, transformator punktlaridagi yuklamalarni me’yorlashtirish, elektr energiyasi yo‘qotishlarini kamaytirish hamda iste’molchilar bilan hisob-kitoblarni yaxshilash bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilmoqda. Mazkur yo‘nalishdagi ishlar, jumladan, energiya resurslarini iqtisod qilish, yo‘qotishlarni kamaytirish va elektr tarmoqlarining texnik holatini yaxshilash jarayonlari tuman prokuraturasi tomonidan doimiy nazorat qilib kelinmoqda.   ⚡️ t.me/farhetk_admin

Elekr energiyasidan mavjud qarzdorliklarni to'liq undirishga qaratilgan nazorat tadbirlari davom etmoqda Elektr energiyasi uc
+2
Elekr energiyasidan mavjud qarzdorliklarni to'liq undirishga qaratilgan nazorat tadbirlari davom etmoqda Elektr energiyasi uchun to‘lovlar o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash hamda debitor qarzdorlikni kamaytirish maqsadida Quva tumanida mas’ul xodimlar ishtirokida nazorat-reyd tadbirlari tashkil etilmoqda. Tadbirlar davomida elektr energiyasi uchun muddati o‘tgan qarzdorligi mavjud iste’molchilar xonadonlari va obyektlari o‘rganilib, ularga qarzdorlikni qisqa muddatlarda bartaraf etish yuzasidan ogohlantirishlar berilmoqda. Belgilangan muddatda to‘lov amalga oshirilmagan hollarda esa amaldagi tartibga muvofiq elektr ta’minotini vaqtincha cheklash hamda qarzdorlikni undirish bo‘yicha qonuniy choralar ko‘rilmoqda. Elektr ta’minoti korxonasi iste’molchilardan elektr energiyasi uchun to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirishni so‘raydi. O‘z vaqtida to‘langan to‘lovlar elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish, sifatli xizmat ko‘rsatish va iste’molchilarni uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. ⚡️ t.me/farhetk_admin

#tezkor_ogohlantirish VILOYATIMIZDAGI QURUVCHI TASHKILOTLAR, TADBIRKORLAR DIQQATIGA! ⚡️ t.me/farhetk_admin

#tezkor_ogohlantirish VILOYATIMIZDAGI QURUVCHI TASHKILOTLAR, TADBIRKORLAR DIQQATIGA! ⚡️ t.me/farhetk_admin

#Axborot_24 Farg'ona tumanida energiya ta’minotini yaxshilash bo‘yicha "Yangiyo‘l" tajribasi asosida amalga oshirilayotgan ishlar hususida ⚡️ t.me/farhetk_admin

➡️ELEKTR ENERGIYASIDAN NOQONUNIY FOYDALANISH VA QARZDORLIKNI UNDIRISH BO‘YICHA NAZORAT REYD TADBIRLARI O’TKAZILMOQDA Viloyati
+1
➡️ELEKTR ENERGIYASIDAN NOQONUNIY FOYDALANISH VA QARZDORLIKNI UNDIRISH BO‘YICHA NAZORAT REYD TADBIRLARI O’TKAZILMOQDA Viloyatimizda elektr energiyasidan noqonuniy foydalanishni oldini olish va iste’molchilarning mavjud qarzdorligini undirish maqsadida monitoring reyd tadbirlari amalga oshirilmoqda. Bu tadbirlar orqali mutaxassislar tomonidan tarmoqdan o‘zboshimchalik bilan ulanishlarni aniqlash va bu ulanishlarga qarshi kurashish ishlari olib borilmoqda. Ushbu reyd tadbirlari davomida foydalangan energiya uchun qarzdor bo‘lgan iste’molchilar dast avval ASKUE tizimidan o’chirilganligiga qaramay tarmoqqa o’zboshimchalik bilan ulanib olganlik holatlariga barham berilmoqda. O’z navbatida to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirish zarurligi tushuntirib o’tilmoqda. Hurmatli iste’molchilar, elektr tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanib olish, hisoblagichlarga tashqi ta’sir ko‘rsatish yoki boshqa noqonuniy faoliyatlar belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo’lishi mumkin. Shuning uchun barcha iste’molchilarga qonuniy va samarali tarzda elektr energiyasidan foydalanishni so’rab qolamiz. ⚡️ t.me/farhetk_admin