en
Feedback
“FARG‘ONA HETK” AJ

“FARG‘ONA HETK” AJ

Open in Telegram

⚡️ Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi AJ rasmiy kanali 🔧 Elektr ta’minoti 🛠 Ta’mirlash ishlari 📢 Rejalashtirilgan uzilishlar 📰 Yangiliklar 📷 Instagram: @fargona_hetk_aj

Show more
3 494
Subscribers
-124 hours
-187 days
-14130 days
Posts Archive
+1
Prezident Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlarining ochilishida ishtirok etdi. 🇺🇿🤝🇷🇺 O‘zbekiston va Rossiya Prezidentlari Bishkekda uchrashdilar. ⚡️ t.me/farhetk_admin

+4
🇺🇿🤝🇰🇬 Davlatimiz rahbari amaliy tashrif bilan Bishkekka keldi. 🇺🇿🤝🇨🇳Prezident Shavkat Mirziyoyev Bishkekda Xitoy Raisi Si Szinpin bilan muzokara o‘tkazdi. 🇺🇿🤝🇺🇳Prezidentimiz BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashuv o‘tkazdi. 🇺🇿🤝🇺🇸Davlatimiz rahbari AQSh Prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo boʻyicha maxsus vakilini qabul qildi. 🇺🇿🤝🇵🇰 Prezident Shavkat Mirziyoyev Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif bilan uchrashuv oʻtkazdi. ⚡️ t.me/farhetk_admin

#tabrik Viloyat hokimi Xayrullo Bozorovning O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan bayr
#tabrik Viloyat hokimi Xayrullo Bozorovning O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan bayram tabrigi Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X

MUSTAQILLIK — YURT RAVNAQI, MEHNATIMIZ — KELAJAK POYDEVORI
«“Mustaqillik — bu o‘z taqdirimizni o‘z qo‘limiz bilan bunyod etish huquqi, Vatanimiz kelajagi uchun mas’uliyat bilan yashash imkoniyatidir.”»

«“Vatanga xizmat qilish — o‘z vazifangni halol, vijdonan va mas’uliyat bilan bajarishdir.”»
«“Bizning bugungi mehnatimiz — farzandlarimizning ertangi yorug‘ kelajagiga qo‘shayotgan hissamizdir.”»
 O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin! Barcha yurtdoshlarimizni ushbu ulug‘ va qadrli bayram bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz! Yurtimiz tinch, xalqimiz farovon, osmonimiz musaffo, xonadonlarimiz chirog‘i doimo yorug‘ bo‘lsin!

#mustaqillik_tengdoshi HAR BIR CHIROQ ORTIDAGI MAS’ULIYAT 🇺🇿 Mustaqillik — bizga berilgan imkoniyat, uni bunyodkor mehnat bilan mustahkamlash esa barchamizning vazifamiz. Rishton tuman elektr ta’minoti korxonasi Texnika xavfsizligi muhandisi Sheraliyev Umidjon — Mustaqillik tengdoshi. Har bir xonadondagi chiroq ortida tun-u kun mehnat qilayotgan fidoyi energetiklar, ularning mas’uliyati va zahmatli mehnati mujassam. Bugun energetika sohasi nafaqat elektr tarmoqlarini boshqarish, balki xavfsizlik, zamonaviy texnologiyalar, raqamlashtirish va ishonchli ta’minotni ham talab etmoqda. Har bir chiroq — ortida katta mas’uliyat hamda har bir yorug‘ xonadon — ortida fidoyi insonlar mehnati mujassam. Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak bo‘lsin! ⚡️ t.me/farhetk_admin

#mustaqillik_tengdoshi TINCHLIK VA MUSTAQILLIK Mustaqillik tengdoshi — Umurzaqov Ismoiljon, Yozyovon tuman elektr ta’minoti korxonasi ASKUE bo‘limi muhandisi. Tinchlik — xotirjam hayotimiz, bunyodkorligimiz va farovon kelajagimizning mustahkam poydevoridir. Bugun biz osoyishta yurtda erkin mehnat qilib, Vatanimiz taraqqiyotiga o‘z hissamizni qo‘shib kelmoqdamiz. Har bir bunyodkorlik, har bir yangi imkoniyat va yorug‘ kelajak ortida, avvalo, tinchlik va Mustaqillikning beqiyos qadri mujassam. Energetika sohasida mehnat qilayotgan inson sifatida men buni har kuni his qilaman. Ishonchli elektr ta’minoti — xonadonlar farovonligi, korxonalar barqarorligi va yurtimiz taraqqiyotining muhim omillaridan biridir. O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin!

