Akbarjon Developer 🇺🇿
Open in Telegram
Personal thoughts Me in the network: http://myurls.co/akbarjondev
Show more206
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
No data30 days
Posts Archive
🙂️️️️️️ Ustozim Muhammadjavohir aka shunday yozyabdilar 👆. Web dasturlashni boshlaganlarni kuzatib borishga qattiq tavsiya qilaman.
Nima uchun ko'rishingiz kk? Ba'zi faktlarni keltirsam:
- Ustoz juda maydalab tushuntiradilar, auditoriyadagi eng o'zlashtirishi qiyin bo'lgan bolalar ham yaxshi tushunishiga guvoh bo'lganman;
- Qiziq va esda qolarli misollar keltiradilar;
- Kod yozish va pedagogika sohasida katta tajribaga egalar;
- Shogirdlari juda yaxshi kompaniyalarda faoliyat olib borishadi;
- Sizga manzur bo'ladigan pulli kontent va qo'llanmalar ham chiqarganlar 💰
Bir voqea esimga tushdi: Najot ta'limda o'qishni endi boshlaganimizda HTML, CSS da "form"larni (bilasiz web dasturda formlar eng muhim qismlardan) qilishga juda qo'rqardim nimagadir 😅️️️️ Bir kun dars mavzusi shunga keldi va men qo'rquvimni oldindan Muhammadjavohir akaga savolroq qilib aytdim. Shunda u kishi menga tezda javob qaytarib "Rosti menam qo'rqaman 😄 dedilar". Lekin darslarimiz davomida biror marta xato qilganlarini ko'rmadim. Keyin bilsam aslida meni tinchlantirish uchun shu gapni hozirjavoblik bilan aytgan ekanlar.
@mayoquz ni kuzatib boringlar, oilangiz do'stlaringiz orasida ham yoying. U sizga Mayoq vazifasini o'tab beradi 😎
Assalomu alaykum. Hormanglar.
Dushanbadan har kuni kamida soat 20:00 dan keyin 1 soat jonli efirda frontend coding qilishni boshlagandim. Hozirgacha 9 soat atrofida kontent boʻlibdi.
103 ta maket bor ekan. Hammasini tuzish niyati bor. Boshlanishiga faqat HTML, CSSda boʻlyapti. Keyinchalik Sass, Tailwind, Pug, Gulp, React, backend qoʻshish rejasi ham bor.
Shu kabi kontent foydali boʻladigan tanishlarga ulashib bersangiz, xursand boʻlardim. Oldindan rahmat 😊
Efir haqida @mayoquz da xabar berib boryapman.
FrontendMentor challenge videolari: https://www.youtube.com/playlist?list=PLAKCCNBxrHkRj1_8RTP-68QOi0LLsGaVN
Repost from MJ nofilter
Tunov kuni bo'lgan ish.
Diskleymer: Yozadigan narsalarim nolish emas. Holatga obyektiv qarash.
===
Litseydagi kursdosh o'rtog'im bilan mashinasida gaplashib ketyapmiz. "Bir gap aytsam, xafa bo'lmaysanmi, Jovoh" deb gap boshlab qoldi.
"Jovoh, agar o'qishga, universitet hammasiga ketkazgan vaqtingda mashina ustasi bo'lib ishlaganingda ham hozirgidan ko'proq pul topayotgan bo'larding, bilasanmi?
Mana falonchi (boshqa kursdoshim) ham basseynga kafel teradi, pod klyuch basseyn qurib beradi. Shu o'rtog'imiz ham sendan ko'p pul topadi".
Aytgan gapi 100 foiz to'g'ri edi. Ortga qarab qilgan ishlarim haqida o'ylab ko'rsam, o'rtog'im bor gapni aytdi. Kam pul topdim/topyapman.
Universitetdagi, turli kurslardagi o'qishim, bilgan narsalarim bilan potensialim hozirgidan ancha ko'p narsaga yetib bera olardi, deb o'ylayman.
