❤Choliqushi❤
Open in Telegram
Masofa yiroq, lekin ko'ngillar yaqin... ... Shunchaki qalbdagi so'zlar yozilgan...
Show more999
Subscribers
-124 hours
No data7 days
-430 days
Posts Archive
999
Repost from ❤Choliqushi❤
BUGUN TUNDA KELARMISH BAHOR...
Derazangdan moʻralab asta,
Gul yuzingdan boʻlib shikasta,
Uzun qishga siltab qoʻlini,
Ham qalbingdan boshlab yoʻlini,
Toʻqqiz oyki, yelarmish bahor,
Bugun tunda kelarmish bahor...
Qoru muzni suvga gʻarq qilib,
Izgʻirinni butkul tark qilib,
Eshitgandek mening nolamni,
Guldastaga oʻrab olamni -
Tushda boshing silarmish bahor,
Bugun tunda kelarmish bahor...
Goʻzallikni eltib jahonga,
Sano aytib har oʻtgan onga,
Jamolingga boʻlib mahliyo,
Istarangdan olgancha ziyo-
Bizga iqbol tilarmish bahor,
Bugun tunda kelarmish bahor...
Unutilar xazonrez kuzak,
Tabassuming yuzingga bezak.
Mehrlaring menga ogʻdirib,
Yomgʻirlarin yerga yogʻdirib,
Suvlarini elarmish bahor,
Bugun tunda kelarmish bahor...
Hissiyotga toʻldirib dilni,
Kengaytirib kichik koʻngilni,
Duolarga ijobat yetib,
Tabiatni chamanzor etib,
Baxtimizdek kularmish bahor,
Bugun tunda kelarmish bahor..
🌷Qizg'aldog'im🌷
@darbadar_qalb
999
Umrimiz kutishlarda o'tmoqda...
#kechinma
Umrimiz kutishlarda o'tmoqda...
Kòchaga chiqamiz, avtobus yo taksi kutamiz...
Òtiramiz, lekin tirbandliklar....
Yana kutamiz....
Mabodo kasalxonaga ishimiz tushib qolsa.....yaxshigina navbatga duch kelamiz...
Yana kutamiz...
Bankka ishimiz tushib qolsachi.....
Yana kutamiz...1 soat, 2 soat.....
Ovqatlanishga kiramiz u bu joyga...
Yana kutamiz...
U yerda ham navbat, qornimizni to'ydirish uchun ham kutamiz...
Bu ro'yxatni hali ancha davom ettirish mumkin...
Umrimiz kutishlarda o'tmoqda....
Yashamayapmiz....yashayotganimizni sezmay qolyapmiz...Kòchaga chiqamiz, avtobus yo taksi kutamiz...
Òtiramiz, lekin tirbandliklar....
Yana kutamiz....
Mabodo kasalxonaga ishimiz tushib qolsa.....yaxshigina navbatga duch kelamiz...
Yana kutamiz...
Bankka ishimiz tushib qolsachi.....
Yana kutamiz...1 soat, 2 soat.....
Ovqatlanishga kiramiz u bu joyga...
Yana kutamiz...
U yerda ham navbat, qornimizni to'ydirish uchun ham kutamiz...
Bu ro'yxatni hali ancha davom ettirish mumkin...
Umrimiz kutishlarda o'tmoqda....
Yashamayapmiz....yashayotganimizni sezmay qolyapmiz...
t.me/darbadar_qalb
999
O'z fikringizni juda ham kam jumlalar bilan ifodalay olish qobiliyatingiz bormi?
Unda siz zamonamiz uchun ideal insonsiz!
Unutmang, ayniqsa, bugungi tinglovchidan sòzlovchi ko'p bòlgan davrda hatto eng yaqin do'stlaringizga ham "ezmaligingiz" yoqmaydi.
Xulosa: Qisqalik - zamon talabi!
t.me/darbadar_qalb
999
🎊❄️🎊❄️
Yangi yil, kelaver qanday kelsang ham,
Kimlar yetdi senga, kimlar yetmadi.
Sen yangi yo'ldoshsan, sen yangi hamdam,
Yo'qlab kelganingning o'zi bir bayram!
Bayramingiz bilan, qadrdonlar!
t.me/darbadar_qalb
999
Repost from N/a
#Shunchaki
Oldinlari bayramlarda, tugʻilgan kunlarda yo telefon qilib yoki sms yozib tabriklanardi...
Hozir esa asosan telegram orqali. Deyarli hech kim sms yozmay qoʻydi.
Men uchun qandaydir telegram orqali yozilgan tabrikdan koʻra sms orqali yozilgani qadrliroq.
Sizgachi?
999
#Happy_new_year!
Keling, birgalikda shu tugab borayotgan 2023-yilni sarhisob qilamiz.
Bir yil davomida hayotingizda qanday unutilmas lahzalar, qanday eng muhim onlar, voqealar roʻy berdi?
Bu yil nimasi bilan xotirangizda unutilmas boʻlib qoldi?
Qanday marralarni zabt etdingiz, qaysilarini esa endi zabt etmoqchisiz?
Oʻzingiz uchun qanday xulosalar chiqardingiz?
Barcha-barchasini shu post kommentiga yozishingiz mumkin.
Ichingizda qolib ketmasin 😉
999
Tasodiflar yo‘q bu dunyoda,
Uchrashmadik ikkimiz bekor.
Allohimning rejalarida,
Biz anglamas buyuk hikmat bor!
Sen qaydayu, men qayda edik,
Go‘yo Quyosh, go‘yo Oy, ayro.
Buni Xudo istamaganda,
Bo‘larmiding qarshimda paydo!
Duch kelmaydi daryoga daryo,
Qushlar sira ketmas to‘qnashib.