#bayram_tilagi MUSTAQILLIK — QALBLARIMIZDAGI ENG BUYUK QADRIYAT Assalomu alaykum, hurmatli yurtdoshlar! Barchamiz uchun eng u
#bayram_tilagi MUSTAQILLIK — QALBLARIMIZDAGI ENG BUYUK QADRIYAT Assalomu alaykum, hurmatli yurtdoshlar! Barchamiz uchun eng ulug‘, eng qadrli va qalbimizga eng yaqin bayram — O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan Siz azizlarni chin qalbimdan muborakbod etaman! Mustaqillik — biz uchun o‘zligimizni anglash, Vatan taqdiriga daxldor bo‘lib yashash, ertangi kunimizni o‘z qo‘limiz bilan bunyod etish imkoniyatidir. O‘tgan 35 yil bizga bir haqiqatni yana bir bor ko‘rsatdi: xalq o‘z kelajagiga ishonsa, uning mehnati va intilishi hech qanday marrani uzoq qoldirmaydi. Bugun yurtimizda amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlari, obod maskanlar, yangilanayotgan shahar va qishloqlar — ana shu ishonch va mehnatning yorqin samarasidir. Shu qutlug‘ ayyomda barcha yurtdoshlarimizga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, farovonlik va ko‘ngil to‘kinligi tilayman. Xonadonlaringizdan mehr-oqibat, fayz-u baraka va quvonch arimasin. Mustaqilligimiz bizga buyuk merosgina emas, buyuk mas’uliyat hamdir. Uni asrash, qadrlash va uning imkoniyatlarini ezgu ishlarga aylantirish — har birimizning sharafli burchimiz. Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimizning qalbi xotirjam bo‘lsin. Vatanimiz taraqqiyoti yo‘lidagi har bir ezgu tashabbus, har bir halol mehnat yangi zafarlarga sabab bo‘lsin. Mustaqillik bayrami muborak bo‘lsin! Yurtimiz tinch, xalqimiz omon, xonadonlarimiz obod bo‘lsin! O‘zbekistonimizning buguni farovon, ertasi yanada porloq bo‘lsin! Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin! Hurmat bilan, “Farg‘ona HETK” AJ Bosh direktori AZIZBEK RASULJONOVICH SAYDALIYEV

#Mustaqillik35 Farg‘onada Mustaqilligimizning 35 yilligi katta shodiyonalar, ko‘tarinki kayfiyat va unutilmas bayram tantanalari bilan keng nishonlandi. Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X

Vodiy gavhari Farg‘onada bayram shukuhi: taraqqiyot va yangi marralar tantanasi Marg‘ilon shahridagi “Burhoniddin Marg‘inoniy
+9
Vodiy gavhari Farg‘onada bayram shukuhi: taraqqiyot va yangi marralar tantanasi Marg‘ilon shahridagi “Burhoniddin Marg‘inoniy” ilmiy-ma’rifiy va turizm majmuasida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan viloyat bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat faollari, shahar va tumanlardan keng jamoatchilik vakillari – nuroniylar, mehnat ilg‘orlari, tadbirkorlar va yoshlar, shuningdek, Tojikistonning So‘g‘d hamda Qirg‘izistonning Botken viloyatidan kelgan mehmonlar ishtirok etdi. Tantanali tadbirda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov so‘zga chiqib, Farg‘ona ahlini mustaqillik bayrami bilan samimiy muborakbod etdi. — Праздничная атмосфера в Фергане — жемчужине долины: торжество развития и новых рубежей — Festive Spirit in Fergana, the Pearl of the Valley: A Celebration of Progress and New Milestones Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X

