Matematika fanidan ma'ruza va amaliy darslar
Open in Telegram
Ushbu kanalda Hisob fanidan ma'ruza va amaliy darslarga oid materiallar, kitoblar, video ma'ruzalar berib boriladi.
Show more506
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
No data30 days
Posts Archive
kvadratik formalarga doir savollar va misollar bor qo'llanma
Har bir mavzuni takrorlab ta'rif, teorema, formulalarni o'rganib chiqinglar. Har mavzuga oid sodda misollarni qayta ishlab o'rganinglar!!
Testlar (misollar va nazariy savollar) 👆 mavzulardan olinadi!!
Matrisalarni songa ko’paytirish, matrisalarni qo’shish, matrisalarni ayirish va matrisani matrisaga ko’paytirish amallari hamda ularning xossalari.
Ikkinchi va uchinchi tartibli determinantlar va ularni hisoblash usullari. O’rin almashtirish. n-tartibli determinantning ta’rifi.
Determinantning asosiy xossalari. Minor va algebraik to’ldiruvchi tushunchalari. Laplas teoremasi.
Teskari matrisa ta’rifi. Ekvivalent almashtirishlar yordamida teskari matrisani hisoblash. Matrisa rangining ta’rifi. Matrisa rangini hisoblashning minorlar usuli. Ekvivalent almashtirishlar yordamida matrisa rangini hisoblash
Kroneker-Kapelli teoremasi. Chiziqli algebraik tenglamalar sistemasini yechishning Kramer usuli.
Chiziqli algebraik tenglamar sistemasini yechishning matrisa usuli. Chiziqli algebraik tenglamar sistemasini yechishning Gauss va Gauss-Jordan usullari.
Bir jinsli chiziqli algebraik tenglamalar sistemasing notrivial yechimi mavjudlik sharti. Bir jinsli chiziqli algebraik tenglamalar sistemasining fundamental yechimlari sistemasi. Bir jinsli va bir jinsli bo’lmagan chiziqli algebraik tenglamalar sistemalari yechimlari orasidagi bog’lanish.
Vektorlar ustidan chiziqli amallar. Chiziqli bog‘liq va chiziqli erkli vektorlar. Bazis. Ikki vektorning skalyar va vektor ko‘paytmasi. Uch vektorning aralash ko‘paytmasi
To‘g‘ri chiziq tenglamalari. To‘g‘ri chiziqlar orasidagi burchak. To‘g‘ri chiziqlarning paralellik va perpendikulyarlik shartlari.
Fazoda tekislik tenglamalari. Ular orasidagi burchak. Tekisliklarning
paralellik va perpendikulyarlik shartlari. To‘g‘ri chiziq va tekislikning o‘zaro joylashishi.
Aylana, Ellips, giperbola, parabola.
Chiziqli fazoning ta’rifi va misollar. Chiziqli fazoning o’lchovi va bazasi. Chiziqli fazo elementini bazis bo’yicha yoyish.
Chiziqli operatorning ta’rifi va misollar. Chiziqli operatorning matritsasi. Chiziqli operatorlar ustida arifmetik amallar. Chiziqli operatorlar fazosi. Chiziqli operatorlarning o’tish matritsasi. Chiziqli operatorning xos son va xos vektorlari.
Kvadratik formaning ta’rifi. Kvadratik formaning kanonik ko’rinishi. Kvadratik formani kanonik ko’rinishga keltirishning Lagranj usuli. Kvadratik formalarning musbat aniqlanganlik sharti-Silvestr kriteriysi.
Yakuniy nazoratda testlar (misollar va savollar) olinadigan mavzular!!
Mustaqil ish word matn muharririga Mathtype - matematik formulalarni yozish dasturi o'rnatilgan xolda yozilishi shart
Mustaqil ishni bajarishda quyidagi sozlamalarni bajarish zarur: 1: Shrift - Times New Roman, 2: shrift o'lchami - 12 pt, 3: varaq sozlamalari - chapdan 2.5 cm, o'ngdan - 2cm, tepadan - 2 cm, pastdan - 2cm
