cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Oqdaryo Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi

Oqdaryo sanitariya-epidemiologik osoyishtаlik jamoat salomatligi bo‘limi axborot xizmati Murojaat uchun: @MexribonMardonova

Show more
Advertising posts
203
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
No data30 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Photo unavailableShow in Telegram
📍Organizmga yod yetishmasligining 8 belgisi 🔻Soch to‘kilishi, terining qurishi. 🔻Yurak og‘rishi va nafas qisishi. 🔻Ishtahaning yo‘qolishi. 🔻Xotiraning pasayishi, boshning ma’lum bir qismida og‘riq bo‘lishi. 🔻Ko‘z ostida shish bo‘lishi. 🔻Eshitish qobiliyatining pasayishi. 🔻Qalqonsimon bezning kattalashishi. 🔻Yomon kayfiyat. 💻Sanepidqo‘mita Oqdaryo tuman bo‘limi Yangiliklarni kuzatib boring👇 http://t.me/oqdaryo_SEO_va_JS
Show all...
👍 1
​​#bilasizmi ❓Qirim-Kongo gemorragik istimasi qanday kasallik? *Qrim-Kongo gemorragik isitmasi *(lotincha: febris haemorrhagica crimiana, sin. Markaziy Osiyo gemorragik isitmasi) — Qrim-Kongo gemorragik isitma virusi kana chaqishi bilan yuqadigan odamning oʻtkir yuqumli kasalligi hisoblanadi. Asosan choʻl zonalarda kuzatiladi. Kasallik isitma, ogʻir intoksikatsiya, teri va ichki organlarda qon ketishi bilan tavsiflanadi. 🔹Kasallikning qoʻzgʻatuvchisi Bunyavirales oilasiga mansub Orthonairoviruslar hisoblanadi. 🔹Kasallikni oʻzida saqlovchilar kemiruvchilar, yirik va mayda qoramollar, qushlar, sutemizuvchilarning yovvoyi turlari, shuningdek, virusni tuxum orqali naslga oʻtkazishga qodir va hayot davomida virus tashuvchisi boʻlgan kanalardir. Patogenning manbayi kasal odam yoki kasal hayvon hisoblanadi. Virus kana chaqishi orqali yuqish ehtimoli katta. Asosiy tashuvchilar Hyalomma marginatus, Dermacentor marginatus, Ixodes ricinus turkumlariga mansub kanalar hisoblanadi. 🔹Virusning yashirin davri 1 kundan 14 kungacha choʻzilishi mumkin. Odatda 2-9 kunda namoyon boʻladi. Kasallik tez rivojlanadi. Birinchi bosqichda harorat keskin, ravishda 39-40 va undan ham yuqori darajaga koʻtariladi, bosh ogʻrigʻi, titroq, yuz va shilliq pardalarning qizarishi boshlanadi. Tananing umumiy intoksikatsiyasi belgilari kuztilishi mumkin (zaiflik, mushaklarda, boʻgʻimlarda ogʻriq, koʻngil aynishi, qayd qilish). 2-4 kundan keyin kasallikning ikkinchi, gemorragik bosqichi boshlanadi. Bemorning ahvoli keskin yomonlashadi. 🔹 Teri va shilliq pardalarda toshma, dogʻlar, gematomalar koʻrinishida qon ketishlar paydo boʻladi. Deyarli tananing suyuqlik ajralishi mumkin boʻlgan barcha joyidan qon ajraladi. Qorin boʻshligʻida, jigarda ogʻriq, diareya, qusish, sariqlik, oliguriya rivojlanadi. Kasallik 10-12 kun davom etadi, ammo bemorlar keyingi 1-2 oy davomida juda kuchli ogʻriq bilan yashaydi. 🔹Virusni oldini olish uchun asosiy harakatlar kasallikning tashuvchisiga qarshi kurashga qaratilgan boʻladi. Chorva mollari saqlanadigan joylariga sanitar-epidemiologik ishlov berish, tabiiy oʻchoq hududida joylashgan yaylovlarda oʻtlashning oldini olish. Kiyim-kechak, uxlash uchun sumkalar va chodirlarni hasharotlarga qarshi vositalar bilan dezinseksiya qilish. Sanepidqo‘mita Oqdaryo tuman bo‘limi Yangiliklarni kuzatib boring
Show all...

👍 1
📌OITS(Orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi)kasalligi nima? 🔴Orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi (OITS) — OIV infeksiyasi fonida rivojlanadigan holat bo’lib, CD4+ limfositlar miqdorining kamayib ketishi, ko’plab opportunistik(OIV infeksiyasiga xos bo'lgan bakteriyali, virusli kasalliklar) infektsiyalar, noinfektsion va o’smali kasalliklar rivojlanishi bilan xarakterlanadi. Sindrom OIV-infektsiyaning so’nggi bosqichi sanaladi. ‼️OIV QANDAY YUQADI? 👫Jinsiy aloqa orqali yuqishi — bu infektsiyalangan jinsiy suyuqliklar (og’iz bo’shlig’i, rektal, genital yoki shilliq pardalari) bilan aloqa qilganda yuzaga kelishi mumkin. Bu vaginal, oral va anal kabi himoyalanmagan jinsiy aloqa vaqtida sodir bo’lishi mumkin. 🤱Vertikal yuqishi — ona tug’ruq paytida, homiladorlik paytida, shuningdek, emizishda infektsiyasini bolaga yuqtirishi mumkin. 💉Qon quyish orqali yuqishi — hozirgi vaqtda qon quyish orqali OIV yuqtirish xavfi rivojlangan mamlakatlarda juda ehtiyotkorlik bilan tekshiruv va ehtiyot choralari tufayli juda past. Shu bilan birga, giyohvand moddalarni qabul qiluvchilar yoki bemorning qoni bilan zararlangan shpritslarni qayta ishlatish oqibatida kasallik yuqish xavfi juda yuqori. 😀OITS ning oldini olish choralari 🌐OIV ning oldini olish choralarini har bir tibbiyot xodimi bilishi zarur: ✅️Narkotik vositalarni qabul qilishda – tomir ichiga qabul qilinadigan narkotik vositalari rivojlangan mamlakatlarda OIV tarqalishida asosiy o‘rinda turadi. Bu yo‘l orqali yana gepatitning C turi ham tarqaladi. Agar ignalarni ishlatish zarurati tug‘ilsa, igna steril, avval ishlatilmagan, ochilmagan bo‘lishi kerak. ✅Tibbiy xodimlar — OIV bilan zararlangan kasallar bilan ishlovchi tibbiyot xodimlari maxsus qo‘lqoplar, niqob, himoya ko‘zoynaklari, xalatlar bilan ishlash talab etiladi. Agarda teriga qon tegadigan bo‘lsa, darhol terini suv bilan yuvish zararlanishni oldini oladi. ✅Homiladorlikda – bazi antiretrovirus dorilari homilaga zararli ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shuning uchun keserva kesish yo‘li bilan tug‘gan ma’qulroq. OIV bilan zararlangan ayol ko‘krak suti bilan virusni farzandiga yuqtirishi mumkin. ✅Psixologik – dunyodagi ko‘pchilik OIV bilan zararlangan insonlar o‘zini zararlanganliklarini oshkor etmaydilar. Natijada OIV tashxisi kechikadi. Vaqtida qo‘yilmagan tashxis og‘ir oqibatlar bilan yakunlanadi. Sanepidqo‘mita Oqdaryo tuman bo‘limi 📣Yangiliklarni kuzatib boring
Show all...

