en
Feedback
Web King | Dasturchilar oilasi

Web King | Dasturchilar oilasi

Open in Telegram

Maktabgacha ta’lim yoshidan Oliy ta’limgacha Web Kingda ta’lim oling❗️ 🏫 Maktabgacha ta’lim 📚 School 🎗 General English & IELTS 🔝 IT Academy 📞+998944107279 🚀 Biz nafaqat ta’lim beramiz ,balki insonlar hayotini o’zgartiramiz❗️

Show more
410
Subscribers
+224 hours
No data7 days
-1230 days
Posts Archive
Bugun Andijon viloyati hokimi Baliqchi tumani da bo‘lib, Sarnavul MFY hududida o‘tkazilgan startap loyihalar taqdimoti bilan
+4
Bugun Andijon viloyati hokimi Baliqchi tumani da bo‘lib, Sarnavul MFY hududida o‘tkazilgan startap loyihalar taqdimoti bilan tanishdi. Taqdimotda MBSI maktabida amalga oshirilayotgan ishlar, yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar va startap yo‘nalishidagi loyihalar haqida ma’lumot berildi. Yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bunday uchrashuvlar kelgusidagi ishlar uchun muhim ahamiyatga ega.

📊 Hurmatli ota-onalar! Maktabimizda yangi ta’lim platformasi ishga tushirildi. Ushbu platforma sababli farzandlaringiz uyga vazifalarni bajaryaptimi, darslarga qiziqishi va faolligida ijobiy o‘zgarishlar bormi — biz uchun juda muhim. 📝 Iltimos, qisqa so‘rovnomada ishtirok etib, o‘z fikringizni bildiring. Sizning javoblaringiz ta’lim sifatini yanada yaxshilashga xizmat qiladi. Oldindan rahmat! 🙏 Javob berish uchun bosing. S.Turdaliyev

📢 MBSI maktabida ishga taklif qilamiz! Quyidagi fanlar bo‘yicha malakali ustozlarni ishga olamiz: 🧠 Mental arifmetika 🇬🇧
📢 MBSI maktabida ishga taklif qilamiz! Quyidagi fanlar bo‘yicha malakali ustozlarni ishga olamiz: 🧠 Mental arifmetika 🇬🇧 Ingliz tili 📐 Matematika 📌 Talablar: ✅ Kamida 2 yil ish tajribasi ✅ O‘quvchilar bilan ishlash ko‘nikmasi ✅ Mas’uliyatli va intizomli bo‘lish 📍 MBSI jamoasiga qo‘shiling va birgalikda natija qilaylik! 📞 Batafsil ma’lumot uchun: +998944107279

Baliqchi tumanida xalqaro olimpiadaning ingliz tili fanidan tuman bosqichi yuqori saviyada bo‘lib o‘tdi. Olimpiada ikki yosh toifasida tashkil etildi: 🔹 Junior — 6–10 yosh 🔹 Senior — 11–18 yosh Qizg‘in va bilimga boy bahslar natijasida: 🏆 Junior toifasida 1-o‘rinni Baliqchi tumani 16-umumta’lim maktabi jamoasi egalladi. 🏆 Senior toifasida esa 1-o‘rin Web King xususiy maktabi jamoasiga nasib etdi. G‘olib jamoalar joriy yilning 23–25 kunlari o‘tkaziladigan viloyat bosqichida ishtirok etib, tumanimiz sharafini himoya qiladilar. G‘oliblarga omad va yuqori natijalar tilaymiz!

Hozirgi kunga qadar maktabimiz o’quvchilariga 15000 dan ortiq coinlarni tarqatdik. Tangalar quyidagi tartibda beriladi: 10 ba
Hozirgi kunga qadar maktabimiz o’quvchilariga 15000 dan ortiq coinlarni tarqatdik. Tangalar quyidagi tartibda beriladi: 10 ball = 6 tanga Yangi haftadan o’quvchi 60 balldan o’tgan taqdirda coin olishi mumkin bo’ladi. Hafta davomida maktab bo’yicha 1-o’rin sohibiga 100 tanga bonus beriladi. Sinf bo’yicha eng yuqori ball olgan o’quvchi uchun 30 tanga bonus beriladi. O’quvchilar ushbu tangalarga MBSI marketdan kerakli narsalarni xarid qilishlari mumkin. P.S MBSI marketda Tab A10 planshetini narxi 1200 tanga bo’lishi kutilmoqda. S.Turdaliyev

