en
Feedback
SURXONDARYO KADASTR

SURXONDARYO KADASTR

Open in Telegram

Ushbu kanalda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi yangiliklari Facebook: https://www.facebook.com/surxonkadastr.maslahatchi/ Instagram: https://www.instagram.com/surxon.kadastr/ Youtube:https://www.youtu

Show more
2 617
Subscribers
+324 hours
+57 days
-330 days
Posts Archive
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Korrupsiyaga oid jinoyat sodir etgan shaxslarga qanday cheklovlar belgilanadi? 🥏 Korrupsiy
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Korrupsiyaga oid jinoyat sodir etgan shaxslarga qanday cheklovlar belgilanadi? 🥏 Korrupsiyaga oid jinoyatni sodir etishda aybdor deb topilgan shaxslar Korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topilgan shaxslarning elektron reyestriga kiritiladi. ⚔️ Ichki ishlar vazirligi sudning ayblov hukmi (ajrimi) qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab 3 ish kuni ichida ushbu shaxs haqidagi ma’lumotlarni elektron reyestrga kiritadi. ⏰ Ma’lumotlar Jinoyat kodeksida belgilangan sudlanganlik muddati davomida saqlanadi. 🛑 Reyestrga kiritilgan shaxslarga quyidagi cheklovlar qo‘yiladi: ➡️ davlat xizmatiga kirish va davlat mukofotlari bilan taqdirlanish; ➡️ saylanadigan va alohida tartibda tayinlanadigan lavozimlarga nomzodini ko‘rsatish; ➡️ davlat organlari huzuridagi jamoatchilik kengashlari va idoralararo kollegial organlar a’zosi bo‘lish; ➡️ o‘zi ta’sis etgan yoki ustav fondi (ustav kapitali)ning 50 foizidan ortiq qismiga o‘zi egalik qiladigan tadbirkorlik subyektlarining davlat xaridlari va davlat-xususiy sheriklik bitimlarida ishtirokchi (ijrochi) sifatida qatnashish; ➡️ davlat ulushi 50 foizdan yuqori bo‘lgan tashkilotlar va davlat ta’lim muassasalarida rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritish. Elektron reyestr Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan Ichki ishlar vazirligi bilan hamkorlikda yuritiladi. #Kadastr_agentligi #Korrupsiyasiz_kadastr 🇺🇿 Telegram   |  🇺🇿 Instagram    |  🇺🇿 YouTube    | 🇺🇿 Facebook       | 🇺🇿 Web-sayt | 🇺🇿 X

🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🌟 Kadastr agentligi inspektorlari tomonidan yer qonun buzilish holatlari aniqlangan taqdirda quyidagi javobgarlik choralari qo'llanilishi mumkin. 🟢 Batafsil videoda.
❗️ Unutmang! Har bir yer uchastkasi – davlat va jamiyat uchun qimmatli resurs. Qonuniylikni ta’minlash har birimizning mas’uliyatimizdir.
#Kadastr_agentligi #yer_nazorati_choralari Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube

Oʻzbekiston Prezidentining Serbiyaga ilk tashrifi ikki mamlakat oʻrtasidagi munosabatlarda yangi bosqichning boshlanishi sifatida tarixga kiradi. — Первый визит Президента Узбекистана в Сербию войдет в историю как начало нового этапа в отношениях между двумя странами. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish qanday ketma-ketlikda amalg
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish qanday ketma-ketlikda amalga oshiriladi? Ko‘chmas mulkka oid huquqlarni ro‘yxatdan o‘tkazishda belgilangan ketma-ketlikka rioya qilinadi. 📌 1. Avvalo — yer uchastkasi Bino, inshoot yoki qurilishi tugallanmagan obyektga bo‘lgan huquqni ro‘yxatdan o‘tkazishdan oldin, ushbu obyekt joylashgan yer uchastkasiga bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan bo‘lishi kerak. 🏢 2. Keyin — bino yoki inshoot Kvartira yoki xona kabi binoning bir qismiga bo‘lgan huquqni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun avvalo ushbu bino bo‘yicha huquq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan bo‘lishi lozim. 🏭3. Butun korxona bo‘yicha Korxonaga mulkiy majmua sifatida bo‘lgan huquqni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun uning tarkibidagi yer uchastkalari, binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlar avval davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi. 🔄 4. Huquqning boshqa shaxsga o‘tishi Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquq boshqa shaxsga o‘tganligi, cheklanganligi yoki bekor qilinganligini ro‘yxatdan o‘tkazish ham tegishli huquqning o‘zi avval davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan keyin amalga oshiriladi. #Kadastr_agentligi #foydali_ma_lumot 🇺🇿 Telegram   |  🇺🇿 Instagram    |  🇺🇿 YouTube    | 🇺🇿 Facebook       | 🇺🇿 Web-sayt | 🇺🇿 X

🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 KO‘CHMAS MULK OBYEKTLARIGA KADASTR PASPORTINI SHAKLLANTIRISH BO‘YICHA TAHLIL 📊 Surxondaryo viloyatida k
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 KO‘CHMAS MULK OBYEKTLARIGA KADASTR PASPORTINI SHAKLLANTIRISH BO‘YICHA TAHLIL 📊 Surxondaryo viloyatida ko‘chmas mulk obyektlari soni — 637 658 ta Shundan: ◼️ 465 721 ta — yakka tartibdagi turar joy obyektlari; ◼️ 49 034 ta — bo‘sh yer maydonlari; ◼️ 59 897 ta — ko‘p qavatli uylardagi kvartiralar; ◼️ 29 523 ta — noturar joy obyektlari. 🗓 2026-yilning 8 oyi davomida Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasiga jismoniy va yuridik shaxslardan ko‘chmas mulk obyektlariga kadastr pasportini shakllantirish bo‘yicha jami 63 308 ta murojaat kelib tushgan. 🗣Murojaatlarning holati:32 279 ta — ijobiy yakunlangan; ❌ 25 176 ta — rad etilgan; ⏱ 5 609 ta — ko‘rib chiqilmoqda; 💳 244 ta — to‘lov jarayonida.  
 Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 02 sentabrdagi “Kadastr sohasida ayrim davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 535-sonli qarori asosidan Ko‘chmas mulk ob’ektlariga kadastr pasportini tayyorlash Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki joylardagi davlat xizmatlari markazi orqali amalga oshirilmoqda.
#Surxon_Kadastr_kadastr_pasporti_infografika Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube

🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Surxondaryo viloyati bo‘yicha kadastr idoralarining to‘liq manzillari bilan tanishib ol
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Surxondaryo viloyati bo‘yicha kadastr idoralarining to‘liq manzillari bilan tanishib olishingiz mumkin. ⭐️🌟 Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasining barcha tuman (shahar) bo‘limlari hamda filiallari haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etilmoqda. Fuqarolarning o‘z hududiga eng yaqin kadastr idorasini osongina topish, zarur xizmatlardan tezkor foydalanish va murojaat jarayonlarini yanada qulay tashkil etish imkonini beradi. 🫥 Angor tumani 🫥 Bandixon tumani 🫥 Boysun tumani 🫥 Denov tumani 🫥 Jarqo'rg'on tumani 🫥 Qumqo‘rg‘on tumani 🫥 Qiziriq tumani 🫥 Muzrabot tumani 🫥 Oltinsoy tumani 🫥 Sariosiyo tumani 🫥 Termiz tumani 🫥 Uzun tumani 🫥 Sherobod tumani 🫥 Sho'rchi tumani 🫥 Termiz shahri #SurxondaryokadastrIdoralari Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring 📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube

🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 📌Farg‘ona, Samarqand va Xorazm viloyatlarida elektron savdo platformalarida sotish uchun e’lon qilingan tur
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 📌Farg‘ona, Samarqand va Xorazm viloyatlarida elektron savdo platformalarida sotish uchun e’lon qilingan turar va noturar obyektlarning o‘rtacha bozor narxlari tanishib oling. 📍 Farg‘ona viloyati
💬 Qo‘qon shahri: 🏙 Ko‘p kvartirali uydagi xonadon — 6,97 mln so‘m / 1 m² 🏠 Yakka tartibdagi turar joy — 198,59 mln so‘m / 1 sotix 🏢 Noturar obyekt — 6,98 mln so‘m / 1 m² 💬 Marg‘ilon shahri: 🏙 Ko‘p kvartirali uydagi xonadon — 5,60 mln so‘m / 1 m² 🏠 Yakka tartibdagi turar joy — 123,47 mln so‘m / 1 sotix 🏢 Noturar obyekt — 6,21 mln so‘m / 1 m² 💬 Quvasoy shahri: 🏙 Ko‘p kvartirali uydagi xonadon — 4,54 mln so‘m / 1 m² 🏠 Yakka tartibdagi turar joy — 93,68 mln so‘m / 1 sotix 🏢 Noturar obyekt — 3,96 mln so‘m / 1 m²
📍 Samarqand viloyati
💬 Samarqand shahri: 🏙 Ko‘p kvartirali uydagi xonadon — 11,79 mln so‘m / 1 m² 🏠 Yakka tartibdagi turar joy — 472,08 mln so‘m / 1 sotix 🏢 Noturar obyekt — 12,94 mln so‘m / 1 m² 💬 Kattaqo‘rg‘on shahri: 🏙 Ko‘p kvartirali uydagi xonadon — 6,33 mln so‘m / 1 m² 🏠 Yakka tartibdagi turar joy — 148,86 mln so‘m / 1 sotix 🏢 Noturar obyekt — 6,97 mln so‘m / 1 m²
📍 Xorazm viloyati
💬 Urganch shahri: 🏙 Ko‘p kvartirali uydagi xonadon — 6,92 mln so‘m / 1 m² 🏠 Yakka tartibdagi turar joy — 318,48 mln so‘m / 1 sotix 🏢 Noturar obyekt —7,68 mln so‘m / 1 m² 💬 Xiva shahri: 🏙 Ko‘p kvartirali uydagi xonadon — 4,75 mln so‘m / 1 m² 🏠 Yakka tartibdagi turar joy — 260,27 mln so‘m / 1 sotix 🏢 Noturar obyekt — 4,59 mln so‘m / 1 m²
🔎Eslatma: ko‘rsatilgan qiymatlar elektron savdo platformalarida sotish uchun e’lon qilingan obyektlar bo‘yicha o‘rtacha bozor narxlari hisoblanadi. 📑 Batafsil #Kadastr_agentligi #Ommaviy_baholash 🇺🇿 Telegram   |  🇺🇿 Instagram    |  🇺🇿 YouTube    | 🇺🇿 Facebook       | 🇺🇿 Web-sayt | 🇺🇿 X

🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 SURXONDARYO VILOYATIDA YER FONDI TOIFALARI BO‘YICHA MA’LUMOT 🗣 Surxondaryo viloyatinin
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 SURXONDARYO VILOYATIDA YER FONDI TOIFALARI BO‘YICHA MA’LUMOT 🗣 Surxondaryo viloyatining umumiy yer maydoni 2 mln 9 ming 911 gektarni tashkil etib, yer fondi 8 ta toifaga ajratilgan. ▶️ Eng katta ulush qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarga to‘g‘ri kelib, ular 1 mln 357 ming 853 gektarni tashkil etadi. Shundan 261 ming 572 gektari sug‘oriladigan yerlardir. 📃 Yer fondi hisobini yuritish va undan oqilona foydalanishni ta’minlash borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda. #Kadastr #Surxondaryo #YerFondi #YerHisoboti #Infografika #KadastrAgentligi 📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube

🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Termiz shahrida fuqarolar va tadbirkorlar uchun yana bir qulaylik — “Kadastr maslahat burchagi”! 💠 Aholiga kadastr xizmatlaridan foydalanishda yaqindan ko‘mak berish, ularning huquqiy xabardorligini oshirish hamda murojaatlarni tezkor va samarali hal etishga ko‘maklashish maqsadida Termiz shahrida “Kadastr maslahat burchagi” tashkil etildi. Batafsil; ushbu videoda #Kadastr #Islohot #kadastr_maslahat_burchagi #matn 📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube

📣 DIQQAT, EʼLON 🟢 Hurmatli Surxondaryo viloyati fuqarolari hamda tadbirkorlari❗️ ➡️ Aholining 🌟 Kadastr sohasidagi murojaa
📣 DIQQAT, EʼLON  🟢 Hurmatli Surxondaryo viloyati fuqarolari hamda tadbirkorlari❗️ ➡️ Aholining 🌟 Kadastr sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Surxondaryo viloyati, Sho‘rchi tumani aholisi uchun joriy yilning 10-sentyabr kuni sayyor qabul o‘tkaziladi. ➡️ Sayyor qabul 🇺🇿 Sho‘rchi tumani prokurori va🌟 Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi rahbariyati boshchiligida bo‘lib o‘tadi. 📍 Manzil: Sho‘rchi tuman, Navro‘z MFY, Madaniyat uyi binosida. 🕙 Boshlanish vaqti soat 10:00 da. ☎️ Murojaat uchun telefon: 55 451-22-19 . 99 445-91-91 📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube

📣 DIQQAT, EʼLON 🟢 Hurmatli Surxondaryo viloyati fuqarolari hamda tadbirkorlari❗️ ➡️ Aholining 🌟 Kadastr sohasidagi murojaa
📣 DIQQAT, EʼLON  🟢 Hurmatli Surxondaryo viloyati fuqarolari hamda tadbirkorlari❗️ ➡️ Aholining 🌟 Kadastr sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Surxondaryo viloyati, Sho‘rchi tumani aholisi uchun joriy yilning 10-sentyabr kuni sayyor qabul o‘tkaziladi. ➡️ Sayyor qabul 🌟 Kadastr agentligi va🌟 Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi rahbariyati hamda Sho‘rchi tuman bo'lim (filial)lari mas'ullari boshchiligida bo‘lib o‘tadi. 📍 Manzil: Sho‘rchi tuman, Navro‘z MFY, Madaniyat uyi binosida. 🕙 Boshlanish vaqti soat 10:00 da. ☎️ Murojaat uchun telefon: 55 451-22-19 . 99 445-91-91 📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube

🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 KADASTR XIZMATLARI ◼️Bino va inshootlarning mansubligi va tarkibi to‘g‘risida ma’lumotnoma olishingiz ke
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 KADASTR XIZMATLARI ◼️Bino va inshootlarning mansubligi va tarkibi to‘g‘risida ma’lumotnoma olishingiz kerak bo'lsa ushbu rukn siz uchun foydali. 🗂 Kerakli ma’lumotlar:
✔️ Familiya, ism, sharif (o‘zgargan bo‘lsa, qo‘shimcha ma’lumotlar); ✔️ Pasport yoki ID-karta ma’lumotlari (JShShIR); ✔️ Ma’lumotnoma tili (o‘zbek/rus); ✔️ Yashash manzili, elektron pochta va telefon raqami; ✔️Obyektning kadastr raqami.
Agar ishonchli vakil orqali murojaat qilinsa, notarial tasdiqlangan ishonchnoma taqdim etiladi. ▪️ Xizmat narxi: BHMning 0.027 miqdorida ▪️ Muddati: 3 ish kuni ➡️ Siz xizmatdan onlayn-(YIDXP) portali orqali yoki Davlat xizmatlari markaziga shaxsan murojaat qilib foydalanishingiz mumkin! ✔️ Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20.11.2023 yildagi 612-son qarori #SurxonKadastr#DXM #xizmatlar Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube

🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 HUQUQIY MA'LUMOT KO'CHMAS MULKKA BO'LGAN HUQUQNI DAVLAT RO'YXATIDAN O'TKAZISH UCHUN O'Z VAQ
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 HUQUQIY MA'LUMOT KO'CHMAS MULKKA BO'LGAN HUQUQNI DAVLAT RO'YXATIDAN O'TKAZISH UCHUN O'Z VAQTIDA MUROJAAT ETMASLIK BO'YICHA  JAVOBGARLIK BORLIGIDAN XABARDORMISIZ ? ▶️ Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan Ko'chmas mulkka bo'lgan huquqni davlat ro'yxatidan o'tkazish uchun o'z vaqtida murojaat qilmaganda 🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 68-(prim) 1 moddasi bilan  Jismoniy shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining 5 (besh) barovari, mansabdor shaxslarga esa 15 (o'n besh) barovarigacha jarima solishga sabab bo'ladi. ❗️ Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod etmaydi. #Kadastr_agentligi_huquqiy_malumot 📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube

Belgradda Prezident Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi. — В Белграде состоялась церемония официальной встречи Президента Шавката Мирзиёева. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

⚡️Yirik xorijiy investorlar mamlakatimiz ko‘chmas mulk bozoriga qiziqish bildirmoqda ❗️Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqa
+3
⚡️Yirik xorijiy investorlar mamlakatimiz ko‘chmas mulk bozoriga qiziqish bildirmoqda ❗️Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev nufuzli “Ghazanfar Group” kompaniyalar guruhi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi. ✔️Infratuzilma va qurilish sohasida boy tajribaga ega “Ghazanfar Group” O‘zbekiston uy-joy bozoriga, xususan, poytaxtimizda zamonaviy ko‘p qavatli turar-joylar barpo etish loyihalariga katta qiziqish bildirmoqda. 🏡Muloqotda istiqbolli investisiya maydonchalari, xorijiy investorlarning auksionlarda ishtirok etish tartibi hamda amaldagi huquqiy-amaliy mexanizmlar atroflicha muhokama qilindi. Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish va istiqbolli loyihalar bo‘yicha doimiy ma’lumot almashib borishga kelishib oldi. _______________________________ ⚡️Крупные зарубежные инвесторы проявляют интерес к рынку недвижимости Узбекистана ❗️Председатель Национального комитета по устойчивому развитию урбанизации и рынка жилья Шерзод Кудбиев встретился с представителями международной группы компаний Ghazanfar Group. ✔️Ghazanfar Group, обладающая значительным опытом в сфере строительства и развития инфраструктуры, рассматривает возможности выхода на рынок жилья Узбекистана. Особый интерес компании представляют проекты по строительству современных многоэтажных жилых комплексов в Ташкенте. 🏡 В ходе встречи стороны подробно обсудили перспективные инвестиционные площадки, порядок участия иностранных инвесторов в аукционах, а также действующие правовые и практические механизмы реализации инвестиционных проектов. По итогам переговоров стороны договорились продолжить развитие взаимовыгодного сотрудничества и наладить регулярный обмен информацией по перспективным проектам. Telegram|Facebook| Instagram |Youtube

🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Termiz shahrida aholi uchun yana bir qulaylik — “Kadastr maslahat burchagi”! 💠 Aholiga
+5
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Termiz shahrida aholi uchun yana bir qulaylik — “Kadastr maslahat burchagi”! 💠 Aholiga kadastr xizmatlaridan foydalanishda yaqindan ko‘mak berish, ularning huquqiy xabardorligini oshirish hamda murojaatlarni tezkor va samarali hal etishga ko‘maklashish maqsadida Termiz shahrida “Kadastr maslahat burchagi” tashkil etildi.
➡️ Bu yerda mutaxassislar tomonidan aholi va tadbirkorlarga kadastr xizmatlaridan foydalanish tartibi, zarur hujjatlarni rasmiylashtirish, ko‘chmas mulk obyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, kadastr hujjatlarini shakllantirish hamda sohaga oid boshqa masalalar bo‘yicha tushuntirish va tavsiyalar berilmoqda.
📄 Mazkur xizmat aholining turli idoralarga qayta-qayta murojaat qilishi, ortiqcha vaqt va mablag‘ sarflashi hamda ovoragarchiliklarga duch kelishining oldini olishga xizmat qiladi. ⚡️ “Kadastr maslahat burchagi” — inson qadri, uning vaqti va manfaatini asrash yo‘lidagi yana bir amaliy qadam. #Kadastr #Islohot #kadastr_maslahat_burchagi #matn Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube

🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Ko‘chmas mulkni ommaviy baholash natijalari bo'yicha aholidan kelib tushgan savollarga Brifingda javob berildi. 1️⃣     Ko‘chmas mulkni ommaviy baholashning asosiy maqsadi nima? 2️⃣     Ommaviy baholash natijasida obyektlarning qiymati 7-15 baravarga oshdi endi soliqlar ham shunchaga oshadimi? 3️⃣     Ommaviy baholash natijalarini qayerdan ko‘rish va fikr bildirish mumkin? 4️⃣     Ommaviy baholash natijasi yuzasidan munosabat bildirilmasa nima bo‘ladi yoki munosabat bildirgan taqdirda qanday oqibatlarni keltirib chiqaradi? Shu va boshqa savollarga Ko'chmas mulkni ommaviy baholash milliy markazi direktor o'rinbosari Feruz Sultonov javob berdi. To'liq matn bilan bu yerda tanishishingiz mumkin. #Kadastr_agentligi #Brifing 🇺🇿 Telegram   |  🇺🇿 Instagram    |  🇺🇿 YouTube    | 🇺🇿 Facebook       | 🇺🇿 Web-sayt | 🇺🇿 X

🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🌟😄 Davlat kadastrlari palatasi tomonidan Davlat xizmatlari markazlari orqali quyidagi xizmatlar ko'rsa
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🌟😄 Davlat kadastrlari palatasi tomonidan Davlat xizmatlari markazlari orqali quyidagi xizmatlar ko'rsatiladi:
🔘 Turar-joy obyektlarini kadastr pasportini shakllantirish va ularga bo‘lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish. 🔘 Noturar-joy obyektlarining kadastr pasportini shakllantirish va ularga bo‘lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish. 🔘 Fuqarolarning nomiga shaxsiy turar-joy mavjud yoki mavjud emasligi to'g'risida ma'lumotnoma berish. 🔘 Obyektni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilish uchun ruxsatnoma berish. 🔘 Ko'chmas mulkni bo'lish hamda uning yangi chegaralarini belgilash. 🔘 Ko'p kvartirali uyga tutash yer uchastkasiga bo'lgan huquqlarni mulkdorlar nomiga ro'yxatdan o'tkazish. 🔘 Ko'chmas mulk tarixi haqida ma'lumotnoma olish. 🔘 Bino va inshootlarni ijaraga berish shartnomasini davlat ro'yxatidan o'tkazish. 🔘 Bino va inshootlarning mansubligi va tarkibi to'g'risida ma'lumotnoma berish. 🔘 Ko'chmas mulkni birlashtirish va uning yangi chegaralarini belgilash. 🔘 Ko'p yillik daraxtlarga kadastr pasportini shakllantirish va ularga bo‘lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish. 🔘 O'zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) to'g'risida kelishuvni davlat ro'yxatidan o'tkazish. 🔘 Ipotekani davlat ro'yxatidan o'tkazish.
#SurxonKadastr #DXM #xizmatlar Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube

📊 JISMONIY VA YURIDIK SHAXSLAR TOMONIDAN KELIB TUSHGAN MUROJAATLAR TAHLILI 🗓 2026-yilning 8 oyi davomida🌟Davlat kadastrlar
📊 JISMONIY VA YURIDIK SHAXSLAR TOMONIDAN KELIB TUSHGAN MUROJAATLAR TAHLILI 🗓 2026-yilning 8 oyi davomida🌟Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasiga 3 409 ta murojaat kelib tushdi. 🗣 Shundan 2 869 tasi (82%) ijobiy hal etildi, 329 ta murojaatga tushuntirish berildi, 125 ta murojaat rad etildi. ▶️ Murojaatlarning asosiy qismi uy-joy va ko‘chmas mulkni rasmiylashtirish, kadastr pasporti, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hamda ko‘chmas mulk bo‘yicha ma'lumot olish masalalariga to‘g‘ri kelmoqda. ✅ Har bir murojaat qonunchilik talablari asosida o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqilmoqda. #Kadastr #Murojaatlar #Tahlil #Surxondaryo Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube

SURXONDARYO KADASTR - Statistics & analytics of Telegram channel @surxonkadastr