“FARG‘ONA HETK” AJ
Open in Telegram
⚡️ Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi AJ rasmiy kanali 🔧 Elektr ta’minoti 🛠 Ta’mirlash ishlari 📢 Rejalashtirilgan uzilishlar 📰 Yangiliklar 📷 Instagram: @fargona_hetk_aj
Show more3 498
Subscribers
-124 hours
-187 days
-14130 days
Posts Archive
3 497
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Ta’lim bilan bir qatorda ilm-fan, zamonaviy texnologiya va innovatsiyalar taraqqiyotimizning hal qiluvchi omili sifatida belgilandi.
AT, sun’iy intellekt va kreativ iqtisodiyot rivojiga yangi ruh berilib, 10 million yoshni raqamli industriya va kelajak kasblariga olib kirish maqsad qilindi.
Istiqlol bayrami arafasida xitoylik hamkorlar bilan “Samarqand – 2028” sun’iy yo‘ldoshi fazoga uchirilgani alohida g‘urur bilan qayd etildi.
– Mening niyatim: O‘zbekiston texnologiya sohalarida jahonga ilg‘or tashabbuslarni taklif qiladigan markazga aylanishi zarur. O‘zbek tili raqamli dunyoda ilm va texnologiya yaratiladigan til bo‘lishi lozim,– dedi davlatimiz rahbari. Inson qadri haqida so‘z yuritganda, aholi salomatligiga alohida e’tibor qaratilishi ta’kidlandi. So‘nggi yillarda sohaga ajratilayotgan mablag‘ 8 karradan ziyod oshirilib, sifatli tibbiy xizmat olish imkoniyati markazda ham, hududlarda ham yaratildi. Facebook|Instagram|X
3 497
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Prezidentimiz dunyo hamjamiyatida munosib o‘rin egallash uchun bilimli, kelajak kasblarini puxta egallagan va mustaqil fikrlaydigan yangi avlod mutaxassislari zarurligini ta’kidladi.
Shu bois, ta’limga sifat va mazmun olib kirilib, muallimning obro‘-e’tibori tiklanmoqda, daromadi oshirib borilmoqda.
O‘tgan o‘n yilda aholi 8 millionga ko‘paygan sharoitda ham maktabgacha ta’lim qamrovi 78 foizga yetkazildi. Maktablarda 1,5 million qo‘shimcha o‘quvchi o‘rni yaratildi.
Prezident, ijod va ixtisoslashgan maktablar tashkil etilgani farzandlarimizga yetakchi xorijiy ta’lim maskanlaridan kam bo‘lmagan darajada chuqur bilim olish imkonini berdi. Yoshlarga xorijiy tillar va kasb-hunar o‘rganishlari uchun munosib sharoitlar yaratildi.
Oliygohlarda o‘qish uchun qulay sharoitlar kengayishi hisobiga talabalar soni 1 million 600 ming nafarga yetdi. Yoshlarda bilim olishga ishtiyoq kuchayib, ota-onalar uchun farzandini oliy ma’lumotli qilish faqat orzu emas, erishsa bo‘ladigan maqsadga aylandi.
– Talabalarning yarmidan ko‘pini xotin-qizlar tashkil etayotgani – Uchinchi Renessansning o‘ziga xos qiyofasi. Bilimli qizlar – bilimli oila, bilimli avlod va ma’rifatli jamiyat deganidir,– dedi davlatimiz rahbari. Facebook|Instagram|X
3 497
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
– Yangi davrda zamonaviy uy-joyga ega bo‘lgan 650 mingdan ziyod oilaning quvonchini so‘z bilan ta’riflab bo‘ladimi?– dedi davlatimiz rahbari. Minglab mahallalarimizga Yangi O‘zbekiston qiyofasi kirib borayotgani ta’kidlandi. Kambag‘allik masalasi ochiq tan olinib, uni keskin qisqartirish bo‘yicha Yangi O‘zbekiston tajribasi yaratildi. Ehtiyojmand oilalarning daromadi, kasbi, salomatligi, farzandlarining ta’lim olishi va yashash sharoitini yaxshilash bo‘yicha “mahallabay” ishlash tizimi yo‘lga qo‘yildi. Izchil sa’y-harakatlar tufayli kambag‘allik darajasi 2017-yildagi 35 foizdan 4 foizga tushirildi. Ushbu raqamlar zamirida ro‘zg‘origa baraka kirib, turmush sifati yaxshilangan 10 million insonning quvonchi va shukronalik tuyg‘ulari mujassam ekani qayd etildi. Facebook|Instagram|X
3 497
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Katta siyosiy iroda bilan O‘zbekiston dunyoga keng ochildi, chegara muammolari hal qilinib, qo‘shnilar bilan do‘stlik va hamkorlik mustahkamlandi.
