en
Feedback
Toshkent viloyati FVBB / Rasmiy kanal

Toshkent viloyati FVBB / Rasmiy kanal

Open in Telegram

Toshkent viloyati FVBB Pressa

Show more
2 367
Subscribers
-124 hours
-17 days
+1630 days
Posts Archive
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz besh yilligi munosabati bilan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida"gi farmoniga muvofiq, Favqulodda vaziyatlar vazirligining bir guruh  xodimlari davlat mukofoti bilan taqdirlandi.   II darajali “Shon-sharaf” ordeni bilan   Ikramov Azizbek Israilovich - O‘zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vaziri.   “Mehnat shuhrati” ordeni bilan   Kurbanov Xolmurad Abdusalamovich - O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi kafedra professori.   “Mardlik” ordeni bilan   Ochilov Xurshid Ziyadullayevich - Surxondaryo viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi markaz boshlig‘i.   “Jasorat” medali bilan   Pardayev Boburmirzo Komiljon o‘g‘li (marhum) - Favqulodda vaziyatlar vazirligi maxsus qutqaruv batalyoni guruh komandiri.   “Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan   Azimova Barno Batirovna - Toshkent viloyati favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi bo‘lim katta inspektori; Ibragimov G‘ayratjon Nigmatovich - O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi boshqarma boshlig‘i;   “Shuhrat” medali bilan   Bariyeva Albina Ildusovna - Toshkent shahar favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi favqulodda vaziyatlarda boshqarish markazi katta navbatchi dispetcheri; Kolandarov Furqot Farxodovich - Xorazm viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Urganch shahar favqulodda vaziyatlar bo‘limi guruh komandiri; Mamatqulov Farruxjon Saminovich - Farg‘ona viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi maxsus qutqaruv otryadi suvda qutqaruv guruhi qutqaruvchisi; Mamatqulov Shavkat Kiryigitovich - Jizzax viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi maxsus qutqaruv otryadi qutqaruvchi-yo‘riqchisi; Samandarov Anvar Odilovich - Navoiy viloyati Karmana tumani favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i; Sharapov Husniddin Muysinovich - Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi obyektlarida favqulodda vaziyatlar bo‘limi guruh komandiri.   Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbariyati va shaxsiy tarkibi davlat mukofoti bilan taqdirlangan safdoshlarimizni samimiy muborakbod etadi. ➡️Boshqa yangiliklar 📱Fvv.uz | 📱Facebook | 📱Telegram | 📱Youtube |📱 instagram | 📱X.com

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi munosabati bila
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi munosabati bilan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmoni Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

#Mustaqillik35 Mustaqillik davrida erishilgan natijalar – FVV tizimi misolida. Bu haqida FVV faxriysi Shoislom Tolipjonov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. — Достижения Независимости на примере системы МЧС. Говорит ветеран спасательного дела Шоислом Толипжонов. ➡️Boshqa yangiliklar 📱Fvv.uz | 📱Facebook | 📱Telegram | 📱Youtube |📱 instagram | 📱X.com

EHTIYOT CHORALARINI UNUTMANG! Xavfsizlik-hayot uchun eng muhim qadamdir. — ЭҲТИЁТ ЧОРАЛАРИНИ УНУТМАНГ! Хавфсизлик — ҳаёт учун
EHTIYOT CHORALARINI UNUTMANG! Xavfsizlik-hayot uchun eng muhim qadamdir. — ЭҲТИЁТ ЧОРАЛАРИНИ УНУТМАНГ! Хавфсизлик — ҳаёт учун энг муҳим қадамдир. ➡️Boshqa yangiliklar 📱Fvv.uz | 📱Facebook | 📱Telegram | 📱Youtube |📱 instagram | 📱X.com

