Yunusjon - IT Blog #FreeUyghur
Open in Telegram
Barchasi dasturlash haqida. https://www.youtube.com/yunus_code Man haqimda: https://t.me/yunus_code/1764 English one is @yunuscode website: yunus.monster
Show more3 476
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
-930 days
Posts Archive
Tiktok rivojlanishda davom etyabdi. Yaqin orada bozorlar ham tiktokka o'tsa ajab emas.
@video_yukla_bot ham rivojlanadi demak 💪
Sinab ko'ring azizlar. Tiktokdan watermarksiz va audiosi bilan yuklab beryabdi :))
Chet elda 18 yoshda yo narkoman bo'lib ketadi yoki olim. Bizda: 😅
Ozgina ko'ngilni yozamiz akalar :))
Xatoliklarni aniqlashimizda yordam berayotganingiz uchun rahmat. Tez orada odatiy ishga tushuramiz. Har bir testdagi xatolik uchun bizga bergan feedbackingiz biz uchun katta foyda beryabdi.
https://t.me/video_yukla_bot - sinab ko'ring va xatolarni ayting. :))
Dasturiy tomondan hechqachon saytlarni to'liq bloklashning imkoni yo'q: Proxy, VPN degan narsalar bor.
Shunchaki xalq qiynalgani qoladi xalos. Eng yaxshisi umuman internetni simini uzib tashlashsin. Unutmang, vpn va proxy sizga hechqachon beminnat yo'l ochib bermaydi.
Birinchi JavaScript dasturim ustozim haqida )
http://javascript.beget.tech/
Agar sizga onlineda kurs ko'rib-o'rganish imkoni bo'lganda, siz uchun og'irlik qilmaydigan narx qaysi narx bo'lar edi?
Ilm tarqatishga o'z hissangizni qo'shing!
Sizning quyidagi yo'nalishlarda mutaxassis tanishlaringiz yoki qarindoshingiz bo'lsa bizga tavsiya bering!
Har bir muvaffaqiyatli kelishuvdan keyin sizga 100$ mukofot puli beriladi!
- software engineer (dasturchi)
- grafik dizayner
- sotuv operatori
Mutaxassislarga qo'yiladigan umumiy shartlar:
- o'zbek tilini yaxshi bilish;
- ta'lim rivojini istash;
- kamida 3 yillik tajriba (sotuv operatori uchun tajribasi yo’qlar ham ko’riladi);
- to'liq stavkada ishlash istagi;
Ma'lumot uchun software engineer til tanlamaydigan dasturchi hisoblanadi.
Murojaat qilish va yutuqni olish tartibi:
Siz bizga tavsiya qilganingizda mutaxassis haqida so’raymiz, shuning uchun mutaxassisning o’zi bizga chiqqanlari ma’qul.
Mutaxassis tomonidan @najottalim_hr ga CV jo'natiladi. Biz CV bilan tanishib chiqib mutaxassisni suhbatga chaqiramiz.
Mutaxassis ishga tasdiqlanganidan so'ng, yutuq sizga beriladi.
Najot Taʼlim markazi navbatdagi grant dasturini eʼlon qiladi!
Najot Ta'lim markazi moushn grafika, animatsiya, multfilm sohasini rivojlantirish maqsadida grant ajratishini ma'lum qiladi.
Najot Taʼlim iqtidorini namoyon eta olgan 20 nafar grant sohibini o‘z hisobidan multfilm sohasi bo'yicha o‘qitadi. O‘qish davomiyligi 8 oy chuqurlashtirilgan tartibda bo‘lib o'tadi.
🧑🏻💻 Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad, nafaqat bilimga chanqoq, iste'dodli yoshlarni yuzaga chiqarish va qo‘llab-quvvatlash, balki o‘zbek animatsiyasi rivojiga ham sezilarli hissa qo‘shishdir.
