Chust 49-Ayrim fanlar chuqur oʻqitiladigan sinflari mavjud umumiy oʻrta taʼlim maktabi
Open in Telegram
Namangan viloyati Chust tumani 49-ayrim fanlar chuqur oʻqitiladigan sinflari mavjud umumiy o'rta ta'lim maktabi
Show more327
Subscribers
No data24 hours
-47 days
-430 days
Posts Archive
⚡️Xalq ta’limi vazirining 2022-yil 28 iyuldagi 246-son buyrug‘iga ko‘ra ota-onalarga quyidagi talablar belgilangan
- ta’lim muassasasi ichki tartib qoidalari bilan tanishish;
- o‘qituvchi sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilishi, dars jarayonlarida aralashmasliklari, pedagoglarni haqorat qilmasliklari;
- farzandini dars jarayonida ta’lim muassasasining ichki tartib va odob-axloq qoidalari talablariga rioya etishini nazorat qilish;
- farzandini darslarga to‘liq qatnashishini (davomat) hamda fanlar bo‘yicha ish daftarlari va ta’lim olishi uchun zarur bo‘lgan boshqa barcha jihozlar bilan ta’minlash;
- farzandini muassasaga darslik, o‘quv qurollari bilan kelishini ta’minlash;
- farzandining ta’lim olishiga to‘sqinlik qilmaslik, uning ta’lim muassasasiga o‘z vaqtida kelishi, darsdan keyin farzandini bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish;
- sinf rahbari va fan o‘qituvchilari bilan farzandining xulqi va davomati yuzasidan aloqada bo‘lish;
- farzandi darslarga kelmay qolishi mumkin bo‘lgan paytlarda ta’lim muassasasiga (sinf rahbariga) uning sabablarini bildirgan holda ma’lum qiladi;
- ta’lim muassasasining taklifiga asosan muassasada o‘tkaziladigan ota-onalar yig‘ilishi, suhbat va turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda ishtirok etish.
#iqtibos
Ma’nan yetuk kitoblarni tanlab o‘qi. Aks holda, bir dasta qog‘oz hayotingni zaharlashi mumkin.
✍ Mark Tven
📚 @kitoblar_pdf
Repost from Vaqt.uz | Rasmiy
🇹🇷 Туркия 13 ёшгача бўлган болаларга ижтимоий тармоқлар ва смартфонлардан фойдаланишни тақиқлашни режалаштирмоқда.
👉 @Geosiyosatuz
Repost from Uzb_Meteo
Ўзгидромет декабрь ойи учун маслаҳатомус об—ҳаво прогнозини тақдим этди.
Хабардан англанишича, ой ҳарорати кўп йиллик иқлимий меъёр атрофида бўлади.
Биринчи ўн кунликда ҳарорат кечалари —3 даража, шимолда —8 даражагача совуқ бўлади. Ўнкунликнинг бошида (1—2 декабрь) ва сўнгида (9-10 декабрь) ёғингарчиликлар кузатилади.
Иккинчи ва учинчи ўн кунликда ҳаво ҳарорати тунда —0...—5 даража совуқдан, +2...+7 даража илиққача, ой сўнгида эса —5...—10 даража совуққача ўзгаради. Кундуз кунлари ҳарорат +10...+15 даража илиққача, ой сўнгида —0...—5 даражагача пасайиши мумкин.
Ойнинг иккинчи ва учинчи ўн кунлигининг қайсидир кунлари шимолда ҳарорат кечалари —17 даражагача пасайиши ҳам мумкин.
Умуман олганда, Ўзидромет декабрь ойи прогнозида биринчи ўн кунликдан ташқари иккинчи ва учинчи ўн кунликда ҳарорат режими иқлимий меъёрдан қандай чеклангани тўғрисидаги маълумотга аниқлик киритмаган.
Шунинг учун ўқувчида ой ўтмиш декабрь ойларига нисбатан қандай ўтиши мумкинлиги тўғрисидаги саволга жавоб мавжуд эмас.
Ойнинг бошида ҳароратлар бироз паст, иқлимий меъёрга яқин бўлиши прогноз қилинган.
❗️Расман “Йил мактаби 2024» танловига старт берилди,
Йил якунланмоқда бизда эса йилнинг энг яхшиларини аниқлаш бошланди. Ўтаётган йилнинг "Йил мактаби"ни аниқлаш учун танлов бошланди. @yuristlar_maslahati жамоаси иккинчи Республика “Йил мактаби 2024» танловини очиқ деб эълон қилади.
Овоз берувчининг фақат битта мактабга овоз бера олиши жараённинг адолатли олиб борилишини таъминлайди ва танлов якуни бўйича энг кўп овоз тўплаб 1-2-3 ўринларни банд қилган мактаб маъмурияти диплом, эcдалик совғалар ва пул мукофотлари билан, ҳудудлар миқёсида эса, ҳар бир вилоятда энг кўп овоз тўплаб 1-2-3 ўринларни эгаллаган мактаб маъмуриятларига сертификатлар топширилади.
Овоз бериш @yil_maktabi_2024_bot орқали амалга оширилади ва жараён @yuristlar_maslahati каналида ёритиб борилади.
Овоз бериш муддати 2025 йилнинг 5 январига қадар давом этади. Овоз бериш👇
@Yil_maktabi_2024_bot
Repost from Davlat Test Markazi
⚡️Расман: Миллий сертификат имтиҳони натижалари эълон қилинди
📝 2024-йил 2–3-ноябр кунлари ўтказилган она (ўзбек, қорақалпоқ, рус) тили ва адабиёт фани бўйича миллий сертификат имтиҳони натижалари эълон қилинди.
☑️ Натижани текшириш: my.gov.uz
Тест натижалари халқаро методика – Раш модели асосида ҳисобланган бўлиб, талабгорларга тўплаган бали асосида қуйидагича сертификат тақдим этилади:
🔹 70 баллдан юқори балл — А+ даража; 🔹 65 - 69,9 балл — А даража; 🔹 60 - 64,9 балл — Б+ даража; 🔹 55 - 59,9 балл — Б даража; 🔹 50 - 54,9 балл — C+ даража; 🔹 46 - 49,9 балл — C даража.✅ Сертификатларга кириш тест синовларида қуйидаги тартибда балл берилади:
🔸 А+, А даражали сертификат учун — тегишли мутахассислик фанидан максимал балл; 🔸B+, B, C+, C даражали сертификат учун — тегишли мутахассислик фанидан пропорсионал балл; 🔸 А+, А, B+, B, C+, C даражали сертификат учун — тегишли мажбурий фандан максимал балл.Сафимизга қўшилинг! 👉 @davlattestmarkazi 👈
Repost from NEFT VA GAZ - MA'LUMOT KANALI
#Avtomobilsiz_kun
#qiyin-o-o-oov
Bugun ya'ni 27-noyabr kuni respublikamizning barcha hududlarida navbatdagi "Avtomobilsiz kun" aksiyasi o‘tkazilar ekan.
Barcha davlat idoralari rahbarlari va xodimlariga, yurtdoshlarimizga shaxsiy transport vositalaridan voz kechib, jamoat transporti, velosiped kabi atrof-muhitga zarar yetkazmaydigan transport turlaridan foydalanish tavsiya qilinadi.
“Avtomobilsiz kun” jamoat loyihasiga befarq bo‘lmang! O‘zimiz nafas olayotgan havo toza bo‘lishiga hissa qo‘shing.
____
Keling, bir harakat qilib koʻraylik-a?!
@ng_uz
Чин-чинмочинлар ким?
01. Kichkina shahzoda-@audiokitoblar_uz.mp311.76 MB
📚 Nomi: "Kichkina shahzoda"
👤 Muallif: Antuan de Sent-Ekzyuperi
⚙️ Janr: Ertak-qissa
🔢 Qismlar soni - 6 ta
💾 Hajmi: 115,6 MB
⏰ Davomiyligi: 02:22:53
🎤 O'qidi: Abdukarim Mirzayev
“Kichkina shahzoda” ertagi Antuan de Sent-Ekzyuperining eng qisqa asarlaridan biri bo‘lsa ham, undagi adibning inson hayotining ma’nosi va mazmuni haqidagi dardlari va falsafiy mushohadalari, insonlar o‘rtasidagi do‘stlik, birodarlik, hamdardlik va o‘zaro hurmat munosabatlari, yovuzlik va yomonlikka qarshi kurash g’oyalari aks ettirilgandir. Ertak koinotdagi, shu jumladan, Yerdagi turli sayyoralarni ziyorat qilgan Kichkina shahzoda haqida hikoya qiladi. U yolg‘izlik, do‘stlik, sevgi va yo‘qotish mavzulariga bag‘ishlangan.
Kitob bolalar uchun yozilganiga qaramay, uning xarakteri hayot va inson tabiatiga yaqin. Kitob dunyo bo‘ylab 140 million nusxada sotilgan va dunyoda eng ko‘p sotilgan kitoblardan biriga aylangan.
️🎧 @audiokitoblar_uz
Repost from Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
Prezident Farmoni bilan Hilola Umarova Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri lavozimiga tayinlandi
Bugun Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri lavozimiga Hilola Umarovaning nomzodi koʻrib chiqildi.
Majlisda Hilola Umarova maktabgacha va maktab taʼlimi sohasidagi islohotlarning samaradorligini yanada oshirish borasidagi kelgusida amalga oshiriladigan ishlar boʻyicha oʻz Harakatlar dasturi haqida axborot berdi.
