“FARG‘ONA HETK” AJ
Open in Telegram
⚡️ Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi AJ rasmiy kanali 🔧 Elektr ta’minoti 🛠 Ta’mirlash ishlari 📢 Rejalashtirilgan uzilishlar 📰 Yangiliklar 📷 Instagram: @fargona_hetk_aj
Show more3 494
Subscribers
-124 hours
-187 days
-14130 days
Posts Archive
3 497
#34_son
Hurmatli davlat xizmatchilari, siyosiy ma'rifat soatining navbatdagi sonini taqdim etmoqdamiz.
3 497
❗️#amal_qiling
Elektr tarmog‘i xo‘jaligi obektlarini muhofaza qilish qoidalariga rioya qiling!
O‘zingiz va yaqinlaringiz hayotini xavf ostiga qo‘ymang!
👉 t.me/farhetk_admin
3 497
#tezkor
#04_09_2026
HUDUDLARDA TA'MIRLASH ISHLARI OLIB BORILADI
📌 QUVASOY SHAHAR
Bugun, soat 09:00dan 17:00ga qadar Quvasoy shahrining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi "Chek" podstansiyasida taʼmirlash ishlari bajariladi;
📌 BESHARIQ TUMANI
Bugun, 09:00dan 17:00ga qadar Beshariq tumanining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi "Rapqon" podstansiyasida taʼmirlash ishlari bajariladi;
Yuqoridagi hududlarda olib boriladigan ta’mirlash ishlari jarayonining yuqorida belgilangan vaqtlarida elektr ta'minotida uzilishlar kuzatiladi.
Ta'mirlash vaqti elektr ta'minotidagi uzilishlar uchun uzr so'raymiz!
"Farg‘ona HETK" AJ
matbuot xizmati.
3 497
+7
Prezidentimiz topshirig‘iga ko‘ra, iqtisodiy kompleksning barcha rahbarlari Xorazmda qolib, kambag‘allik bilan ishlash tizimini o‘zgartirish bo‘yicha tahlil o‘tkazdi.
Xorazmda o‘rganilgan kambag‘al oilalarda 48 ming nafar bola borligi qayd etildi.
Xorazm misolidagi tahlillar barcha viloyatlarga taalluqli ekani qayd etilib, kambag‘allik bilan ishlash bo‘yicha mutlaqo yangi tizim joriy qilinishi belgilandi.
Yig‘ilishda mahalla bankirlari va hokim yordamchilarining loyihalar bilan ishlash ko‘nikmalari tanqidiy baholandi.
Tuman shtablari kimga qancha kredit berish, uni naqd yoki naqdsiz shaklda ajratish, mablag‘ni qaytarish muddatini uzaytirish va to‘lov grafigini biznes turiga moslashtirishni mustaqil hal qiladi.
Kredit tarixida kechikish bo‘lgan ehtiyojmand aholining loyihalarini ham individual baholash asosida imtiyozli moliyalashtirish imkoniyati yaratiladi.
Kredit, subsidiya va kompensatsiya shartlarini farmon va qarorlar bilan belgilash amaliyotidan voz kechilishi ma’lum qilindi.
Mutasaddilarga ikki oyda o‘quv markazi tashkil etib, xorijdan mutaxassislar jalb qilish vazifasi qo‘yildi.
⚡️ t.me/farhetk_admin
3 497
+3
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadini oshirish bo‘yicha ishlarni yangi bosqichga olib chiqish masalalari muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish boshlandi.
https://t.me/Press_Secretary_Uz/7793
Yig‘ilishda joylarda natija bo‘lmayotganining asosiy sabablari tahlil qilindi.
Yig‘ilishda ajratilgan kredit resurslarining natijadorligi tumanlar kesimida qiyosiy tahlil qilindi.
Davlatimiz rahbari ayrim hudud rahbarlari qo‘lidagi tayyor resurslardan samarali foydalanib, odamlarni ishli qilishga bilimi yoki toqati yetmayotganini tanqid qildi.
⚡️ t.me/farhetk_admin
3 497
Birozdan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha ishlarni yangi bosqichga olib chiqish yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlanadi.
⚡️ t.me/farhetk_admin
3 497
Repost from Farg'ona viloyati hokimligi
Farg‘onaga mehr misralarda...
Botirjon Ergashev qalamiga mansub «Farg‘onajonim» she’rini eshitdingizmi?
Mustaqillik bayramida yangragan dilga yaqin misralarni siz ham tinglang!
«Farg‘onajonim» — ona zaminga muhabbatdan tug‘ilgan samimiy she’r.
Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
3 497
#mutolaa_vaqti
📚 “Farg’ona HETK” AJda mutolaa vaqti….
🔴 “DAVLAT MUKOFOTI”
📗 “Bir xatoning ming jafosi” kitobidan.
⚡️ t.me/farhetk_admin
3 497
#bizkorrupsiyagaqarshimiz
✅ Korrupsiyaga qarshi kurash — har birimizning burchimiz!
⚡️ t.me/farhetk_admin
3 497
Prezident Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov nomidagi ilmiy-maʼrifiy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurib, Birinchi Prezidentimiz haykali poyiga gulchambar qoʻydi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев посетил Научно-просветительский мемориальный комплекс имени Ислама Каримова и возложил венок к подножию памятника Первому Президенту.
