Web King | Dasturchilar oilasi
Open in Telegram
Maktabgacha ta’lim yoshidan Oliy ta’limgacha Web Kingda ta’lim oling❗️ 🏫 Maktabgacha ta’lim 📚 School 🎗 General English & IELTS 🔝 IT Academy 📞+998944107279 🚀 Biz nafaqat ta’lim beramiz ,balki insonlar hayotini o’zgartiramiz❗️
Show more409
Subscribers
No data24 hours
-67 days
-1730 days
Posts Archive
Repost from MBSI School | Rasmiy kanal
Nega 5–7-sinf farzandingiz kelajagini belgilaydigan eng muhim davr?
Ko‘pchilik ota-onalar bolaning kelajagi yuqori sinflarda hal bo‘ladi deb o‘ylaydi. Aslida esa eng muhim poydevor 5–7-sinflarda qo‘yiladi.
Bu davrda bola:
📌 mustaqil fikrlashni o‘rganadi;
📌 o‘ziga bo‘lgan ishonchini shakllantiradi;
📌 qaysi fanlarga qiziqishini anglay boshlaydi;
📌 do‘stlari va muhiti ta'sirini kuchli his qiladi.
Agar shu yoshda bolaga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatilsa, keyingi yillarda o‘qishga bo‘lgan qiziqishi, kasb tanlashi va hayotiy qarorlari ancha ongli bo‘ladi.
Farzandingizning kelajagi faqat darsliklar bilan emas, u ulg‘ayayotgan muhit, ustozlari va kundalik odatlari bilan ham shakllanadi.
Qabul uchun :+998944107279
https://t.me/Mahmudxoja_Behbudiy_maktabi
Repost from MBSI School | Rasmiy kanal
🎥 1-sinfga tayyorlov ingliz tili guruhi ishtirokidagi trend video. 🇬🇧✨
Farzandingiz ham ingliz tilini kichik yoshdan ishonchli va zamonaviy metodlar orqali o'rganishini istaysizmi?
📚 Qabul davom etmoqda!
📞 944107279
📩 Hoziroq bog'laning va farzandingiz uchun joyni band qiling.
@MBSI_qabul
Repost from MBSI School | Rasmiy kanal
📚 Farzandingiz tarbiyasi va ta'limi bo'yicha sizni ham shu savollar o'ylantiradimi?
✅ 5–7-sinf nega eng muhim davr?
✅ Telefonmi yoki odatlar muhimroq?
✅ Nega ayrim bolalar darsni yoqtirmaydi?
✅ Baho muhimmi yoki bilim?
✅ Yaxshi ustozni qanday tanish mumkin?
✅ Ota-onalar eng ko'p qiladigan xatolar nimalar?
✅ Farzandingiz nimaga qiziqishini qanday aniqlash mumkin?
✅ Ingliz tilini qachondan boshlash kerak?
✅ Bolaning o'ziga ishonchini qanday oshirish mumkin?
✅ Do'stlar farzandingiz kelajagiga qanchalik ta'sir qiladi?
🎯 Yaqin kunlarda ushbu mavzularning har biri bo'yicha sodda, amaliy va foydali tavsiyalarni siz bilan bo'lishamiz.
📲 Ushbu bilimlarni o'tkazib yubormaslik uchun sahifamizni kuzatishda davom eting.
🔔 Agar hali obuna bo'lmagan bo'lsangiz, obuna bo'ling va bu postni farzandi bor yaqinlaringiz bilan ham ulashing.
Birinchi mavzu juda tez orada! 🚀
Repost from MBSI School | Rasmiy kanal
🎉 Yana bir muhim marraga erishdik!
Mahmudxo'ja Behbudiy maktabida 300 ta shartnoma muvaffaqiyatli imzolandi. Farzandlari ta'limi uchun bizni tanlagan barcha ota-onalarga samimiy minnatdorchilik bildiramiz. 💙
📌 Qabul davom etmoqda! Siz ham farzandingiz uchun sifatli ta'limni tanlang va ro'yxatdan o'tishga shoshiling.
Batafsil ma’lumot uchun : +998944107279
Repost from MBSI School | Rasmiy kanal
Xo'jaoboddan boshlangan orzu, katta natijaga aylandi! 🚀
Ingliz tilidan B2, IT yo'nalishida esa Frontend Developer.
Bu hali boshlanishi. To'g'ri ta'lim va kuchli ustozlar bilan farzandingiz ham shunday natijalarga erishishi mumkin.
🎥 Videoda o'quvchimizning haqiqiy hikoyasini tomosha qiling.
📍 Qabul davom etmoqda!
📞 +998 94 410 72 79
MBSI oilasiga qo'shiling va farzandingizning kelajagini bugundan boshlang.
Repost from MBSI School | Rasmiy kanal
🌟 Kiddom bog‘chasi tarbiyalanuvchilari MBSI mehmoni bo‘ldilar! 💙
Bugun Kiddom bog‘chasining jajji tarbiyalanuvchilari MBSI maktabiga tashrif buyurib, maktabimizdagi zamonaviy ta’lim muhiti, sinfxonalar va yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdilar.
