en
Feedback
"Ўзэлтехсаноат" уюшмаси

"Ўзэлтехсаноат" уюшмаси

Open in Telegram

"Ўзэлтехсаноат" уюшмасининг расмий телеграм канали Rasmiy vebsayt uzeltech.uz Facebook: fb.com/uzeltexsanoat.uzbekistan/ Instagram: https://www.instagram.com/uzeltechsanoat/ Таклифлар учун: @press_uzeltex Боғланиш учун: +998712074466

Show more
2 822
Subscribers
-724 hours
-367 days
-17830 days
Posts Archive
➡️ #world_news ⚡️ XALQARO YANGILIKLAR DAYJESTI Elektrotexnika sanoatiga ta’sir qiluvchi eng muhim global yangiliklar. ➡️ ASML
➡️ #world_news ⚡️ XALQARO YANGILIKLAR DAYJESTI
Elektrotexnika sanoatiga ta’sir qiluvchi eng muhim global yangiliklar.
➡️ ASML AI chiplarga talab oshgani sabab Niderlandiyada yangi ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirmoqda. ➡️ Janubiy Koreyada AI markazlari va chip zavodlari sabab elektr energiyasiga talab yana 25–30 GVtga oshishi kutilmoqda. ➡️ Qualcomm va Amazon AI ma’lumotlar markazlari uchun yangi avlod chiplarini birgalikda ishlab chiqadi. ➡️ Xitoy energiya saqlash batareyalari ishlab chiqarish bo‘yicha yangi loyihalarni tasdiqlashni vaqtincha to‘xtatdi. ➡️ Eaton sun'iy intellekt ma’lumotlar markazlari uchun 1,5 MVt UPS va yangi elektr ta’minoti texnologiyalarini taqdim etdi. ➡️ Hitachi Energy Xitoyda quvvat transformatorlari ishlab chiqarishni kengaytirish uchun 300 million dollar investitsiya qiladi. ➡️ Nexans 525 kV HVDC kabel tizimini 3 000 metr chuqurlikda o‘rnatishga moslashtirib, suvosti elektr kabellari bo‘yicha yangi jahon rekordini o‘rnatdi. 🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram

➡️ #Qonunchilikdagi_yangiliklar ⚡️ TADBIRKORLAR UCHUN ELEKTR ENERGIYASI VA GAZ BO‘YICHA YANGI QULAYLIKLAR ➡️ Joriy yilning 27
➡️ #Qonunchilikdagi_yangiliklar
⚡️ TADBIRKORLAR UCHUN ELEKTR ENERGIYASI VA GAZ BO‘YICHA YANGI QULAYLIKLAR
➡️ Joriy yilning 27-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–175-son Farmoni qabul qilingan edi. Farmonga ko‘ra, 2026-yil 1-noyabrdan EHNAT va TGNHAT tizimlariga ulangan hamda masofadan o‘chirish/yoqish imkoniyatiga ega hisoblagichi mavjud tadbirkorlik subyektlari uchun: ◾️ elektr energiyasi va tabiiy gazning oylik iste’moli uchun oldindan to‘lov miqdori 15 foiz etib belgilanadi (oxirgi ikki oyda to‘lov intizomiga rioya qilmaganlar bundan mustasno); ◾️ elektr energiyasi va gaz sarfi bo‘yicha yozma hisobot topshirish majburiyati bekor qilinadi; ◾️ energiya ta’minoti bo‘yicha shartnomalarni elektron tuzish orqali ularni pochta orqali yuborish amaliyoti bekor qilinadi. ➡️ Shuningdek, kichik tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirishga 3 yil muddatga moratoriy e’lon qilindi. Qonunchilikda nazarda tutilgan ayrim holatlar bundan mustasno. ➡️ Moratoriy davrida noqonuniy tekshiruvlar uchun javobgarlik belgilanadi hamda Biznes-ombudsman tomonidan “Samarali nazorat” tadbiri doirasida so‘nggi 3 yildagi tekshiruvlar o‘rganilib, tadbirkorlarning buzilgan huquqlarini tiklash choralari ko‘riladi. 🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram

➡️ #london_metall_birjasi 📊 08-sentyabr kuni bo'yicha jahon bozoridagi rangli metallar savdosiga oid statistik ma'lumotlar b
➡️ #london_metall_birjasi 📊 08-sentyabr kuni bo'yicha jahon bozoridagi rangli metallar savdosiga oid statistik ma'lumotlar bilan tanishing. ⚡️ Ma'lumotlar LONDON metall birjasi platformasi ko'rsatkichlariga asosan tayyorlandi.
⚠️ QIZIQARLI FAKT
Elektr dvigatel tizimlari dunyodagi elektr energiyasining qariyb 53% ini iste’mol qiladi.
🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram

➡️ #world_news ⚡️ XALQARO YANGILIKLAR DAYJESTI E'tiboringizga xalqaro savdo, jahon bozori va elektrotexnika sanoatiga ta'sir
➡️ #world_news ⚡️ XALQARO YANGILIKLAR DAYJESTI
E'tiboringizga xalqaro savdo, jahon bozori va elektrotexnika sanoatiga ta'sir etuvchi eng muhim yangiliklarni havola etamiz.
➡️ Xitoy 2030-yilgacha axborot-kommunikatsiya infratuzilmasiga qariyb 530 milliard dollar investitsiya yo‘naltirib, yuqori tezlikdagi optik tarmoqlar va AI hisoblash quvvatlarini kengaytiradi. ➡️ Huawei olti yillik tanaffusdan so‘ng yangi yuqori unumdor Kirin 9050 Pro protsessorini taqdim etib, Xitoyning mikroelektronika sohasidagi imkoniyatlarini kuchaytirmoqda. ➡️ RR Kabel tijorat va sanoat yoritish tizimlari uchun elektr quvvati hamda boshqaruvni bitta sim orqali uzatadigan yangi DC Lighting Engine texnologiyasini joriy etdi. ➡️ Northern Cables yong‘in signalizatsiyasi, yoritish boshqaruvi va boshqa maxsus elektr tarmoqlari uchun kabellarni tez aniqlash imkonini beruvchi yangi GLO WRAP tizimini taqdim etdi. ➡️ Global maishiy texnika bozorida AI yordamida mahsulot tanlash va raqamli savdo vositalaridan foydalanish tezlashib, elektr jihozlari chakana savdosini o‘zgartirmoqda. ➡️ Samsung muzlatgich va kir yuvish mashinalarining ayrim avlodlari uchun yangi AI funksiyalarini o‘z ichiga olgan Tizen 10.0 dasturiy ta’minot yangilanishini taqdim etdi. ➡️ Elektr jihozlari ishlab chiqaruvchilari ma’lumotlar markazlari va sanoat obyektlari uchun energiya samaradorligi yuqori bo‘lgan yangi quvvat taqsimlash hamda sovitish texnologiyalarini rivojlantirmoqda. ➡️ IFA Global Markets 2026 doirasida 20 dan ortiq davlat kompaniyalari elektronika va maishiy texnika uchun komponentlar hamda ishlab chiqarish texnologiyalarini namoyish etdi. 🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram

➡️ #london_metall_birjasi 📊 07-sentyabr kuni bo'yicha jahon bozoridagi rangli metallar savdosiga oid statistik ma'lumotlar b
➡️ #london_metall_birjasi 📊 07-sentyabr kuni bo'yicha jahon bozoridagi rangli metallar savdosiga oid statistik ma'lumotlar bilan tanishing. ⚡️ Ma'lumotlar LONDON metall birjasi platformasi ko'rsatkichlariga asosan tayyorlandi.
⚠️ QIZIQARLI FAKT
Binolarda sovutish uchun elektr energiyasi iste’moli 2000-yildan beri yiliga o‘rtacha 4% dan ko‘proq o‘sib kelmoqda.
🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram

➡️ #world_news ⚡️ XALQARO YANGILIKLAR DAYJESTI E'tiboringizga xalqaro savdo, jahon bozori va elektrotexnika sanoatiga ta'sir
➡️ #world_news ⚡️ XALQARO YANGILIKLAR DAYJESTI
E'tiboringizga xalqaro savdo, jahon bozori va elektrotexnika sanoatiga ta'sir etuvchi eng muhim yangiliklarni havola etamiz.
➡️ LG Electronics Berlindagi IFA 2026 ko‘rgazmasida sun’iy intellekt va energiya samaradorligiga asoslangan 7 ta yangi maishiy texnika mahsulotini taqdim etdi. ➡️ Siemens yangi avlod aqlli pech va issiqlik nasosi texnologiyasiga ega kir yuvish-quritish qurilmasini namoyish etib, maishiy texnikada sun’iy intellektdan foydalanishni kengaytirmoqda. ➡️ Misrda SIRAJ Group kompaniyasining yoritish uskunalari ishlab chiqaruvchi FLARE zavodi qariyb 7,5 million dollarlik kengaytirish loyihasidan so‘ng yangi quvvat bilan ishga tushdi. ➡️ Everlight Electronics optoelektronika mahsulotlariga talab ortishi fonida Tailandda yangi ishlab chiqarish korxonasi qurilishini boshladi. ➡️ iPronics sun’iy intellekt infratuzilmasi uchun optik tarmoqlarni rivojlantirish maqsadida 125 million dollar investitsiya jalb qilib, fotonika texnologiyalarini kengaytirmoqda. ➡️ Global kabel va elektron komponentlar bozorida sentabr oyida yangi konnektorlar, kabel yig‘malari, sensorlar va boshqa ulanish texnologiyalarining yangi avlodi taqdim etildi. ➡️ Xitoyning noyob yer metallari ishlab chiqaruvchilari geosiyosiy keskinlik fonida ayrim strategik materiallarni AQShga yetkazib berishni cheklab, elektronika va yuqori texnologiyalar ta’minot zanjiriga bosimni kuchaytirmoqda. ➡️ Janubiy Koreya, Xitoy va Tayvan kompaniyalari sun’iy intellekt ma’lumotlar markazlari uchun transformator, elektr taqsimlash va sovitish uskunalariga talabning keskin oshishidan foyda ko‘rmoqda. 🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram

➡️ #london_metall_birjasi 📊 06-sentyabr kuni bo'yicha jahon bozoridagi rangli metallar savdosiga oid statistik ma'lumotlar b
➡️ #london_metall_birjasi 📊 06-sentyabr kuni bo'yicha jahon bozoridagi rangli metallar savdosiga oid statistik ma'lumotlar bilan tanishing. ⚡️ Ma'lumotlar LONDON metall birjasi platformasi ko'rsatkichlariga asosan tayyorlandi.
⚠️ QIZIQARLI FAKT
2025-yilda quyosh va batareya tizimlari uchun invertor ishlab chiqarish quvvatining qariyb 80 foizi Xitoy hissasiga to‘g‘ri keldi.
🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram

🟦🟦🟦🟦 Тарих ва биз 🏭 «Ўзкабель» тарихи: 37 кунлик йўлдан бошланган саноат 1941 йил кузида Кольчугино шаҳридаги «Электрока
🟦🟦🟦🟦 Тарих ва биз 🏭 «Ўзкабель» тарихи: 37 кунлик йўлдан бошланган саноат 1941 йил кузида Кольчугино шаҳридаги «Электрокабель» заводининг бир қисми Тошкентга эвакуация қилинди. Ана шу тарихий жараён кейинчалик Ўзбекистон кабель саноатининг шаклланишига муҳим асос бўлди.
📌 Қизиқ фактлар: 🚂 Биринчи завод эшелони Тошкентга 37 кунда етиб келган. 🚃 Ишчилар, мутахассислар ва уларнинг оилалари бор-йўғи 4 та вагонда жойлашган. ⚙️ Тошкентга жами 567 та ускуна олиб келинган. 🧵 1942 йил февралда заводнинг илк маҳсулоти — 250 км ПТФ ҳарбий-дала алоқа сими ишлаб чиқарилган. ✈️ Кейинчалик корхонада танклар, самолётлар, прожекторлар, шунингдек телефон ва куч тармоқлари учун турли кабель ва симлар тайёрланган.
🇯🇵 Урушдан кейинги йилларда завод қурилиши ва кенгайтириш ишларида япон интернирланганлари ҳам меҳнат қилган. 🏗 Шу тариқа оғир уруш шароитида Тошкентда йўлга қўйилган ишлаб чиқариш кейинчалик мамлакат электротехника саноатининг муҳим таянчларидан бирига айланди. 🔗 «Ўзкабель»нинг уруш йилларидаги тарихи, эвакуация жараёни ва бошқа қизиқ фактлар ҳақида батафсил — ҳавола орқали ўқинг:
🔗 Давомини ушбу 👉ҳаволада ўқинг!
💬 Сизга яна қайси корхона ёки бренднинг тарихи қизиқ? Фикр ва таклифларингизни изоҳларда ёзиб қолдиринг. Энг кўп қизиқиш билдирилган корхона тарихи кейинги мақоламиз мавзусига айланади. 🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchichning taklifiga binoan
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchichning taklifiga binoan 7-8-sentabr kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda boʻladi. — Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев по приглашению Президента Республики Сербия Александра Вучича 7-8 сентября посетит эту страну с официальным визитом.

#TEXNOPARK #Shivaki
⚡️ Shivaki issiqlik nasoslari: energiya tejamkor va zamonaviy yechim
➡️ “O‘zeltexsanoat” uyushmasiga a'zo TEXNOPARK korxonasida Shivaki brendi ostida zamonaviy issiqlik nasoslari ishlab chiqarilmoqda. ➡️ Mazkur videoda ushbu qurilmalarning ishlash prinsipi, afzalliklari, energiya samaradorligi hamda xonadonlar uchun yaratadigan qulayliklari haqida batafsil ma’lumot beriladi. ➡️ Videoni tomosha qiling va Shivaki issiqlik nasoslarining imkoniyatlari bilan yaqindan tanishing. 🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram

⚠️ DIQQAT E'LON! ⚡️ "O'zeltexsanoat" uyushmasi ishga taklif etadi! ➡️ Eksportga ko'maklashish va savdo boshqarmasi mutaxassis
⚠️ DIQQAT E'LON!
⚡️ "O'zeltexsanoat" uyushmasi ishga taklif etadi!
➡️ Eksportga ko'maklashish va savdo boshqarmasi mutaxassisi lavozimiga malakali, tashabbuskor va natijaga yo'naltirilgan nomzodlarni ishga taklif qilamiz. ➡️ Agar siz eksport salohiyatini oshirish, xalqaro bozorlarda yangi imkoniyatlarni yaratish hamda mahalliy ishlab chiqaruvchilarni jahon bozoriga olib chiqish jarayonlarida faol ishtirok etishni istasangiz, sizni jamoamiz safida ko'rishdan mamnun bo'lamiz.
➡️ Lavozimning asosiy vazifalari: ⏺ Mahsulotlarni eksport qilish bo‘yicha reja va takliflarni ishlab chiqishda ishtirok etish hamda ularning amalga oshirilishini monitoring qilish; ⏺ Xalqaro bozorlardagi tendensiyalar, raqobatchilar va potensial mijozlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘rganish va tahlil qilish; ⏺ Xorijiy mijozlar va hamkorlar bilan ishbilarmonlik aloqalarini yo‘lga qo‘yishda ishtirok etish hamda ularga zarur axborot va amaliy ko‘mak ko‘rsatish; ⏺ Eksport loyihalarini amalga oshirish jarayonlarini muvofiqlashtirishda ishtirok etish va ularning ijrosi bo‘yicha monitoring olib borish; ⏺ Eksport yo‘nalishidagi seminarlar, ko‘rgazmalar, biznes forumlari va B2B uchrashuvlarini tashkil etish hamda ularda ishtirok etish; ⏺ Davlat organlari, Savdo-sanoat palatasi, biznes uyushmalari va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik doirasidagi ishlarni muvofiqlashtirishda ishtirok etish; ⏺ Eksport faoliyati bo‘yicha tahliliy ma’lumotlar, hisobotlar, ma’lumotnomalar va takliflar tayyorlash; ⏺ Mahalliy korxonalarning eksport salohiyatini oshirish va yangi tashqi bozorlarga chiqishiga ko‘maklashish.
➡️ Nomzodga qo'yiladigan talablar: ⏺ Iqtisodiyot, savdo, biznes boshqaruvi yoki turdosh yo'nalishlar bo'yicha oliy ma'lumot; ⏺ Eksport, xalqaro savdo, marketing yoki biznesni rivojlantirish sohasida kamida 2–3 yillik ish tajribasi; ⏺ Xalqaro mijozlar va hamkorlar bilan muzokaralar olib borish hamda samarali muloqot o'rnatish ko'nikmasi; ⏺ O'zbek, rus va ingliz tillarini yaxshi bilish (qo'shimcha xorijiy tillarni bilish afzallik hisoblanadi); ⏺ Microsoft Office dasturlari va analitik vositalar bilan ishlash ko'nikmasi; ⏺ Tahliliy fikrlash, tashabbuskorlik, mas'uliyat va jamoada samarali ishlash qobiliyati.
➡️ Biz taklif qilamiz: ⏺ Professional va barqaror jamoada ishlash; ⏺ Xalqaro investorlar hamda yirik kompaniyalar bilan ishlash imkoniyati; ⏺ Kasbiy rivojlanish va martaba o'sishi uchun qulay sharoit; ⏺ Raqobatbardosh mehnat sharoitlari. Hujjatlarni qabul qilish:
📞 Rezyumeni (CV) quyidagi pochta yoki telegram akkaunt manziliga yuborishingiz mumkin: 📧 Elektron pochta: info@uzeltexsanoat.uz ✈️ Telegram: +99890-938-76-70 🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram

#foydali_maslahat
Televizorni pultdan o‘chirdingiz, ammo rozetkadan uzmadingiz bunda u elektr sarflaydimi?
Videoda bu savolga javob topasiz. #Elektrotexnika #ElektrTejash #Televizor #FoydaliMaslahat #Uzeltexsanoat 🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram

➡️ #world_news ⚡️ XALQARO YANGILIKLAR DAYJESTI E'tiboringizga xalqaro savdo, jahon bozori va elektrotexnika sanoatiga ta'sir
➡️ #world_news ⚡️ XALQARO YANGILIKLAR DAYJESTI
E'tiboringizga xalqaro savdo, jahon bozori va elektrotexnika sanoatiga ta'sir etuvchi eng muhim yangiliklarni havola etamiz.
➡️ Janubiy Koreyada AQSh kompaniyalari yarimo‘tkazgich, ilg‘or materiallar va energetika sohalariga jami 2 milliard dollar investitsiya kiritadi. ➡️ Hindistonning UltraTech Cement kompaniyasi elektr simlari va kabellar bozoriga kirib, yangi yo‘nalishga 190,5 million dollar investitsiya yo‘naltiradi. ➡️ Vengriya elektromobil batareyalari zavodlari ustidan nazoratni kuchaytirib, ekologik qoidalarni buzgan korxonalar uchun jarimalarni 16 million dollargacha oshiradi. ➡️ Avstraliyaning Lynas Rare Earths kompaniyasi noyob yer metallari bo‘yicha global ta’minot zanjirini diversifikatsiya qilish jarayonida yangi kengayish strategiyasini davom ettirmoqda. ➡️ Belgiya kompaniyasi Solvay Tayvanda yarimo‘tkazgich ishlab chiqarish uchun zarur ultra-toza vodorod peroksidi ishlab chiqarish quvvatini ikki baravardan ko‘proqqa oshiradi. ➡️ Avstraliyaning Viktoriya shtati qayta tiklanuvchi energetika parkidagi 119 MVtlik quyosh elektr stansiyasini milliy elektr tarmog‘iga uladi. ➡️ AQShda xorijda ishlab chiqarilgan elektr tarmog‘i uskunalariga qo‘yilgan yangi cheklovlar transformatorlar taqchilligini yanada kuchaytirishi mumkin. 🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram

➡️ #london_metall_birjasi 📊 03-sentyabr kuni bo'yicha jahon bozoridagi rangli metallar savdosiga oid statistik ma'lumotlar b
➡️ #london_metall_birjasi 📊 03-sentyabr kuni bo'yicha jahon bozoridagi rangli metallar savdosiga oid statistik ma'lumotlar bilan tanishing. ⚡️ Ma'lumotlar LONDON metall birjasi platformasi ko'rsatkichlariga asosan tayyorlandi.
⚠️ QIZIQARLI FAKT
Janubiy Koreyada har 10 ming sanoat ishchisiga 1 220 ta robot to‘g‘ri keladi — bu dunyodagi eng yuqori robotlashtirish darajalaridan biri.
🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram

➡️ #world_news ⚡️ XALQARO YANGILIKLAR DAYJESTI E'tiboringizga xalqaro savdo, jahon bozori va elektrotexnika sanoatiga ta'sir
➡️ #world_news ⚡️ XALQARO YANGILIKLAR DAYJESTI
E'tiboringizga xalqaro savdo, jahon bozori va elektrotexnika sanoatiga ta'sir etuvchi eng muhim yangiliklarni havola etamiz.
➡️ Vertiv AI ma’lumotlar markazlari uchun mikrogrid va elektr boshqaruv texnologiyalarini rivojlantirish maqsadida Utility Innovation Group kompaniyasini 2,6 milliard dollargacha bo‘lgan kelishuv asosida sotib oladi. ➡️ Hindistonda elektr tarmoqlari va energiya saqlash quvvatlari yetishmasligi sabab so‘nggi 15 oyda qariyb 11 TWh quyosh energiyasidan to‘liq foydalanilmay qolmoqda. ➡️ Janubiy Koreyaning HD Hyundai Electric, Xitoyning Jinpan Technology va Tayvanning Delta Electronics kompaniyalari AI data-markazlari sabab transformator va elektr uskunalariga talabning keskin oshishidan foyda ko‘rmoqda. ➡️ Global energetika kompaniyalari elektr tarmoqlari va ishlab chiqarish tizimlarining raqamlashtirilishi ortidan sun’iy intellekt yordamidagi kiberhujumlar xavfiga tobora ko‘proq duch kelmoqda. ➡️ Yevropa mamlakatlari elektr infratuzilmasiga sabotaj va kiberhujumlar xavfi kuchayishi fonida tarmoqlarni jismoniy himoya qilish hamda energiya zaxira tizimlariga investitsiyalarni oshirmoqda. ➡️ AQSh xorijda ishlab chiqarilgan transformatorlar, batareyalar va inverterlarning elektr tarmoqlariga ulanishini cheklovchi yangi tartiblarni kuchaytirmoqda. ➡️ Global ma’lumotlar markazlari sanoati elektr energiyasi taqchilligi sabab mikrogridlar, mahalliy generatorlar va energiya saqlash tizimlariga talabni keskin oshirmoqda. ➡️ Batareya va energiya saqlash bozorining jadal kengayishi litiy, nikel va kobalt kabi strategik xomashyolarga bo‘lgan global talabni yangi bosqichga olib chiqmoqda. 🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram

#Mahsulot_evolutsiyasi
⚡️ Yorug‘lik tarixi nimadan boshlangan?
➡️ Insoniyat zulmatni yoritish yo‘lini oddiy mash'ala va shamdan boshlagan. ➡️ Bugun esa zamonaviy texnologiyalar yorug‘lik haqidagi tasavvurlarimizni butunlay o‘zgartirib yubordi. ➡️ Bu evolutsiya qanday kechganini videoda ko‘ring! #Elektrotexnika #Yoritish #Texnologiya #Evolutsiya #Uzeltexsanoat 🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram