en
Feedback

Don't get caught by a cheater! Telemetrio finds and tags such channels 👉 If you want to see the tag, subscribe

Yunusjon - IT Blog #FreeUyghur

Yunusjon - IT Blog #FreeUyghur

Open in Telegram
3 476
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
-930 days
Posts Archive
​​Dasturlashni qaysi saytlardan o'rgansam bo'ladi? Agar sizda Dasturlashni o'rganish ishtiyoqi bo'lsa-yu, Toshkentga kelishni hech qanday yo'li bo'lmasa, u holda o'zingiz YouTube yoki boshqa o'quv platformalari orqali o'rganishingiz mumkin. Bunga eng kami yaxshi internet tezligi va tinch o'qish joyi kerak bo'ladi. Demak, siz uchun foydali bo'lgan manbalar ro'yxatini keltirishga harakat qilaman: 1. Mayoq.uz (@mayoquz) Darslar narxi: bepul; Talab etiladi: Qiziqish, o'zbek tilini bilish; O'zbek tilida frontnendni o'rganmoqchi bo'lgan uchun eng yaxshi kanallardan biri. Tayyor proektlarni yasash jarayonlaridan lavhalar. (+Foydali tavsiyalar) 2. Farkhod Dadajonov kanali Darslar narxi: bepul; Talab etiladi: Qiziqish, o'zbek tilini bilish; O'zbekzamon youtube dasturchi vloggerlari ichida eng ko'p video chiqaradigan dasturchi. 4 mingdan ziyod kuzatuvchilari bor. 3. HTML Akademiyasi (html academy) Darslar: Bepul va Pullik kurslar mavjud (Kurs narxlari) Talab etiladi: Rus tilini bilish Ustozlar tavsiya qilgan sayt. Pullik kurslari ham bor. Har bir o'quvchiga alohida mentorlar biriktirilar ekan. Imkoni borlarga tavsiya qilaman. 4. w3schools.com Darslar: Bepul Talab etiladi: Rus yoki ingliz tilini bilish Hozirgacha yordam beradigan sayt. Ancha-muncha kishga yordam berib ulgurgan. 5. freeCodeCamp Darslar: Bepul Talab etiladi: Ingliz tilini bilish Yaxshi sayt. Ancha foyda bergan. 6. SoloLearn Darslar: Bepul Talab etiladi: Ingliz tilini bilish Birinchi sertifikat olib, o'zimni dasturchi deb hisoblab yurgan paytim, Soloni sertifikatini ko'tarib yurardim. Sodda tushuntirilgan. Lekin sertifikatini manga o'xshab ko'tarib yurmang :) Dasturlashga doir va tavsiya va yangiliklarni o'qib borish uchun esa muhammadyunus.uz blogiga obuna bo'ling. (Hozircha bepul :) ) https://t.me/joinchat/AAAAAE02o99eccfPqAm2lw

​​Xaker (inglizcha: hack — yaʼni chopish¸ boltalash), informatsion texnologiyalar boʻyicha yetarli malakaga ega mutaxassis. Kompyuter sistemasini oʻta chuqur biladigan shaxs. Avval boshdan xaker degan atama kompyuter dasturlarini tezda yoza oladigan, yoki qurumlarni tezda sozlay oladigan dasturchilarga nisbatan ishlatilgan. Hakerlar asosan 3 turga toifalashadi: Black hat, White hat va Grey hat. Hack soʻzi hippilar jargonida paydo bo'lib, dunyo lugʻatiga kirgan. Hozir haker soʻzi kreker, yaʼni buzgʻunchi maʼnosida notoʻgʻri ishlatiladi. Hakerlar oʻz siyosiy simpatiya va antipatiyalariga koʻra harakat qilib kompyuter dasturlariga ataylabdan ziyon yetkazishadi. AQSh va Yevropada hakerlik kiberjinoyat tarzida baholadi. Va yaxshi maosh to'lashadi. Manba: Wikipedia @muhammadyunus_uz

