Toshkent viloyati FVBB / Rasmiy kanal
Open in Telegram
2 352
Subscribers
-124 hours
-17 days
+1630 days
Posts Archive
Repost from FVV Akademiyasi
Sel oqimining vayronkorlik darajasiga eng katta ta’sir ko‘rsatuvchi omil toʻgʻri berilgan qatorni toping?
+9
🔥 Bo‘stonliq tumanidagi dehqon bozorida yong‘in xavfsizligi o‘rganildi
Bo‘stonliq tumani Ixtisoslashgan Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, tuman IIB, elektr, gaz va Sanepid xodimlari hamkorligida “Bo‘stonliq dehqon bozori” MCHJ hududida yong‘in xavfsizligi holati o‘rganildi.
🔹 Profilaktik tadbir davomida bozor hududidagi savdo do‘konlari va umumiy ovqatlanish shoxobchalarida yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etilishi;
🔹 elektr taqsimlash shitlari hamda ichki elektr tarmoqlarining texnik holati va ulardan foydalanish tartibi;
🔹 birlamchi yong‘in o‘chirish vositalari bilan ta’minlanganlik holati;
🔹 yong‘in xavfsizligi talablariga amal qilinishi atroflicha ko‘zdan kechirildi.
O‘rganishlar yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
➡️Boshqa yangiliklar
Telegram|Facebook|YouTube|Instagram
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Prezident Shavkat Mirziyoyev Bishkekda Xitoy Raisi Si Szinpin bilan muzokara o‘tkazdi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев провел в Бишкеке переговоры с Председателем КНР Си Цзиньпином.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
+3
Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin bilan muzokaralari boʻlib oʻtdi.
—
На полях саммита Шанхайской организации сотрудничества состоялись переговоры Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева с Председателем Китайской Народной Республики Си Цзиньпином.
#Mirziyoyev #uchrashuv #Xitoy #hamkorlik
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Davlatimiz rahbari amaliy tashrif bilan Bishkekka keldi.
—
Глава нашего государства прибыл в Бишкек с рабочим визитом.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Zangiota tumanida sodir bo‘lgan yong‘in to‘g‘risida ma’lumot
Bugun, 31-avgust kuni soat 13:44 da Toshkent viloyati Zangiota tumani “Al-Xorazmiy” MFY hududida joylashgan omborlardan birida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida Toshkent viloyati FVBBga xabar kelib tushgan.
Xabarga asosan, yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari zudlik bilan voqea joyiga yetib borib, yong’in soat 14:22 da qurshab olingan va soat 15:10 da o‘chirilgan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yoq.
Hozirda yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda.
➡️Boshqa yangiliklar
📱Fvv.uz | 📱Facebook | 📱Telegram | 📱Youtube |📱 instagram | 📱X.com
+3
🔥 SAVDO MAJMUOLARIDA YONG‘IN XAVFSIZLIGI BO‘YICHA PROFILAKTIK TADBIRLAR O‘TKAZILMOQDA
Zangiota tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi FVPB inspektorlari tomonidan “Dolzarb 60 kun” profilaktik tadbiri doirasida tuman hududidagi savdo majmualarida yong‘in xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan profilaktik tadbirlar olib borilmoqda.
Tadbirlar davomida savdo majmualarida yong‘inlarning oldini olish, yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etilishini ta’minlash, shuningdek, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, savdo majmualari xodimlari va tadbirkorlarga yong‘in xavfsizligi talablariga qat’iy rioya qilish, elektr jihozlaridan to‘g‘ri foydalanish hamda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha zarur tavsiya va tushuntirishlar berilmoqda.
🎯 Asosiy maqsad — yong‘inlarning oldini olish, insonlar hayoti va sog‘lig‘i hamda mol-mulkini asrash.
➡️Boshqa yangiliklar
Telegram|Facebook|YouTube|Instagram
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
+2
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan Bishkek shahriga joʻnab ketdi.
—
Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев по приглашению Президента Кыргызской Республики Садыра Жапарова вылетел c рабочим визитом в город Бишкек.
#Mirziyoyev #tashrif #Qirgiziston
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasida bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi sermahsul muzokaralar natijasida ikki tomonlama munosabatlar yangi sifat darajasi – keng qamrovli strategik sheriklik bosqichiga ko‘tariladi.
—
Состоявшиеся плодотворные переговоры на высшем уровне открывают качественно новый этап в отношениях между Узбекистаном и Индией – всеобъемлющее стратегическое партнерство.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#kun_prognozi
31-AVGUST KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
Bugun kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 20-22 m/s gacha kuchayishi, ba’zi joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 30-35°, janubda ba’zi joylarda 40-42° gacha bo‘ladi.
Poytaxtimizda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi, 12-14 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 33-35° bo‘ladi.
Tog’li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyatining ayrim joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 25-30° bo‘ladi.