“UZUM SAYLI” XALQARO FESTIVALIDA XAVFSIZLIK TA’MINLANMOQDA Joriy yilning 21–22-avgust kunlari Toshkent viloyatining Parkent t
+5
“UZUM SAYLI” XALQARO FESTIVALIDA XAVFSIZLIK TA’MINLANMOQDA Joriy yilning 21–22-avgust kunlari Toshkent viloyatining Parkent tumanida “Uzum sayli” xalqaro festivali o‘tkazilmoqda. Mazkur xalqaro festivalga dunyoning 30 dan ortiq mamlakatlaridan mehmonlar tashrif buyurmoqda. Festivalning ko‘tarinki ruhda, osoyishta va xavfsiz o‘tishini ta’minlash, tadbirlar davomida yong‘inlar va boshqa favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida Toshkent viloyati FVBB xodimlari kuchaytirilgan tartibda xizmat olib bormoqdalar. ➡️Boshqa yangiliklar Telegram|Facebook|YouTube|Instagram

Yong‘in soat 09:35 da o‘chirildi.

CHINOZ TUMANIDA SODIR BO‘LGAN YONG‘IN TO‘G‘RISIDA BIRLAMCHI MA’LUMOT Bugun, 22-avgust kuni soat 08:17 da Toshkent viloyati Ch
CHINOZ TUMANIDA SODIR BO‘LGAN YONG‘IN TO‘G‘RISIDA BIRLAMCHI MA’LUMOT Bugun, 22-avgust kuni soat 08:17 da Toshkent viloyati Chinoz tumani “Bunyodkor” MFY, Sh. Rashidov ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uyning tom qismida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida Toshkent viloyati FVBBga xabar kelib tushgan. Xabarga asosan, yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan va yong‘inni bartaraf etish ishlarini boshlagan. Aytilgan manzilda koʻp qavatli uydagi barcha fuqarolar evakuatsiya qilingan. Yong‘in soat 09:10 da qurshab olingan. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar haqida ma’lumot kelib tushmadi. Hozirda vaziyat to‘liq nazoratga olingan. Qo‘shimcha ma’lumotlar taqdim etiladi.

#Jarayon Angren shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va dahldor tashkilot vakillari ishtirokida shahardagi umumta’lim mak
+8
#Jarayon   Angren shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va dahldor tashkilot vakillari ishtirokida shahardagi umumta’lim maktablarining yangi o’quv mavsumiga hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatlari o`rganib chiqilmoqda.   O’rganishlar davomida ta’lim muassasalarida sodir bo’lishi mumkin bo’lgan favqulodda vaziyatlarni oldini olish, yong’in xavfsizligini ta’minlash hamda elektr xo’jaligidan xavfsiz foydalanish bo’yicha ta’lim muassasalari rahbar va ishchi xodimlariga tegisgli yo’riqnomalar berildi

#kun_prognozi 22-AVGUST KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI Bugun kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Farg‘ona vodiysida ba’zi joyl
#kun_prognozi 22-AVGUST KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI   Bugun kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Farg‘ona vodiysida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba‘zi joylarda 13-18 m/s gacha, janubda ba’zida 20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 32-37°, janubda 40° gacha bo‘ladi.   Poytaxtimizda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi, 10-12 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 33-35° bo‘ladi.   Tog‘ oldi va tog’li hududlarda ba‘zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Toshkent, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba‘zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin Harorat 20-25° bo‘ladi.     ПРОГНОЗ ПОГОДЫ НА ДЕНЬ 22 АВГУСТА   Сегодня днем без осадков, лишь по Ферганской долине местами кратковременный дождь, возможна гроза. Ветер 7-12 м/с, местами возможно усиление до 13-18 м/с, по югу до 20 м/с, в отдельных районах с пыльным поземком. Температура 32-37°, по югу до 40°.   В столице без осадков. Ветер 3-8 м/с, возможно усиление до 10-12 м/с, в отдельных районах с пыльным позёмком. Температура 33-35°.   По предгорным и горным районам местами кратковременный дождь, гроза. По предгорным и горным районам Ташкентской, Джизакской, Кашкадарьинской, Сурхандарьинской областей и областей Ферганской долины возможны селе-паводковые явления. Ветер 7-12 м/с, местами возможно усиление до 15-20 м/с. Температура 20-25°. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev 2
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev 23-24-avgust kunlari davlat tashrifi bilan mamlakatimizda boʻladi. — По приглашению Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева Президент Азербайджанской Республики Ильхам Алиев 23-24 августа посетит нашу страну с государственным визитом. #Mirziyoyev #tashrif #Ozarbayjon #hamkorlik Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

