cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Delete

☘️Iymonli Qalblar...✍️ Илмий маърифий диний канали. Бизда 👇 ☘️Қуръон оятлари 🍁Саҳиҳ ҳадислар ☘️Ҳикматли сўзлар 🍁Гўзал қироатлар ☘️Ма'рузалар видеолар 🍁Ибратли хикоялар ☘️Диний расм ва бошқалар... Мурожаат учун: @Reklamamurojaat_Admin

Show more
The country is not specifiedThe language is not specifiedThe category is not specified
Advertising posts
295
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
No data30 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Бизга ҳам манашундай кексайишлик насиб қилсин🤲 https://t.me/Iymonliq
Show all...
Абу Саид Худрий розияллоҳу анҳудан ривоят қилинади: Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам кўйлак, ридо ёки салла кийсалар, бисмиллоҳни айтиб, сўнг: اللهمَّ إِنِّي أَسْأَلُكَ مِنْ خَيْرِهِ وَخَيْرِ مَا هُوَ لَهُ وَأَعُوذُ بِكَ مِنْ شَرِّهِ وَشَرِّ مَا هُوَ لَهُ «Аллоҳумма инний ас`алука мин хойриҳи ва хойри ма ҳува лаҳу ва аъузу бика мин шарриҳи ва шарри ма ҳува лаҳу», деб ўқир эдилар. (Маъноси: Эй Раббим, Сендан унинг яхшисини ва унга бериладиган нарсанинг яхшисини сўрайман. Ва унинг ёмонидан ҳамда унга бериладиган нарсанинг ёмонидан паноҳ тилайман.) Ибн Сунний ривоятлари. Каналимизга обуна бўлинг!🔻 https://t.me/Iymonliq
Show all...
Delete

☘️Iymonli Qalblar...✍️ Илмий маърифий диний канали. Бизда 👇 ☘️Қуръон оятлари 🍁Саҳиҳ ҳадислар ☘️Ҳикматли сўзлар 🍁Гўзал қироатлар ☘️Ма'рузалар видеолар 🍁Ибратли хикоялар ☘️Диний расм ва бошқалар... Мурожаат учун: @Reklamamurojaat_Admin

🌹🌺ТЕЗРОҚ ҚИЛИНИШИ ЛОЗИМ БЕШТА ИШ Ҳотам ал-Асом раҳматуллоҳи алайҳ айтадилар: “Шошқалоқлик Шайтондан магар беш ўрин ундан мустасно: 1. Меҳмонга таом тортиқ қилиш; 2. Маййитни кафанлаб дафн этиш; 3. Бўйи етган қизни узатиш; 4. Қарзни тезроқ адо этиш; 5. Гуноҳдан тезроқ тавба қилиш Шу беш ҳолатда шошиб иш кўриш Шайтондан эмас аксинча Расулуллоҳнинг суннатидандир” (Бариқа). https://t.me/Iymonliq
Show all...
Delete

☘️Iymonli Qalblar...✍️ Илмий маърифий диний канали. Бизда 👇 ☘️Қуръон оятлари 🍁Саҳиҳ ҳадислар ☘️Ҳикматли сўзлар 🍁Гўзал қироатлар ☘️Ма'рузалар видеолар 🍁Ибратли хикоялар ☘️Диний расм ва бошқалар... Мурожаат учун: @Reklamamurojaat_Admin

▪️Замонамиздаги порахўрликнинг кўриниши бир мансабга эришиш учун ҳадя тақдим қилишлик. ▪️Шуларни Аллоҳ лаънатлаябди. Агарчи у вазир ёки мулла ёки ўқитувчи бўлса ҳам Уланинг!👇 https://t.me/Iymonliq
Show all...
