Insayt Psixologiya
Open in Telegram
Insayt psixologiya va trening markazi 🟣 Oliy maʼlumotli psixologlar; 🟣 Eng zamonaviy metodikalar; Tel: +998935495568 Sahifalarimiz: http://bit.ly/insight-psixologiya Savollar: @Insayt_admin Kurslar: https://telegra.ph/INSIGHT-psixologiya-markazi-08-27
Show more2 429
Subscribers
-424 hours
+277 days
+2630 days
Posts Archive
2 429
Muvaffaqiyatli psixologik konsultatsiyaning belgilari
Psixologik konsultatsiyani faqat «mijozning kayfiyati yaxshilandi» degan me’zon bilan baholab bo‘lmaydi. Muvaffaqiyatli konsultatsiya — bu avvalo professional tashkil etilgan va mijozda muayyan psixologik o‘zgarishlarga olib kelgan jarayon.
Uning samaradorligini quyidagi shartli ko’rsatkichlarini sanab o’tishimiz mumkin👇👇👇
1. Mijoz o‘z muammosini yaxshiroq anglay boshlaydi
Konsultatsiyadan so‘ng mijozda vaziyatga nisbatan ko‘proq aniqlik paydo bo‘ladi:
• «Endi nima uchun bunday bo‘layotganini tushunyapman».
• U o‘z muammosini aniqroq ifodalay oladi.
• Faktlarni talqinlardan, his-tuyg‘ularni xatti-harakatlardan, o‘z istaklarini esa «kerak», «shart» kabi ichki majburiyatlardan ajrata boshlaydi.
• Vaziyat → fikr → his-tuyg‘u → xatti-harakat o‘rtasidagi bog‘liqlikni ko‘ra boshlaydi.
2. Vaziyatga nisbatan yangi qarash paydo bo‘ladi
Muvaffaqiyatli konsultatsiyaning muhim belgilaridan biri — mijoz ilgari sezmagan yoki anglamagan jihatlarini ko‘ra boshlashi.
Masalan:
«Men odamlarga “yo‘q” deyishdan qo‘rqaman, deb o‘ylardim. Hozir esa aslida ularni hafsalasini pir qilishdan ko‘proq qo‘rqishimni tushundim».
Bu shunchaki maslahat olish emas. Bu — o‘zini va vaziyatni anglash usulining o‘zgarishi.
3. Mijozda tanlov imkoniyati paydo bo‘ladi
Yaxshi konsultatsiya psixolog mijozga nima qilish kerakligini aytib berishi bilan yakunlanmaydi.
Aksincha, mijoz quyidagicha fikrlay boshlaydi:
«Men bunday yo‘l tutishim mumkin…»
«Menda yana boshqa variant ham bor…»
«Bu qarorni baribir o‘zim qabul qilishim kerakligini tushunyapman».
Ya’ni mijozdagi ojizlik va qaramlik hissi kamayib, uning o‘z hayotidagi subyektlik pozitsiyasi kuchayadi.
4. Mijozning o’z emotsional holatini boshqarish qobiliyati yaxshilanadi
Mijoz konsultatsiyadan albatta xursand bo‘lib chiqishi shart emas.
Ba’zan muvaffaqiyatli konsultatsiya yig‘i, qayg‘u yoki hatto vaqtinchalik ichki zo‘riqish bilan yakunlanishi mumkin.
Ammo ko‘pincha quyidagi o‘zgarishlar kuzatiladi:
• ichki chalkashlik kamayadi;
• inson o‘z emotsiyalarini aniqroq anglay boshlaydi;
• o‘z his-tuyg‘ulariga bardosh berish qobiliyati ortadi;
• «Men bilan nima sodir bo‘layotganini tushunyapman» degan holat paydo bo‘ladi.
«Menga yoqimli bo‘ldi» degani xar doim xam «konsultatsiya muvaffaqiyatli bo‘ldi», degani emas!
5. Keyingi aniq qadam shakllanadi
Konsultatsiya oxirida mijoz quyidagi uchta savolga javob bera olishi muhim:
Men nimani angladim → nimani tanlayapman → bundan keyin nima qilaman?
6. Mijoz qarorning muallifi bo‘lib qoladi
Bu professional konsultatsiyaning eng muhim mezonlaridan biridir.
Konsultatsiyadan so‘ng mijoz:
«Psixolog men uchun qaror qabul qildi», deb emas, balki:
«Psixolog menga vaziyatni tushunishga yordam berdi, ammo qarorni o‘zim qabul qildim», deb his qilishi kerak.