+2
Andijon va Toshkent viloyatlari FVB tomonidan olib borilayotgan profilaktik tadbirlar va o‘quv mashqlari hamda FVV Akademiyasida o‘tkazilgan tadbir tafsilotlari markaziy OAV dasturlarida. — Андижон ва Тошкент вилоятлари ФВБ томонидан олиб борилаётган профилактик тадбирлар ва ўқув машқлари ҳамда ФВВ Академиясида ўтказилган тадбир тафсилотлари марказий ОАВ дастурларида. ➡️Boshqa yangiliklar 📱Fvv.uz | 📱Facebook | 📱Telegram | 📱Youtube |📱 instagram | 📱X.com

#Dolzarb_60_kun Yongʻin xavfsizligi qoidalariga amal qiling! — Ёнғин хавфсизлиги қоидаларига амал қилинг! ➡️Boshqa yangilikla
#Dolzarb_60_kun Yongʻin xavfsizligi qoidalariga amal qiling! — Ёнғин хавфсизлиги қоидаларига амал қилинг! ➡️Boshqa yangiliklar 📱Fvv.uz | 📱Facebook | 📱Telegram | 📱Youtube |📱 instagram | 📱X.com

Bo'stonliq tumanida sodir bo'lgan yong‘in to'g'risida ma‘lumot Bugun, 21-avgust kuni soat 13:34 da Toshkent viloyati FVBBga,
Bo'stonliq tumanida sodir bo'lgan yong‘in to'g'risida ma‘lumot Bugun, 21-avgust kuni soat 13:34 da Toshkent viloyati FVBBga, Bo'stonliq tumani "Do‘stlik" MFY hududida quruq o‘t va shox-shabbalar yonayotganligi to'g'risida FVBBga xabar kelib tushgan. Xabarga asosan, yong‘in qutqaruv ekipajlari aytilgan manzilga zudlik bilan yetib borib, yong'in soat 14:37 da o‘chirilgan. Hozirda yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.

#Mustaqillik35
Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajakni yaratamiz
FVV xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yillik bayramiga bag‘ishlab, ijro etilgan "Xaloskorlar" qo‘shig‘i. FVV harbiy xizmatchisi mayor Zexnidin Tolibov ijrosida.
Ягона Ватан, ягона халқ бўлиб, янги ҳаёт ва келажакни яратамиз
ФВВ ходимлари томонидан Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг 35 йиллик байрамига бағишлаб, ижро этилган "Халоскорлар" қўшиғи. ФВВ ҳарбий хизматчиси майор Зехнидин Толибов ижросида. ➡️Boshqa yangiliklar 📱Fvv.uz | 📱Facebook | 📱Telegram | 📱Youtube |📱 instagram | 📱X.com

#Ijtimoiy_tarmoqlardan Kundalik hayotda xavfsizlik qoidalariga rioya qiling. O‘zingiz va yaqinlaringizni asrang!#Из_социальных_сетей Соблюдайте технику безопасности в бытовой жизни. Берегите себя и своих близких. ➡️Boshqa yangiliklar 📱Fvv.uz | 📱Facebook | 📱Telegram | 📱Youtube |📱 instagram | 📱X.com