​​ Foydali: «Men ham dasturchi bo‘lmoqchiman... » Odatda ko‘p kishi ijtimoiy tarmoqlarda shaxsiy xabar orqali har xil savollar berishadi. Shuning uchun ko‘p takrorlanadigan savollarni bir postga olib qo‘yishni niyat qildim. «Qanday qilib dasturchi bo‘lishim mumkin...? » O‘qib, o‘rganib, harakat qilib dasturchi bo‘lsa bo‘ladi. Muhimi maqsad qo‘yish, va shunga bo‘lgan qadamlarni bosib o‘tish. «1 oyda dasturchi bo‘lsa bo‘ladimi?» Sir saqlamayman, eng jahlimni chiqaradigan savol shu. Nega kimdir biologni oldiga borib «1 oyda biolog bo‘la olamanmi, yoki yo‘qmi? » demaydi-da, 1 oyda dasturchi bo‘laman deydi. 1 oyda dasturchi bo‘lsa bo‘ladi. Dasturlashni mayda qismlaridan birini chuqur o‘rganib, shunda ishlasa bo‘ladi. Masalan Testerlikni o‘rgansangiz bir oyda ishga joylashsangiz bo‘ladi. «Matematikani bilmasam ham dasturchi bo‘la olamanmi?» Ha. Agar faqat katta ixtirolar, yangi texnologiyalar yaratish ilinjida dasturlash o‘rganayotgan bo‘lsangiz qo‘shish, ayirish, ko‘paytirish kabi amallarni bilsangiz bo‘ldi. «Viloyatlikman... » Man ham Qo‘qon shahridanman. Dasturlashga bo‘lgan qiziqishlarim sabab, Toshkent shahriga o‘qish ilinjida kelgandim. Siz ham o‘ylanmang. Agar yosh bo‘lsangiz "Gazini bosing". Qarz oling uydan. Jiddi jahd qilib o‘rganing. 5 oyda ishga joylashadigan bilimingiz bo‘ladi. «Dasturlashni qayerda o‘rgansam bo‘ladi?» Toshkentda ITga oid o‘qishlar ko‘p.(PDP, IT school, Najot Ta'lim, PRO Web va hkz.) Man deyarli hammasiga borib ko‘rib, oxiri Najot Ta'limni tanlab, shu yerda o‘qiganman. Yaxshi natija bergan. Bu mening tanlovim edi. Shunaqa gaplar. Agar yana savol bo‘ladigan bo‘lsa @muhammad_yunusoff ga yuborishingiz mumkin.

​​Reklamalardan cheklaning Sizda ham tepa bar reklamalar, qandaydir soxta xabarlarga to‘lib ketayotgan bo‘lsa, demak sizda quyidagi dasturlardan biri, yoki bir nechtasi bor: => Imo Bu messenjer o‘z huquqlaridan foydalanib, sms uchun berilgan imkoniyatdan, sizga reklama chiqarishda foydalanadi. Agar zarurat bo‘lmasa uni o‘chirib yuboring. Yoki sozlamalarga kirib huquqlaridan mahrum qiling. => Likee Bu dastur ham imodan qolishmagan holatda sizga reklamalar jo‘natadi. Eng yomoni reklamalar, sizga yangi xat, yangi chat kabi dizaynda keladi. Bossangiz reklama. =>Google Playdan tortilgan shaxsi yo‘q dasturlar Ishonchli bo‘lmagan dasturni o‘rnatmang. Va unga huquqlar bermang. Agar imkon bo‘lsa ularni o‘chirib yuboring. @muhammadyunus_uz

Lotin alifbosi ko'proq ovoz to'plabdi. Demak birinchi maqolamiz lotin alifbosida yoziladi. :)

Sizga qaysi alfavitda yozganimiz ma'qul?
Anonymous voting

​​Анча вақтдан бери блог очиш ва каналда ўзим билган нарсаларни бошқалар билан улашиш, ҳаётий тажрибалар, Нажот Таълим марказининг ички ҳаёти ва бошқа мавзулар борасида ёзиб бориш мақсадида юрган эдим. "MFaktor webinar"да иштирок этганимдан бери менга ўқув марказ очиш, уни юритиш, "Social media marketing", замонавий касблар бўйича кўплаб саволлар келмоқда. Озми-кўпми йиғилган билимларни улашиш мақсадида ўйлаб юрган режамни амалга оширишга киришдим. Каналга аъзо бўлиб қўллаб-қувватлаб турасизлар, деган умиддаман. Зериктириб қўймасликка, ва тез-тез сизларни эслаб туришга ҳаракат қиламан, қўлдан келганча! 😄 Каналга обуна бўлиш: https://t.me/joinchat/AAAAAFEISfian-8VBeBitg

