cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Darvesh kundaligi. (Qora Sahifam... 🍃)

O'ylama. Taqdir bor. Hammasi ravshan. Shoshma. Bari o'z navbati bilan. ✍ YuSuF_QaLaNDaR.

Show more
Uzbekistan67 288The language is not specifiedThe category is not specified
Advertising posts
178
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
No data30 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Qisqa bir so'z hammasi uchun, Sevsam agar "Yashashga vaqt yo'q". Lekin afsus sevmaslik uchun Yashayapman, "O'lishga vaqt yo'q"! Barcha ko'ngil: oshiq va ma'shuq, Biroq menga sanchilgan bir o'q. Hamma sevib, hamma sevilar, Yolg'iz menda "Sevishga vaqt yo'q"! Tunni yolg'iz mudrab o'tkazdim, She'rni sevdim borliqday toshib. Seni esa unutdim, balki She'rga yo'ndim o'zlikdan kechib. O'ylab qoldim she'rga termulib Hamma she'rda, birgina men yo'q. Sen ham borsan, Bevafo gulim, Garchi senday "Bevafo"si yo'q. She'r yozaman ilhom yupanchim, Qalam qog'oz menga qadrdon. Gar yozmasam yetmaydi kuchim Go'yo Qorda qolar issiq jon. Har tun shu hol, eslayman sarxush. Panohingga, mehringga mushtoq. Ko'nglim uchar go'yoki bir qush, Go'yoki bir sen unga o'rtoq... Sen Hilolday sollanib go'yo, Hayolimni egallaysan band. Ko'ngil qushga tor bo'ldi samo, Sen o'zgani sevganing bir payt. Seni eslab ko'zlar yumilmas Huvillagan zulmatgoh tunda. Bir sharpadan bo'lak ko'rinmas, Sharpa ajrab chiqqan qushimdan. U aytadi: "Qo'rqma, men keldim. Seni xarob etgan sevgingni, Adashtirib, o'ldirib keldim" - Lekin, o'ldirgansan o'zingni. Sharpa ham yig'laydi bir chetda, Sevma - yasha, "O'lishga vaqt yo'q", Pinhon saqlab yurak tubida, Biroq sevsang: "Yashashga vaqt yo'q"! Shundan buyon "Yashay olmayman", Seni sevib tirik murdaman. Shunda xamki "O'la olmayman" Ahir seni endi sevmayman. O'lim bilan hayot orasi Daydigan bir sharpaman sharpa. O'lish uchun chora topolmay, Arosatda xor bo'lgan...sharpa. 21:51 22_09_2020 YuSuF_QaLaNDaR. T.me/qora_kitobim... 🍃
Show all...
Darvesh kundaligi. (Qora Sahifam... 🍃)

O'ylama. Taqdir bor. Hammasi ravshan. Shoshma. Bari o'z navbati bilan. ✍ YuSuF_QaLaNDaR.

​​Қалбингга кўм! Дуойинг билан суғор! Қисматингда бўлса гул очади!
Show all...