Deputatlar Hilola Umarova nomzodini Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri lavozimiga maʼqulladilar.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-noyabrdagi tegishli Farmoni bilan Hilola Umarova Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri lavozimiga tayinlandi.
Vazir oʻtgan vaqt davomida maktabgacha va maktab taʼlimi tizimini rivojlantirish, taʼlim sifati va pedagoglar malakasini oshirish, iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha samarali ish olib bormoqda.
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi jamoasi Hilola Umarovani Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri lavozimiga tayinlanganligi bilan tabriklagan holda, kelgusi faoliyatida katta muvaffaqiyatlar tilaydi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Ҳафта давомида илиқ ҳарорат кузатилади.
Ҳафта бошлари қуруқ ва иссиқ, ҳафта ўрталаридан бошлаб намгарчил, дам олиш кунлари эса бироз салқин об—ҳаво бўлиши кутилмоқда.
Газета.ўз жамоаси билан Ўзгидромет ва жаҳон иқлим марказларининг ҳафталик об—ҳаво прогнозлари асосида Ўзбекистонда ҳафта давомида кутилажак об—ҳаво прогнозини шарҳладик.
Ҳафта гўёки баҳорий "илиқ" кузатилиши, ҳафта бошларида жанубда ҳарорат максимумлари +23 даражагача кўтарилиши, ҳафта давомида магнит бўрони қўзғалишлари мавжуд эмаслиги, водий текислик ҳудудларида душанба—сешанба кунлари қалин туманлар тушиб туриши, умуман олганда кутилаётган иқлимий вазиятнинг инсон саломатлигига таъсири, биоиқлимий шароитларгача таҳлил қилдик.
Ноябрнинг сўнгги кунларига хос бўлмаган ва иссиқ кутилаётган жорий ҳафта иқлими жанубий ва марказий вилоятларда уйқуга кетган айрим дарахтларда яна қайта барг чиқариб юбориш эҳтимолини оширса, аксинча энергетик тармоқ учун ушбу об—ҳаво муҳити юкламаларни кескин камайтиради.
Ўқинг ва хафталик ишларингизни режалаштиришда бизнинг маълумотларга сизга қўл келса биз бундан бағоят хурсанд бўламиз.
#Õzbekiston_tarixi
#24_dars
📣 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan O‘zbekiston tarixi fani bo‘yicha animatsion roliklar tayyorlanayotganidan xabaringiz bor.
✅ Navbatdagi videodars "Etnik jarayonlar va o‘zbek xalqining shakllanishi" mavzusiga bagʻishlanadi.
❗️Mazkur animatsion roliklar 2D formatida tayyorlangan va unda etnik jarayonlar va o‘zbek xalqining shakllanishi aks ettiriladi.
➖ Davomi bor...
Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram|You Tube|Facebook|Instagram
⚡️FARZAND TARBIYASIDA YETTI ZAHARDAN EHTIYOT BO‘LING:
1. Bir biriga solishtirish. Bolani bir biriga solishtirib, ajratish uning hayotini barbod qiladi;
2. Jismoniy qo‘pollik, urish yoki qo‘pol, uyat so‘z ishlatish. Bular bolaning o‘ziga bo‘lgan ishonchini barbod qiladi;
3. Masxaralash. Doim masxara qilingan bola o‘zini hurmat qilmaydigan bo‘lib qoladi;
4. Ortiqcha erkalatish. Ko‘p erkalatilgan, taltayib ketgan bola mas’uliyatsiz bo‘lib qoladi;
5. Ortiqcha tergash. Doimiy nazorat va ortiqcha izoh talab qilish boshqalar fikrini qabul qilish xususiyatidan mahrum qiladi;
6. Beparvolik. Bolaning dardiga quloq solmaslik, u bilan muloqotga vaqt ajratmaslik undagi xotirjamlik his tuyg‘usini barbod qiladi;
7. Shijoatlantirmaslik. Rag‘batlantirilmagan bola yangilik yaratishdan, ijod qilishdan mahrum bo‘lib qoladi.
P.S.: Barchaga ota-onalarga yuborib qo'ying!
«Maktab uchun hujjatlar» - kanaliga obuna bo'ling! 👇👇👇
👉 @maktablar_uchun_hujjatlar
👉 @maktablar_uchun_hujjatlar
#Rivojlanish
▶️ Komfort zonadan chiqishning 7 yo'li
️🔴@audio_kitobxona
Мактаб пайтларида эшитган «илиқ» сўзларимиз! 😁
Синфдошлар гуруҳига юбориб қўямиз!
Устозларимизни яна қандай сўзлари эсингизда?
