Yunusjon - IT Blog #FreeUyghur
Open in Telegram
Barchasi dasturlash haqida. https://www.youtube.com/yunus_code Man haqimda: https://t.me/yunus_code/1764 English one is @yunuscode website: yunus.monster
Show more3 476
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
-930 days
Posts Archive
🔥PERN stack nima va uni qayerdan o'rganaman?
PERN bu - PostgreSQL, Express, React va Node.js texnologiyalaridan tashkil topgan to'plam hisoblanadi. Ushbu texnologiyalarni birlashtirib to'liq veb-dasturlarni yaratish mumkin.
P - PostgreSQL
PostgreSQL - bu SQL tilini ishlatadigan va kuchliochiq manbali ob'ektga oid ma'lumotlar bazasi.
E - Express(Back-end Framework)
NodeJS funktsiyalari va tuzilmalari yordamida saytning orqa tomonini yaratish uchun foydalaniladigan framework hisoblanadi.
R - ReactJS (Front-End Library)
Facebook tomonidan yaratilgan kutubxona. U veb-ilovaning foydalanuvchi interfeysini yaratadigan UI komponentlarini yaratish uchun ishlatiladi
N - NodeJS (JavaScript runtime environment)
JavaScript ish vaqti muhiti. Bu brauzerda emas, balki mashinada JavaScriptni ishlatish uchun ishlatiladi.
PERN va MERN stack ikkalasini bittada biz bilan o'rganish imkoniyatingiz bor, shoshiling
BONUS: Telegram bot yaratish va ElectronJS
😍Ro'yxatdan-o'tish: @fulfiledu
LINK:👉 @fulfil_education
Github Copilot - Sun'iy dasturchi
Link: https://youtu.be/aLzdliq5iJE
Github Copilot - Sun'iy dasturchi
Link: https://youtu.be/eLwdo59ucc0
Video Blog: Googlega sayohat (Nodir Nazarov)
https://www.youtube.com/watch?v=vdW0pUBZPEk&ab_channel=NodirNazarov
Telegramda guruhingiz bormi?
@cheklabot — guruhda tartib saqlaydi!
Guruhga admin qilib START bossangiz:
✅ Botlardan himoya qiladi.
✅ Guruhdagi link'larni o'chiradi.
✅ Guruhga kirgan chiqqanlarni o'chiradi.
Qo‘shimcha imkoniyatlari:
— Taqiqlangan so‘zlar qo‘shish.
— Foydalanuvchini belgilab bir qancha vaqt xabar yozishini cheklash.
— Guruh a‘zolarini ogohlantirish.
Botda ushbu qoidalarni yoqishingiz va o‘chirishngiz imkoni bor!
👉 @cheklabot bilan guruhingizni tartibga soling 😊
⚡️ Ertalab "Github Copilot haqida" video chiqaramiz. Sinab ko'ramiz. Ko'rishni istaganlar "Like" ni bossin.
#yangi_kitob_sotuvda
«Pythonda dasturlash asoslari»
Anvar Narzullayev
🔹 Dasturlash asoslariga oid o‘zbek tilidagi ilk eng mukammal qo‘llanma hisoblanadi.
🔹 Kitobning har bir bo‘limi uchun maxsus video darslar yozilgan bo‘lib, ularga kitobda ko‘rsatilgan QR kod orqali o‘tish mumkin. Darslar bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar va ularning javoblari Github platformasiga yuklangan.
🔹 Qo‘llanma Python dasturlash tili asosida yozilganligiga qaramay, dasturlashga ilk qadam qo‘yayotgan barcha ixlosmandlarga tavsiya etiladi.
🔹 Kitob nafaqat talabalar, o‘quv markazlari tinglovchilari, maktab o‘quvchilari balki mustaqil ravishda dasturlashni o‘rganuvchilar uchun ham mo‘ljallangan.
❗️Kitob 23-iyul kunidan sotuvga chiqariladi.
Oldindan to‘lov qiling va kitobni birinchilardan bo‘lib qo‘lga kiriting!
Narxi: 50 000 so‘m
Muqova: qattiq
Buyurtma berish: @akademsavdo
📍 O‘zbekiston bo‘ylab yetkazib beriladi.
Xizmat narxi: 10 000 so‘m.
Kuzatib boring: @akademnashr
Aloqa | Instagram | Facebook
Twitter | Tiktok | Youtube
⚡️ Githubning Copilotiga tasdiqlashibdi. Ishlatib, fikrlarimni yozaman. :))
Jamoa va darslar uchun berilgan pauza haqida
Fordni bir gapi yoqadi: "Coming together is a beginning, staying together is progress, and working together is success."
✅ Jamoa bilan ish boshlaganimizga 1 oydan oshdi. Bir-birimizga ko'nika boshladik. Hozirgacha bir projectni tugatish arafasidamiz. Asta-sekin loyihalar olishni boshladik.
🧑💻 Birgalikda PixerLabga asos soldik. U yerdan chiqqan loyihalar haqida keyinroq batafsil javob yozaman.
🏗 Ishlar qizg'in holatda. Tizimni tizimlashtirmagunimcha darslarga pauza berib turgan edim. Endi sekin darslarni yuklashga qaytaman.
📦 3 oylik shaxsiy rivojlanish va kompaniya uchun reja ishlab chiqdim. Qandaydir motivatsiyalarga ishonib yo'limdan ozim ketmaslik uchun. Bu qandaydir foyda beradimi sinab ko'ramiz.
@muhammadyunus_uz
Gifni udari. Biror ishlaydigan narsa ishlamay qolganda. Yoki xeyterlar bilan solishganda ))
O'tgan bir yilni sarhisob qilgan edim. Ko'p narsalarga erishibman. Ko'p narsalarni yo'qotibman. O'tkan yili shu vaqtda dasturlash kursini bitirgan edim. Hozir kichginagina jamoamiz bor. Asta sekin yosh dasturchi nomimizni yo'qotib boryabmiz...
1 soat oldin 18 ga kirdim. Oddiy motivatsiya bermoqchiman :)
Aniq bir yil avval man shunchaki bir ishchi edim. Qo'limdagi yagona kasbim bozorchilik edi. Dasturlashga qiziqardim, lekin juratim yo'q edi.
Eng alam qiladigani Qo'qonda pichoqqa ilinadigan kurs yo'q, Toshkentga kelgani esa pul yo'q edi :)
Tavakkal deb, Allohdan so'rab yo'lga chiqdim. Alhamdulillah 1 yil ichida ancha yaxshi insonlar bilan tanishdim, ancha narsa o'rgandim. Agar shunda jurat qilmaganimda, bir umr o'zim yoqtirmagan kasb bilan yashardim.
Sinfda (qisman), do'stlarim orasida, kursda eng kichkina bo'lganman.
Lekin o'z o'rnida tahminan 4 yil kechikkanman)
Agar siz biror nimaga qiziqsangiz ichingizda saqlab o'tirmang. Hayot sizniki. Siz agar dasturlashga qiziqsangiz, hamma narsaga qo'yingda dasturlashga o'qing. Agar sizga mashina ustasi bo'lish yoqsa, lekin uydagilar o'qitayotgan bo'lsa o'qishni tashlangda mashina ustasi bo'ling.
Hech qachon kech emas ekan. Hatto 40 yoshda ham :). Shunchaki shijoat va jurat kerak ekan :)
@muhammadyunus_uz
Toshkentni katta qismida svet yo'q.
Endi tasavvur qiling, telegram, tiktok, facebook serverlarini o'zimizga ko'chirib keldi, mazami?
