“FARG‘ONA HETK” AJ
Open in Telegram
⚡️ Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi AJ rasmiy kanali 🔧 Elektr ta’minoti 🛠 Ta’mirlash ishlari 📢 Rejalashtirilgan uzilishlar 📰 Yangiliklar 📷 Instagram: @fargona_hetk_aj
Show more3 498
Subscribers
-124 hours
-187 days
-14130 days
Posts Archive
3 498
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz besh yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi
—
Выступление Президента Шавката Мирзиёева на торжественной церемонии, посвященной 35-летию государственной независимости Республики Узбекистан
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
3 498
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Istiqlolimizning 35 yilligiga bag‘ishlangan bayram shodiyonasi katta konsert dasturi bilan davom etmoqda.
—
Торжества по случаю 35-й годовщины независимости продолжаются красочной концертной программой.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
3 498
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Главное из поздравления Президента Шавката Мирзиёева по случаю 35-летия государственной независимости (вторая часть):
📌 Средняя продолжительность жизни населения в Узбекистане увеличилась за период 1991-2025 годы с 66,4 до 75,4 года, младенческая и материнская смертность снизилась в 4 раза;
📌 Мы вступаем в совершенно новую эпоху, следующее десятилетие будет для нас эпохой национального прогресса;
📌 В ближайшие годы реализуем 7 национальных программ, которые еще больше повысят ценность и достоинство человека в нашей стране;
📌 Первая национальная программа будет направлена на превращение знаний и навыков в основной капитал будущего развития;
📌 Мы перейдем к модели охраны здоровья, основанной на усилении профилактики. Государственное медицинское страхование охватит все семьи в стране;
📌 К 2030 году объем валового внутреннего продукта будет доведен до 300 миллиардов долларов;
📌 Четвертая национальная программа будет направлена на коренное изменение отношения к воде и природе;
📌 Решительно продолжим реформы по усилению правовых гарантий граждан и предпринимателей;
📌 Махалля будет превращена в основной заказчик общественного развития;
📌 Мы продолжим многовекторную, взвешенную и сбалансированную внешнюю политику для превращения Узбекистана в центр международной дипломатии;
📌 Сегодня мы сильнее, чем были вчера, а завтра станем еще сильнее, чем сегодня;
📌 Если народ и государство объединят усилия на пути к единой цели, то для них не будет недостижимых рубежей. Никто не сможет победить народ и государство, обладающие такой великой силой;
📌 Наш мужественный, стойкий и благородный народ обязательно достигнет своих великих целей.
Facebook|Instagram|X
3 498
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Prezident Shavkat Mirziyoyevning davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan so‘zlagan tabrigidan asosiy fikrlar (ikkinchi qism):
📌 Aholining o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 1991-yildagi 66,4 yoshdan 2025-yilda 75,4 yoshga yetgani, go‘daklar va onalar o‘limi ko‘rsatkichi 4 barobar kamaygani sohadagi islohotlarimizning eng muhim natijasidir;
📌 Mamlakatimiz taraqqiyotning mutlaqo yangi davriga qadam qo‘ymoqda. Kelgusi o‘n yillik biz uchun milliy yuksalish davri bo‘ladi;
📌 Kelgusi yillarda yurtimizda inson qadrini yanada yuksaltiradigan 7 ta milliy dasturni amalga oshiramiz;
📌 Birinchi milliy dastur bilim va malakani kelgusi taraqqiyotimizning asosiy kapitaliga aylantirishdan iborat bo‘ladi;
📌 Tibbiyotda profilaktikani kuchaytirish orqali salomatlikni asrash modeliga o‘tamiz. Davlat tibbiy sug‘urtasi mamlakatning barcha xonadonlariga kirib boradi;
📌 2030-yilgacha yalpi ichki mahsulot hajmi 300 milliard dollarga yetkaziladi;
📌 To‘rtinchi milliy dastur suv va tabiatga munosabatni tubdan o‘zgartirishga qaratiladi;
📌Fuqarolar va tadbirkorlarning qonuniy kafolatlarini kuchaytirish bo‘yicha islohotlarimizni qat’iy davom ettiramiz;
📌Mahalla jamiyat taraqqiyotining asosiy buyurtmachisiga aylantiriladi;
📌 O‘zbekistonni xalqaro diplomatiyaning muhim markaziga aylantirish uchun ko‘pqirrali, vazmin va muvozanatli tashqi siyosatni davom ettiramiz;
📌 Biz bugun kechagidan kuchlimiz. Nasib etsa, ertaga bundan ham kuchli bo‘lamiz;
📌 Xalq va davlat yagona maqsad yo‘lida birlashib, astoydil harakat qilsa, zabt etib bo‘lmaydigan marraning o‘zi yo‘q. Bunday buyuk qudratga ega xalq va davlatni yenga oladigan kuchning o‘zi yo‘q;
📌 Matonatli, mard va olijanob xalqimiz o‘z oldiga qo‘ygan ulug‘ maqsadlarga albatta yetadi.
