Web King | Dasturchilar oilasi
Open in Telegram
Maktabgacha ta’lim yoshidan Oliy ta’limgacha Web Kingda ta’lim oling❗️ 🏫 Maktabgacha ta’lim 📚 School 🎗 General English & IELTS 🔝 IT Academy 📞+998944107279 🚀 Biz nafaqat ta’lim beramiz ,balki insonlar hayotini o’zgartiramiz❗️
Show more410
Subscribers
+224 hours
No data7 days
-1230 days
Posts Archive
Repost from MBSI School | Rasmiy kanal
🎯 Natija gapiradi!
Bizning o‘quvchimiz
Murojiddinova Muslimaxon
📚 Matematika fanidan
🏆 B daraja (86.92%) natijani qo‘lga kiritdi!
Bu — mehnat, intizom va to‘g‘ri yo‘naltirish natijasi 💪
📌 Siz ham shunday natijalarga erishmoqchimisiz?
Biz bilan birga harakat qiling!
https://t.me/Mahmudxoja_Behbudiy_maktabi
Repost from MBSI School | Rasmiy kanal
+1
🔥 Yana bir katta natija! Yana bir faxr!
📍 Qirg‘iziston Respublikasida o‘tkazilgan tadbirda
Mahmudxo‘ja Behbudiy maktabi o‘quvchilari munosib ishtirok etib, yuqori natijalarni qo‘lga kiritdilar 💪
🏆 G‘oliblarimiz:
🥇 Qobulov Husanboy – 1-o‘rin
🥇 Rustamov Muhammadqodir – 1-o‘rin
🥈 Ibrohimov Oyatillo – 2-o‘rin
Bu natijalar — mehnat, intilish va to‘g‘ri yo‘naltirish samarasi 🔥
👏 G‘oliblarimizni chin dildan tabriklaymiz va ularga yanada ulkan zafarlar tilaymiz!
✨ Siz ham farzandingizni shunday natijalarda ko‘rishni xohlaysizmi?
Unda biz bilan birga bo‘ling!
🚀 Mahmudxo‘ja Behbudiy maktabi — kelajak poydevori!
🔗 Batafsil:
https://t.me/Mahmudxoja_Behbudiy_maktabi
📩 Qabul uchun:
@MBSI_qabul
Repost from MBSI School | Rasmiy kanal
🌸 "Balli qizlar" tanlovi – iqtidor va go‘zallik uyg‘unligi! 🌸
Mahmudxo‘ja Behbudiy maktabida qizlarimiz uchun unutilmas tadbir tashkil etildi 💫
Mazkur tanlovda 7 ta jamoa faol ishtirok etib, o‘z bilim va iqtidorlarini namoyish etdi.
🏆 G‘oliblarimiz:
🥇 1-o‘rin – Tibbiyot yo‘nalishi
🥈 2-o‘rin – 4-sinf ishtirokchisi
🥉 3-o‘rin – STEM 7 yo‘nalishi
Barcha qatnashchilarimizni chin dildan tabriklaymiz! Sizlar – kelajagimiz faxrisiz 🌟
📚 Bizning maktab – bu faqat ta’lim emas, bu rivojlanish, imkoniyat va katta orzular sari yo‘l!
Farzandingizni biz bilan birga muvaffaqiyat sari yetaklang 🤝
📩 Murojaat uchun:
👉 @MBSI_qabul
Repost from MBSI School | Rasmiy kanal
+1
🎉 MBSI maktab TOP-30 natijalari e’lon qilindi! 🎉
Hurmatli o‘quvchilar va ota-onalar!
MBSI maktabimizda o‘tkazilgan saralash natijalariga ko‘ra, TOP-30 o‘quvchilar ro‘yxati rasman e’lon qilindi
👏 Barcha g‘oliblarni chin yurakdan tabriklaymiz!
Sizlarning mehnatingiz, intilishingiz va bilimga bo‘lgan ishtiyoqingiz yuqori natija berdi.
📌 TOP-30 ga kira olmagan o‘quvchilarimiz ham aslo tushkunlikka tushmasin — oldinda yana ko‘plab imkoniyatlar bor!
🚀 Oldinga intiling, yanada katta yutuqlar sizni kutmoqda!
Hurmat bilan,
MBSI maktab ma’muriyati
📢 MBSI maktab TOP-30 natijalari tayyor!
Hurmatli o‘quvchilar va ota-onalar!