Nima deb o’ylaysiz, samarali psixokonsultatsiyaning yana qanday belgilari bo’ladi?
https://t.me/Insight_psixologiya
2 429
Мen juda xam hurmat qiladigan psixoanalitik-psixoterapevt Karen Xornining shunday iborasi bor:
-Muvaffaqiyatli terapiya ta’sirida xar ikkala taraf xam o’zgaradi.
Ya’ni psixolog samarali terapevtik ta’sirga ega bo’lishi uchun mijoz bilan birgalokda o’zi xam o’zgarishi kerak.
Bu iborani ilk martta, 9yil oldin o’qiganimda tushundim, deb o’ylagandim. Ammo aslida umuman tushunmagan ekanman.
Oradan 9yil o’tib, mijozlarim, ularning hikoyalari mening shaxsiy xususiyatlarim (iroda, sabr, tolerantlik, eshita olish, kuzata olish qobiliyati)ni qanchalik o’zgartishganini tushunib qoldim. Ehtimol yana 10yildan keyib bu jumlani umuman boshqacha tushunarman. Sizda -chi?
Sizni mijozlar bilan muloqot qilish o’zgartirganmi?
2 429
Professional psixolog psixolog har doim xam keyingi qaysi savolni berishni bilavermaydi.
G‘alati eshitilyaptimi?
Biz professional psixologni ko‘pincha shunday tasavvur qilamiz:
Mijoz nimanidir aytadi.
Psixolog diqqat bilan tinglaydi, biroz sukut saqlaydi va ideal savol beradi. Shundan keyin mijoz birdan hamma narsani tushunib yetadi.
Chiroyli.
Ammo real konsultatsiyada hammasi biroz murakkabroq.
Mijoz bir vaqtning o‘zida beshta mavzu haqida gapirishi mumkin.
Eridan boshlaydi, ishiga o‘tadi, onasini eslaydi, o‘n yil oldingi voqea haqida yig‘lab yuboradi va oxirida:
«Umuman olganda, o‘zimga nima bo‘layotganini tushunmayman», — deydi.
Bunday vaziyatda psixologga sehrli savol kerak emas.
Unga quyidagilarni tushunish kerak:
Hozir nima sodir bo‘lyapti?
Aytilganlarning qaysi biri konsultatsiyaning asosiy fokusidir?
Qaysi biri kontekst?
Emotsiya qayerda?
Takrorlanayotgan xulq-atvor yoki munosabatlar patterni qayerda?
Mijoz ayni paytda nimani tushunishga harakat qilmoqda? Va eng muhimi:
Hozir aynan nimani tadqiq qilish foydaliroq bo‘ladi?
Shuning uchun psixologning professionalligi uning xayolida cheksiz miqdordagi «to‘g‘ri savollar» ro‘yxati borligida emas.
Professionallik — konsultatsiya jarayonini samarali tashkil qila olish qobiliyatida.
Masalan, mijoz:
«Men erim bilan doim janjallashaman. U meni umuman tushunmaydi»
-deb aytadi.
Biz esa, quyidagi savollarni berishimiz mumkin:
— «Qanchalik tez-tez janjallashasizlar?»
— «U sizni tushunmaganida nimalarni his qilasiz?»
— “Janjaldan keyin odatda nima qilasiz?”
— «“U meni tushunmaydi” deganda nimani nazarda tutyapsiz?»
Yoki umuman bularning hech birini so‘ramasligingiz mumkin.
Chunki savolning to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligi faqat uning o‘ziga bog‘liq emas.
Muhimi — psixolog bu savol yordamida qanday professional vazifani hal qilmoqchi.
Haqiqiy konsultatsiya aynan shu yerdan boshlanadi. Yaʼni:
«Qanday savol berishim kerak?» emas, balki:
«Hozir mijoz nimani xoxlayapti va men bu jarayonda nimani tadqiq qilmoqchiman?»
Bu — bir-biridan tubdan farq qiladigan ikki xil professional pozitsiya.
Shuning uchun psixolog 100 ta texnikani bilishi mumkin, ammo baribir konsultatsiyada o‘zini yo‘qotib qo‘yishi mumkin.
Chunki texnika quyidagi savolga javob beradi: «QANDAY ishlash kerak?»
Konsultatsiyaning asosiy tuzilmasi esa boshqa savolga javob berishga yordam beradi:
«HOZIR NIMA sodir bo‘lyapti va KEYIN NIMA qilish kerak?»
Va bu ko‘nikmani shunchaki texnikalar ro‘yxatidan o‘rganish ancha qiyin.