IMG_20201223_222654_410.jpg0.24 KB
Bugun bir tush ko'rdim, quvonchli, g'amgin. Unutgan onimda yana esladim. Ayriliq bizlarga sobit haqiqat, o'ngimda. Tushimda(bag'rimga bosdim)... Ey Tangrim o'zing ayt, bu tush ta'birin, Qasamyod qilishdan charchadim oxir. Bo'ldi, so'nggi deya, qancha she'rlarda, Uning yodi uchun, yozyapman ahir Shoir ahli azal, qasamxo'r edi, Sevgidan yiroqlab, shox asar bitgan. Asardan xotira unib chiqar-u, Yana qaytib borib, qo'lidan tutgan. Menga ham shu dardni, ravo ko'rdingmi? Yuragim bu dardga chidolmas Robbim. Uni unutganim, malol keldimi? Yoqamni g'ijimlab turibdi sevgim. Qora Sahifalar tushga ko'chdimi? Bularning oxiri ko'rinmas, cheksiz. Shu Tushda ko'rganim baxtli qildimi, Azoblar oshmoqda: ketsin daraksiz. O'zimni sevgiga baxshida etdim, Baxtim ko'chdi she'rga, parishon xira. Bugun mijja qoqmay chiqaman endi, "Tush" bo'lib kelmasin, menga xotira. 10_07_2020 09:22 YuSuF_QaLaNDaR. Qora Sahifam... 🍃
Show all...
#eng sevimli she'rim. Men yo‘qman. Yolg‘onlar meni yo‘qotdi. Chin gaplar sevgimga qilmadi karam. Nega chorrahada tosh kabi qotding,— Endi sayr qilgin izg‘irin bilan. Qo‘ng‘iroq chalmagin. Ochmaydi hech kim, Eshik na jilmayar, na u so‘z bilsin. Azizlik taxtidan tushgan, azizim, Paltongni sukunat qoziqqa ilsin. O‘t jonidan o‘tar — bo‘zlaydi choynak, Deraza yig‘laydi — tashqari tuman. Teleekranining og‘zini poylab, Endi qahva ichgin yolg‘izlik bilan. Soat bong uradi. Tun yarim... Yarim... Dil yarim — g‘ussadan to‘lmas hech qachon... Zulmatgoh xonaning ichida, yorim, Endi sezavergin o‘zingni tobon. Uxlaysan. Ne uchun titraydi nafas? Yana "kel" deysanmi?... Chorlama. Men yo‘q. Men yo‘q. Endi mening ko‘ksimga emas. Yostiqning yuziga yoshlaringni to‘k. Yo‘q, yo‘q, ishonmagin! Bu she’rdan tondim, Bu mening o‘zimga otganim — o‘qdir. Axir, bu dunyoda men sensiz qoldim, Hatto dardlashmoqqa yolg‘izlik yo‘qdir... Usmon Azim T.me/qora_kitobim 🍃
Show all...
Акамнинг қучоғидан чиқдиму бўйнимга осилган онамни бағримга босдим. Шунда ойим таниб бўлмас даражада ўзгариб кетганини оғриқ билан ҳис этдим. Рўмоли елкасига сирғалиб тушган, сочлари дув оқарган, билаклари косовдек қорайиб, ингичка тортиб кетган. Хиралашган кўзларидан дув-дув ёш оқар, нуқул «болам, жон болам», деб юзларимни силар эди. Димоғимга райҳон ҳиди урилиб, юрагим қалқиб кетди. Болалиқдан шууримга сингган, унутилаёзган қадрдон ис... Шунақа-ку, сочлари нега бунча оқариб кетган? Кетаётганимда бунақа эмасди-ку! Гавдаси нега бир тутам бўлиб қолди. Одамзод шунчалик тез ўзгариши мумкинми? O'tkir Hoshimov. Tushda kechgan umrlar. Qora Sahifam... 🍃
Show all...
Alloh bergan ilhom ila, Bismillahir Rohmanir Rohiym. Korruptsiya. Deyarli hamma kurashayotgan, va deyarli hamma qilayotgan ish(gunoh). Pora bergan inson aybdor, deydi pora olgan inson. Pora bergan esa, o'zini oqlash uchun so'z topolmay labini tishlaydi. Har ikkisi ham birdek aybdor. Biri xato qilgan, ikkinchisi esa, Xatoni xatoligini ko'rib ham qaytarmagan, balki sherik bo'lgan(Alloh barchamizni avf etsin). Korruptsiyaga qarshi kurash har davlatda, jumladan insonning o'zida ham bor, biroq bu kasallik kundan kunga yana avj olib huruj qilmoqda. Bunga sabab nima? Keling biz o'zimizni ayblaymiz. Biz o'zimiz, bunday kasalliklarning(gunohlarning) oldini olmasak, kim oladi? Biz o'zimiz shu ishlarni qilmasak, kim qiladi? Ikki savolga bir javob: xech kim. Oilamizni olaylik, kattalar xato deb bilgan ishdan bizni qaytaradi va, o'zlari bu ishlarni