#Mirziyoyev #marosim #xotira #BirinchiPrezident
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
3 497
➡️ MUROJAAT — E’TIBOR VA MAS’ULIYATDAN BOSHLANADI
“Farg’ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ Murojaatlarni ko’rib chiqish bo’limi boshlig’i Shoxruh Yuldashev: "... - Eng asosiysi, har bir murojaat ortida insonning muammosi va ishonchi turganini unutmasligimiz kerak."Aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish, fuqarolar muammolarini chuqur o‘rganish va ularni manzilli hal etish maqsadida mutaxassislar uchun maxsus o‘quv kursi tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida o‘tkazilgan ikki kunlik mashg‘ulotlarda murojaatlar bilan ishlashning zamonaviy yondashuvlari, aholi bilan samarali muloqot qilish, nizoli vaziyatlarni boshqarish hamda tezkor va to‘g‘ri qaror qabul qilish bo‘yicha muhim bilim va amaliy ko‘nikmalar berildi. ⚡️ t.me/farhetk_admin
3 497
BILIMLAR KUNI — BUYUK MAQSADLAR SARI ILK QADAM
AZIZ O‘QUVCHILAR!
QADRLI USTOZ VA MURABBIYLAR!
HURMATLI OTA-ONALAR!
Barchangizni yurtimiz mustaqilligining 35 yillik qutlug‘ ayyomi bilan uyg‘un holda kirib kelayotgan yangi o‘quv yili va Bilimlar kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.
Bugun yurtimizning barcha hududlarida maktab ostonalarida quvonchli va hayajonli lahzalar hukm surmoqda. Ayniqsa, ilk bor maktabga qadam qo‘yayotgan minglab o‘g‘il-qizlarimiz uchun bu kun hayotidagi eng unutilmas sanalardan biri bo‘lib qolishi shubhasiz.
AZIZ O‘QUVCHILAR!
Sizlarning har biringizda yurtimizning ertangi kuniga daxldor ulkan orzu va maqsadlar bor. Bugun qo‘lingizga olayotgan kitoblaringiz, sinf xonalarida egallaydigan bilimlaringiz va ustozlaringizdan oladigan saboqlaringiz kelajakdagi buyuk marralaringiz uchun mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilsin.
Muhtaram ustozlar!
Yosh avlodga ta’lim va tarbiya berishdek sharafli vazifada sizlarga ulkan kuch-g‘ayrat, sabr-toqat va muvaffaqiyat tilayman.
Sizlarning mehringiz, bilimingiz va fidoyiligingiz ortida yurtimizning kelajagi, uning taraqqiyoti va ravnaqi mujassam.
Hurmatli ota-onalar!
Farzandlaringizning har bir yutug‘i — sizlarning quvonchingiz, har bir muvaffaqiyati — oilaviy baxtingizning yana bir ko‘rinishidir. Ularning bilim olishi va komil inson bo‘lib ulg‘ayishi yo‘lidagi ezgu harakatlaringiz samarali bo‘lishini tilayman.
Yangi o‘quv yili mamlakatimiz ta’lim tizimida yangi imkoniyatlar, yangi yutuqlar va yangi zafarlar yili bo‘lsin!
Barcha o‘quvchilarimizga mustahkam sog‘liq, zukkolik va yuksak marralar, ustozlarimizga sharafli mehnatlarida omad, ota-onalarga esa farzandlarining kamolini ko‘rish baxtini tilayman.
Bilimlar kuni va yangi o‘quv yili barchamizga muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan,
"Farg‘ona HETK" AJ Bosh direktori
AZIZBEK RASULJONOVICH SAYDALIYEV
3 497
Mamlakatimiz maktablari o‘quvchilari va ustoz-murabbiylariga tabrik
—
Поздравление школьникам, учителям и наставникам нашей страны
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
3 497
Davlatimiz rahbari "ShHT plyus" formatidagi uchrashuvda ishtirok etdi.
—
Глава нашего государства принял участие во встрече формата «ШОС плюс».
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
3 497
Prezident Shavkat Mirziyoyev ShHT Davlat rahbarlari kengashi yig‘ilishida nutq so‘zladi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев выступил на заседании Совета глав государств ШОС.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
3 497
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashi yigʻilishidagi nutqi
—
Выступление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева на заседании Совета глав государств Шанхайской организации сотрудничества
—
Address by the President of the Republic of Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev at the Meeting of the Council of Heads of State of the Shanghai Cooperation Organization
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
3 497
Vatanimizning oltin davrini, yangi buyuk tarixini albatta barchamiz birgalikda yaratamiz! Bizga mustaqillik ne’matini bergan Parvardigorimizga cheksiz shukronalar bo‘lsin! Istiqlolimiz ijodkori va haqiqiy bunyodkori bo‘lgan xalqimizga shon-sharaflar bo‘lsin! Butun xalqimizni bugungi ulug‘ bayram – O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi bilan tabriklayman. Yurtimiz tinch, xonadonlarimiz obod va farovon bo‘lsin! Yashasin O‘zbekiston Respublikasi! Yashasin O‘zbekiston xalqi!Shavkat Mirziyoyev, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti —
Все вместе мы обязательно создадим золотую эпоху, новую великую историю нашей Родины! Мы благодарны Всевышнему за поистине бесценное богатство – нашу независимость! Слава нашему народу – созидателю независимости! С 35-летием государственной независимости Республики Узбекистан. Пусть в нашей стране всегда царит мир, в наших домах будут благополучие и достаток! Да здравствует Республика Узбекистан! Да здравствует народ Узбекистана!Шавкат Мирзиёев, Президент Республики Узбекистан Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
3 497
🇺🇿 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MUSTAQILLIGINING 35 YILLIGI MUBORAK BO‘LSIN!
Yurtimiz tinch, xalqimiz farovon, osmonimiz musaffo bo‘lsin!
Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!
⚡️ t.me/farhetk_admin
