en
Feedback
E.Ph.T faculty news channel️

E.Ph.T faculty news channel️

Open in Telegram
2 797
Subscribers
+12824 hours
+7357 days
+71830 days
Posts Archive
#Renassans_poydevori #Zakovat 🇺🇿 MUSTAQILLIKKA BAG‘ISHLANGAN “ZAKOVAT” INTELLEKTUAL O‘YINI O‘TKAZILDI 🧠 Mazkur intellektua
+5
#Renassans_poydevori #Zakovat 🇺🇿 MUSTAQILLIKKA BAG‘ISHLANGAN “ZAKOVAT” INTELLEKTUAL O‘YINI O‘TKAZILDI 🧠 Mazkur intellektual bellashuv Samarqand davlat chet tillar instituti Ingliz filologiyasi fakulteti talabalari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. 🏆 Bellashuv yakunlariga ko‘ra: 🥇 1-o‘rin — “The Best” jamoasi 🥈 2-o‘rin — “Everest-1” jamoasi 🥉 3-o‘rin — “Everest-2” jamoasi 🎉 G‘olib va sovrindor jamoalarni muborakbod etamiz! Ularga kelgusidagi intellektual bellashuvlarda yanada ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz! 🇺🇿 Mustaqillik — bebaho ne’mat, uni qadrlash va munosib avlod bo‘lib yetishish barchamizning sharafli burchimizdir! 👇Bizni kuzating SamDCHTI Yoshlar bilan ishlash va ma'naviyat sahifalari⬇️ Telegram | Facebook

Repost from SamDCHTI | Rasmiy
#Diqqat_xushxabar 📌SamDCHTIda “Super-kontrakt” narxlari 2 barobarga arzonlashdi Samarqand davlat chet tillar institutida 202
#Diqqat_xushxabar   📌SamDCHTIda “Super-kontrakt” narxlari 2 barobarga arzonlashdi   Samarqand davlat chet tillar institutida 2026-2027-o‘quv yili uchun tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt – “super-kontrakt” miqdorlari tasdiqlandi.   Amaldagi tartibga muvofiq, kirish imtihonlarida 56,7 balldan kam bo‘lmagan natija qayd etgan va belgilangan to‘lov-kontrakt asosidagi qabul chegarasiga 4,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida talabalikka qabul qilinishi mumkin. To‘lov miqdori abituriyentning kirish imtihonida to‘plagan bali hamda tanlagan ta’lim yo‘nalishiga qarab belgilandi.   ✅ Filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz, nemis, fransuz, ispan, italyan, koreys, yapon, xitoy, arab, rus, turk) hamda Tarjima nazariyasi va amaliyoti (ingliz, nemis, fransuz, xitoy, rus) ta’lim yo‘nalishlarida bazaviy to‘lov-kontrakt miqdori 10 barobardan 8 barobarga; ✅ Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili hamda Jurnalistika ta’lim yo‘nalishlarida bazaviy to‘lov-kontrakt miqdori 8 barobardan 6 barobarga; ✅ O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishida bazaviy to‘lov-kontrakt miqdori 7 barobardan 5 barobarga; ✅ Kompyuter lingvistikasi, Turizm va mehmondo‘stlik yo‘nalishlarida bazaviy to‘lov-kontrakt miqdori 6 barobardan 4 barobarga arzonlashtirildi.   Kunduzgi, kechki va masofaviy ta’lim shakllari bo‘yicha “super-kontrakt” miqdorlari yuqoridagi jadvalda👆 keltirilgan.   ❗️Eng muhimi, bu to‘lov faqat birinchi o‘quv yili uchun! Tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdori talabaning birinchi o‘quv yili uchun amal qiladi. Ya’ni, “super-kontrakt” asosida talabalikka qabul qilinish butun ta’lim davri davomida aynan shu miqdorda to‘lov qilish degani emas. Bundan tashqari, talaba 1-kurs davomida fanlarni puxta o‘zlashtirib, yuqori GPA ko‘rsatkichlariga erishsa hamda ijtimoiy faollik indeksida yuqori natija qayd etsa, amaldagi tartib va tanlov mezonlar asosida 2-kursdan davlat grantida o’qishni davom ettiradi. #Ahamiyatlisi, Samarqand davlat chet tillar instituti diplomi butun dunyoda tan olinadi. Samarqand davlat chet tillar institutida tahsil olishni istagan abituriyentlar tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida talabalikka qabul qilish imkoniyatlari va qabul tartibi bo‘yicha batafsil ma’lumot olish uchun quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilishlari mumkin. +998662341257 +998662341258 +998662341260 🕖 Ish vaqti: 08:00 dan 18:00 gacha 📍Manzil: Samarqand shahri, Gagarin ko‘chasi 43-uy. 📌Mo‘ljal: Tenge bank binosi yonida.
Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati
Telegram | Instagram | Facebook | You-Tube | Veb-sayt

Repost from SamDCHTI | Rasmiy
#Qabul_2026 ❗️ Samarqand davlat chet tillar institutida "super kontrakt" boʻyicha arizalar qabuli davom etmoqda Yetarli ball to‘play olmagan abituriyentlar super-kontrakt asosida diplomi butun dunyoda tan olinadigan Samarqand davlat chet tillar instituti talabasi bo'ling! Super-kontrakt miqdori quyidagicha: ✅ Agar 0.1 balldan — 1.0 ballgacha yetmasa, oddiy kontraktning 1.5 barobarini to'laydi; ✅ Agar 1,1 baldan — 2,0  ballgacha yetmasa, oddiy kontraktning 2 barobarini to'laydi; ✅ Agar 2,1 baldan — 3.0 ballgacha yetmasa, oddiy kontraktning 2.5 barobarini to'laydi; ✅ Agar 3,1 balldan — 4.0 ballgacha yetmasa, oddiy kontraktning 3 barobarini to'laydi; 👉 Agar 4,06 balldan ortiq ball yetmasa, tabaqalashtirilgan to'lov-kontraktning minimal miqdorini to'laydi. 📢 Eslatma: Institut tomonidan qabul chegarasiga 4,06 ball va undan ko'p yetmagan, ammo 56,7 va undan yuqori ball to'plaganlar uchun to'lov-kontrakt miqdorlari bugun e'lon qilinadi. 📍Manzil: Samarqand shahar, Gagarin ko'chasi, 43-uy. 📌Mo'ljal: Tenge bank binosi yoni.
Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati
Telegram | Instagram | Facebook | You-Tube | Veb-sayt

#Tyutorlar_faoliyati Ingliz filologiyasi va tarjimashunoslik fakultetida faoliyat olib borayotgan tyutor M.Abdurasulova ijara
+2
#Tyutorlar_faoliyati Ingliz filologiyasi va tarjimashunoslik fakultetida faoliyat olib borayotgan tyutor M.Abdurasulova ijara joylarida istiqomat qiluvchi o'ziga biriktirilgan 1-bosqich talabalar holidan xabar oldi. Jarayon davomida talabarning yashash joyida yong'in xavfsizlik qoidalariga rioya qilish, ular uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ovqatlanish joylari, dars xonalari, yotoqxonalari ko’zdan kechirilib talabalarga kerakli maslahatlar berib o'tildi. https://t.me/IFTfakulteti

#Mustaqilligimizning_35_yilligi Samarqand davlat chet tillar instituti Ingiliz filologiyasi va tarjimshunoslik fakulteti 1-bo
+4
#Mustaqilligimizning_35_yilligi Samarqand davlat chet tillar instituti Ingiliz filologiyasi va tarjimshunoslik fakulteti 1-bosqich talabalari ishtirokida mustaqilligimizning 35 yilligiga bag'ishlab o'tkaziladigan sport o'yinlari va unga ishtirok etishlari uchun targ'ibot tashviqot ishlari tashkil etildi. https://t.me/IFTfakulteti

1-Kurs talabalari royxati va guruhlari

Ingliz filologiyasi va tarjimashunoslik fakulteti Filologiya va tillarni o'qitish ingliz tili, Tarjima nazariyasi va amaliyoti ingliz tili, Turizm va mehmondo'stlik yo'nalishlari kunduzgi va masofaviy shaklida qo'shimcha kontrakt asosida o'qishga kirgan, ariza bergan, shartnoma olgan talabalar 104-xonadan guruhlarini aniqlab darslarga kirishlari mumkin.

1-kurs talabalari uchun 08.09.2026 kuni qo'yilgan darslar
1-kurs talabalari uchun 08.09.2026 kuni qo'yilgan darslar

1- kurs talabalari uchun Guruhlarga biriktirilgan tyutorlar
1- kurs talabalari uchun Guruhlarga biriktirilgan tyutorlar

#Qabul2026 #Vakant_joy #Tanlov Vakant o‘rinlar uchun o‘tkazilgan qo‘shimcha tanlov natijalari e'lon qilindi 📝 Oliy ta’lim ta
#Qabul2026 #Vakant_joy #Tanlov
Vakant o‘rinlar uchun o‘tkazilgan qo‘shimcha tanlov natijalari e'lon qilindi
📝 Oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish uchun vakant o‘rinlar mavjud bo‘lgan, fanlar majmuasi va ta’lim tili mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga qo‘shimcha tanlovda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar natijalari e'lon qilindi. 👨‍💻 Abituriyentlar natijalarini my.uzbmb.uz saytidan shaxsiy kabinetlari orqali bilishlari mumkin. 📝 Agentlik tomonidan belgilangan tartibda tayyorlangan yakuniy tanlov qaydnomalari tegishli oliy ta'lim tashkilotlariga taqdim etildi. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

#Yangi_oʻquv_yiliga_tayyorgarlik #Talabaga_qulaylik 🎓 Samarqand davlat chet tillar institutida yangi o‘quv yiliga tayyorgarl
+5
#Yangi_oʻquv_yiliga_tayyorgarlik #Talabaga_qulaylik 🎓 Samarqand davlat chet tillar institutida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ✅ Samarqand davlat chet tillar institutida yangi o‘quv yilini munosib kutib olish maqsadida tayyorgarlik ishlari izchil davom etmoqda. 🏠 Jumladan, talabalarni turar joy bilan ta’minlash hamda ijara xonadonlariga joylashtirish bo‘yicha institut axborot markazi faoliyat olib bormoqda. 📌 Markazda talabalar va ularning ota-onalariga: 🔹 talabalar turar joyiga joylashish tartibi; 🔹 zarur hujjatlarni topshirish jarayoni; 🔹 mavjud sharoit va imkoniyatlar; 🔹 ijtimoiy mezonlar bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berilmoqda. 🤝 Talabalarning yangi o‘quv yilini qulay va munosib sharoitlarda boshlashlari uchun barcha zarur choralar ko‘rilmoqda. 📅 Eslatma: Talabalar turar joyiga arizalar 2026-yil 1-avgustdan boshlab my.gov.uz portali orqali onlayn qabul qilinmoqda. 👇Bizni kuzating SamDCHTI Yoshlar bilan ishlash va ma'naviy-ma'rifiy faoliyati sahifalari⬇️ Telegram | Facebook

Repost from SamDCHTI | Rasmiy
+5
#Talaba_madad Samarqand davlat chet tillar institutida talaba yoshlarni talabalar turar joylari va ijara xonadonlariga joylashtirish jarayonini samarali tashkil etish hamda ularga qulay sharoit yaratish maqsadida “Talabalar turar joylari va ijara xonadonlari bo‘yicha ma’lumotlar markazi” faoliyati davom etmoqda. 👉 Markaz orqali talabalar TTJga joylashish bo‘yicha zarur ma’lumot va amaliy yordam olishlari; 👉 ijara xonadonlarini topish va tanlash bo‘yicha ko‘mak olishlari; 👉 yashash joyi bilan bog‘liq masalalar yuzasidan tegishli mutaxassislarning tavsiyalaridan foydalanishlari mumkin. Agar siz TTJga joylashish yoki ijara xonadonini topish bo‘yicha yordamga muhtoj bo‘lsangiz, Samarqand davlat chet tillar institutida tashkil etilgan “Talabalar turar joylari va ijara xonadonlari bo‘yicha ma’lumotlar markazi”ga murojaat qilishingiz mumkin. 📍Manzil: Samarqand shahri, Gagarin ko‘chasi, 43-uy. ☎️ Murojaat uchun: +998662341261
SamDCHTI Axborot xizmati
Telegram | Instagram | Facebook | You-Tube | Veb-sayt

Repost from SamDCHTI | Rasmiy
#Muhim ⚡️ Talabalarga oylik ijara to‘lovining bir qismi qoplab beriladi: ariza yuborish boshlandi Hukumatning tegishli qaroriga ko‘ra, yotoqxona bilan qamrab olinmagan va o‘ziga yoki ota-onasiga tegishli bo‘lmagan uyda ijara asosida yashayotgan davlat oliy ta'lim muassasalarining kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalariga ijara to‘lovining bir qismi qoplab beriladi. Bunda davlat granti yoki to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan talabalarning 60 foizigacha bo‘lgan qismiga Davlat budjeti hisobidan to‘lov amalga oshiriladi. Ijara to‘lovining qoplab beriladigan qismi Toshkent shahrida bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan, boshqa hududlarda esa yarim baravaridan oshmaydi. 📌 Arizalarni kontrakt.edu.uz va my.gov.uz orqali har oyning 1-sanasidan 7-sanasiga qadar onlayn yuborish mumkin.
Talabalar safiga yangi qabul qilingan, yotoqxona bilan ta’minlanmagan va OTMdan uzoq hududdan kelgan 1-bosqich talabalari uchun sentabr va oktabr oylarida ijara shartnomasi talab etilmaydi. Bunda noyabr oyidan boshlab to‘lovni olish uchun belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ijara shartnomasi bo‘lishi kerak.
Ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda, ijara to‘lovining bir qismi talabaning bank kartasiga har oyning 15-sanasiga qadar o‘tkazib beriladi. ❗️ Mazkur tartib nodavlat OTMlar, xorijiy OTMlarning filiallari, oliy harbiy va harbiylashtirilgan ta’lim muassasalariga tatbiq etilmaydi.
Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati
Telegram | Instagram | Facebook | You-Tube | Veb-sayt

