G'uzor xabarlari
Open in Telegram
Tezkor, ishonchli va dolzarb xabarlar — G‘uzor tumanidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri! 🌍 Yurtimiz va dunyodagi eng so‘nggi yangiliklar 🧠 Qiziqarli va foydali maslahatlar 📩 Reklama joylashtirish bo‘yicha murojaat: @userSMC
Show more2 834
Subscribers
+49724 hours
+4247 days
+89430 days
Posts Archive
2 834
🎤 ESTRADA YULDUZLARI G‘UZORDA! ⭐️
📣 Xabar berganimizdek, 25-avgust kuni soat 19:00 da G‘uzor markaziy o‘yingohida katta bayram dasturi bo‘lib o‘tadi.
🌟 Bayram dasturida:
🎤 Vohidjon Isoqov
🎤 Malika Egamberdiyeva
🎤 Mirjalol Nematov
ishtirok etadi! 🎶🔥
📍 Manzil: G‘uzor markaziy o‘yingohi
🗓 Sana: 25-avgust
⏰ Vaqt: 19:00
🎁 Konsert dasturi mutlaqo BEPUL!
Barchangizni bayram dasturiga taklif etamiz! 🎉
2 834
🤔 Ахир иккимиз ҳам бир хил ишладик. Нега сенга пенсия тайинланди-ю, менга тайинланмади?
Айрим фуқароларда шу ва шунга ўхшаш саволлар туғилади.
✅ Ўзини ўзи банд қилган фуқаролар келажакларини ўйлаб, Пенсия жамғармасига ижтимоий солиқ тўлашса, уларга иш стажи ҳисобланади.
✅ Бу эса келажакда уларга пенсия тайинланишига замин яратади.
Veb-sayt |Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
2 834
➡️ Иш стажи кам бўлган пенсионерлар сони нега кўпаймоқда?
⚠️ Аҳоли ўртасидаги норасмий меҳнат ва ижтимоий солиқ тўламаслик пенсияга бевосита салбий таъсир кўрсатади.
Қонунчиликка кўра, тўлиқ пенсия тайинланиши учун: 🔹 эркакларга — 25 йил; 🔹 аёлларга — 20 йил иш стажи талаб этилади.Агар фуқаронинг иш стажи белгиланган минимал стаж талабига етмаса, унга мавжуд стажига мутаносиб равишда тўлиқ бўлмаган иш стажи билан пенсия тайинланади. 📊 Рақамларга эътибор беринг: 🔴2010 йилда янги тайинланган пенсиялар орасида тўлиқ иш стажига эга бўлмаганлар улуши 6 фоизни ташкил этган бўлса, 2025 йилда бу кўрсаткич 61 фоизга етган; 🔴 бугун ҳар 3 нафар янги пенсионернинг 2 нафари тўлиқ иш стажисиз пенсияга чиқмоқда; 🔴 умумий пенсионерлар таркибида бундай фуқаролар улуши 2010 йилдаги 3 фоиздан 2025 йилда 39 фоизга кўтарилган; 🔴 пенсионерларнинг 47 фоизи 820 минг сўмдан 1 миллион сўмгача миқдорда пенсия олади. Мазкур ҳолатнинг асосий сабаблари: 🔴 норасмий ишлаш; 🔴 иш ҳақини «конвертда» олиш; 🔴 ижтимоий солиқ тўланмаслиги; 🔴 меҳнат фаолиятини тасдиқловчи ҳужжатларнинг архивга топширилмаслиги; 🔴 айрим даврларда фуқароларнинг расмий иш билан қамраб олинмагани бўлиб қолмоқда. ☝️Пенсия миқдори расмий иш стажи, иш ҳақи ҳамда тўланган ижтимоий солиққа боғлиқ. Шунинг учун норасмий бандлик фақат бугунги даромад масаласи эмас — у эртанги пенсия миқдорига ҳам таъсир қилади. Veb-sayt |Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
2 834
❔ Нега айримлар юқори, бошқалар эса кам пенсия олади? Пенсия миқдорини нима белгилайди?