photo content
+9

photo content
+6

photo content
+9

photo content
+9

🇺🇿 MUSTAQILLIK TENGDOSHLARI — YANGI O‘ZBEKISTON BUNYODKORLARI Farg‘ona televideniyesining “Tafsilot” ko‘rsatuvida O‘zbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan maxsus son. Unda mustaqillik tengdoshi, Bag‘dodlik energetik — Bag‘dod tuman elektr ta’minoti korxonasi Ishlab chiqarish bo‘limi muhandisi Mahmudov Sherzodbekning kasbiy faoliyati, fidokorona mehnati va energetika sohasiga qo‘shayotgan munosib hissasi haqida hikoya qilinadi. Mustaqillik tengdoshlari — kecha bolalik, bugun bunyodkorlik va kelajak sari dadil qadam! ⚡️ t.me/farhetk_admin

#mustaqillik_tengdoshi 🇺🇿 MUSTAQILLIK — MENING IMKONIYATIM 🇺🇿 O‘zbekiston mustaqilligi bilan tengdosh bo‘lgan Turg‘unov Davronbek — bugun o‘zi sevgan kasb, energetika sohasi orqali xalqimiz farovonligi va yurtimiz taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda. 🇺🇿 Mustaqillik — bu orzu qilish, bilim olish, kasb tanlash va o‘z kelajagingni o‘z qo‘ling bilan qurish imkoniyati. ☄️ Elektr ta’minotining barqarorligi va ishonchliligi yo‘lida mehnat qilayotgan fidoyi energetiklarimiz — yurtimiz bunyodkorlaridir. 🇺🇿 Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak bo‘lsin! 🇺🇿 Yurtimiz tinch, xalqimiz farovon, Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin! ⚡️ t.me/farhetk_admin

#mustaqillik_tengdoshi 🇺🇿 MUSTAQILLIK — IMKONIYAT 🇺🇿 Mustaqillik — bu orzular sari yo‘l, bilim olish, kasb tanlash va o‘z mehnating bilan hayotda munosib o‘rin topish imkoniyati. O‘zbekiston mustaqilligi bilan tengdosh bo‘lgan Toshloq tuman elektr taʼminoti korxonasi 3-taʼmirlash bo‘limi ustasi Madaminov Azizbek uchun ham Mustaqillik — avvalo, cheksiz imkoniyat degani. Bugun u elektr tarmoqlarida mehnat qilib, minglab insonlarning xonadonlari va korxonalariga yorug‘lik yetib borishiga o‘z hissasini qo‘shmoqda. Zero, Vatanga muhabbat balandparvoz so‘zlarda emas, avvalo, halol va fidokorona mehnatda namoyon bo‘ladi. 🇺🇿 O‘zbekiston Mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin! ⚡️ t.me/farhetk_admin

O‘ttiz besh yillik mustaqil taraqqiyot yo‘limiz bizga bir haqiqatni o‘rgatdi: xalq va davlat yagona maqsad yo‘lida birlashib, astoydil harakat qilsa, zabt etib bo‘lmaydigan marraning o‘zi yo‘q. — За тридцать пять лет независимого развития мы глубоко осознали одну истину: если народ и государство объединят усилия на пути к единой цели, то для них не будет недостижимых рубежей. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Vatanimiz mustaqilligining qutlug‘ o‘ttiz besh yillik bayrami katta iftixor va tantana bilan nishonlandi. — C огромной гордостью, торжественно отпраздновано 35-летие независимости нашей священной Родины. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Yangi Toshkentda Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bagʻishlangan tantanali marosim boʻlib oʻtdi.
+9
Yangi Toshkentda Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bagʻishlangan tantanali marosim boʻlib oʻtdi. Tadbirda Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etib, xalqimizni ulugʻ ayyom bilan samimiy tabrikladi. — В Новом Ташкенте состоялась торжественная церемония по случаю 35-летия государственной независимости Республики Узбекистан. Приняв участие в мероприятии, Президент Шавкат Мирзиёев сердечно поздравил наш народ с великим праздником. #Mirziyoyev #bayram #Mustaqillik #35yil Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X