#Seminar_trening Samarqand davlat chet tillar instituti Ingiliz filologiyasi va tarjimashunoslik fakulteti professor-o'qituvc
+4
#Seminar_trening
Samarqand davlat chet tillar instituti Ingiliz filologiyasi va tarjimashunoslik fakulteti professor-o'qituvchilar uchun, fakultet dekani va mas'ul menejerlar boshchiligida seminar-trening tashkil etildi. Seminarda Kredit-modul ta'lim tizimi, kredit-modul tizimining mazmun-mohiyati va afzalliklari to'g'risida tushunchalar berildi. Seminar davomida professor- o'qituvchilar tomonidan berilgan savollarga yetarlicha javoblar berildi va fikirlar almashildi.
 https://t.me/IFTfakulteti

#35_yoshing_muborak_O'zbekistonim MUSTAQILLIGIMIZNING 35 YILLIGI BARCHAMIZGA MUBORAK BO'LSIN!

Repost from SamDCHTI | Rasmiy
#Sport_tadbirlari Samarqand davlat chet tillar institutida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosa
+9
#Sport_tadbirlari Samarqand davlat chet tillar institutida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan professor-o‘qituvchilar hamda ishchi-xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, do‘stona muhit va jamoaviy hamjihatlikni yanada mustahkamlash maqsadida sportning mini futbol, voleybol va kurash turlari bo‘yicha sport musobaqalari o'tkazildi. Qizg‘in va murosasiz bahslarga boy kechgan musobaqalarda ishtirokchilar g‘alaba uchun munosib kurash olib bordilar. Jamoaviy sport turlarida ishtirokchilarning o‘zaro hamkorligi, sportga bo‘lgan qiziqishi va yuqori kayfiyati yaqqol namoyon bo‘ldi.
Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati
Telegram | Instagram | Facebook | You-Tube | Veb-sayt

#35_yoshing_muborak_O'zbekistonim MUSTAQILLIGIMIZNING 35 YILLIGI BARCHAMIZGA MUBORAK BO'LSIN!

#35_yoshing_muborak_O'zbekistonim MUSTAQILLIGIMIZNING 35 YILLIGI BARCHAMIZGA MUBORAK BO'LSIN!

Repost from SamDCHTI | Rasmiy
#Kontrakt Kontrakt pulidan 12% qaytarib beriladi Aytaylik, siz yillik o'qish davomida 10 mln so'm kontrakt to'lagan bo'lsangiz, 1.2 mln so'mni qaytarib olishingiz mumkin. Agarda 4 yilda 40 mln to'lagan bo'lsangiz, 4.8 mln so'mni qaytarib olishingiz mumkin! Soliq chegirmasini olish uchun to‘lov quyidagilar hisobidan amalga oshirilganda taqdim etiladi: 👉 o‘z mablag‘lari; 👉 jismoniy shaxsga tijorat banklari tomonidan berilgan ta’lim kreditlari; 👉 yuridik shaxslar tomonidan jismoniy shaxslarga qaytarish sharti bilan berilgan mablag‘lari. ❗️ To‘lov ish haqidan emas, mustaqil amalga oshirilganda yillik daromad to‘g‘risidagi deklarasiyani topshirgan holda soliq chegirmasidan foydalanish mumkin. Soliq chegirmasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlash uchun quyidagilar taqdim etiladi: 👉 to‘lovli-kontrakt asosida o‘qitish to‘g‘risida tuzilgan shartnoma nusxasi; 👉 bank bilan ta’lim kreditini olish uchun tuzilgan shartnoma (shartnomalar) nusxasi; 👉 OTM hisob raqamiga pul mustaqil to‘laganligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi; 👉 pasport nusxasi va talabaning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi nusxasi. 📌Eslatma: Bu qaytarib olinayotgan pul aslida davlatga har oy oylik olganda oyligingizdan ushlab qolinadigan (podoxod) soliqlaringizdir. Agar siz rasmiy ishda ishlamagan bo'lsangiz yoki qaytarib olishingiz kerak bo'lgan summaga mos soliqni davlatga to'lamagan bo'lsangiz bu imkoniyatdan umuman yoki to'la foydalana olmaysiz.
Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati
Telegram | Instagram | Facebook | You-Tube | Veb-sayt