imath.uz | Rasmiy
Open in Telegram
✅ imath.uz platformasining rasmiy telegram kanaliga xush kelibsiz! 🌐 www.imath.uz 📲 instagram.com/imath.uz 📲 facebook.com/imathuz ✉️ Savol va takliflar uchun: @imathAdmin 💡 Diplomlarni yuklab olish uchun: https://t.me/+ZYr62YIlMHo3OWRi
Show more497
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
No data30 days
Posts Archive
Repost from Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
Халқаро фан олимпиадалари ғолиблари тақдирланди
Жорий йилнинг 28 июль куни “Hyatt Regency Tashkent” меҳмонхонаси анжуманлар залида энг нуфузли халқаро олимпиадалар ғолибларини тақдирлаш маросими бўлиб ўтди.
Тадбир доирасида сўзга чиққанлар томонидан ўз билим ва иқтидори билан жаҳон миқёсидаги энг нуфузли халқаро фан олимпиадаларида тенгдошлари билан рақобатга киришаётган, совринли ўринларни эгаллаб олтин, кумуш, бронза медалларни олиб келаётган ёшларимиз сафи кенгайиб бораётганлигини фахр билан қайд этилди.
Тақдирлаш маросимида энг нуфузли халқаро олимпиадалари ғолиблари ҳамда 2021-2022 ўқув йили давомида минтақавий халқаро олимпиадаларнинг совриндорлари ва уларнинг устозларига пул мукофотлари топширилди.
Батафсил: 👉https://uzedu.uz/y3/news/643
Халқ таълими вазирлигининг расмий саҳифаларига уланиш
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Repost from Ўзбекистон Математиклари
#Tashabbus
"Eng yaxshi ilmiy ma`ruza" tanlovi
Matematika instituti va "Akademik Qori-Niyozov merosi" ilmiy-metodik markazi hamkorlikda Matematika sohalri bo'yicha tahsil olayotgan magistrantlar uchun mukofot jamg'armasi 10 000 000 so'm bo'lgan "Eng yaxshi ilmiy ma`ruza" tanlovini tashkil etmoqda.
Tanlovda ishtirok etish uchun ilmiy ma`ruza matnini (Word variantda) va o`zingiz haqingizdagi qisqcha ma`lumotni 2022 yil 1-avgustga qadar botirovg@gmail.com manziliga yuborishingizni suraymiz.
Shuningdek, ma`ruzalar ekspertlar xulosasiga ko'ra ilmiy to'plam sifatida chop etiladi.
Qo'shimcha ma`lumot uchun: @gbotirov
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | YouTube
#imathuz #imo2022
⚡️ Xalqaro 63-Xalqaro matematika olimpiadasi gʻoliblari tantanali kutib olindi.
Kecha Toshkent xalqaro aeroportida 63-Xalqaro matematika olimpiadasi gʻoliblari tantanali ravishda kutib olindi.
Xabaringiz bor, oʻzbekistonlik oʻquvchilarimiz 6-16-iyul kunlari Norvegiyada boʻlib oʻtgan xalqaro matematika olimpiadasida muvaffaqiyatli ishtirok etib, Vatanimiz sharafini munosib himoya qildi.
Jamoa aʼzolarini yana bir bor erishgan muvaffaqiyati bilan bilan muborakbod etib, kelgusida bundan ham ulkan yutuqlar tilab qolamiz!
Sayt | Telegram | Instagram | Facebook
❗️Talaba 5 yilda 31 ta imtihon topshirdi. Har keying yil oldingidan ko'proq imtihon topshirgan. Agar oxirgi yili topshirgan imtihonlari dastlabki yilgidan 3 marta ko'p ekanligi maʼlum boʻlsa, u 4-yili nechta imtihon topshirgan?
#imathuz #imo2022
⚡️ 63-Xalqaro Matematika Olimpiadasi(IMO)da terma jamoamiz natijasi.
👉 @imathuz
#imo2022 #imatuz
📣 63-Xalqaro matematika olimpiadasining (IMO) umumiy natijalari eʼlon qilindi!
🥉 Lazizbek Rajabboyev terma jamoamizga yagona bronza medalni taqdim etdi.
IMO-2022 natijalari haqida keyinroq batafsil maʼlumot beramiz...
👉 @imathuz
Repost from Fan olimpiadalari markazi (FOM)
Nufuzli xalqaro matematika olimpiadasi (IMO-2022) topshiriqlari
🌐 👉 olympiad.uzedu.uz, oo.uzedu.uz
📲 👉@olimpdep
Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh!
🎉 Barcha musulmon ahliga Qurbon hayiti muborak boʻlsin!