🌸 Ассаламу алайкум 🌸 🌸 Ва Роҳматуллоҳи🌸 🌸Ва Барокатуҳ.🌸 #ҲАЙРЛИ_ТОНГ🌤 Азизлар 🌼 Аллоҳ бу кунни яхшиликларга тўлдирсин! 🌼 Ибодатларимизни даргоҳида қабул қилсин! 🌼 Кунингиз хайрли ва файзли ўтсин!🤲🏻 #ТОНГГИ_ДУО⤵️ 🔹 «Асбахнаа ва асбахалмулку лиллаҳ» 🔹 «Бутун мулклар Аллоҳники бўлган холда тонг оттирдик» https://t.me/Iymonliq
Show all...
Ҳар бир боққа атиргул экканинг яхши. Лекин ҳар бир тилга Аллоҳнинг зикрини эксанг, ундан-да яхши. «Субҳаналлоҳи ва биҳамдиҳи» (Аллоҳни поклаб ёд этаман ва У Зотга ҳамд айтаман). ТУНИНГИЗ ОСУДА УТСИН АЗИЗЛАРИМ https://t.me/Iymonliq
Show all...
#OLIMDAN_KEYINGI_HAYOT... 37-qism 📓 O'LIMDAN KEYINGI HAYOT... (Mistika) (37-qism) Ular nimanidir qidirish bilan ovora edi. Qayoqqa qaramang, g'alati, ko'rimsiz qushlar uchib aylanar, mushuk singari miyovlashardi. — Men tushunmadim. — dedim hayron bo'lib. — Shahar qani? — Hamma gap shunda. — bosh irg'adi farishtam. — Bu shahar bir paytlar bo'lgan. Ammo odamlari yolg'onchi, xiyonatkor, firibgar bo'lishgan va oqibatda Xudoning g'azabiga uchragan. Mana, buning natijasini ko'rib turibsan. Qachonlardir shu shaharni yer yutgan. Hov anavi yalang'ochlar esa men aytgan gunohkorlar. Ular uchun do'zaxga kirishning hojati yo'q. Shu yerning o'zida do'zaxdagidan battar umr kechirishadi. To qiyomat kuni kelib, Yaratganning marhamatiga muyassar bo'lmagunlaricha shu taxlit yashashadi. Yo'q, ketdik! Ko'radigan narsaning o'zi yo'q bu yerda! Biz boshqa bir tarafga uchib ketdik. DAVOMI ERTAGA QO'YILADI ‼️ ☘️Iymonli Qalblar...✍️
Show all...
#OLIMDAN_KEYINGI_HAYOT... 36-qism 📓 O'LIMDAN KEYINGI HAYOT... (Mistika) (36-qism) Zulmat qo'ynida joylashgan do'zaxning qiynoqlari haqida u qadar tasavvurga ega bo'lmasam… Nega shukr qilmayapman? Taqdirga tan berganim hamono miyamda turli rejalar aylana boshladi. Ancha yo'l bosib mayda-mayda daraxtlardan iborat bir joyga yetdim. Lekin bu yer ham issiq, aksiga olib o'rgimchaklar, kaltakesaklar har qadamda duch kelardi. Men ulardan qo'rqmaslikni o'rgandim. Jim o'tirganimda kaltakesaklar oyoqlarimga chiqib isinishardi. Mayda daraxtlar shoxlarini sindirib o'zim uchun ko'rpa va yostiq yasadim. Shunday qilib yolg'izlikdagi hayotimni sal bo'lsa-da, yo'lga qo'ygandek bo'ldim… Afsuski, ko'nglim yorishmasdi. Ertalab quyosh yuz ko'rsatishi bilan Xudoga nola qilar, ovozimning boricha frashtamni qoshimga chorlardim. Bobomga xayolan yalinib, qutqarishlarini so'rardim. So'ngra qumga cho'k tushib yaqin o'tmishim haqida o'ylashga tushardim. Noto'g'ri hayot kechirganimdan, yo'l qo'ygan gunohlarimdan nadomatlar chekardim. Qarangki, tavba qilganim sayin shuncha yengil torta borardim. Ha, bu haqiqat. Hayotim shu qadar iflosliklar changalida o'tgandiki, manavi zangori osmon ostida o'tirishga, nafas olishga haqsiz ekanimni yurak-yuragimdan his