Olmaliq shahar hokimligi | Rasmiy kanal
Олмалиқ шаҳар ҳокимлиги Ахборот хизматининг расмий телеграм канали. Мурожаатлар учун: @OLMALIQHOKIMLIGI_BOT ОАВ ва журналистлар учун: 706143320, 706153166.
Show more- Subscribers
- Post coverage
- ER - engagement ratio
Data loading in progress...
Data loading in progress...
#deklaratsiya Bugun – daromadlar to‘g‘risida deklaratsiya taqdim etishning oxirgi kuni 📝 Soliq to‘lovchilar Soliq kodeksining 393-moddasida ko‘rsatilgan daromadlari to‘g‘risidagi jami yillik deklaratsiyani hisobot yilidan keyingi yilning 1-aprelidan kechiktirmay taqdim etishi va hisoblangan soliq summasini 1-iyunidan kechiktirmay to‘lashi belgilangan. ✅ Shunga ko‘ra, O‘zbekiston rezidentlari ushbu sanaga qadar 2023-yilda olgan quyidagi daromadlari to‘g‘risida jami yillik deklaratsiyani topshirishlari lozim: 🔸noturar obyektlari va 36 kalendar oydan kam muddatda mulkida bo‘lgan turar joylarni sotishdan hamda yaqin qarindoshi bo‘lmagan shaxslardan hadya tartibida, foiz va dividend ko‘rinishida olgan daromadlari; 🔸ilm-fan, adabiyot va san’at asarlarini yaratganlik hamda ulardan foydalanganlik uchun mualliflik haqi tariqasida olingan; 🔸moddiy naf tarzidagi; 🔸O‘zbekiston hududidan tashqaridagi manbalardan olingan; 🔸soliq agentlari bo‘lmagan manbalardan olingan hamda soliq agenti tomonidan soliq ushlab qolinmagan boshqa daromadlari. O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan chet el jismoniy shaxslari ham 1-apreldan kechiktirmay daromadlari to‘g‘risidagi deklaratsiyani taqdim etishi lozim. 💻2023-yilda olingan daromadlar to‘g‘risidagi deklaratsiya my3.soliq.uz saytidagi shaxsiy kabinet orqali yuboriladi. 📲Deklaratsiya asosida hisoblangan daromad solig‘i to‘lovini Soliq mobil ilovasi va boshqa to‘lov tizimlari orqali amalga oshirish mumkin. 📌Deklaratsiya asosidagi daromad solig‘i to‘lov kodi – 172 Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads