en
Feedback
Toshkent viloyati FVBB / Rasmiy kanal

Toshkent viloyati FVBB / Rasmiy kanal

Open in Telegram

Toshkent viloyati FVBB Pressa

Show more
2 367
Subscribers
-124 hours
-17 days
+1630 days
Posts Archive
Mustaqillik bayrami arafasida ezgu tashabbus. Mustaqillik bayrami arafasida Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar bosh bosh
+5
Mustaqillik bayrami arafasida ezgu tashabbus. Mustaqillik bayrami arafasida Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi ma'sullari tomonidan xizmat burchini bajarish chog‘ida vafot etgan harbiy xizmatchilarning oila a’zolari hamda tizim faxriylarining holidan xabar olindi. Ularning xonadonlarga tashrif buyurilib, oila a’zolari bilan samimiy suhbatlar o‘tkazildi. Ularning hayoti, bugungi kunlari bilan yaqindan tanishilib, ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlik yanada mustahkamlandi. Suhbatlar davomida oila a’zolariga bayram munosabati bilan ezgu tilaklar bildirilib, esdalik sovg‘alari topshirildi. ➡️Boshqa yangiliklar Telegram|Facebook|YouTube|Instagram

🔰 TADBIRKORLIK SUBYEKTLARIDA YONG‘IN XAVFSIZLIGI O‘RGANILDI Ohangaron tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari tomonid
+3
🔰 TADBIRKORLIK SUBYEKTLARIDA YONG‘IN XAVFSIZLIGI O‘RGANILDI Ohangaron tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari tomonidan “Dolzarb 60 kun” profilaktik tadbiri doirasida Ohangaron tumani hududida joylashgan tadbirkorlik subyektlarida o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganishlar davomida yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etilishi ko‘zdan kechirilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda favqulodda vaziyatlarning oldini olish yuzasidan tadbirkorlarga zarur tavsiya va tushuntirishlar berildi. 📌 Maqsad — tadbirkorlik subyektlarida yong‘in xavfsizligini ta’minlash, fuqarolar hayoti va mol-mulkini muhofaza qilish hamda favqulodda vaziyatlarning oldini olish. ➡️Boshqa yangiliklar Telegram|Facebook|YouTube|Instagram

Jasorat bilan oʻtgan umr – el xotirasida abadiydir Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoniga muvofiq, xizmat
+4
Jasorat bilan oʻtgan umr – el xotirasida abadiydir
  Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoniga muvofiq, xizmat burchini bajarish chogʻida qahramonlarcha halok boʻlgan FVV Maxsus qutqaruv batalyoni guruh komandiri, marhum kapitan Boburmirzo Pardayev vafotidan soʻng “Jasorat” medali bilan taqdirlangan edi. Favqulodda vaziyatlar vaziri oʻrinbosari boshchiligida bugun, Samarqand viloyatining Kattaqoʻrgʻon shahrida Davlat mukofoti marhum qutqaruvchining oila aʼzolariga tantanali ravishda topshirildi. Tadbir davomida marhum kapitan Boburmirzo Pardayevning yorqin xotirasi yod etildi. Uning Vatan va xalq osoyishtaligi yoʻlida koʻrsatgan jasorati, fidoyiligi va xizmat burchiga sadoqati alohida taʼkidlandi. Qahramon qutqaruvchining hayoti va ibratli faoliyati yosh avlod, ayniqsa, kelajakdagi qutqaruvchilar uchun chinakam jasorat va vatanparvarlik maktabi boʻlib xizmat qilishi qayd etildi. Boburmirzo Pardayevning mardligi va qahramonligi xalqimiz qalbida hamisha yashaydi. Uning yorqin xotirasi hamkasblari, yaqinlari va el-yurt xotirasida abadiy saqlanadi. ➡️Boshqa yangiliklar 📱Fvv.uz | 📱Facebook | 📱Telegram | 📱Youtube |📱instagram | 📱X.com

YANGIYO'L SHAHRIDA SODIR BO‘LGAN YONG‘IN TO‘G‘RISIDA MA’LUMOT Bugun, 29-avgust kuni soat 14:40 da Toshkent viloyati Yangiyo'l
YANGIYO'L SHAHRIDA SODIR BO‘LGAN YONG‘IN TO‘G‘RISIDA MA’LUMOT Bugun, 29-avgust kuni soat 14:40 da Toshkent viloyati Yangiyo'l shahar “Yangi hayot” MFY, Toshkent shox ko‘chasida joylashgan "Meras Billding" MChJga qarashli qurilishi tugalanmagan ko‘p qavatli uyning 2-qavatida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida Toshkent viloyati FVBBga xabar kelib tushgan. Xabarga asosan, yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari zudlik bilan voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 15:10 da o'chirilgan. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar haqida ma’lumot kelib tushmadi. Hozirda yong'in sababi va zarari aniqlanmoqda.

Repost from Rasmiy axborot
🇺🇸 Oregon shtati 1-sentabrni “O‘zbekiston Mustaqilligi kuni” deb e’lon qildi 📆 AQShning Oregon shtati gubernatori Tina Kot
+2
🇺🇸 Oregon shtati 1-sentabrni “O‘zbekiston Mustaqilligi kuni” deb e’lon qildi
📆 AQShning Oregon shtati gubernatori Tina Kotek 2026-yil 1-sentabrni shtat miqyosida “O‘zbekiston Mustaqilligi kuni” (Uzbekistan Independence Day) deb rasman e’lon qildi. Tegishli proklamatsiya Oregon davlat kotibi Tobias Rid tomonidan ham tasdiqlangan.
Mazkur qaror O‘zbekiston davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan qabul qilingan. Proklamatsiyada mamlakatimizning suverenitetini mustahkamlash, boy madaniy merosini asrab-avaylash, tinchlik va farovonlikni ta’minlash, shuningdek, iqtisodiy va ijtimoiy islohotlarni izchil amalga oshirish borasidagi sa’y-harakatlari qayd etilgan. Hujjatda O‘zbekistonning xalqaro maydondagi faolligi va Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishdagi o‘rni, shuningdek, O‘zbekiston–AQSh munosabatlarining savdo, investitsiyalar, texnologiyalar, ta’lim, toza energetika, turizm va xalqlararo almashinuvlar yo‘nalishlarida kengayib borayotgani e’tirof etilgan.
O‘zbekiston Mustaqilligi kunining AQShning butun bir shtati miqyosida rasman e’tirof etilishi mamlakatimizga bo‘lgan xalqaro e’tibor va O‘zbekiston–AQSh munosabatlari tobora kengayib borayotganining muhim ifodasidir.
📌Ma’lumot uchun, Oregon AQShning Tinch okeani sohilidagi muhim iqtisodiy va texnologik markazlardan biri bo‘lib, shtat aholisi 4,3 milliondan ortiq. Shtatda yuqori texnologiyalar, xususan, yarimo‘tkazgichlar sanoati rivojlangan bo‘lib, Intel kompaniyasining yirik ilmiy-ishlab chiqarish majmuasi ham shu hududda joylashgan.
Prezident Administratsiyasi rahbarining shartnoma asosida jalb qilinadigan maslahatchisi, Prezident Administratsiyasining AQSHdagi vakili Komil Allamjonov ushbu tashabbus uchun amerikalik hamkorlarimizga samimiy minnatdorlik bildirdi. https://t.me/Rasmiy_axborot_official

O‘ttiz besh yillik mustaqil taraqqiyot yo‘limiz bizga bir haqiqatni o‘rgatdi: xalq va davlat yagona maqsad yo‘lida birlashib, astoydil harakat qilsa, zabt etib bo‘lmaydigan marraning o‘zi yo‘q. — За тридцать пять лет независимого развития мы глубоко осознали одну истину: если народ и государство объединят усилия на пути к единой цели, то для них не будет недостижимых рубежей. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Toshkent viloyati FVBB hududida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish hashari o‘tkazildi Toshkent viloyati Favqulodda vaz
+5
Toshkent viloyati FVBB hududida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish hashari o‘tkazildi Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi xodimlari tomonidan bosh boshqarma hududini obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va sanitariya holatini yaxshilash maqsadida hashar tashkil etildi. Hashar davomida bosh boshqarma binolari va unga tutash hududlar tozalanib, yashil maydonlar tartibga keltirildi. Daraxt va butalar parvarish qilinib, hududni obodonlashtirish hamda ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha zarur ishlar amalga oshirildi. Mazkur jarayonda bosh boshqarma xodimlari faol ishtirok etib, hududning ozoda, ko‘rkam va obod bo‘lishiga o‘z hissalarini qo‘shdilar. Obod va ko‘rkam hudud — barchamizning umumiy mehnatimiz natijasidir! ➡️Boshqa yangiliklar Telegram|Facebook|YouTube|Instagram