Keyinggi postlardakonsultatsiyaning tizimli tuzilmasi xaqida gaplashamiz.
Hozir esa sizga savol:
Mijoz dastlabki murojaatidan kutilmaganda boshqa mavzuga o‘tib ketsa, odatda nima qilasiz — uning ortidan borasizmi yoki suhbatni dastlabki mavzuga qaytarishga harakat qilasizmi?
https://t.me/Insight_psixologiya
2 429
Assalomu aleykum. Dam olish kuningizga baraka tilaymiz.
Konsultatsiyani tashkil qilish mavzisini davom ettiramiz -mi?
2 429
«Men nazariyani bilaman. Lekin real mijoz qarshimda o‘tirganida, baʼzan keyin nima qilishni bilmay qolaman».
Tanish holatmi?
Siz o‘qigansiz.
Psixologiyaning asosiy yo‘nalishlarini bilasiz.
Kitoblar o‘qigansiz.
Turli texnikalarni saqlab qo‘ygansiz.
Trening va kurslarda qatnashgansiz.
Keyin konsultatsiyaga mijoz keladi va shunday deydi:
— «Nega kelganimni o‘zim ham bilmayman…»
— «Aslida hammasi joyida, lekin doim yig‘layveraman».
— «Bu munosabatlar menga to‘g‘ri kelmasligini tushunaman, lekin ketolmayapman».
— «Aqlan hammasini tushunaman, lekin baribir hech narsa o‘zgarmayapti».
Va shu paytda yoqimsiz bir fikr paydo bo‘ladi:
«Xo‘sh… endi nima qilaman?»
Qanday savol berish kerak?
Suhbatni qaysi tomonga yo‘naltirish kerak?
His-tuyg‘ularni chuqurroq o‘rganish kerakmi yoki vaziyatni tadqiq qilishmi?
Texnika qo‘llash kerakmi yoki hozircha shunchaki kontaktni saqlab turish kerakmi?
Eng qiyini esa — baʼzan konsultatsiyadan keyin psixologda shunday tuyg‘u qoladi:
«Biz gaplashdik… Lekin bu sessiyada aslida nima qildik?»
Biroq muammo har doim ham bilim yetishmasligida emas.
O‘nlab texnikalarni bilish mumkin, ammo baribir real konsultatsiyada nima qilishni bilmay qolish mumkin.
Chunki texnikalarni bilish va konsultatsiya mantig‘ini tushunish — bir xil narsa emas.
Professional konsultatsiya shunchaki savollar to‘plami emas:
«Nimani his qilyapsiz?»
«Nima deb o‘ylaysiz?»
«Nimani xohlaysiz?»
Mijozlar uchu bu siyqasi chiqqan savoldek tuyulishi 🤦♀️
Ammo ba’zan shu savollardan uyog’ga o’tolmay, miya qotib qolgandek bo’ladi-mi.
Psixokonsultatsiyada bo’ladigan doimoy jarayon:
eshitish → payqash → taxmin qilish → tekshirish → yo‘nalishni tanlash → yana tekshirish.
Shuning uchun baʼzan boshlovchi psixologga yana bitta yangi texnikadan ko‘ra, konsultatsiya jarayonini yo‘naltiruvchi aniq xarita muhimroq bo‘ladi.
Lekin qiziq savol tug‘iladi:
Agar har bir mijoz individual bo‘lsa, konsultatsiya qaysi tomonga harakatlanishi kerakligini oldindan bilish umuman mumkinmi?
Bu haqda keyingi postda gaplashamiz.
Hozir esa o‘zingiz uchun javob bering:
Konsultatsiyada siz uchun qaysi biri qiyinroq — ishni boshlashmi yoki sessiyaning 20–30-daqiqasidan keyin nima qilishni tushunishmi?
Izohlarda yozing.
https://t.me/Insight_psixologiya
2 429
Nima uchun diplomi bor, degani malakali mutaxassis ekanini anglatmaydi.
Odatta, mijozlar oldida, aynan oliy ma'lumotli psixolog mutaxassislar, bir necha oylik kurslarni bitirgan xavaskorlardan ko'proq qo'rquvni his qilishadi.
Sabablar:
-Nazariya bor, amaliyot yo'q;
-Psixolog mijoz psixikasiga nojo'ya ta'sirlar xaqida ko'proq biladi va ortiqcha ehtiyotkorlik qilishi mumkin;
- Qancha ko'p bilganing sari, shuncha kam bilgandek tuyuladi;
- Endi ish boshlayotgan psixolog o'ziga katta talablar qo'yishi, o'zini mijozni qiyayotgan muammodan qutqarishga majbur deb o'ylashi mumkin. Bu esa mijoz oldidagi havotirlarni yana xam kuchaytirishi mumkin.