🔥 1
❓Бодомсимон без (ангина) қандай ҳолларда олиб ташланади? 🌨 Қиш фаслида ҳаво совиб, турли мавсумий инфекцион касалликлар авж олади. Улар орасида кенг тарқалганларидан бири бодомсимон безлар яллиғланишидир. 👅 Мутахассисларнинг таъкидлашича, ушбу хасталик ўз вақтида даволанмаса, кўпинча жиддий асоратларни келтириб чиқариши мумкин. Бироқ консерватив даволаш усуллари доим ҳам ижобий самара берадими? Агар бундай бўлмаса-чи?! ❓Ушбу саволларга олий тоифали шифокор Санжар Мавлонов жавоб берди. ❇️ — Бодомсимон безлар яллиғланиши юқумли касаллик бўлиб, уни оғиз бўшлиғи ёки ташқи муҳитдан тушган турли микроблар чақириши мумкин, — дейди шифокор. — Булар: 🦠 вируслар; 🔬 бактериал инфекциялар. 🌡 Кучли томоқ оғриғи, қуриши, юқори тана ҳарорати хасталик белгиларидир. 🫀 Бодомсимон безлар яллиғланиши асоратлари билан хавфли ҳисобланади. Унга ўз вақтида эътибор бермаслик жиддий муаммоларни келтириб чиқариши мумкин. 💊 Яқин йилларгача ангинадан фақат уни олиб ташлаш орқалигина қутилиш мумкин, деб ҳисобланарди. Бироқ бугунга келиб консерватив даволаш усуллари орқали ҳам бу касалликдан халос бўлиш мумкин. Бироқ хасталик сурункали тусга кирса, яъни: 📌 кучли йиринглаш, оғриқ, юқори иситма кузатилса; 📌 ҳар 3-6 ҳафтада, йилига 7 мартадан кўп қайталанса; 📌 йирингли жараёнлар ривожланса; 📌 безлар катталашиб, нафас олиш қийинлашса; 📌 консерватив даво самара бермаса; 📌 юрак, буйрак ва бўғимларда асоратлар кузатилса, ангинани жарроҳлик йўли билан олиб ташлаш тавсия этилади. Соғлиқни сақлаш вазирлиги Матбуот хизмати. @ssvuz | @ssvmatbuotkotibi | Facebook | Instagram
Show all...

👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
Ob-havo Bugun, 16-dekabr kuni Samarqand viloyatida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarda tuman tushadi. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi. Kanalga qo‘shiling: 👇👇👇 👉 https://t.me/oqdaryo_axborot_xizmati
Show all...
00:12
Video unavailableShow in Telegram
#kun_hikmati Bizning qilgan yaxshiliklarimiz ham, yomonliklarimiz ham, shunchaki yo‘qolib ketmaydi ... Bir kun albatta o‘zimizga qaytarib beriladi ... yoki bu hayotda, yoki boqiy dunyoda! Kanalga ulaning👇👇👇 http://t.me/oqdaryo_SEO_va_JS
Show all...
👍 1
00:09
Video unavailableShow in Telegram
#xayrli_tong Baxt-saodatning shunday ovozi borki, agar u qalbingdan chiqsa, har tarafda, bolakayning kulgusida ham, do‘stingning shivirlashida ham, hatto suvning jildirashida ham uni eshitaverasan... Kanalga ulaning👇👇👇 http://t.me/oqdaryo_SEO_va_JS
Show all...