Valyuta, soliq, bojxona va investitsiya siyosatida tub o‘zgarishlar amalga oshirildi.
Natijada mamlakatimizning Iqtisodiy erkinlik indeksidagi o‘rni 80 pog‘ona yaxshilanib, O‘zbekiston iqtisodiyoti mo‘tadil erkin davlatlar qatoridan joy oldi.
Ilgari iqtisodiyotimizga yiliga 2-3 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb qilingan bo‘lsa, hozir mazkur ko‘rsatkich 40-50 milliard dollarni tashkil etmoqda. Investitsiyalar bilan birga ilg‘or texnologiyalar, zamonaviy bilim va yangi iqtisodiy imkoniyatlar ham kirib kelmoqda.
Uch yil oldin 2030-yilda yalpi ichki mahsulot hajmini 160 milliard dollarga yetkazish reja qilingan edi. Global logistikadagi uzilishlar va dunyodagi notinch vaziyatga qaramasdan, ushbu marra joriy yilning o‘zida ortig‘i bilan bajarilib, O‘zbekiston daromadi o‘rtachadan yuqori davlatlar qatoriga kiradi.
– Bunday yuksak natijalarga xalqimizning fidokorona mehnati, intellektual salohiyati hamda millat va davlat birdamligi tufayli erishyapmiz. Ijobiy o‘zgarishlarni har bir inson, har bir oila o‘z hayotida chuqur his etyapti,– dedi Prezidentimiz. Facebook|Instagram|X
3 497
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Bugungi erkin hayot uchun jonini fido qilgan ulug‘ ajdodlarimiz va jadidlar xotirasiga hurmat bajo keltirildi.
O‘tgan 35 yil davomida mustaqilligimizni mustahkamlashga munosib hissa qo‘shgan barcha marhum yurtdoshlarimizning fidokorona mehnati va jasorati e’tirof qilindi.
Birinchi Prezidentimiz, atoqli davlat va siyosat arbobi Islom Abdug‘aniyevich Karimovning yorqin xotirasi ehtirom bilan yod etildi.
Prezidentimiz mustaqillikning buyuk ahamiyati, avvalo, inson qadri va erkin hayotida namoyon bo‘lishini ta’kidladi. Islohotlarning birinchi kunlaridan xalqning qalbiga quloq solish va aholining dardiga darmon bo‘lish asosiy maqsad etib belgilandi.
“Inson qadri uchun” g‘oyasi davlat siyosatining markaziga olib chiqildi. Birinchi galda “paxta qulligi”, majburiy va bolalar mehnati, konvertatsiya cheklovi hamda “propiska” kabi odamlarni yillar davomida qiynab kelgan muammolarga barham berildi.
– Eng asosiysi, fuqarolarimiz yuragidagi qo‘rquv va hadik o‘rnini ishonch va xotirjamlik egalladi. Har bir inson erkin va farovon yashaydigan jamiyat barpo etish uchun keyingi o‘n yilda tinimsiz izlandik, qattiq mehnat qildik,– dedi Prezident Shavkat Mirziyoyev. Facebook|Instagram|X
3 497
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Davlatimiz rahbari 1991-yilda xalqimizning xohish-irodasi va qat’iyati bilan davlat mustaqilligi qo‘lga kiritilganini ta’kidladi.
Buyuk istiqlolimiz ildizlari uch ming yildan ziyod davlatchilik an’analarimiz va qadimiy sivilizatsiyamiz tarixiga borib taqaladi.
Birinchi va Ikkinchi Renessans davrida Muhammad al-Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek va Mir Alisher Navoiy kabi buyuk allomalarimiz bashariyat tafakkuri xazinasini boyitgani qayd etildi.
Sohibqiron Amir Temur bobomiz barpo etgan davlat adolat va bunyodkorlik timsoli sifatida tarix zarvaraqlaridan munosib o‘rin olgani ta’kidlandi.