#Dolzarb_60_kun Yong‘in sodir bo‘lganda ehtiyot bo‘ling — hayotingizni asrang! — Ёнғин содир бўлганда эҳтиёт бўлинг — ҳаётинг
#Dolzarb_60_kun Yong‘in sodir bo‘lganda ehtiyot bo‘ling — hayotingizni asrang! — Ёнғин содир бўлганда эҳтиёт бўлинг — ҳаётингизни асранг! ➡️Boshqa yangiliklar 📱Fvv.uz | 📱Facebook | 📱Telegram | 📱Youtube |📱 instagram | 📱X.com

#Jarayon #Yangi_oquv_yiliga_tayyorgarlik ➡️Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik o‘rganilmoqda Ohangaron tumanidagi umumta’lim makt
+5
#Jarayon #Yangi_oquv_yiliga_tayyorgarlik ➡️Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik o‘rganilmoqda Ohangaron tumanidagi umumta’lim maktablarida yangi o‘quv yilini yuqori saviyada boshlash, ta’lim muassasalarida xavfsiz va munosib sharoitlarni ta’minlash bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borilmoqda. ✅ Ohangaron tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mas’ul xodimlari tomonidan 11- va 53-sonli umumta’lim maktablari o‘rganildi. ✅O‘rganish davomida maktablarning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati, xavfsizlik talablariga rioya etilishi hamda favqulodda vaziyatlarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga alohida e’tibor qaratildi. ✅Yangi o‘quv yilini xavfsiz, tartibli va ko‘tarinki ruhda boshlash uchun tayyorgarlik ishlari davom etmoqda. ➡️Boshqa yangiliklar Telegram|Facebook|YouTube|Instagram

Repost from Hydromet.uz
#kun_prognozi 29-AVGUST KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI Bugun kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi
#kun_prognozi 29-AVGUST KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI   Bugun kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasida ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 20-22 m/s gacha kuchayishi, ba’zi joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 32-37°, janubda va cho‘l hududlarda 40° gacha bo‘ladi.   Poytaxtimizda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi, 10-12 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 35-37° bo‘ladi.   Tog’li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 27-32° bo‘ladi.     ПРОГНОЗ ПОГОДЫ НА ДЕНЬ 29 АВГУСТА   Сегодня днем без осадков, лишь в отдельных районах Республики Каракалпакстан возможен кратковременный дождь, гроза. Ветер 7-12 м/с, местами усиление до 13-18 м/с, в отдельных районах возможны порывы до 20-22 м/с, местами с пыльным поземком. Температура 32-37°, по югу и пустынной зоне до 40°.   В столице без осадков. Ветер 3-8 м/с, возможно усиление до 10-12 м/с, в отдельных районах с пыльным поземком. Температура 35-37°.   По горным районам без осадков. Ветер 7-12 м/с, местами возможно усиление до 13-18 м/с.  Температура 27-32°. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

🔥 YONG‘IN VA IS GAZIDAN EHTIYOT BO‘LING! Zangiota tumani FVB FVPB inspektorlari tomonidan “Dolzarb 60 kun” profilaktik tadbi
+3
🔥 YONG‘IN VA IS GAZIDAN EHTIYOT BO‘LING! Zangiota tumani FVB FVPB inspektorlari tomonidan “Dolzarb 60 kun” profilaktik tadbiri doirasida hududdagi aholi xonadonlarida profilaktik targ‘ibot-tushuntirish ishlari olib borilmoqda. 🏠 Xonadonlarda yong‘inlarning oldini olish, elektr va gaz jihozlaridan xavfsiz foydalanish, shuningdek, is gazidan zaharlanishning oldini olish bo‘yicha fuqarolarga zarur tavsiya va ko‘rsatmalar berilmoqda. ⚠️ Yong‘in va is gazidan himoyalanish — avvalo o‘zimizga bog‘liq!