✅ Grantda ijtimoiy kelib chiqishidan qatʼiy nazar, 16-28 yosh oraligʻidagi barcha qatnashish imkoniyatiga ega.
Grant mavzusidan kelib chiqib, qatnashuvchilar o'zbek mentalitetiga xos bo'lgan biron multfilm ssenariysini yozishlari kerak bo'ladi. Ssenariyni yozishda yozilayotgan multfilmning mavzusi, maqsadi, uning jamiyatga qanchalik darajada foyda keltirishi, undagi qahramonlar qay tartibda bo'lishi aniq yoritilishi kerak. (Siz yozgan multfilm ssenariysi avval yozilgan bo'lishi yoki televediniya yuzini ko'rgan bo'lishi mumkin emas, aks holda ushbu xatingiz haqiqiy deb tan olinmaydi. Shunday ekan, o'z fantaziyangizdan kelib chiqib yozishingiz so'raladi).
Maqsad, talabgorning qanchalik darajada kreativligi, fikrlash qamrovi, multfilm sohasiga qanchalik darajada o'zini bag'ishlay olishi kabi xislatlarni tekshirib olishdir. Nomzodlar ushbu yozilgan ssenariy xati asosida suhbatga chaqiriladi.
Sizda ham bu sohaga qiziqish bo‘lsa, bunday imkoniyatni qo‘ldan chiqarmang. O‘zbekistonda hali uncha rivojlanmagan animatsiya sohasining kamyob va professional mutaxassislaridan biriga aylaning!
Eslatma: grant uchun ro'yxatdan o'tish 2021-yilning 20-fevral sanasigacha davom etadi. Shunday ekan, imkoniyatni qo'ldan boy bermang!
👇 Buning uchun quyidagi havola orqаli ro‘yxatdan o‘tishingiz kerak bo‘ladi.
🔗 Ro'yxatdan o'tish uchun havola: http://bit.ly/3aqc9II
Demak, ijtimoiy tarmoqlarimizni kuzatishda davom eting!
🧑🏻💻 Administratorga yozish
📞 Tel: +998712001123
🖇 Najot Ta'lim haqida batafsil
Aziz akani kanalini kuzataman. Ancha oqil va fikri teran aka.
Bugun 19:30da Youtube da e'lon qilinarkan.
@azizrakhimov_blog
https://youtu.be/UTnhqdcMpUs
Yaqin orada @bahodiRajabov klaviturasiga mansub bir botni e'lon qilamiz, baho berasizlar :))
Java va Android dasturlashni o'rganishni xohlayotgan ayol-qizlar bormi?
Mehri Abduqodirova ingliz tilini yaxshi biladigan ayol-qizlar uchun bepul Java va Android bo'yicha onlayn kursni yo'lga qo'ymoqchilar. Kursga 3-4 o'quvchi qabul qilinadi. Kursning tarkibi quyidagicha:
- dasturlashga kirish va OOP - 1 oy
- Java dasturlash tili - 6 oy
- Android dasturlash - 5 oy
Kursga qatnashmoqchi bo'lganlardan haftasiga 5-6 kun, kuniga 8 soatdan ko'proq vaqtlarini o'qish uchun ajratishlari talab qilinadi. Haftada 5 kun 2 soatdan Zoom orqali darslar bo'lib o'tadi.
O'qishdagi har bir bosqich turli xil darajadagi loyihalarni tuzish asosida o'rgatiladi. Bu loyihalarni, albatta, porftolioga qo'shish mumkin bo'ladi. Java bo'yicha bosqichni bitirgan o'quvchilar Oracle imtihonida o'zlarini sinab ko'rishlari mumkin. Android dasturlashni o'rgangandan so'ng unda tuzilgan mobil ilovalarni Google Play Storega ham joylashingiz mumkin bo'ladi.
Bu imkoniyatdan foydalanmoqchi bo'lsangiz, mana bu yerda ro'yxatdan o'tishingiz mumkin. Loyiha faqat ayol-qizlar uchun!
Omad!
