KARAKALPAKSTAN MEDICAL INSTITUTE
Open in Telegram
📲 Sayt: https://kkmi.uz 📲 instagram.com/www_kkmi_uz/ 📲 facebook.com/kkmi.uz 📲 https://www.youtube.com/@kkmi_uz email: info@kkmi.uz
Show more3 404
Subscribers
+324 hours
+447 days
+4230 days
Posts Archive
+4
TALABA-YOSHLAR BILAN «KIBERJINOYAT TURLARI» MAVZUSIDA UCHRASHUV O‘TKAZILDI
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasi vakillari ishtirokida Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutining talaba-yoshlari bilan «Kiberjinoyat turlari» mavzusida profilaktik uchrashuv tashkil etildi. Tadbirni institutning Yoshlar masalalari bo‘yicha prorektori Z. Aleuov ochib berdi va uchrashuvni boshqarib bordi. Uchrashuv davomida soha mutaxassislari tomonidan bugungi kunda keng tarqalayotgan kiberjinoyat turlari, internet va ijtimoiy tarmoqlardan xavfsiz foydalanish, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, firibgarlik holatlaridan ogoh bo‘lish hamda kiberxavflarga duch kelganda qanday choralar ko‘rish lozimligi haqida batafsil ma’lumotlar berildi.Telegram |Instagram |Facebook |YouTube
+3
«Rahbar va yoshlar» uchrashuvi o‘tkazildi
Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida Qoraqalpog‘iston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri M. Qurbanov hamda institut rektori O. Xalimov ishtirokida talaba-yoshlar bilan «Rahbar va yoshlar» uchrashuvi tashkil etildi. Uchrashuv davomida talaba-yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqot o‘tkazilib, ularning ta’lim olishi, kasbiy rivojlanishi, tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda kelgusidagi faoliyati bilan bog‘liq masalalar yuzasidan fikr almashildi. Muloqot jarayonida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar, taklif va mulohazalari bilan murojaat qilib, mas’ullar tomonidan tegishli fikr va tavsiyalar bildirildi. Bunday uchrashuvlar yoshlarning murojaat va takliflarini bevosita rahbarlarga yetkazish, ular bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish hamda yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etadi.Telegram |Instagram |Facebook |YouTube
Repost from Joqarǵı Keńes.uz
Жаңаланған Туран стадионында биринши футбол ушырасыўы 13-сентябрьде болып өтеди
Жақында Нөкис қаласындағы Туран стадионы толық оңлаўдан шығарылып, пайдаланыўға тапсырылған еди. Ендигиден былай усы аренада профессионал футбол ушырасыўларын өткериў ушын барлық шәраятлар бар.
Жаңаланған Туран стадионында Пролиганың 19-турынан орын алған «Арал» - «Лочин» командалары арасындағы ушырасыў өткериледи. Ойын 13-сентябрь – екшемби күни болып өтеди.
Атап өтиў орынлы, бүгинги күнде Про Лига ойынларында «Арал» футбол командамыз 17-тур ойынлары жуўмағы менен жәми 42 очко жыйнап, жетекшиликти қолдан бермей келмекте.
Бәрше футбол ықласбентлерин Туран стадионында командамызды қоллап-қуўатлаўға шақырып қаламыз.
—
Янгиланган Турон стадионида биринчи футбол учрашуви 13 сентябрда бўлиб ўтади
Яқинда Нукус шаҳридаги Турон стадиони тўлиқ таъмирдан чиқарилиб, фойдаланишга топширилган эди. Эндиликда ушбу аренада профессионал футбол учрашувларини ўтказиш учун барча шароитлар мавжуд.
Янгиланган Турон стадионида Пролиганинг 19-туридан ўрин олган "Арал" - "Лочин" жамоалари ўртасидаги учрашув ўтказилади. Ўйин 13 сентябрь - якшанба куни бўлиб ўтади.
Таъкидлаш жоизки, бугунги кунда Про Лига ўйинларида "Арал" футбол жамоамиз 17-тур ўйинлари якуни билан жами 42 очко тўплаб, пешқадамликни қўлдан бермай келмоқда.