Facebook|Instagram|X
3 498
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Главное из поздравления Президента Шавката Мирзиёева по случаю 35-летия государственной независимости (первая часть):
📌 Корни нашей великой независимости уходят в глубь истории, к традициям национальной государственности и нашей древней цивилизации, насчитывающей более трех тысяч лет;
📌 Независимость прежде всего вернула нам честь и достоинство, нашу священную религию, родной язык, забытые национальные ценности;
📌 Мы преклоняемся перед немеркнущей памятью всех наших самоотверженных предков, погибших в героической борьбе за нынешнюю свободную жизнь;
📌 Мы глубоко чтим память о нашем Первом Президенте, выдающемся государственном и политическом деятеле, уважаемом Исламе Абдуганиевиче Каримове;
📌 С первых же дней наших реформ мы прислушались к голосу народа, поставили перед собой задачу помочь в решении его проблем;
📌 Мы искоренили такие негативные явления, как «принудительный и детский труд», в том числе на хлопковых полях, «ограничения конвертации», «прописка»;
📌 Последние 10 лет мы упорно трудились для построения общества, где каждый человек будет жить свободно и благополучно, широко открыли Узбекистан миру;
📌 Мы планировали довести к 2030 году объем ВВП до 160 миллиардов долларов. Эту задачу мы выполним уже в текущем году и войдем в ряд государств с доходом на душу населения выше среднего;
📌 Мы сумели снизить уровень бедности с 35 процентов в 2017 году до 4 процентов в нынешнем. У 10 миллионов человек повысилось качество жизни, они обрели семейное благополучие;
📌 Более половины студентов вузов страны составляют девушки и женщины образованные девушки – это образованные семьи, образованное поколение, просвещенное общество;
📌 Решающим фактором нашего развития мы наряду с образованием считаем науку, современные технологии и инновации;
📌 Моя цель – добиться того, чтобы Узбекистан стал центром прогрессивных инициатив в сфере технологий.