Shuning uchun qilinadigan mehnat va undan oladigan kompensatsiyam nisbati oldingi ishlarimga qaraganda ancha yaxshi bo'lgan yo'nalishlarda yurmoqchiman buyog'iga. Passiv daromad yo'llari haqida ham o'ylaganman.
===
Dasturlashni o'rganishga qiziqayotganlarga aytadiganim: hamma-ham dasturchi bo'lishi shart emas. Agar hozir qo'lingizda biron hunaringiz bor bo'lsa, o'sha ishning eng zo'ri bo'lishga harakat qiling. Yaxshi ishlab turgan joyingizni tashlab dasturlashni noldan o'rganish minusingizga ham ishlab qolishi mumkin.
Dasturlashga ketkazadigan vaqt va pulingizni o'z sohangiz ustasi bo'lishga sarflasangiz, muvaffaqiyat ehtimoli ko'proq bo'ladi.
Dasturlash sohasiga kirmoqchi ekansiz, biling: yildan-yilga kirish darajasidagi mutaxassis uchun so'raladigan talablar ham ko'payib boryapti. Yetkazib o'rgana olasizmi? Siz avval so'ralgan 5 ta narsani o'rganib tugatguningizgacha yana 3 ta yangi narsa qo'shilmaydimi talablarga?
Repost from Another me
#rt
Mac Book sotiladi.
Holati: F/b
Ekran diagonali: 13"-14"
Cycle Count: 108
Tavsif: Ishlashi, holati a'lo darajada, qirilmagan, doyimiy g‘ilofda.
Xarakteristikasi:
Model: Mac Book Pro 2020
Processor: M1
OZU: 16GB
SSD: 512GB
Narxi: 1 200 у.е.
Aloqa: t.me/turoniy
Repost from challenger.
G’arbga iqtisodiy qaramlik o’z ortidan madaniy ma’naviy tobelikni ham yetkalab keladi. Mustaqil fikrlaydigan musulmonlar taraqqiyot yo’lida birlashishi kerak. Mamlakat pulu mansabga qul bo’lmagan insonlarning davlat boshqaruviga kelishi natijasidagina taraqqiy eta oladi.
G'oyam, Najmiddin Erbaqon
Repost from Odiljon Tojiyev
#Зўр_қонун #Байроқ #Муҳокамалар 🇺🇿
«Ўзбекистон Республикасининг Давлат байроғи тўғрисида»ги Ўзбекистон Республикаси Қонунига ўзгартириш ва қўшимчалар киритиш ҳақидаги қонун лойиҳасини эълон қилдик (https://parliament.gov.uz/oz/regulation/17).
Лойиҳага кўра:
🇺🇿 Давлат байроғидан спорт мусобақаларида, оммавий жисмоний тарбия тадбирларида, маданий ва ўзга оммавий тадбирларда, оилавий байрамларда, хотиравий саналарни байрам қилишда фойдаланилишга рухсат бериш;
🇺🇿 байроқдан ва унинг тасвири туширилган белгилардан жамоат жойлари ва биноларда, яшаш ёки иш жойларида ҳамда уларга туташ бўлган ҳудудларда (шу жойи зўр), транспорт воситаларининг салонида фойдаланишга рухсат бериш;
🇺🇿 Давлат байроғи тасвиридан устки кийимга безатиш учун фойдаланишга рухсат бериш; (2.0. зўр)
🇺🇿 Шунингдек, Давлат байроғини тахқирлашга йўл қўйилмаслиги ҳам аниқ белгиланмоқда.
P.S. Таклифингизни fan@parliament.gov.uz почтасига йўлланг.
Одилжон Тожиев
Repost from Temurbek Adhamov
najottalim.uz onlayn platformasiga sotuv menejeri lavozimi uchun ishga taklif qilamiz
📋 Talablar:
- o'zbek tilida ravon gapira olish;
- kompyuterdan erkin foydalana olish;
- intizom.
Ish vaqti: Moslashuvchan. Talabalar uchun ayni muddao)
Imtiyozlar:
- ijtimoiy paket;
- shinam ofis;
- tajriba ortirish;
- ta'lim sohasida yangiliklar.