Рrеmium Верul Oling! https://cutt.ly/MtQkkcMk

MBSI AI platformasida maxsus tangalar tizimi yo’lga qo’yildi. Ushbu tizim o’quvchini haftalik baholarini real maktabning rasm
MBSI AI platformasida maxsus tangalar tizimi yo’lga qo’yildi. Ushbu tizim o’quvchini haftalik baholarini real maktabning rasmiy pul birliklariga aylantirish imkoniyatiga ega bo’ladi. Tangalar orqali “Milliy Reyting” imtihonlari sayohatlariga bilet yutib olishlari. Auksion orqali maxsus sovg’alarni yutib olishlari. MBSI market orqali kundalik ta’lim jarayonida kerakli o’quv qurollarini maktab brendi tushurilgan holatda xarid qilishlari imkoniyatlari yaratiladi. Ushbu tizim o’quvchilarni rag’batlantirish uchun munosib yechim bo’ladi deb umid qilamiz. S.Turdaliyev

MBSI maktabida Baliqchi tumanini rivojlantirishga qaratilgan ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha StartUp loyihalar taqdimoti bo‘lib
+4
MBSI maktabida Baliqchi tumanini rivojlantirishga qaratilgan ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha StartUp loyihalar taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Jasurbek Abdurayimov ishtirok etib, taqdim etilgan loyihalar yuzasidan aniq vazifalar belgilab, amalga oshirish bo‘yicha topshiriqlar berdi. Taqdimot davomida hududni raqamlashtirish va xizmatlar sifatini oshirishga qaratilgan: — MBSI AI – aqlli maktab boshqaruv tizimi — Daftaron – moliyaviy boshqaruv platformasi — BeeExpress – tezkor yetkazib berish xizmati — E-murojaat – onlayn xalq qabulxonasi tizimi Mazkur loyihalar Baliqchi tumanida innovatsion muhitni shakllantirish, shaffof boshqaruvni yo‘lga qo‘yish hamda aholi uchun qulay xizmatlar yaratishga xizmat qiladi.

🚀 MBSI AI yana ishga tushdi! Texnik yangilanishlar muvaffaqiyatli yakunlandi va MBSI AI platformasi yana odatdagi tartibda ishlamoqda. 🔗 Botga kirish uchun havola: 👉 @MBSIRobot Barcha foydalanuvchilarni tizimdan foydalanishni davom ettirishga taklif qilamiz! 💙

📢 E’LON! Hurmatli ota-onalar, o‘qituvchilar va o‘quvchilar! MBSI AI platformasida 2026-yil 16-fevral kunidan boshlab 17-fevral soat 17:00 ga qadar texnik yangilanish ishlari olib boriladi. 🔧 Mazkur jarayon davomida platforma vaqtincha ishlamasligi mumkin. Yangilanishlardan maqsad — tizim tezligini oshirish, yangi funksiyalar qo‘shish va foydalanuvchilar uchun yanada qulay imkoniyatlar yaratishdir. ⏳ Iltimos, ushbu vaqt oralig‘ida platformaga kirishda yuzaga keladigan noqulayliklarni inobatga oling. Yangilanish ishlari yakunlangach, tizim odatdagi tartibda ishlashni davom ettiradi. Tushunganingiz uchun rahmat! 💙

🚀 “Start-up Youth” – O‘z g‘oyangizni moliyalashtirish vaqti keldi! Yoshlar uchun katta imkoniyat! Endi sizning innovatsion g
🚀 “Start-up Youth” – O‘z g‘oyangizni moliyalashtirish vaqti keldi! Yoshlar uchun katta imkoniyat! Endi sizning innovatsion g‘oyalaringiz amaliy biznesga aylanishi mumkin. Baliqchi tuman hokimligi tomonidan yoshlarning startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, ularni moliyalashtirish hamda g‘oyadan real biznesga olib chiqish maqsadida maxsus tadbir tashkil etilmoqda. 📅 16-fevral 🕙 Soat 10:00 da 📍 Webking IT Akademiyasi Agar sizda istiqbolli loyiha, yangi biznes g‘oya yoki innovatsion taklif bo‘lsa — ushbu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! Kelajak bugundan boshlanadi. G‘oyangizni olib keling – biz uni birgalikda rivojlantiramiz! 💡🔥 Roʻyxatdan oʻtish uchun quyidagi formni toʻldiring 👇👇👇👇👇 Roʻyxatdan oʻtish

📢 E’LON! Hurmatli MBSI o‘quvchilari! Imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan o‘quvchilar uchun 11-kuni Muz saroyiga sayohat tashkil etilmoqda ❄️⛸️ Bu safar sizlarni quvnoq dam olish, muz ustida uchish va unutilmas taassurotlar kutmoqda! 👉 Faqat imtihondan o‘tgan o‘quvchilar qatnashadi. 👉 Belgilangan vaqtda tayyor bo‘lib turishingiz so‘raladi. Barchangizga maroqli hordiq tilaymiz! 🎉