Facebook|Instagram|X
3 498
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Prezident Shavkat Mirziyoyevning davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan so‘zlagan tabrigidan asosiy fikrlar (birinchi qism):
📌Buyuk istiqlolimizning ildizlari uch ming yildan ziyod bo‘lgan davlatchilik an’analarimiz va qadimiy sivilizatsiyamiz tarixiga borib taqaladi;
📌 Mustaqillik, eng avvalo, bizga shonu sharafimizni, muqaddas dinimizni, ona tilimizni, unutilayotgan milliy qadriyatlarimizni qaytarib berdi;
📌 Bugungi erkin hayot uchun jonini fido qilgan ulug‘ ajdodlarimiz, jadidlar xotirasiga ta'zim bajo keltiramiz;
📌 Birinchi Prezidentimiz, atoqli davlat va siyosat arbobi Islom Abdug‘aniyevich Karimovning yorqin xotirasini ehtirom bilan yod etamiz;
📌 Islohotlarni boshlagan birinchi kunlardanoq xalqning qalbiga quloq soldik, aholining dardiga darmon bo‘lishni maqsad qildik;
📌 "Paxta qulligi", "majburiy mehnat va bolalar mehnati", "konvertatsiya cheklovi", "propiska" kabi odamlarni yillar davomida qiynab kelgan muammolarga barham berdik;
📌 Har bir inson erkin va farovon yashaydigan jamiyatni barpo etish uchun keyingi 10 yilda tinimsiz izlandik, qattiq mehnat qildik. O‘zbekistonni dunyoga keng ochdik;
📌 2030-yilga borib yalpi ichki mahsulot hajmini 160 milliard dollarga yetkazishni reja qilgan edik. Bu vazifani shu yilning o‘zida ortig'i bilan amalga oshiramiz va daromadi o‘rtachadan yuqori bo‘lgan davlatlar qatoriga kiramiz;
📌 Bugungi kunda kambag'allik darajasini 2017-yildagi 35 foizdan 4 foizga tushurishga erishdik. 10 million nafar insonning turmush sifati yaxshilandi;
📌 Mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalari talabalarining yarmidan ko‘pini qizlar va ayollar tashkil etadi. Bilimli qizlar — bilimli oila, bilimli avlod, ma’rifatli jamiyat deganidir;
📌Ta’lim bilan bir qatorda ilm-fan, zamonaviy texnologiya va innovatsiyalarni ham taraqqiyotimizning hal qiluvchi omili deb bilamiz;
📌 Mening niyatim: O‘zbekiston texnologiya sohalarida jahonga ilg‘or tashabbuslarni taklif qiladigan markazga aylanishi zarur.
Facebook|Instagram|X
3 498
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Prezident Shavkat Mirziyoyev nutqini shunday tilaklar bilan yakunladi:
– Vatanimizning oltin davrini, yangi buyuk tarixini albatta barchamiz birgalikda yaratamiz! Bizga mustaqillik ne’matini bergan Parvardigorimizga cheksiz shukronalar bo‘lsin! Istiqlolimiz ijodkori va haqiqiy bunyodkori bo‘lgan xalqimizga shon-sharaflar bo‘lsin! Sizlarni, sizlar orqali butun xalqimizni bugungi ulug‘ bayram – O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi bilan yana bir bor tabriklayman. Yurtimiz tinch, xonadonlarimiz obod va farovon bo‘lsin! Yashasin O‘zbekiston Respublikasi! Yashasin O‘zbekiston xalqi!Facebook|Instagram|X
3 498
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Davlatimiz rahbari xalqimizga bir fikrni ishonch bilan aytmoqchi ekanini ta’kidladi.
– Biz bugun kechagidan kuchlimiz. Nasib etsa, ertaga bundan ham kuchli bo‘lamiz! O‘ttiz besh yillik mustaqil taraqqiyot yo‘li bizga bir haqiqatni o‘rgatdi: xalq va davlat yagona maqsad yo‘lida birlashib, astoydil harakat qilsa, zabt etib bo‘lmaydigan marraning o‘zi yo‘q,– dedi mamlakatimiz yetakchisi. Bunday buyuk qudratga ega xalq va davlatni yenga oladigan kuchning o‘zi yo‘qligi ta’kidlandi. Yagona Vatan va yagona xalq bo‘lib, yangi hayot hamda buyuk kelajagimizni birgalikda barpo etishga da’vat qilindi. Prezidentimiz matonatli, mard va olijanob xalqimiz o‘z oldiga qo‘ygan ulug‘ maqsadlarga albatta yetishiga ishonch bildirdi. Facebook|Instagram|X
3 498
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
– O‘zbekistonni xalqaro diplomatiyaning muhim markaziga aylantirish uchun ko‘p qirrali, vazmin va muvozanatli tashqi siyosatni davom ettiramiz,– dedi davlatimiz rahbari. Iqtisodiy diplomatiya tashqi siyosatimizning ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qoladi. Mamlakatimiz 2027-2029-yillarda Qo‘shilmaslik harakatiga ilk marotaba raislik qiladi. Dunyodagi 120 dan ortiq davlatni birlashtirgan ushbu global tuzilma samaradorligini oshirishga qaratilgan tashabbuslar faol ilgari suriladi. Yon qo‘shnimiz Afg‘oniston bo‘yicha konstruktiv siyosat qat’iy davom ettiriladi. Prezidentimiz tantanada ishtirok etgan diplomatik korpus vakillari, xorijiy ommaviy axborot vositalari xodimlari hamda AQSh, Turkiya va Singapurdan kelgan yuqori martabali mehmonlarga samarali hamkorlik uchun minnatdorlik bildirdi. Facebook|Instagram|X
3 498
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Yettinchi milliy dastur O‘zbekistonning tinchlik va do‘stlik diyori, bag‘rikeng o‘lka sifatidagi nufuzini har tomonlama yuksaltirishga qaratiladi.