– Vatan ozodligi va milliy istiqlol yo‘lida jonini fido qilgan Behbudiy, Munavvarqori, Fitrat, Qodiriy, Cho‘lpon kabi jadid bobolarimizning hurriyat haqidagi orzu-niyatlari bugun Yangi O‘zbekistonda to‘liq ro‘yobga chiqmoqda. Mustaqillik bizga shon-u sharafimiz, muqaddas dinimiz, ona tilimiz va unutilayotgan milliy qadriyatlarimizni qaytarib berdi. Istiqlol tufayli biz o‘zligimizni anglab, ulug‘ ota-bobolarimizning munosib vorislari ekanimizni butun dunyoga namoyon etdik,– dedi davlatimiz rahbari. Facebook|Instagram|X
3 497
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimda nutq so‘zlamoqda.
Davlatimiz rahbari xalqimizni ayyom bilan samimiy tabrikladi. Eng ulug‘ bayramimiz Yangi Toshkentda o‘tkazilayotgani tantana shukuhini yanada oshirayotganini ta’kidladi.
Kelgusida ilm-fan, ta’lim va madaniyat markazi bo‘ladigan ushbu hududda kuni kecha Yangi O‘zbekiston universiteti, Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti hamda O‘zbekiston milliy kutubxonasining muhtasham binolari ishga tushirildi.
Tantana ishtirokchilari huzurida ochiladigan favvora dunyodagi eng baland musiqali favvora sifatida “Ginnessning rekordlar kitobi”dan joy olgani bayram kayfiyatiga yanada baland ruh bag‘ishlashi qayd etildi.
– Bir necha yuz yillik orzular ro‘yobga chiqayotgan ushbu betakror makonda butun xalqimiz bilan hali yana ko‘plab quvonchli va tarixiy voqealarga guvoh bo‘lamiz. Aminmanki, Yangi Toshkent poytaxtimizning ko‘rkiga ko‘rk qo‘shib, biz barpo etayotgan Yangi O‘zbekistonning kuch-qudratini namoyon etadigan chinakam taraqqiyot markaziga aylanadi,– dedi Prezidentimiz. Facebook|Instagram|X
3 497
🇺🇿Sietl shahri 1 sentyabrni “O‘zbekiston Mustaqilligi kuni” deb e’lon qildi
AQSHning Sietl shahri meri Keti B. Uilson 2026-yil 1-sentyabrni “O‘zbekiston Mustaqilligi kuni” deb rasman e’lon qildi. Bu haqda shahar meri tomonidan imzolangan maxsus proklamatsiyada qayd etilgan.🔷Hujjatda O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi, mamlakatning shu davr mobaynida suverenitet, taraqqiyot va keng ko‘lamli o‘zgarishlar yo‘lini bosib o‘tgani alohida ta’kidlangan. 🔷Shuningdek, proklamatsiyada O‘zbekistonning Markaziy Osiyodagi eng ko‘p aholiga ega davlat ekani, iqtisodiyot yillik 5–6 foiz atrofida o‘sib borayotgani, ochiq bozor va xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga intilayotgani qayd etilgan. 🔷Hujjatda O‘zbekistonning qadimiy Ipak yo‘li markazida joylashgani va bugungi kunda 100 milliondan ortiq iste’molchini qamrab oluvchi mintaqaga strategik darvoza vazifasini bajarayotganiga ham urg‘u berilgan. Bu esa savdo, investisiya, logistika, texnologiya va energetika sohalarida Sietl biznes hamjamiyati bilan hamkorlik uchun katta imkoniyat sifatida baholangan. 🔷Bundan tashqari, O‘zbekistonning Sietldagi Bosh konsulligi faoliyati ikki tomon o‘rtasida odamlar, biznes va davlat idoralari darajasida uzoq muddatli aloqalarni mustahkamlashga xizmat qilishi ta’kidlangan.
3 497
+3
✨ YUKSAK E’TIROF — JAMOAMIZ FAXRI!
HURMATLI AZIZBEK RASULJONOVICH!
Sizni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlash to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq ushbu yuksak mukofotga sazovor bo‘lganingiz bilan “Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJning ko‘p sonli jamoasi nomidan chin qalbimizdan muborakbod etamiz!
Bunday yuksak e’tirof — Sizning viloyatimiz energetika tizimini rivojlantirish, elektr ta’minoti barqarorligini mustahkamlash, soha oldidagi muhim va mas’uliyatli vazifalarni samarali tashkil etish yo‘lidagi ko‘p yillik mehnatingizga berilgan munosib baho va yuksak ehtirom ifodasidir.