Kiddom jamoasining bolalarni bilimga, izlanishga va kelajak sari dadil qadam tashlashga undaydigan faoliyati tahsinga loyiq. Bunday tashriflar bolalarda maktab hayotiga bo‘lgan qiziqishni yanada oshiradi.
🇬🇧 MBSI maktabida ingliz tili sinflariga qabul davom etmoqda!
Farzandingizning ingliz tilini erta yoshdan puxta o‘rganishini istasangiz, MBSI sizni kutadi.
📞 Batafsil ma’lumot:
+998944107279
MBSI — kelajak sari ishonchli qadam!
Repost from MBSI School | Rasmiy kanal
🎓 "Xayr, bog‘cha!" – unutilmas xotiralar kuni 🌸🎓
Mahmudxo‘ja Behbudiy nomidagi 2-sonli bog‘chaning **Fayzobod filiali**da "Xayr, bog‘cha!" tadbiri ko‘tarinki kayfiyat va unutilmas lahzalar bilan bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida jajji tarbiyalanuvchilar o‘zlarining she’rlari, qo‘shiqlari, raqslari va sahna ko‘rinishlari orqali yig‘ilganlarga quvonch ulashdilar. Bu kun nafaqat bolajonlar, balki ota-onalar va ustozlar uchun ham hayajonli va unutilmas xotiralarga boy bo‘ldi.
Aziz bitiruvchilarimizga maktab hayotida ulkan zafarlar, ilm yo‘lida yuksak marralar va yorqin kelajak tilaymiz! 🌟
Kelajak sari dadil qadam qo‘yayotgan barcha bolajonlarimizga oq yo‘l tilaymiz!
Repost from MBSI School | Rasmiy kanal
“Academy IT Star” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisining tegishli qarori bilan:
Qaytmasov Shukurullo Shodillo o’g’li Mahmudxo‘ja Behbudiy nomidagi STEM fanlarga ixtisoslashtirilgan maktab direktori lavozimiga tayinlandi. Shu munosabat bilan u hujjatlar tizimi va tashkiliy masalalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.
Sherqo‘ziyev Jasurbek Doniyorbek o‘g‘li boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Mahmudxo‘ja Behbudiy nomidagi STEM fanlarga ixtisoslashtirilgan maktab direktori lavozimidan ozod etildi.
Yangi tayinlov maktab faoliyatini zamonaviy boshqaruv tamoyillari asosida yanada takomillashtirish, ta’lim sifati va boshqaruv samaradorligini oshirishga qaratilgan navbatdagi muhim qadamlardan biri hisoblanadi.
Qaytmasov Shukurulloga yangi mas’uliyatli lavozimdagi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar, Sherqo‘ziyev Jasurbek Doniyorbek o‘g‘liga esa kelgusi faoliyatida omad va zafarlar tilaymiz.
Repost from MBSI School | Rasmiy kanal
+7
Sport — sog‘liq garovi! ⚽️
Kuni kecha maktabimizda mini-futbol turniri bo‘lib o‘tdi. Turnir qizg‘in va murosasiz bahslarga boy o‘tdi.
🏆 Natijalar:
🥇 Ijtimoiy-siyosiy guruhi
🥈 STEM 7-sinf
🥉 Tibbiyot guruhi
G‘oliblarni tabriklaymiz va barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz!
Repost from MBSI School | Rasmiy kanal
QABUL OCHIQ!
Boshlang‘ich sinflarga qabul boshlandi
📚 Farzandingiz uchun sifatli va zamonaviy ta’limni tanlang!
Bizning boshlang‘ich sinflarimizda:
🇬🇧 Ingliz tili
🇷🇺 Rus tili
🇺🇿 O‘zbek tili
yo‘nalishlari mavjud.
✅ Barcha darslar oliy toifali o‘qituvchilar tomonidan olib boriladi.
✅ Ta’lim jarayonida zamonaviy metodika va interaktiv o‘qitish usullari qo‘llaniladi.
✅ Har bir o‘quvchining bilim va qobiliyatini rivojlantirishga individual yondashiladi.
Qabul uchun: HAVOLA 🔗
MBSI School — farzandingizning yorqin kelajagi sari ishonchli qadam!
Repost from MBSI School | Rasmiy kanal
📢 MBSI maktabida ota-onalar bilan shartnoma imzolash jarayoni davom etmoqda!
🤝 Bugungi kunga qadar 250 dan ortiq ota-onalar MBSIga ishonch bildirib, farzandlarining ta’lim yo’lini biz bilan bog’lashni tanladilar.
Har bir imzolangan shartnoma biz uchun shunchaki raqam emas, balki ota-onalarning ishonchi va farzandlar kelajagi uchun bildirilgan mas’uliyatdir. Ana shu ishonch bizni yanada sifatli ta’lim, zamonaviy imkoniyatlar va yuqori natijalar sari intilishga undaydi.
😁Bizni tanlagan barcha ota-onalarga samimiy minnatdorchilik bildiramiz. Sizning ishonchingiz — bizning eng katta motivatsiyamiz.
MBSI — ishonch bilan boshlangan ta’lim, muvaffaqiyat bilan davom etadi.