MBSI maktabimizda o‘tkazilgan saralash natijalari chiqdi
🔥 Agar ushbu post 50 ta reaksiya yig‘sa, TOP-30 ro‘yxatini e’lon qilamiz!
👍 Layk bosishni unutmang va faol bo‘ling!
📊 Sizning qo‘llab-quvvatlashingiz biz uchun muhim!
Hurmat bilan,
MBSI maktab ma’muriyati
Repost from Sardorbek Turdaliyev Blog
+1
Bugun hayotimning eng mazmunli bo‘lagida yana bir yoqimli g‘alabani his qildim. Rostini aytsam, avval buni bunchalik chuqur anglamagan ekanman.
Yuqoridagi rasmlarda 2023-yildagi Web King jamoasi va 2026-yildagi MBSI jamoasining tog‘ sayohatidagi lahzalari aks etgan.
Kechagiday esimda,2021-yilda ushbu biznesni atigi 2 nafar xodim bilan boshlagan edik. 2023-yilga kelib jamoamiz 13 nafarga yetgan. Bugun esa bu qaysar orzu ortidan shakllangan jamoa 60 nafardan ortiq fidoiy, jonkuyar, o‘z ishini sevadigan va eng muhimi samimiy insonlarni birlashtirdi.
Ana shunday insonlar bilan yurtimizning tayanchi bo‘lgan ta’lim yo‘nalishida xalqimizga xizmat qilish -bu men uchun katta baxt.
Inshaalloh, bu yil jamoamiz 100 nafarga yetadi. Va men ishonch bilan ayta olamanki, Olloh nasib etsa, ushbu ta’lim klasteri kelajakda 50 000 dan ortiq insonlarni o‘z bag‘riga oladigan ulkan korporatsiyaga aylanadi.
Biz shunchaki daromad birlashtirgan jamoa emasmiz.
Biz — ulkan maqsad yo‘lida birlashgan, birga o‘sayotgan katta oilamiz.
Repost from MBSI School | Rasmiy kanal
Ertaga barcha o‘quvchilarimizga Hayit bayrami munosabati bilan hayitlik sifatida 50 coin taqdim etiladi.
Barchangizni Hayit bayrami bilan muborakbod etamiz! Sizlarga sog‘lik, baxt va ulkan zafarlar tilaymiz.
Hurmat bilan,
MBSI maktab jamoasi
MBSI Telegram kanali
Hurmatli ota-onalar va aziz o‘quvchilar!
🌙 Yaqinlashib kelayotgan Hayit bayrami munosabati bilan maktabimizda qisqa muddatli tanaffus e’lon qilinadi.
✨ Ushbu muborak kunlarda barchangizga sihat-salomatlik, xonadonlaringizga tinchlik, fayzu-baraka va quvonch tilaymiz. Farzandlaringiz bilan birga bayramni ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazishingizni tilab qolamiz.
📅 MBSI maktabida darslar 24-sanadan boshlab odatdagi tartibda davom etadi.
❗ Iltimos, barcha o‘quvchilar belgilangan sanadan boshlab darslarga o‘z vaqtida qatnashishlarini ta’minlang.
Barchangizni yana bir bor Hayit bayrami bilan samimiy muborakbod etamiz! 🤲🌙
Hurmat bilan,
MBSI maktabi ma’muriyati
Repost from Baliqchi tumani hokimligi matbuot xizmati
#Baliqchi_yoshlar_kuni
Балиқчи туманида “Рақамли шаҳар” дастури ишга туширилмоқда.
Мазкур лойиҳа доирасида туман инфратузилмасини рақамлаштириш, давлат хизматларини янада тезкор ва қулай кўрсатиш ҳамда аҳолининг кундалик ҳаётини енгиллаштиришга қаратилган замонавий ахборот технологиялари жорий этилади.
Дастур доирасида коммунал хизматлар, транспорт, хавфсизлик, видеокузатув каби қатор соҳаларда рақамли тизимлар йўлга қўйилиши режалаштирилган. Бу эса туман бошқаруви самарадорлигини ошириш ва аҳолига хизмат кўрсатиш сифатини яхшилашга хизмат қилади.
Мазкур лойиҳа ҳақида батафсил маълумотни “Ахборот 24” ахборот дастурида томоша қилишингиз мумкин.
Website
Telegram Instagram
Facebook Youtube
Repost from MBSI School | Rasmiy kanal
+2
📚 Yana bir quvonchli natija!
Maktabimiz o‘quvchilari ona tili va adabiyot fanidan o‘tkazilgan Milliy sertifikat imtihonida munosib natijalarni qo‘lga kiritishdi.