Eng qizig'i, qutqaruvchilik xam, o'zini yaxshi mutaxassis ekanini isbotlashga intilish xam bitta ehtiyoj- tan olinishga bo'lgan ehtiyojdan kelib chiqadi.
Shuning uchun ko'p yillik psixologga xam, endi ish boshlaganlarga xam tashqaridan vaziyatni ko'ra oladigan intervizor va supervizor bo'lishi kerak.
Siz bu xaqida qanday fikrdasiz?
2 429
Aziz kuzatuvchilar, sizlarni yurtimiz mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy tabriklaymiz. Yurtimiz tinch, xalqimiz farovon, xar bir honadon obod bo'lishini tilaymiz.
Mustaqillik bayrami muborak bo'lsin!
Xurmat bilan INSIHT jamoasi.
2 429
“Agar noto’g’ri gap aytib qo’ysam-chi?”
So’rovnomada har ikki kishidan biri shu javobni tanladi: xato qilishdan qo’rqaman.
Ko’pchiligimiz aynan shu joydan boshlaymiz.
Lekin bir narsani aytishim kerak. Amaliyotni endi boshlayotgan psixologlar “xato” deb hisoblaydigan narsalarning ko’pi aslida xato emas.
Xato emas:
▪️ Seansdagi jimlik. Jimlik — bo’shliq emas, mijoz o’ylayotgan joy. Uni to’ldirishga shoshilmang.
▪️ “Bilmayman” deyish. “Bu savolga hozir tayyor javobim yo’q, keling birga qidiramiz”— bu zaiflik emas, rostgo’ylik.
▪️ Mijozning yig’lashi. Bu seans buzilgani emas, aksincha — ishonch paydo bo’lgani.
▪️ Bir seansda hech narsa o’zgarmagani. Terapiya bitta uchrashuvda ishlamaydi.
Mana bular haqiqiy xato:
▪️ Mijozning o’rniga xulosa chiqarish
▪️ Maslahat berishga shoshilish: “siz shunday qiling”
▪️ Yig’layotgan odamni darhol tinchlantirish — his qilib bo’lishiga yo’l qo’ymaslik
▪️ Murakkab keys bilan supervizorsiz yolg’iz qolish
Nima deyishni bilmay qolgan paytingiz uchun 3 ta jumla:
1️⃣ “Hozir ichingizda nima bo’layotganini ayta olasizmi?”
2️⃣ “Buni aytganingizda tanangizda nimani sezdingiz?”
3️⃣ “Men to’g’ri tushundimmi — siz…”
Bu savollar seansning istalgan nuqtasida ishlaydi. Eslab qoling.
Qo’rquv yo’qolgandan keyin amaliyot boshlanmaydi. Amaliyot boshlangandan keyin qo’rquv asta-sekin kamayadi.
Seansda sizni eng ko’p qo’rqitadigan vaziyat qaysi? Izohda yozing — keyingi postni eng ko’p takrorlangan javob bo’yicha yozamiz
2 429
Aziz do'stlar, bir yangilik bor.
Bu kanal ozroq vaqt jim turdi. Kanalni qayta jonlantirishdan avval sizlar orangizda so'rovnoma o'tkazdik. Natija bizni bir qarorga kelishimizga yordam berdi.
Bu yerda psixologlar ekan. Diplomi bor, lekin birinchi qadamga yuragi dov bermayotganlar. Hozir o'qiyotganlar. Yillar ishlab kelayotgan, ammo keyslarini birga muhokama qiladigan hamkasbi yo'qlar.
Bundan buyon kanal aynan shu maqsadda bo'ladi: amaliyotni qanday boshlash, seansda adashib qolganda nima qilish, qaysi metodlar ishlaydi — shular haqida gaplashamiz. Keyslarni birga tahlil qilamiz.
Chunki bu kasbda eng og'iri — bilim yetishmasligi emas, yolg'izlik. Yoningizda "meniki ham xuddi shunday bo'lgan" deydigan odam yo'qligi.
Sayyora Azlarova — Insayt markazining asoschisi, amaliyotchi psixolog
Rozaliya — KPT yo'nalishida ihslovchi amaliyotchi psixolog
Mijoz sifatida obuna bo'lgan bo'lsangiz — ketmang, foydali material baribir bo'ladi. Aynan siz uchun esa shaxsiy kanallarimiz:
@psixolog_azlarova
@psixolog_rozaliya
Yozing, tanishaylik: hozir kasbiy yo'lingizning qaysi nuqtasidasiz? 👇
2 429
So’rovnomamiz davom etadi. Ko’pchiligingiz psixolog ekansiz — rahmat javoblaringiz uchun! Endi eng muhim savol (bir nechta variant tanlasa b-di)👇
Kasbiy yo’lingizda hozir eng katta qiyinchilik nima?