👉 @imathuz
Repost from Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
ЎЗБЕКИСТОНЛИК ЎҚУВЧИЛАР 63-ХАЛҚАРО МАТЕМАТИКА ОЛИМПИАДАСИДА ИШТИРОК ЭТИШ УЧУН НОРВЕГИЯГА ЖЎНАБ КЕТДИ
63-Халқаро математика олимпиадаси 6-16 июль кунлари Норвегия давлатида ўтказилади.
Жорий йилда илк бор терма жамоамиздаги ўқувчиларга Олимпиада учун ягона форма тиктирилди ва тайёргарлик жараёнлари Пойтахтимизнинг нуфузли меҳмонхоналарида бўлиб ўтган.
Халқаро математика олимпиадасида қатнашадиган терма жамоа таркиби билан танишинг:
Лазизбек Ражаббоев — Бухоро вилояти;
Анварбек Рахматов — Бухоро вилояти;
Искандар Бўриев — Тошкент шаҳри;
Жасурбек Рўзибоев — Бухоро вилояти;
Тоҳирбек Тўланов — Фарғона вилояти;
Жалолиддин Холматов — Тошкент шаҳри.
Эслатиб ўтамиз, Ўзбекистон терма жамоаси вакиллари ушбу олимпиадада 1997 йилдан буён иштирок этиб келмоқда ҳамда ҳозирга қадар 10 та кумуш, 28 бронза медалларни қўлга киритган.
Жамоамизга омад ва зафарлар билан қайтишларини тилаб қоламиз.
Халқ таълими вазирлигининг расмий саҳифаларига уланиш
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Repost from TTT
STEP - Bu men biladigan eng zo'r imtihonlardan biri: masalalarni katta qismi tizimli fikrlashni talab qiladi - olimpiada masalasiga o'xshash, ozroq yengilligi bunda yakuniy natijaga erishish uchun qadamlar beriladi. Savollar orasida eski olimpiada masalalari ham bor - shuning uchun tayyorgarlikni endigina boshlagan bo'lsangiz moslashib olish uchun yaxshi. Barcha materiallar uchun ushbu havola dan foydalanishingiz mumkin [STEP past papers].
#imathuz #imc
📣 28-Xalqaro matematika musobaqasi (IMC) natijalari e'lon qilindi.
2022-yilning 30-iyun — 6-iyul kunlari Indoneziya davlati tashkilotchiligida o'tkazilgan 28-Xalqaro matematika musobaqasida (IMC) dunyoning 31 davlatidan yosh matematiklar ishtirok etdi. Kichik yosh toifasida 78 jamoa, katta yosh toifasida 69 jamoa o'quvchilari o'zaro bellashishdi. Bugun mazkur musobaqaning yakuniy natijalari e'lon qilindi.
🔷Musobaqaning yakka tartibda o‘tkazilgan bahslarida o'quvchilarimiz 2 ta bronza medallarini qo‘lga kiritishdi.
Kichik yosh toifasida (key stage 2):
Qadirbergenov Timur (Nukus shahridagi Prezident maktabi o'quvchisi) - Bronza medal
Katta yosh toifasida (key stage 3):
Raxmatov Anvar (Buxoro viloyati Qorako'l tumanidagi Xalqaro matematika maktabi o'quvchisi) - Bronza medal
Ushbu natijalar bilan barcha ishtirokchilarni, ularning ustozlari hamda ota-onalarini tabriklaymiz.
👉 @imathuz
Savdogar molini 15% foyda bilan sotishni mo‘ljallagan edi. Xaridor bilan savdolashish natijasida molni mo‘ljallagan narxidan 2000so‘m arzonroq sotdi. Keyinroq hisoblab qarasa, bu savdodan u 10% zarar ko‘rganligini aniqladi. Savdogar molni qanchaga sotgan?
❗️Anvar 40 ta bir xil yoshdagi qo’y olib keldi, bu qo’ylar 3 oydan so’ng 1 tadan bolalaydi va bu hodisa har 2 oyda bo’ladi. Yangi tug’ilgan qo’y ham 4 oydan so’ng bolalaydi. Savol 9 oydan keyin Anvarda nechta qo’y bo’ladi?
❗️Quyidagi ketma-ketlikda so'roq belgisi o'rnida turgan sonni toping. 1, 101, 15, 4, 29, –93, 43, –190, ?
#iq #imathuz #natijalar
⚡️⚡️ IQ TEST umumiy natijalari!
🥇 Eng yuqori o'rin olgan ishtirokchilarni tabriklaymiz !
🏆 Keyingi JEKPOT va olimpiadalarda barchaga omad tilaymiz!
💡 Diplomlarni yuklab olish uchun: https://t.me/+ZYr62YIlMHo3OWRi
💥 Bizdan uzoqlashmang, hali hammasi oldinda😉!
♻️ Bizni kuzatib boring:
Sayt | Telegram | Instagram | Facebook