Yurtimizda 130 dan ortiq millat va elat vakillari, 16 ta diniy konfessiya a’zolari bir oila farzandlaridek ahil va inoq yashayotgani qayd etildi.
– Bugungi notinch zamonda millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik xalqimizning oltin fondi, bebaho boyligidir,– dedi Prezidentimiz. O‘zbekistonning ochiq, pragmatik va tinchlikparvar siyosati uzoq muddatli taraqqiyotimizni ta’minlashga qaratilgan. Markaziy Osiyoda ahil qo‘shnichilik, strategik sheriklik va do‘stlik aloqalarini kengaytirishda tarixiy yutuqlarga erishildi. Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi, Yevropa Ittifoqi, Amerika, Osiyo-Tinch okeani mintaqasi va arab-musulmon dunyosi davlatlari bilan munosabatlar yanada mustahkamlandi. Sharqiy Yevropa, Afrika va Lotin Amerikasida yangi hamkorlik yo‘nalishlari ochildi. O‘zbekiston bilan diplomatik munosabat o‘rnatgan davlatlarning soni qariyb 170 taga yetdi. Facebook|Instagram|X
3 498
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Prezidentimiz odamlarning kayfiyati, oilalarning farovonligi, yoshlarning orzu-istagi va tadbirkorlarning tashabbuskorligi, eng avvalo, mahallada namoyon bo‘lishini ta’kidladi.
Oltinchi milliy dastur mahallani jamiyat taraqqiyotining asosiy buyurtmachisiga aylantirishga yo‘naltiriladi.
– Endi davlat dasturlarini ishlab chiqish bo‘yicha yondashuv butkul o‘zgaradi,– dedi davlatimiz rahbari. Tuman budjeti, investitsiya dasturi va infratuzilma loyihalari mahalla buyurtmasi asosida ishlab chiqiladi. Fuqarolarning talab va ehtiyoji, mahallaning farovonligi eng asosiy mezon sifatida belgilanadi. Facebook|Instagram|X
3 498
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
– Adolat qaror topgan joyda iqtisodiy o‘sish ham, ijtimoiy ishonch ham yuksaladi,– dedi mamlakatimiz yetakchisi. Beshinchi milliy dastur sud mustaqilligini kuchaytirish va qonun ustuvorligini umumiy qadriyatga aylantirishga qaratilgan. Huquqiy tarbiya maktabdan boshlab aniq tizim asosida yo‘lga qo‘yiladi. Fuqarolar va tadbirkorlarning qonuniy kafolatlarini kuchaytirish bo‘yicha islohotlar qat’iy davom ettiriladi. Kiberjinoyatchilik, giyohvandlik va odam savdosining oldini olish choralari yanada kuchaytiriladi. Yashirin iqtisodiyot, uyushgan jinoyatchilik, ayollar va bolalar huquqini kamsitishga qarshi kurash yangi bosqichga ko‘tariladi. Facebook|Instagram|X
3 498
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Global iqlim o‘zgarishi sharoitida suv va ekologiya masalalari yanada dolzarb bo‘lib borayotgani qayd etildi.