ПРОГНОЗ ПОГОДЫ НА ДЕНЬ 31 АВГУСТА
Сегодня днем без осадков. Ветер 7-12 м/с, местами усиление до 13-18 м/с, в отдельных районах возможны порывы до 20-22 м/с, местами с пыльным поземком. Температура 30-35°, по югу местами до 40-42°.
В столице без осадков. Ветер 3-8 м/с, возможно усиление до 12-14 м/с, в отдельных районах с пыльным поземком. Температура 33-35°.
По горным районам без осадков, лишь в отдельных районах Ташкентской области возможен кратковременный дождь. Ветер 7-12 м/с, местами возможно усиление до 13-18 м/с. Температура 25-30°.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Repost from Toshkent viloyati hokimligi
+9
#mustaqillik
#35yil
Bayram shukuhi: Nurafshon osmonida bayramona mushaklar
Nurafshon shahridagi "Yangi O‘zbekiston" bog‘ida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali bayram marosimi o‘zining eng yorqin va ta’sirchan lahzalari bilan yakunlandi.
Vatan madhi, milliy san’atimiz va istiqlol tuyg‘usi bilan yo‘g‘rilgan rang-barang konsert dasturi tomoshabinlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.
Tantanada dronlar shousi barchaga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.
Musaffo osmonimizni bezagan mushakbozlik bayramga o‘ziga xos fayz va unutilmas zavq bag‘ishladi.
Osmondagi rang-barang shu’lalar go‘yo xalqimizning ezgu orzu-niyatlari, ertangi kunga ishonchi va yurt kelajagiga bo‘lgan umidlarining yorqin timsoliga aylandi.
Yashasin mustaqil O‘zbekiston!
Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!
✅Telegram 🌐Website 📹YouTube✅Facebook 🕊Twitter🌐Instagram
Repost from Toshkent viloyati hokimligi
+9
#mustaqillik
#35yil
#onlayn_reportaj
Nurafshondagi istiqlol tantanasi san’atning turfa ranglari, milliy an’analar va zamonaviy sahna chiqishlari uyg‘unligida o'tdi.
Dutor va doira sadolari, maqom navolari, estrada xonandalarining chiqishlari, she’r va raqslar, sportchilarning mahorat namoyishlari hamda harbiylar ishtirokidagi maxsus kompozitsiyalar bayram dasturiga alohida fayz bag‘ishladi.
Sportchilarning kuch, chaqqonlik va mahoratni namoyon etgan chiqishlari tomoshabinlarda katta taassurot uyg‘otib, bayram shukuhini yanada oshirdi.
Maydonda bayram shukuhidan masrur hamyurtlarimizning shodon kayfiyati, sho‘x raqslar zavqi hukm surdi.
Bugun barchani birlashtirgan tuyg‘u bitta bo‘ldi — Vatanga muhabbat va istiqlol iftixori!
✅Telegram 🌐Website 📹YouTube✅Facebook 🕊Twitter🌐Instagram
Repost from Toshkent viloyati hokimligi
+4
#mustaqillik
#35yil
#onlayn_reportaj
Nurafshon osmoni uzra chaqnagan dronlar shousida — Istiqlol tarannumi!
Nurafshon shahridagi “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali bayram marosimi o‘zining eng yorqin va ta’sirchan lahzalari bilan davom etmoqda.
Milliy san’atimiz va istiqlol tuyg‘usi bilan yo‘g‘rilgan rang-barang konsert dasturi tomoshabinlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashmoqda.
Tantanada dronlar shousi barchaga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.
Yashasin mustaqil O‘zbekiston!
Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!
✅Telegram 🌐Website 📹YouTube✅Facebook 🕊Twitter🌐Instagram
Repost from Toshkent viloyati hokimligi
+5
#mustaqillik
#35yil
#onlayn_reportaj
Badiiy-musiqiy dasturda Istiqlol tarannumi - Nurafshon uzra favvoralar raqsi
“Yangi O‘zbekiston” bog‘idagi bayram sahnasida rang-barang konsert dasturi davom etmoqda.
«Bobolar», «Yagona Vatan» kabi Vatan va istiqlolni ulug‘lovchi kompozitsiyalar, bolalar raqs maktabi tarbiyalanuvchilarining chiqishlari, milliy sozlar sadosi va maqom san’atining betakror namunalari bayramga yanada ko‘tarinki ruh bag‘ishlamoqda.
Sahnadagi har bir chiqish — qadim tariximiz, milliy san’atimiz, boy madaniyatimiz va Vatanga muhabbatning o‘ziga xos ifodasiga aylandi.
Tomoshabinlar esa kuy-qo‘shiqlar, raqslar va sahna ko‘rinishlarini olqishlar bilan qarshi olib, istiqlol shodiyonasining go‘zal lahzalaridan bahramand bo‘lishmoqda.
O‘zbekistan xalq shoiri Mahmud Toir "Nurafshonning favvoralari" sheʼrini o‘qidi va shahrimizning muhtasham favvoralari raqsi boshlandi.
✅Telegram 🌐Website 📹YouTube✅Facebook 🕊Twitter🌐Instagram
Repost from Toshkent viloyati hokimligi
+6
#mustaqillik
#35yil
#onlayn_reportaj
Badiiy-musiqiy dasturda Istiqlol tarannum - Nurafshon uzra favvoralar raqsi
“Yangi O‘zbekiston” bog‘idagi bayram sahnasida rang-barang konsert dasturi davom etmoqda.
«Bobolar», «Yagona Vatan» kabi Vatan va istiqlolni ulug‘lovchi kompozitsiyalar, bolalar raqs maktabi tarbiyalanuvchilarining chiqishlari, milliy sozlar sadosi va maqom san’atining betakror namunalari bayramga yanada ko‘tarinki ruh bag‘ishlamoqda.
Sahnadagi har bir chiqish — qadim tariximiz, milliy san’atimiz, boy madaniyatimiz va Vatanga muhabbatning o‘ziga xos ifodasiga aylandi.
Tomoshabinlar esa kuy-qo‘shiqlar, raqslar va sahna ko‘rinishlarini olqishlar bilan qarshi olib, istiqlol shodiyonasining go‘zal lahzalaridan bahramand bo‘lishmoqda.
O‘zbekistan xalq shoiri Mahmud Toir "Nurafshonning favvoralari" sheʼrini o‘qidi va shahrimizning muhtasham favvoralari raqsi boshlandi.
✅Telegram 🌐Website 📹YouTube✅Facebook 🕊Twitter🌐Instagram
Repost from Toshkent viloyati hokimligi
#mustaqillik
#35yil
#onlayn_reportaj
«Vatan taqdiri — barchamizni birlashtiradigan oliy qadriyat!»
Tantanali marosimda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev so‘zga chiqib, yig‘ilganlarni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy muborakbod etdi.
Viloyat hokimi o‘z tabrigida mustaqillik yillarida mamlakatimizda amalga oshirilgan ulkan o‘zgarishlar, inson qadrini yuksaltirishga qaratilgan islohotlar, aholi farovonligini oshirish borasidagi ishlar haqida to‘xtaldi.
Shuningdek, Toshkent viloyatining iqtisodiy salohiyati ortib borayotgani, yangi investitsiya loyihalari, ish o‘rinlari, zamonaviy uy-joylar va obod mahallalar barpo etilayotgani, Nurafshon shahri yangi taraqqiyot markaziga aylanib borayotgani qayd etildi.
Yoshlar masalasiga alohida e’tibor qaratilar ekan, ularni mustahkam bilim, zamonaviy kasb va tafakkurni egallashga, tadbirkorlikka intilishga, xorijiy tillarni o‘rganishga va o‘z salohiyatini Vatan taraqqiyotiga bag‘ishlashga da’vat etdi.
«Vatanimiz tinch, osmonimiz musaffo, mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!» — deya tilak bildirdi viloyat hokimi.
✅Telegram 🌐Website 📹YouTube✅Facebook 🕊Twitter🌐Instagram
Repost from Toshkent viloyati hokimligi
+4
#mustaqillik
#35yil
#onlayn_reportaj
Nurafshonda — istiqlol shukuhi!
Ayni damda Nurafshon shahridagi “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida yurtimiz mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali bayram marosimi boshlandi.
Maydon bayramona bezalgan. Unda viloyatimizning turli sohalarida fidokorona mehnat qilayotgan yurtdoshlarimiz, nuroniylar, yoshlar, ziyolilar, tadbirkorlar, mehnat jamoalari vakillari, tuman va shahar faollari, san’at ahli hamda aziz mehmonlar jam bo‘lgan.Atrofda bayramona bezaklar, dillarda esa yurtga muhabbat va istiqlol iftixori. Har bir chehrada quvonch, har bir qalbda hayajon mujassam. Bugun — Vatan mustaqilligi, tinchlik va osoyishtalik, yurtimiz taraqqiyoti va yorug‘ kelajagimiz bayrami! Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz! ✅Telegram 🌐Website 📹YouTube✅Facebook 🕊Twitter🌐Instagram
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
O‘zbekiston – Hindiston sammiti yakunida birgalikda daraxt ekildi.
—
В завершение узбекско-индийского саммита состоялась совместная посадка дерева.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
O‘zbekiston Prezidenti va Hindiston Bosh vaziri tor va kengaytirilgan doirada muzokara o‘tkazdilar.
—
Президент Узбекистана и Премьер-министр Индии провели переговоры в узком и расширенном формате.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Olmaliq shahrida sodir boʻlgan yongʻin toʻgʻrisida maʼlumot
Bugun, 30-avgust kuni soat 05:18 da Toshkent viloyati Olmaliq shahar “Xamza” MFY, hududida joylashgan "Oydin dexqon bozori" da yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida Toshkent viloyati FVBBga xabar kelib tushgan.
Xabarga asosan, yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari zudlik bilan voqea joyiga yetib borib, yong‘in qurshab olingan va soat 07:12 da o'chirilgan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar haqida ma’lumot kelib tushmadi.
Hozirda yong'in sababi va zarari aniqlanmoqda.