1
⁉️ Infeksion kasalliklar haqida bilasizmi? 📌 Infeksion kasalliklar-patogen mikroorganizmlar bakteriyalar, viruslar, eng sodda jonivorlarning kishi,hayvon va oʻsimlik organizmiga kirib koʻpayib,zararli taʼsir koʻrsatishi natijasida kelib chiqadigan kasalliklar.Infeksion kasalliklardan baʼzilari bemorga yaqin yurilganda yuqadi, ularga "yuqumli kasalliklar“ termini juda mos keladi.Infeksion kasalliklardan baʼzilari bemorga yaqin yurilganda "kontakt“ yoʻli bilan yuqmaydi,demak,ularga "yuqumli kasalliklar“ termini unchalik toʻgʻri kelmaydi.Bemor organizmida shu kasallikni vujudga keltiruvchi maxsus mikrob borligi va kasallikning odamdan odamga yuqishi mumkinligi Infeksion kasalliklarning asosiy belgilaridir. 🔷 Infeksion kasalliklarning chinakam sabablari 19-asrning 2-yarmida L. Paster,R. Kox, I. I. Mechnikov olimlarning ishlari bilan isbot qilindi. Baʼzi kasalliklar vabo,ich terlama,paratif.dizenteriya va ichak infeksiyalari hazm yoʻli orqali, bemorlar najasi tushgan suv va oziq-ovqat yoki shu najas zarralari tekkan yuvuqsiz qoʻl orqali yuqadi. Bemor yoʻtalganda, aksa oʻrganda, soʻzlashganda chiqadigan mayda shilimshiq zarralari havo bilan nafas yoʻliga kirishidan kelib chiqadigan kasalliklar "tomchili infeksiyalar"ga gripp, koʻkyoʻtal, parotit, difteriya, qizamiq kiradi.Baʼzi kasalliklar qon soʻrar hasharotlar bit, chivin, burga, kana orqali yuqadi bezgak, toshmali terlama, qaytalovchi terlama, kana va chivin orqali yuqadigan ensefalitlar. ‼️ Bemorga yaqin yurganda yoki uning sochigʻi, idishtovogʻi va buyumlaridan foydalanganda yuqadigan kasalliklar "tanosil kasalliklari" alohida guruhni tashkil etadi.Infeksion kasalliklar bir necha kun (gripp,qizamiq,iskabtopar isitmasi) yoki bir necha hafta (ich terlama, toshmali terlama va b.) davom etishi yoki oylab va hatto yillab choʻzilishi mumkin (sil, moxov, zaxm).Infeksion kasalliklar kelib chiqishi organizmga kirgan patogen mikroblarning soniga, viru-lentligiga, kirgan joyiga, kishining yoshiga, infeksiyaga moyilligiga, shuningdek, mikrob atrofidagi tashqi muhit sharoitiga (noqulay sharoitda mikrobning virulentligi kamayadi) bogʻliq. Infeksion kasalliklarning paydo boʻlishi va o'tishida ijtimoiy sharoit (uy-joy, ovqatlanish tarzi, madaniy saviya, tibbiy yordam) hal qiluvchi rol oʻynaydi. Shu sharoitning oʻzaro taʼsiriga qarab Infeksion kasalliklarning turli shakllari namoyon boʻladi. 🦠 Infeksion kasalliklarning oʻtishida inkubatsion davr, kasallik simptomlarining paydo boʻlish va oshib borish davri, kasallik avjiga chiqqan davr, kasallikning soʻnish davri va sogʻayish davri farq qilinadi. Infeksion kasalliklarning har birida shu davrlarning oʻziga xos xususiyatlari bor. Ich terlama kabi baʼzi Infeksion kasalliklar mikrobi ogʻrib oʻtgan organizmda saqlanib qoladi va tevarak-atrofdagi muhitga chiqaveradi. Koʻpgina Infeksion kasalliklardan keyin immunitet qoladi.Bemorlar maxsus jihozlangan infeksion kasalxonalarda davolanadi. Infeksion kasalliklarga qarshi kurashda profilaktika muhimdir. ♻️ O‘zbekiston Respublikasida kompleks profilaktik va epidemiyaga qarshi tadbirlarning maqsadli amalga oshirilishi natijasida yuqumli kasalliklarga qarshi kurashishda katta yutuqlarga erishildi. 📅 1991-yildan boshlab qator yuqumli kasalliklar bilan kasallanish ko‘rsatkichlarining izchil kamayib borishi kuzatilmoqda, shu jumladan “A” virusli gepatit bilan kasallanish 4,5 baravar, o‘tkir ichak infeksiyalari bilan kasallanish 4,6 baravar, o‘tkir respirator kasalliklar bilan kasallanish 7,9 baravar kamaydi. Profilaktik emlashlar Milliy taqvimining takomillashtirilishi natijasida hamda rivojlangan mamlakatlarning xalqaro tajribasini hisobga olgan holda hozirgi vaqtda 13 ta yuqumli kasallikka qarshi vaksinatsiya o‘tkazilmoqda. Aholining immunizatsiya bilan qamrab olinishi 95 — 99% ni tashkil qiladi. Sanepidqo‘mita Oqdaryo tuman bo‘limi 📣Yangiliklarni kuzatib boring
Show all...