Toshkent viloyati FVBB shaxsiy tarkibi bilan ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik mashg‘uloti doirasida “Qatag‘on qurbonlari — Mill
+6
Toshkent viloyati FVBB shaxsiy tarkibi bilan ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik mashg‘uloti doirasida “Qatag‘on qurbonlari — Millat fidoyilari” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirda Nurafshon shahar Kengashi deputati, “Do‘stlik” ordeni sohibi, Nurafshon shahar Nuroniylar kengashi raisi J. Axmatqulov taklif etildi. J. Axmatqulov o‘z so‘zida qatag‘on qurbonlarining millatimiz tarixidagi o‘rni, ularning ma’rifat, milliy o‘zlik va Vatan ravnaqi yo‘lidagi fidokorona xizmatlari haqida so‘z yuritib, ajdodlar xotirasini e’zozlash, ularning ibratli hayot yo‘lini yosh avlodga yetkazish muhimligini ta’kidladi. Tadbir davomida tarixiy xotirani asrash, Vatanga sadoqat va xalqimiz tinchligi hamda osoyishtaligini ta’minlash yo‘lida fidoyilik bilan xizmat qilish har bir xodimning muhim burchi ekani qayd etildi. Mazkur mashg‘ulot shaxsiy tarkibning tarixiy xotirasini boyitish va ajdodlarimizning ibratli hayot yo‘lini chuqur anglashga xizmat qildi. Telegram|Facebook|YouTube|Instagram

#Mustaqillik35 Favqulodda vaziyatlar vaziri oʻrinbosari Oʻrtachirchiq tumani FV boʻlimi yangi binosining foydalanishga topshi
+9
#Mustaqillik35 Favqulodda vaziyatlar vaziri oʻrinbosari Oʻrtachirchiq tumani FV boʻlimi yangi binosining foydalanishga topshirish marosimida ishtirok etdi Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi arafasida Toshkent viloyatining Oʻrtachirchiq tumani Favqulodda vaziyatlar boʻlimining yangi binosi foydalanishga topshirildi. Batafsil... -- Фавқулодда вазиятлар вазири ўринбосари Ўртачирчиқ тумани ФВ бўлими янги биносининг фойдаланишга топшириш маросимида иштирок этди Ўзбекистон Республикаси давлат мустақиллигининг 35 йиллиги арафасида Тошкент вилоятининг Ўртачирчиқ тумани Фавқулодда вазиятлар бўлимининг янги биноси фойдаланишга топширилди. Батафсил... ➡️Boshqa yangiliklar 📱Fvv.uz | 📱Facebook | 📱Telegram | 📱Youtube |📱instagram | 📱X.com

#Donolar_bisotidan
Hayotda eng katta boylik – sog‘liq, eng katta quvonch – oila, eng katta omad – halol mehnat. Lev Tolstoy.
Ҳаётда энг катта бойлик – соғлиқ, энг катта қувонч – оила, энг катта омад – ҳалол меҳнат. Лев Толстой.
➡️Boshqa yangiliklar 📱Fvv.uz | 📱Facebook | 📱Telegram | 📱Youtube |📱 instagram | 📱X.com

Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot: muammolarga amaliy yechimlar muhokama qilindi Favqulodda vaziyatlar vaziri oʻrinbosari Tosh
+9
Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot: muammolarga amaliy yechimlar muhokama qilindi Favqulodda vaziyatlar vaziri oʻrinbosari Toshkent viloyatining Zangiota tumanida joylashgan “Bek-baraka” savdo majmuasida tadbirkorlar bilan uchrashib, ochiq va samimiy muloqot oʻtkazdi. Batafsil... -- Тадбиркорлар билан очиқ мулоқот: муаммоларга амалий ечимлар муҳокама қилинди Фавқулодда вазиятлар вазири ўринбосари Тошкент вилоятининг Зангиота туманида жойлашган “Бек-барака” савдо мажмуасида тадбиркорлар билан учрашиб, очиқ ва самимий мулоқот ўтказди. Батафсил... ➡️Boshqa yangiliklar 📱Fvv.uz | 📱Facebook | 📱Telegram | 📱Youtube |📱 instagram | 📱X.com

#Dolzarb_60_kun Shuning uchun ham yong‘in xavfsizligi tizimini doimo to‘liq soz holatda saqlash juda muhim. — #Актуальные_60_дней Вот почему так важно содержать в полной исправности систему пожарной безопасности. ➡️Boshqa yangiliklar 📱Fvv.uz | 📱Facebook | 📱Telegram | 📱Youtube |📱 instagram | 📱X.com