Барча футбол мухлисларини Турон стадионида жамоамизни қўллаб-қувватлашга чақириб қоламиз.
Каналға ағза болыў: @joqargikenes
Website|Telegram|Instagram|Facebook|YouTube
Repost from QARAQALPAQSTAN TELEKANALI
08-09-26/ XABAR "AǴARTÍWSHÍLÍQ KÁRWANÍ" NÓKIS QALASÍNDA Sociallıq tarmaqlar arqalı bizdi baqlap barıń: 👇 👇 👇 Telegram I Instagram I Youtube I Facebook I QTRK ONLINE
+4
🏃♂️ «Talaba yugur» marafonida institut talabalari faol ishtirok etdi
Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti talabalari yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, jismoniy faollikni oshirish va sportga bo‘lgan qiziqishni yanada kuchaytirishga qaratilgan «Talaba yugur» yugurish marafonida faol ishtirok etdilar.
Marafon davomida institut talabalari yuqori kayfiyat va ko‘tarinki ruhda qatnashib, o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi, faolligi va sportga bo‘lgan qiziqishini namoyon etdilar.
Mazkur tadbir yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, muntazam jismoniy mashg‘ulotlarga qiziqishni oshirish hamda sportning inson salomatligidagi muhim o‘rnini targ‘ib etishga xizmat qildi.
Repost from Edu.uz
#Hemis #yangi_versiya
❗️ HEMIS tizimining navbatdagi versiyasi OTTlarga taqdim etildi!HEMIS tizimining 1.9.57 (09.09.2026.y.) versiyasida oliy taʼlim tashkilotlarida taʼlim jarayonlarini yanada samarali tashkil etish hamda talabalarni tizimga kiritish jarayonlarini takomillashtirishga qaratilgan bir qator muhim o‘zgarishlar amalga oshirildi. ➖ Buyruq va farmoyishlarga talabalarni qo‘shish nazorati kuchaytirildi Endilikda, agar talaba avval mos turdagi buyruq yoki farmoyishga qo‘shilgan va mazkur hujjat hali imzolanmagan bo‘lsa, uni boshqa shu turdagi buyruq yoki farmoyishga qo‘shish mumkin bo‘lmaydi. ➖ “Boshqa” statusidagi talabalar anketalarini o‘chirish funksiyasi takomillashtirildi Agar talaba biror buyruq yoki farmoyishga qo‘shilgan va mazkur hujjat hali to‘liq imzolanmagan bo‘lsa, uning anketasini o‘chirish mumkin. Bunda talaba qo‘shilgan buyruq yoki farmoyishdagi shu vaqtgacha qo‘yilgan imzolar bekor qilinadi va hujjat qayta tahrirlash holatiga o‘tkaziladi. ➖my.edu.uz va HEMIS o‘rtasida yangi xizmat yaratildi 🌐 my.edu.uz va HEMIS tizimlari o‘rtasida talabalarni tegishli bo‘lmagan OTT tizimidan chiqarish bo‘yicha yangi xizmat joriy etildi. Talabaning murojaatiga asosan uning anketasi OTT bazasidan avtomatik tarzda o‘chiriladi yoki o‘chirish uchun tegishli murojaat yuboriladi. Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
Repost from Joqarǵı Keńes.uz
Нөкисте бәнтлик ҳәм исбилерменлик ярмаркасы өткерилди
Нөкис қаласындағы «Дослық» каналы бойында халықтың бәнтлигин тәмийинлеў, кәмбағаллықты қысқартыў ҳәм жаслардың исбилерменлик басламаларын хошаметлеўге бағышланған ири мийнет ҳәм исбилерменлик ярмаркасы шөлкемлестирилди.
Илаж шеңберинде киши исбилерменлик жумысын жолға қойыў ушын арналған мийнет қураллары ярмаркасы шөлкемлестирилди. Көргизбеге келгенлер өз бизнесин баслаў ушын зәрүр болған заманагөй әсбап-үскенелер ҳәм мийнет қуралларының имканиятлары менен жақыннан танысты.