👍 1 1
📌Har kim o‘z salomatligi uchun o‘zi javobgar. Ammo, tibbiyot xodimlari emas 💊Qancha harakat qilishimiz, qanday ovqatlanishimiz, yomon odatlarimiz bormi yoki yo‘qmi, xullas, barcha-barchasi, ko‘p jihatdan, o‘zimizga, turmush tarzimizga bog‘liq. 🌡Sog‘lom turmush tarzining bu tamoyillari oddiy, tushunarli va hamma uchun ma’lum bo‘lib tuyuladi, lekin ularni qayta-qayta eslatib turish hech qachon zarar qilmaydi. 📍Mutaxassislar ish-dam olish rejimiga amal qilish, dam olish vaqtlarida passiv hayot tarzini emas, faol turmush tarzini tanlash, unga amal qilish to‘g‘risida ko‘p va xo‘p gapirishadi. Qolaversa, chekishning, shu jumladan elektron qurilmalarning tanadagi halokatli kuchini tushuntirdi. 🚬Ammo, ko‘p hollarda bunga ko‘p ham ahamiyat qaratmaymiz. O‘ylab qaraydigan bo‘lsak, sigaret chekadigan odam, chekgan sigaretasi orqali o‘pkaning himoya funksiyasini bloklaydi va surunkali bronxit, KOAH va oxir-oqibat o‘pka saratoni kabi kasalliklarni "ishlab oladi". Alkogol mahsulotlari esa sog‘lig‘ingizni o‘ldiradi. 🥞Muhim komponent - bu ovqatlanish, ya’ni uning muntazamligi va hilma-xilligi. "Sog‘lom plastinka" tarkibida oqsillar, yog‘lar va uglevodlar bo‘lishi kerak. Diyetalar inson salomatligini saqlashga ko‘p ham foyda keltirmaydi. Tutgan diyetangiz bois, tana o‘zi uchun kerak bo‘lgan makro va mikroelementlarni ololmaydi. Va natijada inson immunitet tizimi vaqt va kun o‘tgani sayin, zaiflashib boraveradi. Qachonki, inson immuniteti mustahkam bo‘lsa, ana shunda, kuchli immunitet bizni tashqi omillardan, bakteriyalar, zamburug‘lar, viruslar va boshqalarning salbiy ta’siridan himoya qila oladi. 🏌🏻‍♀️Agar inson tanasida sog‘lom va samarali immunitet bo‘lmasa, tana zaiflashadi. Qarabsizki, turli infeksiyalar o‘z ta’sirini o‘tkaza boshlaydi. Kunda bo‘lmasada, xonadondagi dori qutiga yoki bo‘lmasa biron-bir tibbiyot muassasasiga bog‘lanib, aybni o‘zimizdan emas, dori qutisidagi dorilardan, tibbiyot muassasasidagi mutaxassislardan izlaydigan bo‘lib qolamiz. 💯Bunday bo‘lmaslikning oson va oddiy usuli bor. Mutaxassislar aytganidek, sog‘lom turmush tarziga amal qilishimiz, faol va harakatchan bo‘lishimiz, zararli odatlardan voz kechishimiz shart. Ana shunda, bizga noinfeksion kasalliklar xavf sola olmaydi. Yangiliklarni kuzatib boring ▶️https://t.me/oqdaryo_SEO_va_JS
Show all...
Oqdaryo Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi

Oqdaryo sanitariya-epidemiologik osoyishtаlik jamoat salomatligi bo‘limi axborot xizmati Murojaat uchun: @MexribonMardonova

👍 1