To‘rtinchi milliy dastur suv va tabiatga munosabatni tubdan o‘zgartirishga qaratiladi.
Kelgusi besh yilda ekin maydonlarida suv tejaydigan texnologiyalarning qamrovi 100 foizga yetkaziladi.
– Tabiatga munosabat – xalqning madaniyati, davlatning mas’uliyati va taraqqiyotning sifat ko‘rsatkichidir. “Yashil makon” umummilliy harakatini yangi sifat bosqichiga olib chiqamiz,– dedi Prezidentimiz. Maktab, bog‘cha, shifoxona va ko‘p qavatli uylar atrofidagi yashil hududlar jamiyatning daxlsiz boyligi sifatida muhofaza qilinadi. Yaqin yillarda tuman va shahar markazlarida yashillik ko‘lami 30 foizga yetkaziladi. Facebook|Instagram|X
3 498
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
– Uchinchi milliy dastur – iqtisodiyotimizni yuqori texnologiya va mehnat unumdorligi modeliga o‘tkazish,– dedi davlatimiz rahbari. Buning uchun kelgusi o‘n yilda 450 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb qilinadi. Iqtisodiyotda yuqori o‘sish sur’ati saqlangan holda, 2030-yilgacha yalpi ichki mahsulot hajmi 300 milliard dollarga yetkaziladi. Sanoatda 2 millionta yuqori daromadli ish o‘rni yaratiladi. Yoshlar salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarishda startap, venchur va sun’iy intellektni rivojlantirish ustuvor yo‘nalishga aylanadi. Kichik biznesning o‘rta biznesga, o‘rta korxonalarning yirik kompaniya va korporatsiyalarga aylanishi uchun yaxlit ekotizim yo‘lga qo‘yiladi.
– Bularning hisobiga kelgusi o‘n yilda jon boshiga yalpi ichki mahsulot hajmi 10 ming dollarlik marradan oshadi,– dedi Prezidentimiz. Facebook|Instagram|X
3 498
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Ikkinchi milliy dastur xalqimizning sog‘lom bo‘lishi va uzoq umr ko‘rishini ta’minlashga xizmat qiladi.
Aholi salomatligi bilan bog‘liq davlat xarajatlari kelgusi besh yilda yalpi ichki mahsulotga nisbatan 5 foizga yetkaziladi.
Tibbiyotda profilaktikani kuchaytirish orqali salomatlikni asrash modeliga o‘tiladi.
Davlat tibbiy sug‘urtasi mamlakatning barcha xonadonlariga kirib boradi.
Ixtisoslashgan tibbiyotda raqobat muhitini kuchaytirish maqsadida dunyoning eng nufuzli kamida 5 ta klinikasi olib kelinadi.
Yurtimiz zamonaviy tibbiyot, farmatsevtika, biotexnologiyalar va tibbiy ta’lim taraqqiy etgan maskanga aylantiriladi.
Facebook|Instagram|X
3 498
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Barcha maktablar xalqaro baholash dasturlari bilan to‘liq qamrab olinadi.
Yurtimizdagi texnikumlarda xalqaro ta’lim standartlari joriy etiladi.
Ularda yoshlarni yuqori daromadli kasblarga o‘qitish yo‘lga qo‘yilib, qamrov 1 millionga yetkaziladi.
– Bir so‘z bilan aytganda, Yangi O‘zbekistonda kasb egallamagan birorta yigit-qiz qolmaydi,– dedi Prezidentimiz. Kelgusida kamida 10 ta universitetni TOP mingtalikka kiritish katta marra sifatida belgilandi. Facebook|Instagram|X
3 498
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Prezidentimiz bugun mamlakatimiz tarixning yanada mas’uliyatli va hal qiluvchi pallasida turganini, taraqqiyotning mutlaqo yangi davriga qadam qo‘yayotganini ta’kidladi.
