cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Bookgeek.uz 🌻

Ilmdan o'zga najot yo'q va bo'lmagay!

Show more
Uzbekistan16 080The language is not specifiedBooks9 930
Advertising posts
1 017
Subscribers
No data24 hours
-177 days
-3330 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Repost from Bintu Sodiq
46:29
Video unavailableShow in Telegram
"Мусулмон" деганда одамларнинг кўз олдига илмли, қўлидан китоб тушмайдиган кишилар келишини истардим... 🎓🌸"Мен ҳам олима бўламан" кўрсатувининг 15-сони Моҳинабону Саидумарова, Туркиянинг Карабук Университети 1-босқич талабаси https://youtu.be/D7q0rmI-GwQ #MenHamOlimaBolaman T.me/BintuSodiq
Show all...
Mohinabonu master(Android).mp4162.68 MB
03:06
Video unavailableShow in Telegram
Hech bo'lmasa sayohatdagi videolarimni tashlab turay bu sahifaga🥳 O'zi sayohat ham deyarli qilmayapman. Erta-yu kech Karabukdagi yotoqxonamda, 1 kishilik xonamda o'zimga o'zim gapirib, kitob o'qib, hayol surib yoki balkonga chiqgan holda tog'larimga qarab o'tirish, qushlar ila gaplashish bilan o'tmoqda kunlarim. Bir so'z bilan aytganda mazza. O'tgan hafta bir jamoa ila Karabukdagi shu go'zal o'rmonga borgandik. Juda salqin ekanidan, yaxshigina sovqatib ham yurdim. Ha, Turkiyaning Qoradengiz tomonlarida havo ancha yaxshi. Ammo borganimiz bu o'rmon yana-da sovuq ekan. Karabukimizda esa yomg'irlar mavsumi biroz tugay deyapti🌸 shunday gaplar
Show all...
IMG_5185.MP437.24 MB
​​• Zulfu Livaneli • So'nggi orol Eng yaxshi ko'rgan asarlarimdan biri. Asarda bir sokin va go'zal orol tasvirlanadi. Oroldagi insonlarning hayoti boshqalarnikidan ancha farqli, go'yo eski zamonda qolib ketgandek, tinch-sokin holda hayot kechirishadi. Orolda qushlarning ham o'rni bor bo'lib, insonlar ular ila hamjihat holda kun kechirishadi toki... shaharliklar orolga kelmaguncha. Ana shundan keyin bari boshlanin ketadi. Aslida har bir mahluqotning yaratilish sabablari va yashash qonuniyatlari bor bo'lib, biz qaysidur birini boshqacha yashashga yoki hayotdan yo'qotishga urunar ekanmiz, o'zimizning boshimiz baloga qoladi. Asar aynan shu qoidalarni yaxshi tushunishga, har bir mahluqot olamini anglashga yordam ko'rsatadi. Kitobdan ajiyb xulosalar olgan holda, mazza qilib o'qigandim. Nazdimda bir bora o'qib ko'rish uchun arzirli kitob. Zora keyin jonzotlarning hayoti va dardlarini oz bo'lsa-da anglay olsak, hammani birxil tizimlashtirishdan yiroqlashsak~ @bookgeek_uz
Show all...