"Покиза инсон" қандай акция ўзи? Ушбу акция доирасида юртимиздаги ободонлаштириш бошқармаси ходимларига эътибор қаратиш, уларга иссиқ ичимлик ва егулик улашиш, бироз бўлса ҳам кўнгилларини кўтариш мақсадида бир гуруҳ кўнгиллилар меҳр улашишмоқда. Марҳамат, сиз ҳам ушбу акцияга ўз ҳиссангизни қўшинг, меҳр улашинг, кўчаларимизни покиза бўлиши учун ёрдам беринг. https://www.youtube.com/watch?v=jbhPvQYIvnQ Ушбу видеони дўстларингиз билан баҳам кўринг, ёқса лайк босинг ва обуна бўлишни унутманг:)

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan boshlayman. Assalomu alaykum. Ushbu loyihani MyBotUz deb nomladik. Bu loyiha sizlarga quyidagilarni taqdim etadi: 🔹Yuqori sifatli veb saytlar yasash; 🔹Avtomatlashtirilgan Telegram botlar yasab berish; 🔹Grafik dizayn xizmatlari (SMM posterlar, logotiplar va boshqa); 🔹Ijtimoiy tarmoqlar marketingi (korxona, tashkilot va shu kabilarning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini boshqarish, reklamalar qo'yish); 🔹Copywriting (yuqori natija olib keluvchi reklama matnlari yozib berish, rus, ingliz va o'zbek tilida); Bu kanalda bajarilgan buyurtmalar haqida ma'lumot (agar buyurtmachi rozi bo'lsa), hamda MyBotUz a'zolarining erishgan natijalari e'lon qilib boriladi. Telefon: +998993015803 Telegram: @mybotuz_admin Telegram kanalimizga a'zo bo'ling! Facebook kanalimizga a'zo bo'ling! Instagram kanalimizga a'zo bo'ling!

"Бизни жамият шундай тарбиялади" Ижтимоий тармоқларда машхурликка эришган Ruxsora Masharipova берган интервюдаги бир сўз мани эътиборимни кўпроқ тортди. "Бизни жамият шундай тарбиялади". Ҳа, дунё мактабларида замонавий фан-техника дарслари ўтилаётган бир вақтда биз ҳеч қандай асосга эга бўлмаган "Юксак маънавият - енгилмас куч" китобини ёдладик. (У китобни нима мақсадда ёзганини муаллифи ҳам билмаса керак!) Ҳафтада бир соат информатика дарси, 4 марта одобнома дарсини ўтар эдик. (Юксак М, Ватан туйғуси, Маънавият асослари, Миллиё ғоя, Синф соати). Бу китобларда бошидан охиригача шеърлар-у, синфда ҳеч ким тушунмайдиган ажнабий туйғулар тавсирланар эди. Бошқа юртнинг фарзандлари нобель олиб ватанига бўлган мухаббатини исботласа, биз "Юксак маънавият - енгилмас куч"даги ибораларни ёдлаб ватанимизга бўлган мухаббатимизни исботлар эдик. Ҳа, "Бизни жамият шундай тарбиялади"! @muhammadyunus_uz

Telegram botlar yordamida o'z biznesingizga ko'proq mijozlarni jalb etishni yoki o'z ishingizni avtomatlashtirishni istaysizm
Telegram botlar yordamida o'z biznesingizga ko'proq mijozlarni jalb etishni yoki o'z ishingizni avtomatlashtirishni istaysizmi? @muhammadyunus_uz sizga sifatli botlar yasash xizmatini taklif etadi! Sizga tez, sifatli, boshqaruv paneliga ega, turli xil turdagi botlar yasatishingiz va 1 oy davomida texnik yordamga ega bo'lishingiz mumkin. Shoshiling! Navbatda qolib ketmang! Telegram: @muhammad_yunusoff Telefon raqam: +998901515064 Kanal: @muhammadyunus_uz

#4ungalla_4undi )
#4ungalla_4undi )

Salom xakerlar?
Salom xakerlar?

emmet paketini bilmagan dasturchi bo'lmasa kerak :)
emmet paketini bilmagan dasturchi bo'lmasa kerak :)

faqat dasturchilar tushunsa kerak :)
faqat dasturchilar tushunsa kerak :)

har kungi muammolarimdan biri :)
har kungi muammolarimdan biri :)

Demak birinchi memimiz! Odatda ustoz o'rnida mijoz bo'ladi :)

Kanalga dasturlashga oid memlar ham tashlab boraman. ;) Bilsangiz mazza qilib kuling! Bilmasangiz o'rganing ;}