en
Feedback
ILINJ

ILINJ

Open in Telegram

Havaskor kitobxon 📚 Begonamiz dunyoga mutloq Bizni kitob “buzdi” birodar 📖

Show more
269
Subscribers
No data24 hours
+17 days
-1330 days
Posts Archive
Bu g‘arib dahrda uchrashsak yana, Yo‘llaring oxiri chopsa ko‘zima, Ashklaring nahridan kechib o‘tmasam, O‘ksima. Darz ketgan kosada may ichib tursam, Sanasang, qovurg‘am biri bo‘lsa kam. Qarasang, jismimda kam bo‘lsam men ham, Ichikma. Ko‘zlarim kadardan kiyinsa kafan, Puflasang, qaqnuslar chiqmasa kuldan, Kuyug‘ ko‘kayima kuldon qidirib, Kuyunma. Qushlarsiz uyaday ezg‘inlik hokim umrima sochsa gar umidlar hokin, Qayta butlamoqqa haddimiz sig‘mas, Yig‘inma. Ikkimiz bir dunda ikki yon ketsak, Qismat kishanida gar tanho ketsak, Joning omon bo‘lsin, faqat bu jonga Ko‘nikma. Joning omon bo‘lgur, mensiz bu jonga, Ko‘nikma... (c) Najmiddin Ermatov @Ilinjxonim

#kundalik Ba'zan bir dunyo xotiralar shunchaki ishlatmay qo'ygan sumkangning ichida chiqib qoladi. "Yo'qotdim" deganingda top
#kundalik Ba'zan bir dunyo xotiralar shunchaki ishlatmay qo'ygan sumkangning ichida chiqib qoladi. "Yo'qotdim" deganingda topasan kishi. @Ilinjxonim

#kundalik Yengil yo'llarni mensimay men, Tikanli yo'llarga boshimni suqdim. @Ilinjxonim

#kundalik Men do'stlarimni uyimizga olib kelishni yoqtirman. Sababi, o'rtoqlarim uyga tashrif buyurganda aksari ota-onam bilan munosabatimga havas qilishadi. Doim eshitilaman. Eshitilmay, fikrim inobatga olinmay qolgan-da haqqimni olmaguncha qo'ymayman. Qachonlardir onalik baxti berilib, farzandlarimni eshitmay qo'ysam do'stlarimdan birontasi ota-onam menga qilgan muomilani eslatadi degan ümidim bor. Chunki hozir onam Dilsora kasal edi-ya, Zarnigorni farzandi yaxshimi? Muazzamni muommosi hal bo'ldimi, shu bekor ketyapti uzoqqa, Gulnigor ham magistrga kiribdimi, Namaganlik ish topdimi, bittasini to'yi o'tdimikan deb eslatib so'rab turadi. Biz Dilsora bilan hozir kimga pul kerak bo'lsa so'raydigan boshqa payt gaplashmaydigan munosabatdamiz. Lekin Yunusoboddagi g'amgin Dilsora ayamni esida qolib ketgan. Menimcha hammalaring esida onam ham qolgan bo'lsa kerak. @Ilinjxonim

Gulim, mehr ko`zda degani yolg`on, Mening dilimda hech o`chmas yolqinsiz, Qancha ko`rishmasak shuncha qadrdon, Qancha olis bo`lsak, shuncha yaqinsiz. (c) Muhammad Yusuf @Ilinjxonim

Repost from N/a
🥀#xulosam Bitta gap aytaman faqat... Hayotimdagi eng.. eng... eng... gapim bo'ladi... Ya'ni eng yaxshi postim : Hech nimani... bu hayotda hech nimani o'zingizni majburlab bajarmang ! Xohlamadingizmi o'zingizni majburlamang ! Yaxshilarim shu gaplarimni unutmang va amal qilasizlar degan umiddaman

#kundalik Mahallamiz masjidini orqasi qabriston. Shu qabristonning orqa ko'chasida ota-onasi bilan kichkina qizcha kelib qoldi. Mozoriston eshigiga borib, tinmay "Bobo, Bobo, tür, uyg'on ketamiz, yur, kettik, Bobo tür" deb taqillatardi. Ota-onasi yalinsa ham turib oldi. Oxiri otasi "sen ham bobongning yoshiga yetganlaringda ko'rishasizlar, yur" deb olib ketdi. @Ilinjxonim

Repost from N/a
Gulbargni bittalab yulaman: Sevadi... Sevmaydi... Sevadi... Sevmaydi... Tugaydi gulbarglar, Negadir yigʻlagim keladi. Koʻnmayman bu oʻyin shartiga, Aldamchi gulbarglar aldaydi. U meni qanchalik sevishin, Oʻzi ham menchalik bilmaydi! Bu qadar “bemaʼni” oʻyinning Shartlarin oʻzimga olmay tan, Sochilgan umidlar parchasin Boshqatdan, Boshqacha sanayman! Sevadi... Sevadi... Sevadi!!! Baribir yigʻlagim keladi... ©Rohatoy Ismoilova

Anchadan beri kitob o'qimay qo'ydim. Oxirgi marta aql-xushim bilan"Noma'lum ayol maktubi"ni o'qigandim, "Kichkina Shahzoda" qayta mutolaa qilganman. Shunday beri bir ikki diniy kitoblar o'qigan bo'ldim. "Ar- rohiq Al-maxtum" esa chala qoldi. Endi sal hayotga qaytmoqchiman. Ketganning ortidan ketib, o'lganning ortidan o'lib bo'lmaydi. Menga yengilroq badiiy asar tavsiya qilinglar. İltimos sal soddaroq bo'lsin, chunki ming urinmay xayolim, diqqatim bir joyda turmayapti.

Zulfiroq ruh kerak menga...

#kundalik Yerga sig'mayapman. @Ilinjxonim

1pars-ay-beri-bax-sexavet-memmedov.m4a4.19 MB

1pars-ay-beri-bax-sexavet-memmedov.m4a4.19 MB

Hayot meniki ekan deb, xohlaganimcha rasvosini chiqaryapman. Menga ham onasini so'zidan chiqmaslik qobilyati berilganda ediyee. Yoki otasini

5210517471_1.mp33.26 MB

Bilasizmi, do'stginam, bu dunyoda uyqudan yarım tunda uyg'onib ketishdan ham yomonroq narsa yo'q. Chunki bu mahalda uyqu qaytib kelmay, o'rnini qayg'uga beradi. Siz bütün hayotingizni oliy maqomli sudya kabı ayamay sud qilasiz. Na o'zingizni kechirasiz, na boshqalarni. Umuman olganda biron ijobiy fikr kelmaydi. Faqat so'roqlar. So'roqlarning har bittasi Jon tomiringizdan birini yulib olayotgandek bo'ladi. @Ilinjxonim

— Ziyoda, xohlagan sinflaringizni xohlaganingizdek qilib joylab qo'yyapman. Biron narsa o'zgartirish, yoki xohish bo'lsa ayting. — Bor, xohish. Ishlamaslik xohishi. @Ilinjxonim

Aytgancha, maktabda men ADUda o'qiyman derdim-da. Bakalavrni o'qimadim. Talabalik paytida ADU derdim. Hozir ADUga kirdim

Yurakcha bosinglar )

Kimgadir birinchi aytish kerak edi. Negadir birinchi shu yerga yozdim. Kimsasizlashib ketibman.

ILINJ - Statistics & analytics of Telegram channel @ilinjxonim