​​• Abdulfattoh abu G'udda • Büyük âlim olmanın yolu" Kitobning nomi o'ziga juda tortgan edi. O'qishni boshlagach, yana-da e'tiborimni o'ziga qaratdi. Juda kichik hajmdagi kitob bo'lib, ammo har bir yozilgan satrni fikrlab o'qish talab qilinadi. Aslida ichidagilar yangilik bo'lmadi, go'yo oyna vazifasini o'tadi. Olimlikni istovchilar uchun ko'proq salafi solihlar, sahobalar davridan o'rnaklar keltirilgan. Nimaga u paytdagi insonlarni zehni o'tkir, qabul qilishi yaxshi va ortiqcha narsaga aralashmay, ilmni mustahkam olganlari birin-ketin tahlil qilib chiqilgan. Inson ruhiyati uchun atrof muhitning holati ham muhim ekani, faqat ilm olish emas, amal qilishga ham e'tibor qaratishimiz kerakligi va yeyayotgan narsalarga e'tibor, vaqtga e'tibor qaratilishi, hamda tolibi ilm uchun bekorchi narsalardan maksimal darajada cheklanishga harakat qilishi lozimligi asosiy mavzulardan. Yozuvchi, ilm yo'lidagilarga albatta musulmon olimlari, xususan salafi solihlar hayotini yaxshi o'rganishni tayinlaydi. Hozirda ko'paygan g'arbning olimlarigagina yopishib qolmay, o'z tariximizdagi buyuk shaxslarni hayotini o'rganib, ulardan o'rnak olgan holda harakat qilishni a'lo yo'l deb ko'rsatadi. Chindan ham, biz kimni ko'p o'rgansak, o'shaning holati uzra talpinamiz. O'zimiz bilmagan holda fikrlashi, harakatlari bizga ham singadi. Aslida musulmon olimlarining sanalsa sanog'i yo'q. Shaxsan o'zim aynan usha olimlarni o'rgangan holda, yana-da yo'limda shijoatliroq yurishga intilaman. Chunki baribir qaysidur yo'lni tanlamoqchi bo'lsak, o'sha yo'lni allaqachon bo'sib o'tganlar ila suhbat qilishimiz yoki ular haqida o'rganishimiz ancha foyda beradi. Inson istasa istamasa hayotida o'zi uchun o'rnak qiluvchi insonlari bo'ladi. Xoh buni tan olsin yoki yo'q, qaysidur davrlarda kimdurlar u uchun o'rnak bo'ladi. Biz esa o'z olimlarimizni hayotimizda o'rnak qilsak, eng ozidan shu yo'lga mehrlilardan bo'lamiz va harakat, amallarimiz ham shunga yarasha bo'ladi. Ha, mayli, olimlik darajasini yoki biror kasbni eng zo'r mutahassisi bo'lishni hammaga ham nasib qilavermas. Lekin juda bo'lmaganda shu yo'lda harakat qilsak, o'zimizga mos darajani beradi. @bookgeek_uz☘️
Show all...

​​• Shayx Alijon Qori Fayzulloh Mahdum o'g'li • "Qur'oni karim shafoati" Qur'oni Karimga bo'lgan muhabbatni oshishida yaxshi yordam beruvchi kitoblardan biri. Kitobda Qur'oni Karimning fazilatlari, uni qiroat qiluvchilarga beriluvchi hislat va foydalar, nasihat-maslahatlar va yana shu kabi mavzularda qalam tebratilishi bilan bir qatorda, bir-biridan qiziq bo'lgan ulamolar va sahobalar hayotlaridan ham Qur'onga doir o'rnaklar keltirib ketiladi. Aynan shu o'rnaklar bilan ham inson zerikib qolmaydi. Shaxsan o'zim juda qiziqib, ammo hazm qilinishi kerak bo'lgani uchun o'ylab-o'ylab, dam olishlar ila o'qidim. Ayniqsa ulamolar hayotidan keltiriladigan o'rnakdan so'ng insonni Qur'onga bo'lgan mehri, g'ayrati shunaqa oshadi-ki. Umrini Qur'onga tikkisi keladi. Masalan umri davomida bir necha yuzdan oshiq marotaba Qur'onni hatm qilish.. Kamiga ham boshqalarga erta-yu kech dars berish bu bo'yicha va yana o'zi ham hatm qilishi... Biz faqat o'zimizga vaqtimiz yetmayapti-ku. Qolaversa, Qur'oni Karimni o'rganuvchilarga beriluvchi fazilatlarni o'qishni o'zi etni jimirlatib yuboradi. Kitobni Ramazondan avval o'qigandim. Shu kitob sababchi bo'lib ham, bu yilgi Ramazonimdan (Qur'on bo'yicha) juda oz bo'lsa-da ko'nglim to'ldi. Chunki kitobni o'qigan holda, Qur'onning sirlaridan oz bo'lsa-da voqif bo'lgandim. Insonmiz, doim eslatilib turilmasa, yodimizdan ko'tariladi. Va ora-orada shunday Qur'onning qadri va fazilatlarini eslatib turuvchi asarlarga ham ehtiyojimiz katta. Zero Robbimiz tomonidan bizga berilgan o'zi bittagina Kitobimiz bor (hozir). Endi uni ham o'qiy olmasak, uyat bo'lsa kerak☘️ Barchamizni Qur'on ila yashovchilardan qilsin🌷 • @Bookgeek_uz
Show all...

​​• Merve Gülcemal • Çocuk kalbinde Kur'an Kitob juda sodda tilda yozilgan bo'lib, hajmi ham kichik. To'g'risini aytsam, man ko'proq narsa kutgandim. Ammo umumiy o'laroq eslatmalar jamlangan ekan (normal). Ayniqsa kitobni: "Alloh rizosi uchun, iltimos, kular yuzli bo'ling. Agar kular yuzli bo'lmasangiz, bu ishni (Qur'on o'rgatish) bajarmang. Bolalarning zehnida, ko'nglida Qur'onni sevgisiz, majburan (kayfiyatsiz) o'qigan onlari qolib ketmasin. Bolalar Qur'on o'rganishga o'zlari istagan holda kelishsin" degan jumlalar ila boshlanishi ko'nglimni ko'tardi. Chunki aynan shu kular yuzli bo'lish lozimligi, juda ommabop mavzu bo'lishi bilan bir qatorda, katta kamchiligimiz (ayniqsa din ilmini o'rganadiganlarda ko'p kuzataman. Ha, jiddiyat ham kerak. Ammo samimiy va kular yuzli bo'lish atrofdagilarga kuch ham beradi). Kitobda yana bolalarga Qur'onni qanday qilib sevdirib o'rgatish texnikalari, ota-onalarga tavsiyalar, Qur'on o'rganayotgan bolalarni taqdirlab turish va o'zi nimaga Qur'onni o'rgatishimiz kerak? mavzulariga qisman javoblarni olasiz. Shu bilan bir qatorda yana ko'plab mavzularga teginiladi, ammo uncha boshni qiynaydigan holda emas. Shunchaki o'tirib, bir kunda o'qib chiqsa bo'ladi ~ Eslatma va qoidalarni o'rganish uchun deyarli muhim kitob. Chunki bu Qur'on o'rgatish ishi oson emas. Ayniqsa bolalarga nisbatan bo'lsa, insonda katta mas'uliyatni qoldiradi. Chunki keyinchalik Qur'onga muhabbatli bo'lish yoki bo'lmasligida qisman sizni harakatingiz ham yotadi. O'zimiz ham ko'p guvohi bo'lamiz (eshitib), bolalarga mehr bilan emas, qo'rqitgan holda Qur'on o'rgatilinishini. Agar shunday qilinar ekan, avvalo ular zehnida Qur'onni qanday qilib mustahkam qoldiradi? Biror nimadan qo'rqgan inson miyasida ma'lumot mustahkam o'rnashmaydi. Va tabiiyki eng muhimi, mehr tushmagan narsani zehniyat yaxshi qabul qilmaydi. Shu uchun ham kitobdayam aytilganidek, avvalo ularni muhabbatini oshirmoq lozim. Undan avval esa, o'zimizni sokin, go'zal hulqli, kular yuzli bo'lishimiz ustida ishlashimiz va tabiiyki ko'p ko'p ilm o'rganishimiz muhim ishlardan. @bookgeek_uz
Show all...

​​•Farangeyt bo'yicha 451 daraja • Rey Bredberi Oxirgi o'qiganim adabiyotlar ichida eng yoqgani desam yanglishmayman. Kitobda go'yo zamonamizdagi holatlar bayon etilmoqchi bo'layotgandek va bora-bora aynan asardagi hayot uzra sho'ng'ib ketayotgandekmiz. Faqat biroz o'zgacha holatda, o'zga uslubda. Asarning bosh qahramonlari o't o'chiruvchilar bo'lib, ular o'z vazifalarining tom ma'nosini unutgan holda, qayerda kitob bo'lsa uni yoqish va yo'q qilish ila faoliyat olib boradilar. Kitob go'yo eng xavfli dushman va uni yo'q qilish ular uchun ayni muddao. Asarda olimlarning qo'rquvdan sukut saqlashi, ilm ola bilmasliklari, har yerda kuzatilib turishlari-yu, kitobga go'yo qurolni ko'rgandek hadiksirab qarash voqeotlari sizni o'z domiga tortadi. U shunday jamiyat-ki, insonlarning o'zlari ila yolg'iz qolgan holda, biroz bo'sh qolib hayol surishlari go'yo o'zlari uchun qilganlari jinoyatdek. Insonlar hech bo'sh qolmasligi, tafakkur qilishi uchun vaqti bo'lmasligi darkor. Turli hayollar surish, yaratilishning mohiyatini anglashga kirishish ular uchun uyatli va qo'rqinchilikdir. Doimiy band bo'lishlari, televizor yoki musiqalar ila oshno bo'lishlari ularni "komil inson" qiladi. Bir birlari ila uzoqroq suhbatlashish bu kulgili holat. Oilada faqatgina televizorning baland va tinmay erta-yu kech gapirishga, savollar berishga haqqi bor go'yo. Insonlarning vazifasi esa faqat ularni eshitish, ko'rish. Huddi tizimlashtirilgan uskunalardek. Aslida biz ham shu hayot uzra odimlab ketmayapmizmi? Kitoblarni yoqish ila asrlar davomida shug'ullanib kelinayabdi. O'ylab qolaman... balki shunda kitob qadrini tushuna olarmiz? Ammo biror narsaning qadrini his qilish uchun uni yo'qotish shartmi? Kitobsiz, ilmsiz hayot qanday bo'larkin? Inson nima bilan kun kechiradi unda? shu kabi savollar tinmay aylanadi miyamda... Asar fantastik bo'lsa-da, hayotimizda yashayotganimiz jabhalarga yaqinligini bor ekanini his qildim. ~ O'qigan bo'lsangiz fikringizni yozib qoldiring✨ •@bookgeek_uz
Show all...