Borligimni bilgandek go‘yo,
Kelarmiding dovonlar oshib!
Charchagandim yo‘llaring kutib,
Muhabbatning ko‘zlari ojiz.
Mana endi bir lahza o‘tib,
Go‘yo eski tanishlardekmiz!
Sen qismatga ishonasanmi,
Ko‘rganmisan meni qaydadir!
Bilsang buni mo‘jiza emas,
Taqdir derlar, azizim, taqdir!
Malika Tavfiq
999
#haqiqat
Gapirayotgan gaplariga bir kun hisob berishini bilgan odam juda kam gapiradi....
Sukut - iymondan!
t.me/darbadar_qalb
999
#kechinma
..."ko'nikib qoladi, ko'nadida" deyishadi....
har ko'nikkan narsa qalbga tosh bo'lib botadi....bora bora bir musht yurak bir musht toshga aylanadi: na mehr bersa isiydi, na mehr tarqata oladi....
Biz - ko'nikuvchanmiz!
t.me/darbadar_qalb
999
🎒 SHOGIRD KERAK
🎓 Ustoz: Hadicha Ergasheva
🌐 Yosh: 22 yosh
📗 Fan(lar): Turk tili
☎️ Aloqa: @HadichaErgasheva
Ⓜ️ Manzil: #Online #zoom
💰 Narxi: 250 000
👨🏻💻 Kasbi: Ustoza
🕰 Murojaat qilish vaqti:
06:00 dan 23:00 gacha
🔎 Maqsad: °Turk tili va madaniyatiga qiziquvchilarga sifatli ta'lim berish.
°Turkiyada ta'lim olish yoki ishlash niyatidagilarning gapirish va tushunish ko'nikmasini oshirish
° Magistratura va doktoranturaga hujjat topshirmoqchi bo'lganlarni Xalqaro TYS va milliy sertifikatga tayyorlash.
Qo'shimcha ma'lumot : Xalqaro C1 sertifikatim va dars o'tish makakam bor. Tezlashtirilgan kursga barchani taklif qilaman sonlar chegaralangan. Darslar haftada 5 kun!
Kurs haqidagi barcha ma'lumotlar shu yerda👉 https://t.me/bizimle_her_gun
#ustoz #turktili #online
999
19-qism
Avvalo DAAD haqida
DAAD nemischa "Deutscher akademischer Austauschdienst " — (nemis akademik almashinuv xizmati) soʻzlarining qisqartmasi boʻlib bu tashkilot dunyo boʻyicha xalqaro talabalarni qoʻllab-quvvatlovchi eng katta tashkilot hisoblanadi. Bu tashkilot ajratadigan stipendiya turlari shu qadar koʻpki , men sizlarga yaqindan aytib bermoqchi boʻlganim HSK (Hochschulsommerkurs) dengizdan bir tomchi xolos.
DAAD stipendiyalari deyarli barcha sohalarni qamrab olgan.
Agar siz shunday stipendiyalardan birini qoʻlga kiritsangiz , 1 soʻm sarflamasdan Germaniyada bemalol oʻqishingiz mumkin, yaʼni barcha yashash harajatlari qoplanadi.
Til bilish darajasi ham stipendiya yoʻnalishlariga qarab farq qiladi. Oʻrtacha B1 darajadan C1+ darajagacha talab qilinadigan yoʻnalishlar bor.
Hattoki umuman nemis tilini bilmasa ham, yuqori ingliz tili daraja bilan ham bunday stipendiyalarni qoʻlga kiritish mumkin.
Eng muhim deb topganim - bu yerda hech qanday bir majburiyat yoʻq. Yillab shu stipendiya bilan Germaniyada qolib, PhD olishingiz mumkin, yoki boshqa nimadirlar, lekin ular sizga hech qanday shart qoʻymaydi. Bitirib bizga shuncha yil ishlab berasan demaydi. ( Oʻzbdagi bakalavrni byudjetda oʻqigan talabalar kabi🤦♀) Bemalol vataningizga qaytishingiz mumkin, agar mobodoooo oʻzingiz qaytishni xohlab qolsangiz😜
P.s bu turdagi maʼlumotlarni ham hayotiy hikoyalarim qatoriga qoʻshyapman, sababi - sababsiz, shunchaki yaxshi koʻraman.
@darbadar_qalb
@malohat0611
999
Oʻtgan yili Germaniyada men qatnashib kelgan dastur - Sommerkurs (HSK) boʻyicha kelasi yil uchun stipendiya beriladigan boʻlibdi.
Oʻzi bu dastur koʻp yillardan beri mavjud edi. Ammo pandemiya tufayli 2020-2021- yillari oʻtkazilmagan. Keyin esa oʻtgan yili -2022- yilda boʻlib oʻtdi.
Oʻsha paytlarda Germaniyada biroz iqtisodiy pasayish boʻlganligi uchun HSK ni 2023- yilga berishni toʻxtatishdi. Endi esa yana bu dastur uchun stipendiya beriladigan boʻldi🥳🥳🥳
Bu HSK dasturida grant yutib olish boshqa dasturlarga qaraganda biroz osonroq, muddati ham oz. Maksimal 1 oy uchun moʻljallangan.
Talablari:
-Siz oliygohda 2- yoki 3-kurs boʻlishingiz kerak.
-Nemis tilidan kamida B1 darajangiz boʻlishi kerak.
Qaysi sohada oʻqishingizni ahamiyati yoʻq.
Arizalar 1-dekabrgacha qabul qilinadi.
Ertadan boshlab oʻzi DAAD nima, HSK qanday dastur kabi savollarga batafsil javob yozaman...
@darbadar_qalb
@malohat0611