2 429
Assalomu alaykum! Kanal o’quvchilarini yaxshiroq bilish uchun kichik so’rovnoma o’tkazmoqchimiz. Bir soniya vaqtingizni oladi va kanalni siz uchun manfaatli bo’lishiga xizmat qiladi🔥
Iltimos, so’rovnomada qatnashsangiz)
2 429
Қуръонда асҳобус-сабт (шанба аҳли) қиссаси келади. Менимча бу қисса бугунги замонавий инсоннинг руҳий тузоқлари ҳақидаги энг теран психологик метафора.
Унинг умумий мазмуни шундай: денгиз соҳилидаги қишлоқ. Уларга илоҳий синов берилади, яъни шанба куни балиқ овлашга тақиқ қўйилади. Лекин синов шу қадар драматикки, ҳафтанинг бошқа кунлари денгиз худди ўликдек ҳувиллаб ётади, балиқлар кўринмайди. Аммо шанба тонги отиши билан, сув юзи тўлқинланиб, минглаб балиқлар худди рақс тушаётгандек тўп-тўп бўлиб юзага чиқади. Тақиқ ва эҳтиёж юзма-юз келганда, инсон эгоси (нафси) ҳийла ўйлаб топади.
Улар қонунни ошкора бузишмайди. Жума куни кечқурун тўрларни сувга ташлаб, шанба куни тинчгина ўтказишади ва якшанба тонгида балиқларни йиғиб олишади. Тил эса мағрур пичирлайди:
«биз шанба куни балиқ тутмадик-ку, ахир!»
Шу тариқа улар аввал ўзларини алдайдилар, кейин эса...
(нафсимиз сўз орқали сохта ҳақиқатни чизиб бериши мумкин).
Бугунги кунда ушбу феномен ҳаётимизда ҳар сонияда содир бўлмоқда ва бу масала ҳеч қачон ҳозиргидек долзарб бўлмаган. Замонавий инсон ўз яширин манфаатларини, ички токсиклигини, масъулиятсизлигини ёки нафсини «чиройли номлар, замонавий трендлар ва ниқоблар» ортига шу қадар усталик билан яширадики, баъзан ўзи ҳам бу алдовга чин дилдан ишона бошлайди. Эгоизмни — «шахсий чегара» (жамият, оила ва яқинлар олдидаги бурчлардан қочиш), таъмагирликни — «стратегик шериклик» (соф, тоза муносабатларни тижоратга айлантириш), ғазабни эса — «принципиаллик» (абюзни оқлаш) деб номлайди.
Ҳолбуки, психоанализ (илмул нафс), инсон ўз тили билан қандай мантиқий қасрларни қурмасин, унинг ички олами, онг ости барибир асл ният ва мақсадни очиб бераверади. Дил ва тил бирлашмаган жойда инсон руҳан парчаланади, маънан регрессияга учраши ҳақиқат.
Бу қисса бизга, Аллоҳнинг буйруқларини ҳийла билан айланиб ўтиш уларнинг ҳукмини ўзгартирмаслигини, номларни ўзгартириш ёки ҳукмларни айланиб ўтиш билан ҳаром нарса ҳалол бўлиб қолмаслигини кўрсатади.
Аллоҳ таоло фақат амалларнинг ташқи кўринишига эмас, балки қалблардаги ният ва яширин мақсадларга қарайди. Мукаммал руҳий шифо ва ички сакинат эса — фақат ва фақат ўзимизни алдашдан тўхтаб, асл Фитратимиз (ЎЗимиз) билан юзма-юз келганимиздагина бошланади.
Муаллиф: Аброр Пўлатов.
Сиёсатшуно, психоаналитик.
https://t.me/Insight_psixologiya
2 429
Стокгольм синдроми — бу психологик ҳимоя механизми бўлиб, унда жабрланувчи ўз тажовузкорига нисбатан симпатия, боғланиш ёки ҳатто раҳм-шафқат ҳис қила бошлайди. Бу онгсиз равишда ишлайдиган ҳимоя механизми: тирик қолиш учун психика жабр қилувчини оқлашга ва дунёни унинг нигоҳи билан кўришга ўтади. Шу сабабли, жабрланувчи кўпинча уни қутқармоқчи бўлган инсонларнинг ёрдамини ҳам рад этади.