​​• Andalus Fotihlari • Nuriddin Tashkesen Andalusiyaning fotihi deganda, ko'z oldimizda Toriq ibn Ziyod gavdalanadi aslida. Kitobda esa Andalusiyaning sakkiz asrlik tarixi qisqa voqeotlar ila yodga olinadi. Tabiiyki Andalus fathidagi asosiy o'rinni Toriq ibn Ziyod egallashi bilan bir qatorda, uning yonidagi voliy Muso ibn Nusayr va o'g'li Abdulaziz ibn Musoning faoliyat yo'llari bilan ham tanishib o'tasiz. Shuningdek, kitobning oxirgi qismidagi bosh qahramon, Andalusiyadagi Umaviylar davlati asoschisi Abdurahmon bo'lib, uning bu Umaviylar davlatini tiklashida qanday to'siq va mashaqqatlarga duch kelgani-yu, yengilmay yo'lida davom etib, qanchalar buyuk davlat qurishga musharraf bo'lganini guvohi bo'lasiz. O'sha paytlarda Abbosiylar tomonidan Umaviylarga qarshi qirg'in o'tkaziladi. Maqsadlari Umaviy avlodini qirib tashlash, ulardan kelayotgan naslni qoldirmaslik edi. Bunga ko'rsatilgan sabab esa, Umaviylar tomonidan ahli baytga berilgan azoblar, Karbalo voqeotlari bo'lgan. Shu hodisalar ichida qahramonimiz Abdurahmon Alloh izni ila sog'-omon chiqib, yana Umaviylar davlatini tiklashga musharraf bo'ldi. Bu uzun yo'li davomida qanchalar qiyinchilikka duch kelgani, qayerlarda bo'lgani-yu, nechta o'limdan tirik qolganini kitob so'zlaydi sizga. Ha, Umaviylarning qilgan bu ishlari oqlanishli emas. Ammo birining qilgan ishini butun avlod to'lamaydi ham. Kitobda musulmonlarning nimalarda oqsashlari va yuksalish yo'li qayda ekanini ham tahlil qilib borasiz. Xususan, musulmonlarning birlashmay, o'zlari orasidagi ichki nizolar ila o'ralashaverib, mansabga va bir-biridan o'zishga intilaverganlaridan tanazzulga yuz tutishlarini tarix so'zlab, o'gitlar ham berib o'tadi. Bilamiz-ki, Andalusiya musulmonlarning ilmda eng gullab-yashnagan yerlaridan biri bo'lgan. U yerdagi kutubxona va kitoblarning soni sanoqsiz, butun ilm ahllari yetishib chiqgan makon bo'lgan. Andalusiya aholisi haqida so'z ketar ekan, boshqalar ko'z oldida kitobga va ilmga muhabbatli insonlar gavdalanar edi. @bookgeek_uz
Show all...

​​Qizlar ta'lim olaman desa, ko'pincha "senga nimaga kerak? Turmush qurib, uyda o'tirsang. Olima bo'larmiding, dunyoni olib berarmiding?" kabi gaplar keladi javoban. Bu fikrlar ayrim qizlarimiz o'zlarida ham shakllanib qolib, ilm olayotgan joylarida yo'llarini yo'qotib qo'yishadi. "Baribir ishlay olmayman-ku, o'qiganim bilan baribir oila bilan o'ralashib qolaman-ku" degan o'ylar ichida qolishadi. Yo'q, unday emas. Dinimizda ayollarning ilm olishi borasida biz o'ylaganimizdek to'siqlar yo'q. Aksincha, har bir musulmon va muslimani ilm olishga chaqiradi doimo. Tarixda buyuk olima ayollar ham yetarlicha chiqgan. Ha, hozir bizdagi o'rnaklar ko'p bo'lmasligi mumkin. Ammo bu olimalar bo'lmaganini anglatmaydi. O'qib izlansak, ko'plab ilmli ayollarimiz o'tganini bilishimiz mumkin. Hammamiz biladigan Oisha onamizni olsak, hali xanuz ilmlaridan foyda olib kelinadi. Qanday buyuk olima bo'lganlar-ki, xanuzgacha manfaatlari taralib turadi. Rivojlanishning asosi aslida ayolda, onadadir. Chunki u zakiya, oqila va olima bo'lsa, zurriyotlarini ham shunday yetishtiradi. Hali o'zining fikr-tushunchalari, yetarli ilmi bo'lmasa, tabiiyki hayotdagi maqsadi ham kichik bo'ladi. Yo'q, har bir muslimaning maqsadlaridan biri olima bo'lish va olim/olimalar yetishtirish bo'lmog'i darkor. Bu faqatgina din yo'nalishida emas, askincha, har bir ilmda! Kimning qay sohada salohiyati bo'lsa, o'sha bo'yicha odimlashi naqadar go'zal! Yengilmang, yengilmaymiz! @bookgeek_uz
Show all...

00:36
Video unavailableShow in Telegram
Aytgancha, bu yerga ham tashlab qo'yay🌚 Shunday lavhlardan sotuvda bor🥰 Olishga ulgurib qolinglar. Kam sonda qoldi✨ Xarid qilish uchun: @bookgeekuz ga murojaat qilaverasizlar
Show all...
IMG_1110.MP413.15 MB
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.