"Умрим меҳнатда ўтди, нега пенсиям кам?", "Ҳамкасбим билан бирга ишлаганмиз, нега унинг пенсияси кўпроқ?" каби саволлар фуқароларда кўп учрайди.
Чунки пенсия миқдори фақат неча йил ишлаганингизга боғлиқ эмас. Уни белгилашда:
🔵 расмий иш стажи;
🔵 расмий ҳисобланган иш ҳақи;
🔵 пенсия ҳисоблаш учун танланган иш ҳақи даври;
🔵 қонунчиликда белгиланган имтиёз ва устамалар;
🔵 ахборот тизимларидаги маълумотлар муҳим аҳамиятга эга.
Амалда пенсия ҳисоблашда сўнгги 10 йиллик меҳнат фаолияти давомидаги энг юқори иш ҳақи олинган кетма-кет 5 йиллик давр инобатга олинади
☝️ Шу сабабли бир жойда ва бир хил лавозимда ишлаган икки фуқаронинг пенсия миқдори турлича бўлиши мумкин.
☝️ Энг муҳими, келажакдаги пенсия пенсия ёшига етганда эмас, меҳнат фаолияти давомида шаклланади. Норасмий ишлаш, иш ҳақининг бир қисмини "конвертда" олиш ёки меҳнат стажи ҳақидаги маълумотларни текширмаслик кейинчалик пенсия миқдорига таъсир қилиши мумкин.
📱 Шунинг учун my.gov.uz портали орқали рақамлаштирилган меҳнат стажингиз, расмий иш ҳақингиз ва жамғариб бориладиган пенсия тизимига ўтказилган бадалларни мунтазам текшириб боринг.
Эртанги пенсиянгиз учун бугундан ҳаракат қилинг!
Veb-sayt |Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
2 834
✈️ Сиз билмаган "иккинчи пенсия"ингиз борлигини биласизми?
✔️ Расмий ишлаётган ҳар бир фуқаро учун шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағи (ИНПС) очилади. Ушбу ҳисобварақдаги маблағлар фақат ўзингизга тегишли бўлиб, йиллар давомида жамғарилиб боради ва пенсияга чиққанингизда уни олишингиз мумкин.
☝️ Эслатма: Фуқаро вафот этган тақдирда, мазкур пенсия маблағлари қонунчиликда белгиланган тартибда меросга ўтади ва меросхўрга бир йўла тўла ҳажмда тўланади.📊 Жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағи қандай ишлаши, унинг афзалликлари ва ундан қачон фойдаланиш мумкинлиги ҳақида батафсил инфографикада танишишингиз мумкин. Veb-sayt |Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
2 834
✈️ Бугун ишлаяпман. Эртага пенсиям қандай бўлади?
👨💼 Ҳар бир инсон ҳаёти давомида ўз меҳнати билан оиласи ва келажаги учун ҳаракат қилади.
☝️Албатта, бу жараёнда барчамиз келажакдаги пенсиямиз учун жуда эътиборли бўлишимиз лозим.
✅ Шу ўринда ўзини ўзи банд қилган фуқаролар ҳам ижтимоий солиқларни ўз вақтида тўлаб борса, уларни келажакда муносиб пенсия кутади.
Veb-sayt |Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
2 834
1️⃣ 🔤🔤🔤 🔤🔤🔤🔤🔤
📌Ertaga, 24-avgust kuni soat 18:00 da G‘uzorda "Sof mebel" savdo markazining ochilish marosimi bo‘ladi.
⚡️Ochilish marosimida estrada xonandasi Janob Rasul hamda qiziqchi Elmurod Xaqnazarov ishtirok etib, barchaga xush kayfiyat ulashadi.
📣 Barchangizni ochilish marosimida kutib qolamiz.
📍Manzil: G‘uzor tumani, Tinchlik MFY Mustaqillik ko‘chasi 56-uy.