🏅 O‘rmonjonova Shodiyona — B+ daraja
🏅 Qahhorov Ozodbek — B daraja
🏅 Rahimjonov Dilshodbek — C+ daraja
Ushbu natijalar o‘quvchilarimizning bilimga bo‘lgan intilishi, ustozlarimizning mehnati va tinimsiz izlanishlari samarasi hisoblanadi.
O‘quvchilarimizni ushbu yutuqlari bilan tabriklaymiz va kelgusidagi ilmiy faoliyatlarida ulkan zafarlar tilaymiz! 🎉
MBSI maktabi jamoasi
Repost from MBSI School | Rasmiy kanal
Yangi yutuq! 🎉
Maktabimizning xorijiy til yo‘nalishi 2-guruh o‘quvchisi Oqilova Mohichehra rus tili fanidan Milliy sertifikat B darajasini muvaffaqiyatli qo‘lga kiritdi.
Bu natija Mohichehraning tirishqoqligi, ustozlarimizning mehnati hamda ota-onalarining qo‘llab-quvvatlashi samarasi hisoblanadi.
O‘quvchimizni ushbu yutug‘i bilan samimiy tabriklaymiz va kelgusidagi yanada katta muvaffaqiyatlar tilaymiz! 🌟
MBSI maktabi – natija qiladigan ta’lim maskani!
Repost from Sardorbek Turdaliyev Blog
📢 E’LON
16–20 mart kunlari MBSI maktabida o‘quvchilar bilimini baholash maqsadida “Milliy Reyting” imtihonlari o‘tkaziladi.
🏆 Imtihon natijalariga ko‘ra eng yuqori ball to‘plagan TOP 30 nafar o‘quvchi uchun maxsus sovg‘a tayyorlangan — ular tog‘ sayliga piknikga olib chiqiladi.
Bu nafaqat bilimni sinovdan o‘tkazish, balki o‘quvchilarni yanada ko‘proq o‘qishga, yuqori natijaga erishishga rag‘batlantirish uchun ajoyib imkoniyatdir.
📅 Sana: 16–20 mart
📍 Joy: MBSI maktabi
Barcha o‘quvchilarga omad tilaymiz! 💫
Eng yaxshi natija ko‘rsatib, TOP 30 talikka kirishga harakat qiling!
Repost from MBSI School | Rasmiy kanal
📢 E’LON
Hurmatli o‘quvchilar va ota-onalar!
Ertaga rasman dam olish kuni deb e’lon qilingani sababli MBSI maktabida darslar bo‘lmaydi.
Dars mashg‘ulotlari keyingi kundan boshlab odatdagi tartibda davom etadi.
Hurmat bilan,
MBSI maktab ma’muriyati.
Repost from MBSI School | Rasmiy kanal
+1
Assalomu alaykum, hurmatli Baliqchi tumani ayollari va qizlari!
Sizlarni 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan samimiy tabriklaymiz.
Sizlar oilaning tayanchi, jamiyatimizning muhim qismi sifatida har kuni sabr, mehr va fidoyilik bilan barchamizga kuch bag‘ishlab kelmoqdasiz.
Sizlarga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt, xonadonlaringizga tinchlik va farovonlik tilaymiz.
Bayramingiz muborak bo‘lsin!
https://t.me/Mahmudxoja_Behbudiy_maktabi
Repost from Sardorbek Turdaliyev Blog
+1
📢 Hurmatli ota-onalar!
MBSI AI platformasiga yangi “Jarimalar” bo‘limi qo‘shildi. Endilikda ota-onalar farzandining maktabdagi odobi va xatti-harakatlari haqida platforma orqali ma’lumot olib borishlari mumkin. Baholash maktabning ichki tartib-qoidalari nizomi asosida amalga oshiriladi.
🔹 -3 ball jarima – o‘quvchi MBSI Marketda savdo qilish, Milliy reyting imtihonlarida qatnashish, sayillarda ishtirok etish va coin olish imkoniyatidan vaqtincha mahrum bo‘ladi.
🔹 -12 ball jarima – o‘quvchining platformasi bloklanadi va ota-onasiga 2 100 000 so‘m jarima belgilanadi.
✅ O‘quvchi jarimani kamaytirish uchun:
• MBSI Market orqali +1 ball sotib olishi
• Badiiy kitob o‘qib test topshirib +1 ball olishi mumkin.
Bu tizim o‘quvchilarda intizom va mas’uliyatni kuchaytirish maqsadida joriy etildi.