Асосий белгилари:
• Зўравонликни оқлаш. Жабрланувчи: «Мен ўзим айбдорман», «Ўзим уни жаҳлини чиқардим», деб айбни ўзига олади ёки тажовузкорни турли баҳоналар билан оқлайди.
• Кичик яхшиликни катта меҳр деб қабул қилиш. Жабрловчи бирор марта ҳақорат қилмаса ёки озгина енгиллик берса, буни жабрланувчи жуда катта меҳрибонлик сифатида қабул қилади.
• Қутқарувчиларга нисбатан ишончсизлик. Полиция, қариндошлар ёки дўстлар йтажовузкорга зарар етказиши мумкин деб ўйлаб, уларни хавф сифатида қабул қилади.
Номи қаердан келиб чиққан?
Бу атама 1973 йилда Швециянинг Стокгольм шаҳрида содир бўлган банк босқинидан кейин пайдо бўлган. Қуролли шахс банкдаги тўрт нафар ходимни олти кун гаровда ушлаб турган. Озод қилингач эса, гаровдагилар кутилмаганда ўзларини гаровга олган шахсларни ҳимоя қилган, уларга қарши гувоҳлик беришдан бош тортган ва ҳатто адвокатлари учун маблағ ҳам йиғишган.
Кундалик ҳаётда қандай намоён бўлади?
Стокгольм синдроми фақат гаровга олиш ҳолатларида эмас, балки кучлар тенг бўлмаган ва психологик ёки жисмоний босим мавжуд бўлган муносабатларда ҳам учрайди:
Токсик муносабатларда. Инсон йиллар давомида зўравонликка чидайди, жабрловчисини яқинлари олдида ҳимоя қилади ва унинг хатти-ҳаракатларини оқлайди.
Оиладаги зўравонликда. Фарзандлар ёки қарам оила аъзолари шафқатсиз ота-она ёки васийни идеаллаштириши мумкин.
Иш жойида. Ходимлар ҳақоратловчи ва қаттиққўл раҳбарни ҳаддан ташқари улуғлаб, ундан шикоят қилмоқчи бўлган ҳамкасбларини қоралашлари мумкин.
Психологлар Стокгольм синдромини руҳий касаллик деб эмас, балки оғир травмага жавоб тариқасида шаклланадиган мажбурий психологик ҳимоя реакцияси деб баҳолайдилар.
муаллиф: Наргиза Қурбонова
https://t.me/Insight_psixologiya
2 429
Assalomu aleykum. Marofon bo’layotgan kanalgan qo’shilish uchun xavola👇
https://t.me/psixolog_azlarova
2 429
4. Shaxsiy chegaralarning buzilishi (Boundary Setting)
Shaxsiy chegaralar — bu boshqa odamning ehtiyojlari qayerda tugashi va insonning o‘z huquqlari, hislari hamda cheklovlari qayerda boshlanishini ajrata olish qobiliyatidir.
Agar bolalikda insonni:
• “qulay” bo‘lishga;
• e’tiroz bildirmaslikka;
• ota-onani xafa qilmaslikka;
• munosabatni saqlash uchun o‘zini qurbon qilishga o‘rgatishgan bo‘lsa,
katta yoshda “yo‘q” deyishning o‘zi kuchli xavotir uyg‘otishi mumkin.
Psixopat yoki narsiss odatda birdan hujum qilmaydi. U avval kichik testlar o‘tkazadi:
• kelishuvlarni buzadi;
• iltimoslarni e’tiborsiz qoldiradi;
• hislarni qadrsizlantiradi;
• aybdorlik hissini uyg‘otadi;
• tobora ko‘proq yon berishni talab qiladi.
Agar inson aniq chegaralar qo‘ymasa, manipulyator buni qarshilik minimal bo‘lishining belgisi sifatida qabul qiladi.
⸻
5. Qayta viktimizatsiya (Revictimization)
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, hissiy, jismoniy yoki jinsiy zo‘ravonlikni boshdan kechirgan odamlar keyinchalik ham o‘xshash vaziyatlarga statistik jihatdan ko‘proq duch kelishadi.
Bu “ular yovuzlikni tortadi” degani emas.
Gap quyidagi omillar kombinatsiyasi haqida ketmoqda:
• erta xavf signallariga sezgirlikning pasayishi;
• tartibsiz munosabatlarning odatiy tuyulishi;
• chegaralar buzilishini normal deb qabul qilish;
• o‘zini himoya qilish huquqiga ishonchning pastligi;
• xavfni yaqinlikning tanish shakli sifatida talqin qilish moyilligi.