📌 Mo‘ljal: Sho‘rtan stadioni ro‘parasi.
📞 Batafsil ma’lumot uchun: +998(55)-254-50-50
😎Telegram 😎Instagram
2 834
Prezident Farmoni bilan Qashqadaryo viloyati hokimi Azimov Murotjon Berdialiyevich «Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan mukofotlandi.
2 834
Muloqot. G'uzor tuman adliya bo'limi faoliyati haqida.
😊👍#20avgust
|📷INSTAGRAM |🗳 FACEBOOK
|✉️TELEGRAM |📹YOUTUBE
|✉️RADIO FM 102.3 TELEGRAM
|📷RADIO FM 102.3 INSTAGRAM
2 834
Jarayon: Xotin- qizlar balansini shakllantirish, bandligini ta’minlash masalalari bo‘yicha respublika ishchi guruhi o‘rganishlari
😊👍#20avgust
|📷INSTAGRAM |🗳 FACEBOOK
|✉️TELEGRAM |📹YOUTUBE
|✉️RADIO FM 102.3 TELEGRAM
|📷RADIO FM 102.3 INSTAGRAM
2 834
#diqqat #konsert
Janob Rasul va Erik Haydar G‘uzorda bepul konsert beradi
🎤 Aziz G‘uzorliklar!
Joriy yilning 24-avgust kuni soat 18-00 da G‘uzorda "SOF MEBEL" savdo markazining filiali o‘z faoliyatini boshlaydi.
🔥 Ochilish marosimida sizni nafaqat ajoyib mebellar, balki ko‘tarinki kayfiyat va unutilmas shou kutmoqda!
🎶 Estrada yulduzi — Janob Rasul hamda o‘zing o‘ta jiddiy hazillari bilan Erik Haydar ochilish marosimining mehmoni bo‘ladi.
🎉 Barchangizni "SOF MEBEL" savdo markazining ochilish marosimida kutib qolamiz!
📍Manzil: G‘uzor tumani, Tinchlik MFY Mustaqillik ko‘chasi 56-uy.
📌 Mo‘ljal: Sho‘rtan stadioni ro‘parasi.
📞 Batafsil ma’lumot uchun: +998(55)-254-50-50
😎Telegram 😎Instagram
2 834
Qashqadaryoda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin
Joriy yilning 22-23-avgust kunlari kutilayotgan yomg‘irlar yog‘ishi sababli, respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida, jumladan, Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G‘uzor tumanlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
@nasafnewsuz rasmiy sahifasi
2 834
⚡️Darslar qachondan boshlanishi e’lon qilindi
Oliy ta’lim tashkilotlarida:
✅1-bosqich talabalari uchun — 7-sentyabrdan;
✅2-bosqich va undan yuqori bosqich talabalari uchun — 14-sentyabrdan o‘quv jarayonlari tashkil etiladi.
Akademik litsey va texnikumlarda o‘quv jarayonlari 2-sentyabrdanboshlanadi.
@guzorxabarlari
2 834
#diqqat #konsert
Janob Rasul va Erik Haydar G‘uzorda bepul konsert beradi
🎤 Aziz G‘uzorliklar!
Joriy yilning 24-avgust kuni soat 18-00 da G‘uzorda "SOF MEBEL" savdo markazining filiali o‘z faoliyatini boshlaydi.
🔥 Ochilish marosimida sizni nafaqat ajoyib mebellar, balki ko‘tarinki kayfiyat va unutilmas shou kutmoqda!
🎶 Estrada yulduzi — Janob Rasul hamda o‘zing o‘ta jiddiy hazillari bilan Erik Haydar ochilish marosimining mehmoni bo‘ladi.
🎉 Barchangizni "SOF MEBEL" savdo markazining ochilish marosimida kutib qolamiz!
📍Manzil: G‘uzor tumani, Tinchlik MFY Mustaqillik ko‘chasi 56-uy.
📌 Mo‘ljal: Sho‘rtan stadioni ro‘parasi.