– Kelgusi o‘n yillik biz uchun milliy yuksalish davri bo‘ladi,– dedi davlatimiz rahbari. Mazkur davrni faqat xalqimizning aql-zakovati, mehnati va birdamligi orqali bunyod etish mumkinligi qayd etildi. Shu maqsadda kelgusi yillarda inson qadrini yanada yuksaltiradigan 7 ta milliy dastur amalga oshiriladi. Birinchi milliy dastur bilim va malakani kelgusi taraqqiyotimizning asosiy kapitaliga aylantirishga qaratilgan. Bolalarning 6 yoshli tayyorlov guruhlariga qamrovi qisqa muddatda 100 foizga yetkaziladi. Xususiy bog‘cha tashkil qilish bo‘yicha mavjud imtiyozlar saqlab qolinadi. Facebook|Instagram|X
3 498
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
– Bizning eng katta boyligimiz – ertangi kunimizning hal qiluvchi kuchi bo‘lgan Yangi O‘zbekiston yoshlaridir,– dedi davlatimiz rahbari. Intiluvchan va tirishqoq o‘g‘il-qizlarimizni qo‘llab-quvvatlash uchun har yili 20-25 trillion so‘m ajratilmoqda. Bugungi kunda mamlakatimizdagi biznes vakillarining 35 foizini yosh tadbirkorlar tashkil etmoqda. Tokio va Parij Olimpiya hamda Paralimpiya o‘yinlarida, dunyo maydonlarida yosh sportchilarimiz erishgan tarixiy yutuqlar xalqimizga cheksiz iftixor bag‘ishlagani ta’kidlandi. Futbolchilarimiz ilk bor jahon chempionatida ishtirok etib, o‘zbek sporti tarixida yangi sahifa ochdi. Ular boshlagan yo‘l davomli va zafarli bo‘lishiga ishonch bildirildi. Yaqin kunlarda Samarqandda Jahon shaxmat olimpiadasi boshlanadi, noyabr oyida esa grossmeyster Javohir Sindorov jahon shaxmat toji uchun kurashga kirishadi. Prezidentimiz shaxmatchi o‘g‘il-qizlarimizga ulkan zafarlar tiladi.
– Sizlarni Yangi O‘zbekiston yulduzlari, kelajak bunyodkorlari deb bilaman! Oldinga qarab intilishdan va doimiy izlanishdan hech qachon to‘xtamang, aziz farzandlarim!– deya yoshlarga murojaat qildi davlatimiz rahbari. Facebook|Instagram|X
3 498
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
O‘tgan davrda yurtimizda 652 ta yangi tibbiyot muassasasi barpo etildi va xususiy sektorga keng imkoniyat berildi. Buning natijasida tibbiy xizmatlar hajmi 3 karra oshdi.
Yuqori malakali shifokorlar tayyorlash yo‘lga qo‘yilib, ular uchun munosib sharoitlar yaratildi. Ilgari xorijda amalga oshirilgan 100 dan ziyod murakkab diagnostika va davolash usullari bugun yurtimizda ham mukammal bajarilmoqda.
– Aholining o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 1991-yildagi 66,4 yoshdan 2025-yilda 75,4 yoshga yetgani, go‘daklar va onalar o‘limi ko‘rsatkichi 4 barobar kamaygani sohadagi islohotlarimizning eng muhim natijasidir,– dedi Prezidentimiz. Davlatimiz rahbari jonajon Vatanimiz azaldan ulug‘ mutafakkirlar, aziz avliyolar va buyuk allomalar yurti bo‘lib kelganini ta’kidladi. Bu bebaho merosga munosib ravishda Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy va Burhoniddin Marg‘inoniy yodgorlik majmualari kabi betakror ilmiy-ma’rifiy dargohlar barpo etildi. Ushbu muhtasham va tabarruk maskanlar nafaqat yurtimiz va islom olami, balki butun jahon ahlining haqli e’tirofiga sazovor bo‘lmoqda. Bunday bunyodkorlik ishlari jadal davom ettiriladi. Facebook|Instagram|X