etardim. Hatto, hov anavi kaltakesak, o'rgimchaklardek begunoh jonivorlarni ko'rishga ham haqqim yo'q edi. Ammo Xudoyim menga tag'in shafqat qilib, barcha mushkulotlardan xalos etdi va shu yerlarga kelib qoldim. Yana tirikligimda o'zim yoqtirgan insonlarni va jannatda sevishga ulgurgan yaqinlarimni esladim. Xayolan foniy dunyodagi do'stlarim, qarindosh-urug'larimdan kimlarningdir yo'liga yurib ko'ngillariga yetkazgan ozorlarim uchun astoydil kechirim so'radim. Jannatdagi aziz qondoshlarimga rahmatlar aytib, meni duo qilishlarini so'radim. Kunlar esa o'tib borar, men daraxt barglarini yeb, dengizning sho'r suvidan ichib hayot kechirardim. Shunga majbur edim. Biroq qalbimni to'rdek o'rab olgan g'am, tushkunlik azobi balki ibodatlarim sabab asta-sekin bo'lsa-da, tarqala borardi. Oh, Olga!.. Buvijonim!.. Siz ham menga katta ko'mak berdingiz! Umidni vujud-vujudimga singdirib qo'ydingiz! Ikki ming yil siz meni kutibsiz-a, buvijonim Olga!.. Men ahmoq bo'lsam, o'zimning boqiy hayotimni endigina boshlabman-u, vaqti kelsa bardoshim tamom bo'lgandek dunyoga sig'may ketaman… Xudoyim sizni rahmatiga olgani rost bo'lsin! Boya atyganimdek, qancha ko'p ibodat qilsam, shuncha oson kechardi. Men Xudoyimga tasannolar aytishdan charchamasdim. Chunki, u tufayli o'limni boshimdan kechirdim. Do'zax, jannat orqali o'tib, Shayton kimligini, aslida Yaratgan egam haqiqitan borligini anglab yetdim. Bunga amin bo'ldim. Mo''jiza kutilmaganda ro'y berdi. Bir kuni tunda yomg'ir yog'di. Bir mahal dimog'imga atirgul ifori urildi. Men bu hidni shamol qaerdandir uchirib olib kelgan bo'lsa kerak deb o'ylagandim. Qum ustida cho'zilib yotgancha jannat gullarini ko'z oldimga keltirishga ham ulgurdim. Olga bilan ko'rgan billur gullarni esladim… Shu taxlit uyquga ketdim… Tong otdi. Yomg'ir tinibdi. Atrof jimjit. Men o'rnimdan turdim. Oyoqlarim ostidagi qum namlanibdi. Endi bu qum uzra bemalol, qiynalmasdan yursa bo'ladi. Men sohil bo'ylab oldinga bosdim. Hech qancha yurmay, farishtamga ko'zim tushdi. Ha, u meni kutardi! Quvonib ketdim. Chopib borib bag'riga o'zimni otdim. — Mana, Anna, — dedi farishtam. — hammasi tugadi. Senga shafqat ko'rsatgani uchun Xudoyimga shukrona keltir! Xo'sh, mo''jizani ko'rdingmi? — Albatta. Mayda, qurib qolgan daraxtlar birdan uyg'onib, barg yozib, gullarga burkandi. Farishtam meni ko'tarib oldi va men uning yelkasiga boshimni qo'yib oldim. Biz samoga ko'tarildik. — So'nggi bor shaharga nazar tashlab olishni istaysanmi? — so'radi farishtam. — Ha, agar mumkin bo'lsa. Farishtam boshqa tomonga burildi. Ammo ostimizda hech qanday shahar ko'rinmasdi. Faqat uyilib yotgan axlatlar, pachoqlangan mashinalar ko'zga tashlanardi. Kulrang tanali yalang'och erkak, ayollar axlat uyumlarini oralab yurishardi. ☘️Iymonli Qalblar...✍️
Show all...
#OLIMDAN_KEYINGI_HAYOT... 35-qism 📓 O'LIMDAN KEYINGI HAYOT... (Mistika) (35-qism) Xullas, u yig'lay-yig'lay, ortimdan ergashdi. Biz ancha yo'l bosib dengiz bo'yiga yetdik. Undan so'ng qumdan bunyod bo'lgan tog'lar… Ketidan yana dengiz… — Shalpangquloq, bu nima? — so'radim sherigimdan. — Suv-da! — javob qildi Shalpangquloq. — Suvligini bilaman. Nima deb ataladi? — Yaxshisi, o'zing ayt! — Dengiz, ahmoq, dengiz! Dengiz bo'yida ulkan shahar qad ko'targandi. O'sha tomonga bordik. Shaharda juda chiroyli qora uylar o'rnatilgan. Derazalari, balkonlari bor. Bu shaharning odamlari juda osoyishta yashashar, bir-birlari bilan mushtlashishmas, haqoratli so'zlarni tillariga chiqarishmasdi. Shu yerda yashab qolishga ahd qildik. Hech kim bizga xalal bermasdi. GOho o'tkinchilardan kimdir o'zimiz tanlab joylashib olgan qora uychaga mo'ralardi-da, yo'lida davom etardi. Biz qo'rqmasdik. Negaki, yonimizda zambilning tutqichi bor. Bemalol dushmandan himoyalana olishimizga aqlimiz yetadi. Tez-tez dengiz bo'yiga borib suvga tikilishni odat qildik. Shunday lahzalarda oq qush dengiz osha uchib kelardi-da, non tashlab ketardi… Keyingi kunlarda negadir yuragim g'ash tortadigan, kimlarnidir qo'msaydigan bo'lib qolgandim. Sababini bilmasdim. Shalpangquloqning gaplari ham, dengiz ham, oq qushning mehr ila non tashlab ketishlari ham ko'nglimga sig'masdi. Faqat ketgim va ketgim kelaverardi. — Men ketmasam bo'lmaydi. — dedim nihoyat bir qarorga kelib. — Dunyoga sig'may qolayapman. Kimlarnidir ko'rgim, kimlargadir yetishgim kelayapti. Shalpangquloq og'ir tin oldi. Ammo hech narsa demadi. Uzoq muddat dengizni to'ldirib oqayotgan ko'kimtir suvga tikilgancha o'y surib o'tirib qoldi. So'ngra beixtiyor boshini ko'tardi. — Ketsang ketaver! — dedi u qovoq uyib. — Men shu yerda qolaman. — Nega? Ochlikdan o'lib ketasan-ku! — Mayli… Bir marta o'lib ko'rdim, yomon bo'lmadi. Ikkinchi marta o'lsam nima bo'pti?.. — Unda bilganingni qil! — Sen qay yo'l bilan ketmoqchisan? — so'radi Shalpangquloq. — Yo'lda ruhxo'rlar tutib olishsa-chi? — Men dengizda suzib ketaman. Ishonaman, baribir o'zim borishim manzilga yetaman. Mana ko'rasan. — Cho'kib ketishdan qo'rqmaysanmi? — O'zing aytding-ku! Men ham bir marta o'lib ko'rdim. Nega qo'rqishim kerak?.. Xullas, biz Shalpangquloq bilan yig'lab xayrlashdik. O'rganishib qolgan ekanmizmi, sira bir-birimizni qo'yib yuborgimiz kelmasdi… Ammo na iloj? Qalbim faqat oldinga talpinar, ortiq bu yerlarda turishga bardoshim yetmasdi. Men Shalpangquloqni qo'yib yubordim-u, o'zimni dengiz qa'riga otdim. Dunyoda omad kelmasa qiyin ekan. Suvga sho'ng'iganimdayoq hushimdan