MBSI School — / Machine Learning / Deep Learning mutaxassislarini ishga taklif qiladi! Mahmudxo‘ja Behbudiy nomidagi STEM ixt
MBSI School — / Machine Learning / Deep Learning mutaxassislarini ishga taklif qiladi! Mahmudxo‘ja Behbudiy nomidagi STEM ixtisoslashtirilgan maktab jamoasiga sun’iy intellekt yo‘nalishida faoliyat yuritadigan mutaxassislarni qidirmoqda. 📍 Manzil: Andijon viloyati, Baliqchi tumani, Chinobod shaharchasi 💻 Toshkentdan online ishlash imkoniyati ham kelishuv asosida mavjud. 🔍 Talablar: • Python tilini yaxshi bilish • Machine Learning va Deep Learning asoslarini puxta tushunish • Data preprocessing va model train qilish tajribasi • TensorFlow / PyTorch bilan ishlash ko‘nikmasi • Real loyihalarda qatnashgan bo‘lishi ustunlik beradi • Junior++ yoki Middle daraja 💼 Taklif qilamiz: • Barqaror va rivojlanayotgan muhit • Qiziqarli STEM loyihalarda ishlash • O‘sish va malaka oshirish imkoniyati • Kelishuv asosida ish haqi • Online yoki offline ishlash variantlari 📩 Murojaat uchun: Telegram: @Sardorbek_Turdaliyev1 ☎️ Telefon: +998 99 982 59 20

📢 YANGILIK! MBSI AI ilovasida yangi imkoniyatlar! Mahmudxo’ja Behbudiy nomidagi STEM fanlarga ixtisoslashtirilgan maktab o‘q
+1
📢 YANGILIK! MBSI AI ilovasida yangi imkoniyatlar! Mahmudxo’ja Behbudiy nomidagi STEM fanlarga ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari va ota-onalari uchun MBSI AI ilovasida yana bir qulaylik ishga tushdi! ✅ Endilikda ilova orqali: 📌 O‘quvchining o‘zlashtirish natijalarini (baholar va umumiy ball) ko‘rish 📌 Maktab bo‘yicha reytingdagi o‘rnini bilish 📌 Sinf/guruh bo‘yicha o‘rni va natijalarini solishtirish 📌 Haftalik reyting va jami baholarni kuzatib borish imkoniyati qo‘shildi Bu yangilik ota-onalarga farzandining bilim darajasini aniq nazorat qilish, o‘quvchilarga esa yanada faolroq o‘qib, yuqori natijalarga erishish uchun motivatsiya beradi! 🚀 📲 MBSI AI ilovasini yangilang va natijalarni real vaqt rejimida kuzating! Telegram

🎉 Quvonchli yangilik! 🎉 Hurmatli ota-onalar va aziz o‘quvchilar! “Milliy Reyting” imtihonlarida g‘olib bo‘lgan o‘quvchilarimiz uchun ajoyib sovg‘a tayyor! 🏆👏 📅 10-fevral kuni g‘olib o‘quvchilarimiz Muz saroyiga sayohat qilishadi! ❄️⛸ Shuningdek, navbatdagi “Milliy Reyting” imtihoni: 📌 15-mart sanasida bo‘lib o‘tadi. ✅ Keyingi imtihonlar online formatda o‘tkaziladi. 📊 Natijalar esa MBSI AI platformasi orqali baholanib, aniq va shaffof tarzda hisoblab boriladi. Ha aytgancha MBSI AI botidagi baholaringiz ham reytingda hisobga olinadi. Barchaga omad tilaymiz! 🚀 Yangi g‘alabalarga birga intilamiz! 💪✨

Hurmatli ota-onalar! MBSI maktabida o‘quvchilarning bilim olishini nazorat qiluvchi yangi elektron tizim ishga tushirildi. Us
Hurmatli ota-onalar! MBSI maktabida o‘quvchilarning bilim olishini nazorat qiluvchi yangi elektron tizim ishga tushirildi. Ushbu tizim orqali siz farzandingizning fanlardan olgan baholari, oylik, choraklik va yillik o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini aniq va muntazam kuzatib borishingiz mumkin bo‘ladi. Shuningdek, sun’iy intellekt asosida farzandingiz qaysi fanlarga iqtidorli ekani va qaysi fanlarni o‘zlashtirishda qiynalayotgani haqida tahliliy ma’lumotlar taqdim etiladi. Mazkur tizimga barcha ota-onalarning ulanishi majburiy. Hozirda ota-onalarning 50 foizi tizimga ulangan. Iltimos, hali ulanmagan ota-onalar zudlik bilan maktabning qabul bo‘limiga murojaat qilishingizni so‘raymiz. @MBSI_qabul