S.Turdaliyev
Repost from MBSI School | Rasmiy kanal
🌸 8-Mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan!
💐 MBSI maktabimizning barcha qizlarini bayram bilan samimiy tabriklaymiz!
✨ Bayram munosabati bilan maktabimiz qizlariga 50 coindan taqdim etamiz.
Hurmat bilan,
Jasurbek Sherqoziyev
MBSI maktab direktori
Repost from Sardorbek Turdaliyev Blog
+5
Bugun Baliqchi tumanida mahallalar uyushmasi raisi ishtirokida yosh tadbirkorlar tomonidan startap loyihalar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Taqdimot sun’iy intellekt va raqamlashtirish sohasiga bag‘ishlanib, yuqori saviyada tashkil etildi. Unda mahallalar uyushmasi raisi Qur’onboyev Qahramon Qo’chqarovich ishtirok etib, yoshlar tomonidan ishlab chiqilgan loyihalar bilan yaqindan tanishdi.
Taqdimot davomida zamonaviy texnologiyalar, innovatsion yechimlar hamda raqamli transformatsiya yo‘nalishidagi amaliy ishlanmalar namoyish qilindi. Bildirilgan fikr-mulohazalarda loyihalar yuqori baholanib, ularni yanada rivojlantirish va amaliyotga joriy etish muhimligi alohida ta’kidlandi.
Bunday uchrashuvlar yosh tadbirkorlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, hududda innovatsion muhitni shakllantirish va yangi ish o‘rinlarini yaratishda muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.
Repost from Sardorbek Turdaliyev Blog
+1
MBSI AI platformasida yangilik!
Endilikda MBSI AI platformasida MBSI Market rasman ishga tushdi! 🎉
MBSI Market orqali o‘quvchilar o‘z faolligi, bilim va natijalari evaziga to‘plagan ballari yoki tangalari asosida turli mahsulot va xizmatlarni xarid qilishlari mumkin.
Endi har bir o‘quvchi:
✔️ Platformadagi yutuqlarini real sovg‘alarga almashtirishi
✔️ Maxsus taklif va aksiyalarda ishtirok etishi
✔️ Rag‘batlantirish tizimi orqali yanada faol bo‘lishi mumkin
Bu loyiha o‘quvchilarning motivatsiyasini oshirish, ularni raqamli muhitda faol va mas’uliyatli bo‘lishga undash maqsadida yo‘lga qo‘yildi.
MBSI Market — bilimdan manfaat sari yana bir qadam! 🚀
S.Turdaliyev
Repost from Baliqchi tumani hokimligi matbuot xizmati
🚀 “Start-up Youth” – O‘z g‘oyangizni moliyalashtirish vaqti keldi!
Yoshlar uchun katta imkoniyat!
Endi sizning innovatsion g‘oyalaringiz amaliy biznesga aylanishi mumkin.
Baliqchi tuman hokimligi tomonidan yoshlarning startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, ularni moliyalashtirish hamda g‘oyadan real biznesga olib chiqish maqsadida maxsus tadbir tashkil etilmoqda.
📅 5-Mart
🕙 Soat 10:00 da
📍 Webking IT Akademiyasi
Agar sizda istiqbolli loyiha, yangi biznes g‘oya yoki innovatsion taklif bo‘lsa — ushbu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!
Kelajak bugundan boshlanadi.
G‘oyangizni olib keling – biz uni birgalikda rivojlantiramiz! 💡🔥
Roʻyxatdan oʻtish uchun quyidagi formni toʻldiring
👇👇👇👇👇
Roʻyxatdan oʻtis
Website
Telegram Instagram
Facebook Youtube
Repost from MBSI School | Rasmiy kanal
+2
🏆 Yana bir katta yutuq!
Mahmudxo‘ja Behbudiy nomidagi maktabimizda viloyat miqyosida fan olimpiadasi bo‘lib o‘tdi.
Unda iqtidorli o‘quvchilarimiz faol ishtirok etib, o‘z bilim va salohiyatlarini munosib namoyon qildilar. Natijada maktabimiz o‘quvchilari faxrli 1-, 2- va 3-o‘rinlarni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lishdi. 🎉
Bu natijalar — mehnat, izlanish va ustozlar fidoyiligining samarasi!
👏 G‘olib o‘quvchilarimizni samimiy tabriklaymiz
👏 Ota-onalar va ustozlarga alohida minnatdorchilik bildiramiz
MBSI maktabi — bilim, mehnat va natija uyg‘unligi! 📚🔥