📞 Batafsil ma’lumot uchun: +998(55)-254-50-50
😎Telegram 😎Instagram
2 834
+8
➕YANGIKENT MAHALLASIDA TIBBIY KO‘RIK O‘TKAZILDI
Yangikent mahallasida aholi salomatligini muhofaza qilish, kasalliklarni erta aniqlash va profilaktika ishlarini kuchaytirish maqsadida tibbiy ko‘rik tashkil etildi.
🩺Tibbiy ko‘rik davomida aholiga malakali tibbiy maslahatlar berilib, zarur hollarda qo‘shimcha tekshiruv va davolanish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
🤝Tadbirda xalq deputatlari G‘uzor tumani Kengashi raisi Jumayeva Qunduz, Xolyorova Habiba hamda O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi vakillari ishtirok etib, aholi uchun yaratilgan sharoitlar va tibbiy xizmatlar sifatini o‘rgandilar.
📌Aholi salomatligini asrash, tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish hamda murojaatlarni joyida o‘rganish borasidagi ishlar davom ettirilmoqda.
🫡🫡🫡🫡🫡🫡
🕊 Telegram 📱Instagram
📱 Facebook 📺 YouTube
2 834
🇺🇿MUSTAQILLIK SHUKUHIGA YARASHA OBODLIK HASHARI
Yaqinlashib kelayotgan O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi hamda “Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” doirasida G‘uzor tumanidagi Chugurtma mahallasida keng ko‘lamli obodonlashtirish hashari tashkil etildi.
🏫Jumladan, mahalladagi 31-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘tkazilgan hasharda mahalla ahli, maktab jamoasi hamda maktabning sobiq bitiruvchilari faol ishtirok etdi.
🤝Tadbir davomida maktab hududi va uning atrofida obodonlashtirish, tozalash va tartibga keltirish ishlari amalga oshirildi.
🌿Yuzlab insonlarni birlashtirgan ushbu ezgu tashabbus mahalla ahli o‘rtasidagi hamjihatlik, mehr-oqibat va birdamlikning yorqin namunasi bo‘ldi.
🇺🇿Obodlik va bunyodkorlik yo‘lidagi ezgu tashabbuslar davom etadi!
🫡🫡🫡🫡🫡🫡
🕊 Telegram 📱Instagram
📱 Facebook 📺 YouTube
2 834
"Munis Mustaqillik Fest-2026" aksiyasiga start berildi 🎬
Batafsil maʼlumotlarni Instagramdagi sahifamiz orqali bilib olishingiz mumkin. 👇
https://www.instagram.com/reel/DcDhVVLtuIJ/?igsh=MWFjbnpmeGdoNzN5bg==&igsi=MWFjbnpmeGdoNzN5bg==
@guzorxabarlari
2 834
#Mustaqillik35 |#UZB35
🇺🇿 G‘uzordagi "Bo‘ston" mahallasida bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi arafasida G‘uzor tumanining Bo‘ston mahallasida keng ko‘lamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Joriy yil davomida mahallada 32,1 milliard so‘mlik ishlarni amalga oshirish belgilangan. Xususan,
- mahalladagi 79-sonli maktab uchun 4,1 milliard so‘m mablag‘ hisobiga yangi 330 o‘rinli o‘quv binosi barpo etilmoqda;
- 20,7 kilometr ichki yo‘llar asfaltlashtirilmoqda. Ushbu loyiha qiymati 14,5 milliard so‘m;
- yangi ko‘prik, 4 kilometr piyodalar yo‘lagi barpo etilib, hududda tungi yoritish tizimi o‘rnatilmoqda;
- aholini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash bo‘yicha ishlar olib borilmoqda;
- elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida elektr ustunlari, kabellar va transformatorlar yangilanmoqda.Bunyodkorlik ishlari natijasida Bo‘ston mahallasida aholi uchun yanada qulay, xavfsiz va zamonaviy yashash sharoitlari yaratilmoqda.