Psixika ong ostida xavfsiz narsani emas, balki tanish narsani tanlaydi.
⸻
Bu besh mexanizm yagona zanjirni hosil qiladi.
Nosog‘lom bog‘lanish yolg‘izlik qo‘rquvi va munosabatlarga kuchli qaramlikni yaratadi. Travmatik bog‘lanish og‘riq va umidni bir-biriga bog‘lab qo‘yadi. O‘rganilgan ojizlik vaziyatni o‘zgartirish mumkinligiga ishonchni kamaytiradi. Buzilgan chegaralar ekspluatatsiyaga chidamlilikni oshiradi. Qayta viktimizatsiya esa bir xil ssenariylarning takrorlanishiga olib keladi.
Natijada inson qayta-qayta uni ishlatadigan, qadrsizlantiradigan yoki nazorat qiladigan munosabatlarga tushib qolishi mumkin.
Ilmiy nuqtai nazardan inson “qurbon roli”ni nurlatmaydi. Manipulyatorlar travmatik tajriba ta’sirida shakllangan aniq xulq-atvor va hissiy patternlarni taniydi hamda sinovdan o‘tkazadi.
Shuning uchun barqarorlik:
• kuch namoyish qilish orqali emas,
• balki xavfsizroq bog‘lanish uslubini shakllantirish;
• travmatik bog‘lanish sikllarini tanish;
• o‘z ta’sir kuchini qayta tiklash;
• shaxsiy chegaralarni mustahkamlash;
• erta travmalarni qayta ishlash orqali rivojlanadi.
Zamonaviy psixologiya shuni ko‘rsatadiki, “qurbonni tanlash” mistik jarayon emas. Bu yirtqich xarakterdagi shaxs bilan inson tarixida shakllangan zaifliklarning qonuniy o‘zaro ta’siridir.
Inson bu mexanizmlarni anglab, ular ustida tizimli ishlay boshlaganda, u manipulyatorlar uchun “qulay nishon” bo‘lishdan chiqadi. Bu agressiv yoki qattiqqo‘l bo‘lib qolgani uchun emas, balki o‘z qadrini, chegaralarini va xavfsiz munosabatlarga bo‘lgan huquqini aniq his qila boshlagani uchundir.
https://t.me/Insight_psixologiya
2 429
Kanadalik psixologlar Betti Grayson va Morris Shteyn mashhur tadqiqotlardan birida mahbuslarga turli odamlarning videoyozuvlarini ko‘rsatib, ulardan kimni hujum uchun eng oson nishon deb bilishlarini so‘rashgan.
Natija juda ta’sirli bo‘lgan: turli jinoyatchilar ko‘pincha aynan bir xil odamlarni tanlashgan. Ular “energetika” yoki qandaydir mistik maydonni emas, balki mikro-signallarni payqashgan:
• siqilgan, ishonchsiz yurish;
• tushkun yelkalar;
• atrof-muhit bilan ishonchli kontaktning yo‘qligi;
• harakatlarning nomuvofiqligi;
• xavotir va parishonlik belgilari;
• shaxsiy chegaralarning sustligi.
Boshqacha aytganda, yirtqich instinktiv ravishda shuni “o‘qiydi”:
“Bu odam qarshilik ko‘rsatishi ehtimoli past”.
Zamonaviy psixologiyada nega ayrim odamlar qayta-qayta manipulyatorlar, narsisslar, psixopatlar va boshqa sovuq yoki ekspluatatsion shaxslar bilan munosabatlarga tushib qolishi “mistika” yoki “qurbon karmasi” bilan emas, balki bir nechta psixologik mexanizmlar bilan tushuntiriladi. Bu jarayon erta bog‘lanish tajribasi, stress neyrobiologiyasi, kognitiv sxemalar, o‘zlashtirilgan munosabat modellari va shaxsiy chegaralar xususiyatlarining o‘zaro ta’siri natijasidir.
Ilmiy yondashuv bu holatni ayniqsa beshta asosiy konsepsiya orqali tushuntiradi:
Attachment Theory, Trauma Bonding, Learned Helplessness, Boundary Setting va Revictimization.
1. Bog‘lanish nazariyasi (Attachment Theory)
Bu model asoslarini John Bowlby yaratgan va keyinchalik Mary Ainsworth rivojlantirgan.
Ushbu nazariyaga ko‘ra, bolalik davrida inson ong ostida munosabatlarning ichki xaritasini shakllantiradi — ya’ni boshqalardan nimani kutish va o‘zidan nimani kutishni belgilovchi model paydo bo‘ladi.