Сондай-ақ, бул павильонда коммерциялық банклер тәрепинен өз исбилерменлик жумысын жолға қоймақшы болған пуқаралар ушын жеңиллетилген кредитлер ажыратыў ҳәм мәмлекетлик субсидияларды алыў тәртиби бойынша қәнигелер мағлыўматлар берди.
Соның менен бирге, бос жумыс орынлары мийнет ярмаркасы арқалы қатнасыўшыларға мийнет базарындағы бар бос жумыс орынлары усынылып, билимлендириў мәкемелери питкериўшилериниң жергиликли кәрханаларда бәнтлигин тәмийинлеў бойынша тараў қәнигелеринен зәрүр усыныс ҳәм мәсләҳәтлер алынды.
-----
Нукусда бандлик ва тадбиркорлик ярмаркаси ўтказилди
Нукус шаҳридаги "Дўстлик" канали бўйида аҳоли бандлигини таъминлаш, камбағалликни қисқартириш ва ёшларнинг тадбиркорлик ташаббусларини рағбатлантиришга бағишланган йирик меҳнат ва тадбиркорлик ярмаркаси ташкил этилди.
Тадбир доирасида кичик тадбиркорлик фаолиятини йўлга қўйиш учун мўлжалланган меҳнат қуроллари ярмаркаси ташкил этилди. Кўргазмага келганлар ўз бизнесини бошлаш учун зарур бўлган замонавий асбоб-ускуналар ва меҳнат қуролларининг имкониятлари билан яқиндан танишди.
Шунингдек, ушбу павильонда тижорат банклари томонидан ўз тадбиркорлик фаолиятини йўлга қўймоқчи бўлган фуқаролар учун имтиёзли кредитлар ажратиш ва давлат субсидияларини олиш тартиби бўйича мутахассислар маълумотлар берди.
Шу билан бирга, бўш иш ўринлари меҳнат ярмаркаси орқали иштирокчиларга меҳнат бозоридаги мавжуд бўш иш ўринлари тақдим этилиб, таълим муассасалари битирувчиларининг маҳаллий корхоналарда бандлигини таъминлаш бўйича соҳа мутахассисларидан зарур таклиф ва маслаҳатлар олинди.
Каналға ағза болыў: @joqargikenes
Website|Telegram|Instagram|Facebook|YouTube
Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida "Ma’rifat karvoni" doirasida tashkil etilgan o‘quv seminari Qoraqalpog‘iston telekanali orqali jonli efirga uzatildi.
+2
MEHNAT VA TADBIRKORLIK YARMARKASIDA
Bugun Nukus shahridagi Do‘stlik kanali bo‘yida mehnat va tadbirkorlik yarmarkasi tashkil etildi. Yarmarkada turli tashkilot va idoralar qatorida Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti vakillari ham faol ishtirok etdi. Tadbir davomida institut vakillari ko‘rgazma materiallari orqali yurtdoshlarimizga tibbiyot sohasidagi ta’lim yo‘nalishlari, institut faoliyati hamda talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqida ma’lumotlar taqdim etdilar. Ushbu yarmarka institut faoliyatini keng jamoatchilikka tanitish hamda yoshlarni tibbiyot sohasiga qiziqtirishda muhim ahamiyat kasb etdi.Telegram |Instagram |Facebook |YouTube
Repost from Edu.uz
🎓 Diplom — marra emas, balki karyeradagi birinchi qadam!
Diplom oldingiz, lekin mos ish topishda ikkilanyapsizmi?
Career Edu yechim beradi!
🤔 Career Edu platformasi:
🔆 Yosh mutaxassislarni nufuzli ish beruvchilar bilan bog‘laydi;
🔆 Mutaxassisligingizga mos ish va amaliyot o‘rinlarini taklif etadi;
🔆 Birinchi ish joyingizni topishni sezilarli darajada osonlashtiradi.