Sizning rahbarligingiz ostida korxonamiz jamoasi xalqimizga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berish, elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish, mavjud imkoniyatlarni kengaytirish hamda energetika sohasini yangi bosqichga olib chiqish yo‘lida izchil va fidokorona mehnat qilmoqda.
Sizning ushbu davlat mukofotiga sazovor bo‘lganingizni jamoamizning umumiy quvonchi, faxri va mehnatimizga berilgan yuksak baho sifatida qabul qilamiz.
Zero, rahbarning e’tirofi — jamoa uchun ham e’tirof. Bugungi mukofot esa barchamizni yanada katta maqsadlar sari dadil intilishga, Vatanimiz ravnaqi va xalqimiz farovonligi yo‘lida yanada mas’uliyat bilan mehnat qilishga ruhlantiradi.
Sizga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, kuch-g‘ayrat va mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz. Yurtimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligi yo‘lidagi sharafli mehnatingiz doimo munosib e’tirof etilib, yangi yutuqlar bilan davom etsin!
Yuksak mukofot muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan,
“Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ jamoasi
3 497
+9
#Mustaqillik35
Farg‘onada bir guruh fidoyi yurtdoshlarimizga esdalik nishonlari topshirildi
Viloyat hokimligida mamlakatimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi va Yangi O‘zbekiston ravnaqi yo‘lida samarali mehnat qilib kelayotgan bir guruh fidoyi yurtdoshlarimizga “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishonlarini tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ishtirok etib, yig‘ilganlarni eng ulug‘ va eng aziz bayram — O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy tabrikladi.
—
В Фергане группе самоотверженных соотечественников вручены памятные знаки
—
Commemorative Badges Presented to a Group of Dedicated Citizens in Fergana
Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
3 497
Qatag‘on qurbonlari va qahramon ajdodlarimiz yod etildi.
💻𝐼𝑛𝑠𝑡𝑎𝑔𝑟𝑎𝑚|📝𝑇𝑒𝑙𝑒𝑔𝑟𝑎𝑚|🔵Facebook|🌐Dangara.gov.uz
3 497
“YONIMIZDAGI QAHRAMONLAR” — ENERGETIKLAR MEHNATI E’TIROF ETILDI
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Farg‘ona viloyati bo‘limi tomonidan “Yonimizdagi qahramonlar” hamda “Sharafli yo‘l” shiorlari ostida videoroliklar tanlovi o‘tkazildi.
Unda viloyatdagi turli tashkilot va muassasalar qatori “Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ ham munosib ishtirok etdi.
Korxona Axborot xizmati tomonidan tayyorlangan videorolikda bugungi energetiklarning sharafli va mas’uliyatli mehnati, el-yurt farovonligi yo‘lida tunu kun olib borayotgan fidokorona faoliyati hamda kasbga bo‘lgan sadoqati aks ettirildi.
Elektr ta’minotining barqarorligi ortida turgan, har qanday ob-havo sharoitida ham xalqimizga sifatli va ishonchli elektr energiyasini yetkazib berish uchun mehnat qilayotgan energetiklar faoliyati ijodiy yondashuv asosida yoritilgan ushbu videorolik tanlov sovrindorlari qatoridan joy oldi.
G‘olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimida “Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ Axborot xizmati tomonidan tayyorlangan videorolik munosib baholanib, O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasining diplomi hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Bu e’tirof — nafaqat ijodiy ishga, balki yurtimiz energetiklarining mashaqqatli va sharafli mehnatiga berilgan yuksak bahodir.
Zero, haqiqiy qahramonlar doimo yonimizda. Ular — tunu kun el xizmatida bo‘lgan fidoyi energetiklardir!
3 497
+6
FIDOKORONA MEHNATGA, YUKSAK E’TIROF!
Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida yurtimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi va energetika tizimi ravnaqi yo‘lida fidokorona mehnat qilib kelayotgan bir qator “Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ xodimlariga “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishonlari tantanali ravishda topshirildi.Ushbu yuksak e’tirof — nafaqat mukofot, balki yillar davomida halol va vijdonan qilingan mehnatga bildirilgan yuksak hurmat va ehtiromning yorqin ifodasidir. Bugun elektr ta’minotida tun-u kun, har qanday sharoitda xalqimiz xonadonlari, korxona va tashkilotlarini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlashdek sharafli va mas’uliyatli vazifani bajarayotgan minglab fidoyi energetiklar bor. Ularning har bir kunlik mehnatida — yurt ravnaqi, har bir xonadondagi yorug‘likda — xalqimizning farovon hayoti, har bir bunyodkorlik ishida esa Mustaqil O‘zbekistonning qudrati va taraqqiyoti mujassam. Bu e’tirof barchamizga yangi kuch, yangi g‘ayrat va yanada katta mas’uliyat bag‘ishlaydi! Shunday e’tirofga sazovor bo‘lgan hamkasblarimizni ushbu qutlug‘ mukofot bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz! “Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJning ko‘p sonli jamoasi nomidan barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, kasbiy faoliyatlariga ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz. “Farg’ona HETK” AJ rahbariyati va jamoasi
3 497
#33_son
Hurmatli davlat xizmatchilari, siyosiy ma'rifat soatining navbatdagi sonini taqdim etmoqdamiz.
Unda siyosiy-ijtimoiy xabarlar, qonunchilikdagi yangiliklar, davlat xizmatchisining ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini boyitishga xizmat qiladigan ma’lumotlar o‘rin olgan.
#uzb35 #mustaqillik35
3 497
Repost from Rasmiy axborot
✍ “Ватаннинг обрўси — бизнинг обрўйимиз”: Америкадаги 500 ватандошдан Президентга мактуб келди
АҚШ ва Канадада яшаётган 500 нафар ўзбекистонлик Президент Шавкат Мирзиёевга мурожаат йўллаб, Янги Ўзбекистондаги ўзгаришлар ва мамлакатнинг халқаро майдондаги нуфузи юксалаётганини алоҳида эътироф этди.
Мурожаатда сўнгги йилларда давлатнинг очиқлиги, хориждаги ватандошлар билан муносабат мутлақо янги босқичга кўтарилгани, улар билан мулоқот қилиш, фикрини эшитиш ва Ватан билан алоқаларини мустаҳкамлашга катта эътибор қаратилаётгани қайд этилган.
🇺🇸🇺🇿 Айниқса, Ўзбекистон ва АҚШ муносабатларининг янги босқичга кўтарилаётгани ватандошларда катта умид уйғотаётгани таъкидланган. Улар Президент Шавкат Мирзиёевнинг Дональд Трамп билан бўлажак бевосита ва ишончли мулоқоти, олий даражадаги учрашувлар, шунингдек, АҚШ ҳукумати, Конгресси ва ишбилармон доиралари билан кенгайиб бораётган ҳамкорлик Ўзбекистон учун янги имкониятлар очишига ишонч билдирган.
🔷“Сиз олиб бораётган сиёсат бизга нафақат янги имкониятлар яратмоқда, балки зиммамизга катта масъулият ҳам юкламоқда. Биз хорижда яшаётган ватандошлар Ўзбекистоннинг муносиб вакиллари бўлишимиз, Ватанимизнинг ҳақиқий қиёфасини кенг жамоатчиликка етказишимиз керак”, — дейилади мурожаатда.Ватандошлар америкалик тадбиркор ва инвесторларни Ўзбекистонга жалб қилиш, янги технологиялар, билим ва тажрибаларни Ватанга олиб бориш, таълимий ва маданий алоқаларни кучайтиришга ҳисса қўшишга тайёр эканини билдирган. Мурожаатда яна бир муҳим фикр алоҳида урғуланган:
🔷“Ватаннинг обрўси — бизнинг обрўйимиз. Ўзбекистоннинг ютуғи — бизнинг ютуғимиз. Ўзбекистон байроғининг дунё майдонида баланд кўтарилиши — ҳар бир ватандошимиз учун фахр ва ифтихордир”.Мактуб якунида ватандошлар Президент Шавкат Мирзиёевни ва Ўзбекистон халқини яқинлашиб келаётган Мустақиллик байрами билан табриклаб, мамлакат тинчлиги, халқ фаровонлиги ва Янги Ўзбекистон тараққиёти йўлидаги ислоҳотларга муваффақият тилаган. Мурожаат “Vatan Global Alliance” жамияти раиси Озод Солиев, Ўзбекистон халқ артистлари Эркин Малаков ва Муҳаббат Шамаева, Ватан Филадельфия жамияти раиси Саидулло Аҳмедов, Ватан Нью-Йорк жамияти раиси Бахтиёр Қодиров ҳамда Америкада яшаётган 500 нафар ватандош номидан йўлланган. https://t.me/Rasmiy_axborot_official