ketgandim. O'zimga kelganimda, cho'lu biyobon o'rtasida yotar, tepamdan hatto qush ham uchib o'tmas, issiqdan zo'rg'a nafas olardim. Mendan ancha narida esa dengiz shovqinigina quloqqa chalinardi… Ajabo! Qanday qilib shuncha joyga hushsiz kelib qoldim? Kim meni keltirdi bu yerga? To'lqinlarmi? Ular dengiz ichkarisidagina mavjudligini bilaman-ku!.. Xullas, shunday xayollar bilan ancha vaqt bosh qotirdim. Baribir sababini topa bilmadim. Sal o'tmay, birdan havo aynib yomg'ir tomchilay boshladi. Qornim och, suv ichgim kelardi. Sekin o'rnimdan turdim-da, xo'rligim kelib oldinga yurdim. Ajab emaski, biror daraxt uchrasa va men o'sha daraxt soyasida jon saqlasam. Balki, biror yegulik toparman. Ey Xudoyim, nega mehribon oq qush uchib kelmayapti? Nega menga non tashlamay qo'ydi?.. Xudoyim! Nega meni bu ahvolga solib qo'yding? Nahotki, menga ko'mak bermasang? Menga shafqat qilmasang?.. Keyin ancha xotirjam tortdim. Axir, men allaqachon o'lganman! Nimadan qo'rqaman? Menga yoqadimi-yo'qmi, qarshimda boqiy dunyo yuz ko'rsatib turibdi. Men shu dunyoda yashashga majburman. Aslida o'sha dahshatli, muzlardan iborat ko'l bo'yida yashashim, ruhxo'rlarga qul bo'lib qolib ketishim, yoki jinlar hukmronlik qiladigan joylarda abadiy qolib ketishim ham mumkin edi. ☘️Iymonli Qalblar...✍️
Show all...
#OLIMDAN_KEYINGI_HAYOT... 34-qism 📓 O'LIMDAN KEYINGI HAYOT... (Mistika) (34-qism) Hayqirig'imdan g'azab otiga mingan soqchilar jonholatda menga tashlanib, qo'llaridagi tayoqlar bilan ura ketishdi. Bora-bora hushimdan ketib yiqildim. Hushimga kelganimda Shalpangquloq tepamda turib olgancha qichqirardi: — Yo'qol yaramaslar! Uni senlarga bermayman! U hammadan yaxshi! Yo'qol, itvachchalar! Shunday deb qo'lidagi zambil tutqichini silkigancha tepamda uyoqdan-buyoqqa uchib aylanayotgan ruhxo'rlardan himoya qilardi. Tushundimki, ruhxo'rlar meni yeyish harakatiga tushishibdi. Men Shalpangqquloqdan juda xursand bo'lib ketdim. U meni tashlab qochmabdi. Faqat… Zambil tutqichini sug'urib olgani uchun javob berishga to'g'ri keladi. Ruhxo'r soqchilar kaltaklashadi… Men sekin o'rnimdan qo'zg'aldim. Shalpangquloq oyoqqa turib olishimga ko'maklashib yubordi. Shu ondayoq tanam samodan kelib tushgan nonlar tufayli bo'lsa kerak, oppoq tus olib, o'zidan ko'zni qamashtiruvchi yorug' nur tarata boshladi. Ruhxo'rlar darhol chekinib, osmonu falakka ko'tarilishdi va ko'zdan g'oyib bo'lishdi. — Yaxshiyam sen tirik qolding! — yelkamni silab so'z qotdi Shalpangquloq. — Tezroq qora uylarga boraylik! Bu yer qo'rqinchli ekan… — Yo'q, — dedim qat'iy. — hech qanaqangi qora uyga qaytmaymiz. Bu yerlardan ketamiz. Tutqichni