Repost from MBSI School | Rasmiy kanal
🎉 Komiljonov Behruzbekning xalqaro imtihonlardagi natijalari bilan tanishing!
MBSI o‘quvchisi Komiljonov Behruzbek o‘zining mehnati, intilishi va qat’iyati bilan xalqaro imtihonlarda yuqori natijalarni qo‘lga kiritdi.
📚 IELTS — 7.0
🎯 SAT — 1500
Ushbu natijalar Behruzbek uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochishi shubhasiz.
Behruzbekni samimiy muborakbod etamiz va kelgusidagi ta’lim yo‘lida yanada ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
MBSI — yuksak natijalar sari ishonchli qadam. 🚀
Repost from MBSI School | Rasmiy kanal
🚗 SIZLAR UCHUN YANA BIR AJOYIB IMKONIYAT!
Hurmatli Mahmudxo‘ja Behbudiy maktabi ota-onalari!
Sizda yoki oila a'zolaringizda avtomobil bormi?
Unda bu taklif aynan SIZ UCHUN!
Biz sizga:
✅ Hamkorlik qanday ishlashini;
✅ Qanday foyda olishingizni;
✅ To‘lov va hamkorlik shartlarini
batafsil tushuntirib beramiz.
Eslatma: Taklif faqat birinchi 20 nafar ishtirokchi uchun amal qiladi.
📞 To‘liq ma'lumot olish uchun:
+998 94 444 72 79
Hoziroq bog‘laning va avtomobilingizni qo‘shimcha daromad manbaiga aylantiring!
Repost from MBSI School | Rasmiy kanal
🥋 MBSI o‘quvchilaridan yana bir faxrli natija! 🏆
MBSI taekwon-dochilari navbatdagi musobaqada munosib ishtirok etib, yuqori natijalarni qayd etishdi.
🥇 1-o‘rin:
• Jumanazarov Bunyotbek
• Odilova Iqbaloy
🥈 2-o‘rin:
• Rustamov Muhammadqodir
• Tursunov Tursunboy
• Alimjonov Alisher
• Anvarjonov Humoyun
Barcha sportchilarimizni va ularning ustozlarini samimiy muborakbod etamiz! Sizlarning mehnatingiz, intilishingiz va matonatingiz yangi yutuqlarga zamin bo‘lsin.
MBSI — chempionlar tarbiyalanadigan maskan!
Repost from MBSI School | Rasmiy kanal
Yana bir ulkan qadam — MBSI kelajagi sari! 🚀
Joriy yilning 1-martd sanasida MBSI maktabining yangi filiali qurilishi rasman boshlangan edi.
Bugun esa mamnuniyat bilan ma’lum qilamizki, ushbu loyiha yakun topish arafasida.
Bu shunchaki yangi bino emas. Bu — MBSIning navbatdagi katta yutug‘i va yoshlar kelajagiga qilingan muhim sarmoyadir.
Yangi filialimiz tarkibidagi Raqamli Texnoliga Markazi o‘quvchilarni zamonaviy IT, sun’iy intellekt va kelajak kasblari bo‘yicha chuqur bilim va amaliy ko‘nikmalar bilan ta’minlash maqsadida tashkil etildi.
Hurmatli ota-onalar!
Farzandingizni shunday zamonaviy va sifatli ta’lim olishini hohlasangiz va kelajak kasblariga bugundan tayyorlamoqchi bo‘lsangiz, bizni kuzatishda davom eting.
Oldinda qabul jarayonlari va yangi imkoniyatlar haqida sizni xabardor qilib boramiz.
MBSI — kelajakni bugundan quradi!
Murojat uchun :
📞: +998944107279
Repost from MBSI School | Rasmiy kanal
📢 Eslatma!
Bugun ota-onalar bilan shartnoma imzolash jarayonining so‘nggi kuni.
Farzandingizning qabulini yakunlash uchun belgilangan vaqtda MBSI maktabiga tashrif buyurishingizni so‘raymiz.
📍Sizni bugun kutamiz!
Hurmat bilan, MBSI maktab ma’muriyati.
Repost from MBSI School | Rasmiy kanal
🎓 MBSI maktabida “Xayr, bog‘cha!” tadbiri bo‘lib o‘tdi. 😁
Kichik qadamlar ortda qoldi, endi esa katta orzular sari ilk qadamlar boshlandi. Barcha bitiruvchilarimizga yorqin kelajak tilaymiz! 🌟
#MBSISchool #XayrBogcha #KelajakBoshlanishi
Repost from MBSI School | Rasmiy kanal
📢 Eslatma!
Ertaga MBSI maktabida ota-onalar bilan shartnoma imzolash jarayonining so‘nggi kuni!
Farzandingizning qabul jarayonini yakunlash uchun ertaga belgilangan vaqtda maktabimizga tashrif buyurishingizni so‘raymiz.
🤝 Ushbu shartnoma maktab va ota-onalar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash hamda farzandlarimizning sifatli ta’lim olishi yo‘lida muhim qadam hisoblanadi.
Sizni ertaga kutib qolamiz!
Hurmat bilan, MBSI School ma’muriyati.
