“FARG‘ONA HETK” AJ
Open in Telegram
⚡️ Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi AJ rasmiy kanali 🔧 Elektr ta’minoti 🛠 Ta’mirlash ishlari 📢 Rejalashtirilgan uzilishlar 📰 Yangiliklar 📷 Instagram: @fargona_hetk_aj
Show more3 494
Subscribers
-124 hours
-187 days
-14130 days
Posts Archive
3 496
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan G‘ofurjon G‘aniyevich Mirzayev O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining kadrlar bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi.
Bundan ilgariroq G‘.Mirzayev nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan ma’qullangan edi.
—
Указом Президента Республики Узбекистан Мирзаев Гафуржон Ганиевич назначен на должность заместителя Премьер-министра Республики Узбекистан – председателя Ассоциации махаллей Узбекистана и в связи с этим освобожден от должности советника Президента Республики Узбекистан по кадровым вопросам.
Ранее кандидатура Г.Мирзаева была одобрена депутатами Законодательной палаты Олий Мажлиса.
Facebook|Instagram|X
3 496
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbarining farmoyishlari bilan:
Ulug‘bek Mirkamalovich Aripov O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Komplayens xizmati sho‘ba mudiri lavozimidan ozod etildi;
Jamshid Jaxongirovich Mirzayev O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi;
Atabek Valijanovich Allaberganov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi;
Sardor Alisherovich Mirzayev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Komplayens xizmati sho‘ba mudiri lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.
—
Распоряжениями Руководителя Администрации Президента Республики Узбекистан:
Арипов Улугбек Миркамалович назначен на должность заместителя председателя Счетной палаты Республики Узбекистан по комплаенсу и внутреннему антикоррупционному контролю и в связи с этим освобожден от должности заведующего сектором Службы комплаенса Администрации Президента Республики Узбекистан;
Мирзаев Джамшид Джахонгирович назначен на должность заместителя председателя Счетной палаты Республики Узбекистан;
Аллаберганов Атабек Валиджанович в связи с переходом на другую работу освобожден от должности заместителя председателя Счетной палаты Республики Узбекистан;
Мирзаев Сардор Алишерович назначен на должность заведующего сектором Службы комплаенса Администрации Президента Республики Узбекистан и в связи с этим освобожден от должности заместителя председателя Счетной палаты Республики Узбекистан.
Facebook|Instagram|X
3 496
🔴🔴🔴
FURQAT TUMANIDAGI ISTE'MOLCHILAR DIQQATIDA!
BUGUN "RAXMATILLO" PODSTANSIYASINING QUVVATI OSHIRILADI
Bugun, soat 09:00dan 20:00ga qadar "Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi" AJ tomonidan Furqat tumanining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan taʼminlovchi "Raxmatillo" podstansiyasining quvvatini oshirish ishlari olib boriladi.
Podstansiyasidagi quvvati 2 500 kVA bo‘lgan kuch transformatori o‘rniga 3 200 kVA bo‘lgan kuch transformatori o‘rnatiladi.
Kuch transformatorini o‘rnatish, montaj qilish jarayonida Furqat tumanining ayrim hududlarida elektr ta'minotida uzilishlar kuzatiladi.
Ta'minotdagi uzilish vaqti keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz!