qilaverishadi. Kattalar to'g'ri deb bilgan ishlarga bizni yo'naltiradi, lekin o'zlari yurmaydi. Shu adolatmi? Balki bular yolg'ondir? Yo'q! Barchasi haqiqat. Korruptsiyaning boshlang'ich markazi - Oila. Otalar aroqni harom deb bizga man etishgan. O'zlari uchun esa bu oddiy ichimlik. Onalar bizga namozni shart deb aytishgan, lekin o'zlari qo'limizdan ushlab o'rgatmagan, o'zlari ham o'qimagan(xozorgi jamiyatning 60% oilalarda, shunday axvol). Endigi savol o'zimizga: Kattalar balkim bu ishlarni yosh bolalar uchun o'ylab topishgandir? Aslida unday emas, biroq endi tarbiya olayotgan farzand Ota-Onasidan o'rnak olmay, yana kimdan o'rnak olsin? Albatta Ota-Ona ma'sul. Anglab yetilgan, va ishlatilmaydigan haqiqatlar. Bizlar xozirgi kunda doimiy bajarib kelayotgan kundalik yumushlarimizni, qaysi biri to'g'ri, qaysi biri noto'g'ri - buni aniq bilamiz. Lekin qilaveramiz. Nima uchun? Har bir odam bolasi qonida shayton vasvasasi borligi barchaga aniq. E'tibor bering, "vasvasa" bor holos. Bizni undovchi, yoki majburlovchi, biror bir ziyon keltiruvchi narsa emas. Tarbiya yaxshi bo'lsa, irodamiz, vijdonimiz uchun bir mashq zali demakdir. Inson qilayotgan har ishi yana tarbiyaga bog'liq chiqayapti. Biz shunchalik tarbiyasizmizmi? Biz o'zimizni aldashni bas qilaylik. Biz doim o'zimizni aldab kelganmiz, bir marta qilaman boshqa takrorlanmaydi. Shu so'nggisi, keyingisi bo'lmaydi. Shu zayil biz o'zimizni yo'qotib qo'yganmiz. Biz yo'qmiz. Yolg'onlar bizni yo'qotgan. Chin gaplar esa bizdan narida, bizga achinib qaraydi, bizga yaqin kela olmaydi. Mabodo yaqin kelguday bo'lsa, haydab solamiz. Biz o'z aybimizni tan olishdan juda qo'rqamiz. Payg'ambarimiz Muhammad salallohu alayhi vasallam aytadilar: Kimki yolg'on gapirsa, o'sha bizdan emas. Biz yolg'on so'zlar ila o'zimizni tugul, dinimizni ham yo'qotib qo'ymadikmi? Birgina yolg'on ketidan yolg'onlar, yolg'onlar ketidan shuncha balo va ofat. Bular balo va odatdan ham xatarli. Ishonchni topishimiz kerak. Biz o'zimizda ishonch topa olsak, o'zimizni qayta tarbiyalay olamiz. Faqat erinmang. Birinchi navbatda, yolg'onlardan voz keching. Ular bizni yo'q qilib yuborishga qodir. Yolg'onlardan qutulasiz, chandiqlar qoladi. Bu chandiqlar bizga kelajak uchun doimiy eslatmaga aylanadi. Endi esa biz anglab yetgan haqiqatlarga rioya qilishimiz kerak. Ertaga, ertaga deb surib boraversak, umrning so'nggi nuqtasi uchun siyoh yetmay qolishi mumkin. Bu esa bizni Jannatdan mahrum qilib qo'yishi mumkin. Xulosa. O'ylab ko'ring, jamiyatni o'zgartirish bizning qo'limizda, avvalo o'zimizni o'zgartirishimiz kerak holos. Birgina muammoga beparvo bo'lib, Jannatdan ajrab qolmaylik. Korruptsiya bizni ne ko'ylarga solar ekan? O'zingiz tushunib yetasiz degan umiddaman. Unutmang. Biz o'zimiz tanlaymiz ikki vodiydan birida bo'lishni, lekin buni anglab yetishimiz uchun kech bo'lib qolmasin. 22:23 15_11_2020 YuSuF_QaLaNDaR. Qora Sahifam... 🍃
Show all...
secret-garden-song-from-a-secret-garden.mp38.00 MB
#savol Baxtlimisiz? Tunda ushbu "Baxtlimisiz?" savolni o'qib, baxtingiz oshdimi? Yoki dardingiz? Orzuingiz nima? Har holda "Orzuing nima?" savoli bo'lib qolmasin orzuingiz. Kimdandir "Orzuing nima?" nima deb eshitishni orzu qilganlar qancha? Baxtli bo'ling)) YuSuF_QaLaNDaR. Qora Sahifam... 🍃
Show all...
Jannatga oshiqamiz... Ammo unga loyiq bo'lishga kelganda esa jim bo'lib qolamiz... https://t.me/qora_sahifam 🖋️
Show all...
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.