Oylik maosh:
3.000.000 - 8.000.000 so'm
Quyidagi havola orqali ro’yxatdan o’tib o’zingizni sinab ko’ring.
👉 https://forms.gle/NjD8w6SeRebHBce76
CodeGPT 🧨
Kim VisualStudio (balki boshqa IDElarga ham bordir) ishlatsa CodeGPT chiqibdi. O'zi nomidan ma'lum bu ChatGPT-3 ustiga qurilgan xuddi Githubning Copilot'iga o'xshab kod yozishda, kodni tushuntirishda va avtomatik to'ldirib berishda yordam beradi. Copilotdan ancha yaxshi bo'lsa kerak deb o'ylayabman.
Chunki ChatGPTni anchadan beri ishlatyabman juda yaxshi tushuntirishlar va ko'p hollarda sifatli kod beryabdi.
O'rnatish: https://blog.openreplay.com/set-up-codegpt-in-visual-studio-code/
@akbarjondev
Assalomu alaykum, hammaga. Unicon-Soft kompaniyasiga Nodejs (Strong Junior va undan yuqori) va Angular (Strong junior va undan yuqori) dasturchilar kerak. Kimga qiziq bo'lsa lichkamga yozishingiz (@Ali_9737) mumkin. Maximal tarqatvorila, please.
@akbarjondev
Shahar shovqinini hisobga olmaganda manabu fonda ishlash maroqli kechyabdi 🙂🐦🌿
@akbarjondev
#latifaemas
Hali taxiga chiqdim. Ro'ldagi bola yosh ko'rindi. Gapdan gap chiqib ishi, o'qishi haqida gaplashdik. Aytishi bo'yicha hozirda davlat universitetida "fizvos" da 3-kurs. Birinchi imkon bo'lishi bilan Rossiyaga ishlagani ketmoqchi, zavodga.
Keyin so'radim: borish xavfli emasmi, tanishlaringizga urushga chaqiriq kelmayabdimikan? Bola parvoyam qilmay javob berdi: yo'q, lekin borganlarga yaxshi to'lashyabdi ekan.
Repost from Another me
Mohirdevda o'quv bo'limida ish bor ekan. Loyihalar ko'p. Ta'limda ishlagan, ingliz va/yoki rus tillarini biladigan, harakatchan nomzodlar bo'lsa, shu formani to'ldiring.
Jamoani, ayniqsa o'quv bo'limini juda yaxshi bilaman. Avvalo, bo'lim rahbari ustozim, yaqin akam bo'ladilar va ma'lum muddat men ham shu jamoada faoliyat yuritganman )
O'suvchan, rivojlanuvchan jamoa. Shuningdek, bir qancha imkoniyatlar ham mavjud. Oylik maosh ham yaxshi, kelishiladi.
Hozir jamoa turli hil loyihalar ustida ishlayapti. Shuning uchun, aminmanki, sarguzasht qiziqarli bo'ladi. Ayniqsa, ta'limni tizimlashtirish bo'yicha tajribangiz bo'lsa yana ham qiziqarli bo'ladi. 1 yillik reja qilinib, birmuncha katta maqsadlar qoʻyilgan. Baʼzi vazifalar mavsumiy, shunga orada masʼuliyatlar rotatsiya qilinishi ham mumkin.
Kompaniya IT sohalarini o'qitishga ixtisoslashgani uchun nomzodlar IT sohalaridan biridan xabardor bo'lsa soha vakillari bilan gaplashish, muloqot qilishda ham o'zaro to'siqlar bo'lmaydi.
Ofis ham shaharning qulay joyida. IT Park yonida. Mo'ljal, INHA universiteti.
Muhammadjavohir akani o'quvchilariga ustivorlik beriladi. Lekin, juda shart ham emas )
Yuragida oʻti borlar, bosing.
🔥, not 🌱
Share qadrlanadi )
Man bu yerda: https://t.me/elzodxon/1522 Strong Junior/Middle larni qidirishmoqda ekan.
@akbarjondev