olvol! Kerak bo'lib qolishi mumkin. Shalpangquloq xuddi ruhxo'rlar kabi uv tortib yubordi. — Nega uv tortasan? — so'radim undan jahlim chiqib. — Qo'rqib ketayapma-an! — Unda bor, qora uyga bir o'zing ketaver! Men zambilning qolgan qismlarini tepa-tepa sindirdim-da, jahd bilan yo'lga tushdim. Shalpangquloq esa ancha joygacha ortimdan ergashib borar, ahyon-ahyonda uv tortib qo'yardi. Toqati toq bo'ldi shekilli, menga yetib olib qo'limdan tutdi. — Yur, lagerga qaytaylik! — Suf senga! — jerkib berdim uni. — Erkakmisan o'zi? Namuncha quyonyurak bo'lmasang?.. Men uni qo'lidan mahkam tutib oldinga yetakladim… Biz toshdan bunyod etilgan quduqqa yetganimizda, to'satdan quduq ichidan: «Yo'qol! Bu yer band!» degan hayqiriqlar atrofni tutib ketdi. Mayli, nimayam qilardik? Yura-yura, sahroga yetdik. Men o'zimga yoqadigan katta xarsang toshni tanlab o'sha yerda to'xtadim. — Shu yerda yashaymiz. — dedim Shalpangquloqqa. — Qo'rqinchli-ku! — Nimasi qo'rqinchli? — Anavilar kelib yeb qo'yishsa-chi? — Qo'rqoq! Mening yonimda bo'lsang, seni yeya olishmaydi! Endi kattaroq toshlardan tanlab tashishni boshla! Ruhxo'rlardan saqlansa bo'ladigan uycha qurib olamiz! Unga tosh tashishni o'rgatib o'tirishning hojati yo'q edi. Lagerda o'rgangan. Ko'z ochib yumguncha uycha ham tayyor bo'ldi. Biz bir-birimizning pinjimizga kirgancha ko'zlarimizni yumdik. Shalpangquloq adashmagan edi. Bir necha marta ruhxo'rlar uychamizga mo'ralab ko'rishdi. Lekin katta xarsang toshlar jonimizni asradi. Ular jo'nab ketganlaricha, qaytishmadi. Ikkalamiz birgalikda o'zimizni juda yaxshi va xotirjam his etardik. Shalpangquloq yo jim o'tirar, yoki taqdiridan nolirdi. U jonini jabborga bersa berardiki, lekin meni sotmasdi. Shalpangquloq deganlari shunday yigit edi. Qo'rqoq-u, ammo sadoqatli. Ahvolimiz ham kun sayin yaxshilana bordi. Har kuni oq qush bizga non tashlab o'tar, nonni ikkalamiz bo'lishib yer edik. Oyoqqa tura boshlaganidanmi, hatto quloqlari ham u darajada sezilmay qoldi nazarimda. Bir kuni beixtiyor bu yerdan ham ketgim kelib qoldi. — Qaerga? — Shalpangquloq jahli chiqib yo'limni to'sdi. — Qaerga boramiz? Ahmoq ekansan! Bizni yo'lda yeb qo'yishadi-ku! Balki, boshqa joylarda non bo'lmas?.. Yo'q, mening o'z rejalarim bor edi. Faqat Shalpangquloqqa aytib o'tirmadim. Hozircha ketmay turishga ahd qilgan bo'lsam-da, oq qush olib kelayotgan nonni tejab, zahiraga olib qo'yadigan bo'ldim. Rejalarim pishgach, Shalpangquloqqa dedim: — Bas! Bugun jo'nab ketamiz. — Men bormayman! — dedi Shalpangquloq ortga tislanib. — Borasan. Men bilan birga bo'lsang, faqat yaxshilik ko'rasan. ☘️Iymonli Qalblar...✍️
Show all...