⚡️ t.me/farhetk_admin
3 496
#tezkor
#07_09_2026
HUDUDLARDA TA'MIRLASH ISHLARI OLIB BORILADI
📌 FARG‘ONA SHAHAR
Bugun, soat 09:00dan 17:00ga qadar Farg‘ona shahrining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi "Sakkokiy" podstansiyasida yangi qurilmalarni o‘rnatish ishlari bajariladi;
📌 O‘ZBEKISTON, BESHARIQ HAMDA FURQAT TUMANLARI
Bugun, 09:00dan 13:00ga qadar O‘zbekiston, Beshariq hamda Furqat tumanlarining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi yuqori kuchlanishli "L-YaUz" elektr uzatish tarmog‘ida joriy taʼmirlash ishlari bajariladi;
📌 BUVAYDA TUMANI
Bugun, 09:00dan 17:00ga qadar Buvayda tumanining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi yuqori kuchlanishli "L-Charos" elektr uzatish tarmog‘ida taʼmirlash ishlari bajariladi;
📌 SO‘X TUMANI
Bugun, 09:00dan 17:00ga qadar So‘x tumanining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi "Devayron" podstansiyasida joriy taʼmirlash ishlari bajariladi;
📌 OLTIARIQ TUMANI
Bugun, 09:00dan 17:00ga qadar Oltiariq tumanining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi "Paxta" podstansiyasida joriy taʼmirlash ishlari bajariladi;
📌 TOSHLOQ TUMANI
Bugun, 09:00dan 17:00ga qadar Toshloq tumanining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi "Marg‘ilon" podstansiyasida joriy taʼmirlash ishlari bajariladi;
📌 QUVA TUMANI
Bugun, 09:00dan 17:00ga qadar Quva tumanining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi "Navro‘z" podstansiyasida joriy taʼmirlash ishlari bajariladi;
📌 FARG‘ONA TUMANI
Bugun, 09:00dan 17:00ga qadar Farg‘ona tumanining "Shohimardon" va "Yordon" mahalla fuqarolar yig‘inining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi yuqori kuchlanishli "L-Qadamjoy-Xaydarkon-2" elektr uzatish tarmog‘ida taʼmirlash ishlari bajariladi;
📌 DANG‘ARA TUMANI
Bugun, 09:00dan 17:00ga qadar Dang‘ara tumanining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi yuqori kuchlanishli "L-Raxmatillo" elektr uzatish tarmog‘ida taʼmirlash ishlari bajariladi;
Yuqoridagi hududlarda olib boriladigan ta’mirlash ishlari jarayonining yuqorida belgilangan vaqtlarida elektr ta'minotida uzilishlar kuzatiladi.
Ta'mirlash vaqti elektr ta'minotidagi uzilishlar uchun uzr so'raymiz!
"Farg‘ona HETK" AJ
matbuot xizmati.
3 496
"Bugun nafaqat O‘zbekiston, balki butun mintaqamiz madaniy hayotidagi muhim voqeaga guvoh bo‘lib turibmiz. Shunday kunda sizlarni Toshkent Zamonaviy san’at markazida qutlash men uchun katta sharaf. Bugun Markaziy Osiyoda ilk bor zamonaviy san’atga ixtisoslashgan, doimiy faoliyat yurituvchi muassasa o‘z eshiklarini ochmoqda", - Saida MirziyoyevaPrezident Administratsiyasi rahbari mazkur markaz O‘zbekistonning dunyoga ochiqligi, yangilikka intilishi hamda turli madaniyatlar va qarashlarga bo‘lgan yuksak hurmatining amaliy ifodasi ekanligini ma'lum qildi.
"Toshkent azaldan turli xalqlar va madaniyatlarni o‘zaro bog‘lab kelgan shahardir. Asrlar davomida turli qarashlar, urf-odatlar va madaniyatlar uning o‘ziga xos muhitini shakllantirgan",
- dedi Saida Mirziyoyeva⚡️ Telegram
3 496
+3
#live
Furqat tumanidagi "Navbahor" podstansiyasining quvvatini oshirish ishlari davom etmoqda.
⚡️ t.me/farhetk_admin
3 496
#rasmiy_munosabat
Ijtimoiy tarmoqlar orqali Marg‘ilon shahar "Bobur" mahalla fuqarolar yig‘inidan kelib tushgan murojaat "Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi" AJ tomonidan nazoratga olindi.
Mazkur murojaat tegishli mutaxassislar tomonidan to‘liq o‘rganilib, ijobiy hal etilish choralari ko‘riladi.
Murojaatga asosan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan batafsil maʼlumot beriladi.
3 496
#no_comment
Furqat tumanidagi "Navbahor" podstansiyasining quvvatini oshirish ishlari davom etmoqda.
3 496
Repost from Farg'ona viloyati hokimligi
Osiyo sahnasiga chiqish vaqti keldi!
14-sentabr. “Istiqlol” stadioni.🏟
⚽️Bu safar maydonda faqat ikki jamoa emas — ikki kuch, ikki xarakter, ikki maqsad to‘qnashadi.
Raqib — Iroqning kuchli jamoasi “Air Force”.
Barcha futbol muxlislarini ushbu o‘yinga taklif etamiz!
14-sentabr | 18:45
🏟“Istiqlol” stadioni
“Neftchi” - “Air Force”
Bu shunchaki o‘yin emas.
Bu — Farg‘onaning Osiyo sahnasidagi tarixiy kechasi!
Bizning uy. Bizning sharaf. Bizning “Neftchi”!
Olg‘a, “Neftchi”!
Olg‘a, Farg‘ona!
Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
3 496
🔴🔴🔴
FURQAT TUMANIDAGI ISTE'MOLCHILAR DIQQATIDA!
BUGUN "NAVBAHOR" PODSTANSIYASINING QUVVATI OSHIRILADI
Bugun, soat 09:00dan 20:00ga qadar "Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi" AJ tomonidan Furqat tumanining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan taʼminlovchi "Navbahor" podstansiyasining quvvatini oshirish ishlari olib boriladi.
Podstansiyasidagi quvvati 3 200 kVA bo‘lgan kuch transformatori o‘rniga 10 000 kVA bo‘lgan kuch transformatori o‘rnatiladi.
Kuch transformatorini o‘rnatish, montaj qilish jarayonida Furqat tumanining ayrim hududlarida elektr ta'minotida uzilishlar kuzatiladi.
Ta'minotdagi uzilish vaqti keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz!
⚡️ t.me/farhetk_admin
3 496
#tezkor
#05_09_2026
HUDUDLARDA TA'MIRLASH ISHLARI OLIB BORILADI
📌 FURQAT HAMDA BESHARIQ TUMANLARI
Bugun, soat 09:00dan 20:00ga qadar Furqat hamda Beshariq tumanlarining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi yuqori kuchlanishli "L-Navbahor" elektr uzatish tarmog‘ini xavfsiz ish bajarish uchun o‘chiriladi;
📌 RISHTON TUMANI
Bugun, 09:00dan 17:00ga qadar Rishton tumanining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi "Do‘tir" podstansiyasida taʼmirlash ishlari bajariladi;
Yuqoridagi hududlarda olib boriladigan ta’mirlash ishlari jarayonining yuqorida belgilangan vaqtlarida elektr ta'minotida uzilishlar kuzatiladi.
Ta'mirlash vaqti elektr ta'minotidagi uzilishlar uchun uzr so'raymiz!
"Farg‘ona HETK" AJ
matbuot xizmati.
3 496
Prezidentimiz Toshkentdagi Zamonaviy san’at markazi bilan tanishdi.
—
Президент нашей страны ознакомился с Центром современного искусства в Ташкенте.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
3 496
📍Toshkentda tarix va zamonaviy san’at uyg‘unlashgan yangi madaniy makon ochilmoqda
📢 Joriy yil 6-sentabr kuni poytaxtimizda Toshkent zamonaviy san’at markazi — CCA Tashkent o‘z eshiklarini ochadi. Bu shunchaki yangi muzey yoki ko‘rgazma zali emas, balki bir asrdan ziyod tarixga ega inshootga yangi hayot bag‘ishlangan yirik madaniy loyihadir.
📌 Ma’lumot o‘rnida: 1912-yilda me’mor Vilgelm Geynzelman loyihasi asosida barpo etilgan bino dastlab tramvay deposi, keyinchalik dizel elektr stansiyasi sifatida foydalanilgan. Bugun esa uning tarixiy qiyofasi va industrial ruhini saqlagan holda, zamonaviy san’at, ta’lim, tadqiqot va madaniy muloqot markaziga aylantirildi.⚡Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan ushbu loyiha tarixiy merosni asrab-avaylash va unga zamonaviy mazmun berishning yorqin namunasidir. 👍 Fransiyaning mashhur Studio KO byurosi tomonidan ishlab chiqilgan arxitektura konsepsiyasi tarixiy meros va zamonaviy infratuzilmani uyg‘unlashtirgan. Markazda ko‘rgazma zallari, ta’lim va jamoat maydonlari, kutubxona hamda tadqiqot infratuzilmasi faoliyat yuritadi. ❗️Eng muhimi — bu yerda nafaqat tarix saqlab qolindi, balki unga yangi mazmun berildi. Ilgari energiya ishlab chiqarilgan makonda bugun ijod, yangi g‘oyalar, san’at va insonlar muloqotining yangi energiyasi yuzaga keladi.
✅CCA Tashkent nafaqat Toshkentning, balki Markaziy Osiyoning yangi madaniy joziba nuqtalaridan biriga aylanishi kutilmoqda.✅ Bu yerda zamonaviy san’at bilan bir qatorda ma’ruzalar, kinonamoyishlar, tadqiqotlar, munozaralar, konsertlar, performanslar va turli madaniy-ta’lim tadbirlari o‘tkaziladi. Sayt | Facebook | Instagram | YouTube
3 496
#34_son
Hurmatli davlat xizmatchilari, siyosiy ma'rifat soatining navbatdagi sonini taqdim etmoqdamiz.
3 496
❗️#amal_qiling
Elektr tarmog‘i xo‘jaligi obektlarini muhofaza qilish qoidalariga rioya qiling!
O‘zingiz va yaqinlaringiz hayotini xavf ostiga qo‘ymang!
👉 t.me/farhetk_admin
3 496
#tezkor
#04_09_2026
HUDUDLARDA TA'MIRLASH ISHLARI OLIB BORILADI
📌 QUVASOY SHAHAR
Bugun, soat 09:00dan 17:00ga qadar Quvasoy shahrining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi "Chek" podstansiyasida taʼmirlash ishlari bajariladi;
📌 BESHARIQ TUMANI
Bugun, 09:00dan 17:00ga qadar Beshariq tumanining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi "Rapqon" podstansiyasida taʼmirlash ishlari bajariladi;
Yuqoridagi hududlarda olib boriladigan ta’mirlash ishlari jarayonining yuqorida belgilangan vaqtlarida elektr ta'minotida uzilishlar kuzatiladi.
Ta'mirlash vaqti elektr ta'minotidagi uzilishlar uchun uzr so'raymiz!
"Farg‘ona HETK" AJ
matbuot xizmati.
3 496
+7
Prezidentimiz topshirig‘iga ko‘ra, iqtisodiy kompleksning barcha rahbarlari Xorazmda qolib, kambag‘allik bilan ishlash tizimini o‘zgartirish bo‘yicha tahlil o‘tkazdi.
Xorazmda o‘rganilgan kambag‘al oilalarda 48 ming nafar bola borligi qayd etildi.
Xorazm misolidagi tahlillar barcha viloyatlarga taalluqli ekani qayd etilib, kambag‘allik bilan ishlash bo‘yicha mutlaqo yangi tizim joriy qilinishi belgilandi.
Yig‘ilishda mahalla bankirlari va hokim yordamchilarining loyihalar bilan ishlash ko‘nikmalari tanqidiy baholandi.
Tuman shtablari kimga qancha kredit berish, uni naqd yoki naqdsiz shaklda ajratish, mablag‘ni qaytarish muddatini uzaytirish va to‘lov grafigini biznes turiga moslashtirishni mustaqil hal qiladi.
Kredit tarixida kechikish bo‘lgan ehtiyojmand aholining loyihalarini ham individual baholash asosida imtiyozli moliyalashtirish imkoniyati yaratiladi.
Kredit, subsidiya va kompensatsiya shartlarini farmon va qarorlar bilan belgilash amaliyotidan voz kechilishi ma’lum qilindi.
Mutasaddilarga ikki oyda o‘quv markazi tashkil etib, xorijdan mutaxassislar jalb qilish vazifasi qo‘yildi.
⚡️ t.me/farhetk_admin
3 496
+3
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadini oshirish bo‘yicha ishlarni yangi bosqichga olib chiqish masalalari muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish boshlandi.
https://t.me/Press_Secretary_Uz/7793
Yig‘ilishda joylarda natija bo‘lmayotganining asosiy sabablari tahlil qilindi.
Yig‘ilishda ajratilgan kredit resurslarining natijadorligi tumanlar kesimida qiyosiy tahlil qilindi.
Davlatimiz rahbari ayrim hudud rahbarlari qo‘lidagi tayyor resurslardan samarali foydalanib, odamlarni ishli qilishga bilimi yoki toqati yetmayotganini tanqid qildi.
⚡️ t.me/farhetk_admin
3 496
Birozdan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha ishlarni yangi bosqichga olib chiqish yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlanadi.
⚡️ t.me/farhetk_admin
3 496
Repost from Farg'ona viloyati hokimligi
Farg‘onaga mehr misralarda...
Botirjon Ergashev qalamiga mansub «Farg‘onajonim» she’rini eshitdingizmi?
Mustaqillik bayramida yangragan dilga yaqin misralarni siz ham tinglang!
«Farg‘onajonim» — ona zaminga muhabbatdan tug‘ilgan samimiy she’r.
Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