Agar bola sevgisi beqaror bo‘lgan muhitda ulg‘aysa, yaqinlik rad etilish bilan almashib tursa, g‘amxo‘rlik tanqid yoki hissiy noturg‘unlik bilan kechsa, unda xavotirli yoki dezorganizatsiyalashgan bog‘lanish turi shakllanadi.
Bunday odam katta bo‘lgach:
• yaqinlikka kuchli ehtiyoj sezadi;
• ammo yo‘qotishdan qo‘rqadi;
• munosabatni saqlab qolish uchun ko‘p narsaga chidashga tayyor bo‘ladi.
Manipulyator yoki psixopat buni tez sezadi. U uchun bu signal:
“Bu odam uchun tashlab ketilish juda og‘riqli, demak u uzoq vaqt davomida xavotirli belgilarni inkor qiladi, shafqatsizlikni oqlaydi va hatto munosabat vayronkor bo‘lsa ham uni saqlash uchun kurashadi”.
⸻
2. Travmatik bog‘lanish (Trauma Bonding)
Bu atama og‘riq va xo‘rlanish davrlari qisqa iliqlik, e’tibor yoki “qutqarish” lahzalari bilan almashib turadigan vaziyatda paydo bo‘ladigan paradoksal hissiy qaramlikni anglatadi.
Neyrobiologik jihatdan bu xulq-atvor psixologiyasidagi “o‘zgaruvchan mukofotlash” mexanizmiga o‘xshaydi: oldindan aytib bo‘lmaydigan mukofot qaramlikni ayniqsa kuchli mustahkamlaydi.
Inson real munosabatlarga emas, balki kamdan-kam uchraydigan yengillik lahzalariga yopishib qoladi. Sovuqqonlik, tanqid yoki zo‘ravonlikdan keyin berilgan kichikgina mehr ham dopamin va oksitotsin ajralishini kuchaytirib, quyidagi umidni uyg‘otadi:
“Demak, u baribir meni sevadi”.
Aynan shu umid odamni bunday munosabatda uzoqroq ushlab turadi.
Shu tariqa og‘riq va sevgi bir-biriga aralashib ketgan hissiy qaramlik shakllanadi.
⸻
3. O‘rganilgan ojizlik (Learned Helplessness)
Martin Seligman ishlab chiqqan bu konsepsiya shuni ko‘rsatadiki, agar inson qayta-qayta harakatlari natija bermaydigan vaziyatlarga duch kelsa, u asta-sekin o‘zini vaziyatni o‘zgartira olmaydigan odam sifatida qabul qila boshlaydi.
Katta yoshda bu quyidagi e’tiqodlarda namoyon bo‘ladi:
• “Nima qilsam ham hech narsa o‘zgarmaydi”.
• “Hamma munosabatlar shunday”.
• “Faqat chidashim kerak”.
• “Men yaxshiroq odam topa olmayman”.
Hatto chiqib ketish, himoyalanish yoki yordam so‘rash imkoni mavjud bo‘lsa ham, inson ichki jihatdan falajlangan kabi his qiladi.
Manipulyatorga endi doimiy bosim o‘tkazish ham shart emas — tizim o‘zini o‘zi qo‘llab-quvvatlay boshlaydi.
Davomi keyingi postda👇
https://t.me/Insight_psixologiya
2 429
Nima uchun hayotimizda doim manipulyator, abyuzer insonlarga duch kelib qolamiz?
To’liq matn keyingi postda👇
2 429
Мутахассисларнинг фикрига кўра, 2030 йилга келиб, меҳнат бозорида бўладиган ўзгаришлар мутахассичлар учун хам иш берувчилар учун хам яхшигина қийинчиликларни юзага келтириши мумкин экан. Ҳаётимизда рақамли муносабатларнинг кўпайиши, кўплаб мутахассисларнинг ўрнини техника ва СИ эгаллаши натижасида бир неча йилдан кейин айнан шу сохани яхши тушунадиган, тор йўналишда тажрибаси бўлган психолог мутахассисларга талаб ортишини тахмин қилишган.
Шу сабабли, хозир “Профориентация” сохасини ўрганишни бошлаган одам, беш йилдан кейин энг талабгор мутахассислардан бирига айланиши мумкин.
Бу сохага қизиқадиганлар учун ўзим билан энг яхши мутахассиснинг махсус курсларини тавсия қиламан. Батафсил маълумот учун 👇
+998 977545155
https://t.me/ziyodanab