Repost from N/a
• MUNDA YANA NATIJALAR! Namangan × Namangan NAMSIFL hamkorligida o‘tkazilgan MODEL UNITED NATIONS (MUN) konferensiyasida Unio
+6
• MUNDA YANA NATIJALAR! Namangan × Namangan NAMSIFL hamkorligida o‘tkazilgan MODEL UNITED NATIONS (MUN) konferensiyasida Union sinfi a’zolari munosib ishtirok etib, katta yutuqlar bilan qaytishdi. 📅 25.01.2026 🔹 Robiya Komiljonova — Chair of WHO Committee 🔹 Dilnura Kuvvataliyeva — Co-Chair of WHO Committee 🔹 Ozodbek Qahhorov — Best Delegate in WHO Committee 🔹 Behruzbek Komiljonov — Best Delegate in UNGA Committee Union o'quvchilari sovrinlarini qo‘lga kiritib, maktabimiz sharafi munosib himoya qilindi! Yangi marralar sari birga! 🚀 #StudentsUnion #MUN 📱Telegram

📢 YANGI RAQAMLI IMKONIYAT! Mahmudxo‘ja Behbudiy nomidagi STEM fanlarga ixtisoslashgan maktabida zamonaviy elektron dastur is
📢 YANGI RAQAMLI IMKONIYAT! Mahmudxo‘ja Behbudiy nomidagi STEM fanlarga ixtisoslashgan maktabida zamonaviy elektron dastur ishga tushirildi! 🚀 Endilikda ota-onalar va o‘quvchilar: ✅ Farzandining baholarini real vaqt rejimida ko‘rish ✅ O‘rtacha o‘zlashtirish natijasini kuzatish ✅ Maktab va sinf bo‘yicha reytingdagi o‘rnini bilish ✅ Baholarni maxsus MBSI Coinlarga almashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar 📝 Shuningdek, ushbu chorakdagi “Milliy Reyting” imtihonlari ham aynan ushbu dastur orqali online formatda o‘tkaziladi. Biz ta’limda ochiqlik, qulaylik va raqamli rivojlanishni tanlaymiz!

🔥🎓📄 CEFR MOCK — HAQIQIY IMTIHON ATMOSFERASIDA 📄🎓🔥 Yaqin kunlarda CEFR topshirmoqchi bo‘lganlar uchun 🤝 Mock Center × MBSI maktabi hamkorligida maxsus CEFR mock imtihon o‘tkaziladi.✅ 🗂Imtihon maksimal darajada BBA formati bilan birga-bir atmosferada tashkil qilinadi: kamera nazorati,📸 yakka stollar,✅ haqiqiy imtihon muhiti⏰ va real imtihonda tushish ehtimoli bor materiallar🍀 keyinchali o'quvchilar imtihonda hayajonlanishili oldini oladi.📌 Test ishlari malakali o‘qituvchilar tomonidan real baholanadi,🌟 natijalar esa sizning hozirgi darajangizni aniq ko‘rsatadi.☄️💥 📅 Imtihon sanasi : Shanba 12:00 da 📥Ro‘yxatdan o‘tishning va to'lovning oxirgi kuni: -Chorshanba 📍 Joy : Mahmudxo'ja Bebudiy xususiy maktabi🏬 🎁 Bonus: Imtihon kuni barcha ishtirokchilarga 💧 suv 🖊 bir xil ruchka 📄 real answer sheet taqdim etiladi. Narxi : 30.000 so'm 💵 📊Joylarimiz cheklangan❌ 📩 Ro‘yxatdan o‘tish uchun @Darienbek ga yozing yoki +998200112076 ga qoʻngʻiroq qiling ☎️

🎉 Faxrli yutuq bilan tabriklaymiz! 🎉 MBSI maktabining 10-sinf o‘quvchisi Qambarov Nurillo ingliz tili bo‘yicha CEFR xalqaro
🎉 Faxrli yutuq bilan tabriklaymiz! 🎉 MBSI maktabining 10-sinf o‘quvchisi Qambarov Nurillo ingliz tili bo‘yicha CEFR xalqaro imtihonida B2 darajani muvaffaqiyatli qo‘lga kiritdi! 🇬🇧✨ Bu natija — Nurilloning tinimsiz mehnati, qat’iy intilishi va ustozlarimizning samarali ta’limi samarasi hisoblanadi. B2 daraja uning ingliz tilida erkin muloqot qila olishini va xalqaro ta’lim standartlariga mos tayyorgarlikka ega ekanini ko‘rsatadi. 👏 Qambarov Nurilloni ushbu muhim muvaffaqiyati bilan chin dildan tabriklaymiz! 🚀 Kelgusida yanada yuqori natijalar va katta marralar tilaymiz! MBSI maktabi — bilim va natija uyg‘unligi! 📚🔥