Repost from Rasmiy axborot
🇺🇿Sietl shahri 1 sentyabrni “O‘zbekiston Mustaqilligi kuni” deb e’lon qildi AQSHning Sietl shahri meri Keti B. Uilson 2026-
🇺🇿Sietl shahri 1 sentyabrni “O‘zbekiston Mustaqilligi kuni” deb e’lon qildi
AQSHning Sietl shahri meri Keti B. Uilson 2026-yil 1-sentyabrni “O‘zbekiston Mustaqilligi kuni” deb rasman e’lon qildi. Bu haqda shahar meri tomonidan imzolangan maxsus proklamatsiyada qayd etilgan.
🔷Hujjatda O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi, mamlakatning shu davr mobaynida suverenitet, taraqqiyot va keng ko‘lamli o‘zgarishlar yo‘lini bosib o‘tgani alohida ta’kidlangan. 🔷Shuningdek, proklamatsiyada O‘zbekistonning Markaziy Osiyodagi eng ko‘p aholiga ega davlat ekani, iqtisodiyot yillik 5–6 foiz atrofida o‘sib borayotgani, ochiq bozor va xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga intilayotgani qayd etilgan. 🔷Hujjatda O‘zbekistonning qadimiy Ipak yo‘li markazida joylashgani va bugungi kunda 100 milliondan ortiq iste’molchini qamrab oluvchi mintaqaga strategik darvoza vazifasini bajarayotganiga ham urg‘u berilgan. Bu esa savdo, investisiya, logistika, texnologiya va energetika sohalarida Sietl biznes hamjamiyati bilan hamkorlik uchun katta imkoniyat sifatida baholangan. 🔷Bundan tashqari, O‘zbekistonning Sietldagi Bosh konsulligi faoliyati ikki tomon o‘rtasida odamlar, biznes va davlat idoralari darajasida uzoq muddatli aloqalarni mustahkamlashga xizmat qilishi ta’kidlangan. https://t.me/Rasmiy_axborot_official

🔥 XAVFSIZLIK — BARCHAMIZ UCHUN MUHIM! Zangiota tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari tomonidan tumanda faoliyat yur
+4
🔥 XAVFSIZLIK — BARCHAMIZ UCHUN MUHIM! Zangiota tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari tomonidan tumanda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarida profilaktik tadbirlar o‘tkazildi. 🔹 O‘rganishlar davomida tadbirkorlar is gazidan zaharlanishning oldini olish, gaz va isitish moslamalaridan xavfsiz foydalanish bo‘yicha ogohlantirildi. 🔹 Shuningdek, obyektlarda yong‘in xavfsizligi holati ko‘zdan kechirilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar va tushuntirishlar berildi. ⚠️ Yong‘in va is gazi bilan bog‘liq hodisalarning oldini olish — har birimizning mas’uliyatimiz! ➡️Boshqa yangiliklar Telegram|Facebook|YouTube|Instagram

#Dolzarb_60_kun Uyda xavfsizlik. — Уйда хавфсизлик. ➡️Boshqa yangiliklar 📱Fvv.uz | 📱Facebook | 📱Telegram | 📱Youtube |📱 i
#Dolzarb_60_kun Uyda xavfsizlik. — Уйда хавфсизлик. ➡️Boshqa yangiliklar 📱Fvv.uz | 📱Facebook | 📱Telegram | 📱Youtube |📱 instagram | 📱X.com

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Singapur Respublikasining Katta vaziri Li Syan Lun boshchiligidagi del
+3
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Singapur Respublikasining Katta vaziri Li Syan Lun boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. — Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял делегацию Республики Сингапур во главе со Старшим министром Ли Сянь Луном. #Mirziyoyev #qabul #Singapur #hamkorlik Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

#fursat |QIBRAY TUMANI
“DOLZARB 60 KUN” TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA
Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling! Telegram|Facebook|YouTube|Instagram

Davlatimiz rahbari Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘ydi. — Глава нашего государства возложил цветы к Монументу независимости. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Prezident Shavkat Mirziyoyev “Yangi Oʻzbekiston” bogʻida boʻlib, Mustaqillik monumenti poyiga gulchambar qoʻydi. — Президент
+9
Prezident Shavkat Mirziyoyev “Yangi Oʻzbekiston” bogʻida boʻlib, Mustaqillik monumenti poyiga gulchambar qoʻydi. — Президент Шавкат Мирзиёев посетил парк «Янги Узбекистон» и возложил венок к подножию Монумента независимости. #Mirziyoyev #marosim #monument #mustaqillik35 Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

#fursat |OHANGARON SHAHRI
MAXSUS O‘QUV-AMALIY MASHG‘ULOT
Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling! Telegram|Facebook|YouTube|Instagram

Qatag‘on qurbonlari va qahramon ajdodlarimiz yod etildi. — Почтена память жертв репрессий и героических предков. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X