📈 Platformada nafaqat vakansyalarni izlashingiz, balki:
• HR suhbatlariga tayyorlanishingiz,
• rezyume yaratishingiz;
• frilans eʼloningizni joylashingiz mumkin.
🔗 career.edu.uz hoziroq sinab ko‘ring!
Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
+9
«MA’RIFAT KARVONI» TIBBIYOT INSTITUTIDA
O‘quv seminari doirasida «Ma’rifat karvoni» tashkilotchilari Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida bo‘lib, ta’lim oluvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar va zamonaviy o‘quv muhiti bilan yaqindan tanishdilar.
Tashrif davomida mehmonlar institut huzurida tashkil etilgan klinika faoliyati bilan ham tanishib, bolalar salomatligini tiklash va davolash uchun yaratilgan qulay sharoitlarni ko‘zdan kechirdilar.
Klinikada davolanayotgan bolalarning ta’lim jarayonidan uzilib qolmasligi uchun alohida o‘quv xonalari tashkil etilgan bo‘lib, ularda ustozlar tomonidan dars mashg‘ulotlari olib boriladi.
Shuningdek, mehmonlar bemorlar va ularning ota-onalari bilan suhbatlashib, yaratilgan sharoitlar haqidagi fikrlarini tingladilar. Ota-onalar ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat va yaratilgan sharoitlardan mamnun ekanliklarini bildirdilar.
+9
O‘QUV SEMINARI O‘TKAZILDI
Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimda Prezident Shavkat Mirziyoyevning so‘zlagan nutqining mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida o‘quv seminari tashkil etildi. Seminarda ma’naviyat targ‘ibotchilari, professor-o‘qituvchilar, oliy ta’lim muassasalarining prorektor va direktor o‘rinbosarlari, umumiy o‘rta ta’lim maktablari direktor o‘rinbosarlari hamda maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari direktorlari ishtirok etdi. Tadbirni institutning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori Z. Aleuov ochib berdi hamda olib bordi. O‘quv seminari davomida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, jamiyat ma’naviy hayotini yuksaltirish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda Prezident nutqida ilgari surilgan muhim g‘oya va tashabbuslarning mazmun-mohiyati yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.👉 BATAFSIL:
#Jaslar_TV
#Qaraqalpaqstan_online
#07_09_2026
QARAQALPAQSTAN MEDICINA INSTITUTÍNDA JAŃA OQÍW JÍLÍ BASLANDÍ
#Nókis_qalası
Kanalǵa aǵza bolıw:👇👇
https://t.me/jaslar_tv_online
https://youtu.be/FVk6r9ta6aM
QORAQALPOG‘ISTON TIBBIYOT INSTITUTIDA YANGI O‘QUV YILI BOSHLANDI
Qoraqalpog‘iston telekanali
Repost from KARAKALPAKSTAN MEDICAL INSTITUTE
📢 QOSPA BAKALAVRIAT BILIMLENDIRIW BAǴDARLAMASÍNA QABÍLLAW BASLANDÍ
Qaraqalpaqstan medicina institutı hám Sankt-Peterburg mámleketlik pediatriya medicina universiteti menen birgelikte 2026/2027-oqıw jılı ushın qospa bakalavriat bilimlendiriw baǵdarlamasına hújjetler qabıllawı daǵaza etiledi.
Bilimlendiriw baǵdarı: Pediatriya. 🎓
⏳ Oqiw múddeti: 6 jil (3+3)
🗣 Oqıw tili: Rus tili
📚 Bilimlendiriw procesi:
🔹 1-3-kurslar - Qaraqalpaqstan medicina institutında;
🔹 4-6-kurslar - Sankt-Peterburg mámleketlik pediatriya medicina universitetinde bilim aladı.
📅 Hújjetlerdi qabıllaw múddeti:
2026-jıl 7-sentyabrden 22-sentyabrge shekem.
📍 Mánzil:
Nókis qalası, A. Dosnazarov kóshesi, 108-jay.
Qaraqalpaqstan medicina institutı.
📞 Qosımsha maǵlıwmat hám múrájat ushın telefonlar:
95 526 95 16
99 956 64 74
91 373 60 60.
97 788 57 77
➡️ Qaraqalpaq tilinde
➡️ Ózbek tilinde
➡️ Rus tilinde
Telegram |Instagram |Facebook |YouTube
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Prezidentimiz tashrifi sharafiga Serbiya poytaxtidagi “Kula Belgrade” osmono‘par binosi O‘zbekiston bayrog‘i ranglarida yoritildi.
—
В честь визита Президента нашей страны небоскреб «Kula Belgrade» в столице Сербии окрасился в цвета флага Узбекистана.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Repost from Edu.uz
#UzbekGiftContest #dizaynerlar #rassomlar #ijodkorlar #tanlov
Turizm qo‘mitasi tomonidan “Uzbek Gift Contest” ko‘rik-tanlovi o‘tkazilmoqda
Tanlovning mazkur bosqichida dizaynerlar, rassomlar va ijodkorlar 25 ta hunarmandchilik yo‘nalishi bo‘yicha turistlar uchun ixcham, jozibador va hamyonbop sovg‘a mahsulotlari eskizi va dizayn g‘oyasini taqdim etishlari kerak bo‘ladi.
Har bir ishtirokchi bir vaqtda barcha yo‘nalishda qatnashishi mumkin.
10 nafar g‘oliblarning har biri 12,5 mln so‘mdan pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
➡️Ro‘yxatdan o‘tish havolasi: https://forms.gle/h3XKYkwsjByRDHAa8
♾️Arizalar 21-sentyabrga qadar qabul qilinadi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/uzbektourism/news/view/209250
👉 На русском
👉 In English
Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
Repost from Edu.uz
#Xalqaro_anjuman
🤎 1-oktyabr “Ustoz va murabbiylar” kuni munosabati bilan “Ma'rifat fidoyisi” hamda “Islohotlar bilimdoni” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi tashkil etilmoqda!
🌐 Konferensiyada professor-o‘qituvchilar, talaba va o‘quvchilar, magistrantlar, ilmiy izlanuvchilar, bo‘lajak stipendiantlar hamda turli soha vakillari ishtirok etishlari mumkin.
✔️Maqolalar o‘zbek, qoraqalpoq, ingliz, rus, qozoq, qirg‘iz, turk va nemis tillarda qabul qilinadi.
✔️ Konferensiyaning afzalliklari:
💬Ilmiy faoliyatingiz uchun xalqaro e’tirof; ✍️Ilmiy portfoliongizni boyitish imkoniyati; 💬Magistratura, doktorantura va turli grant dasturlarida qo‘shimcha ustunlik; 💬“Yil talabasi” va “Islohotlar bilimdoni” tanlovlariga hujjat topshirishda qo‘shimcha ball berilishi hamda ilmiy faoliyat ko‘rsatkichi; ✍️Davlat va nomli stipendiyalar uchun ilmiy portfolioni mustahkamlash imkoniyati.📚 Konferensiya doirasida chop etilgan ilmiy maqolalar: 💙Shvetsariyaning Zenodo; 💙Yevropa ittifoqining OpenAIRE; 💙AQShning Academia.edu xalqaro ilmiy bazalarida indekslanadi. 🎁 Har bir ishtirokchiga esdalik ko‘krak nishoni, konferensiya to‘plami, maxsus guvohnoma va sertifikat taqdim etiladi. 📎 Konferensiyada ishtirok etish uchun @bunyodkor_avlod profiliga murojaat qiling. 📞+998880097229 📞+998771117276 Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
Qaraqalpaqstan medicina institutı studentleri!
🏃♂️ "Student juwır" marafonı sizdi kútedi! — ózińdi sınap kór!”
Belsendi qatnasıp, saw-salamat hám joqarı keypiyatta ómir súriwge qosımsha qosıw imkaniyatınan paydalanıń.Bul marafonda qatnasıw, sizdi jańa ashılıwlarǵa jeteklew menen birge, medicina tarawındaǵı bilimlerińizdi de keńeytiwge járdem beredi.
Marafonda qatnasıw ushın:
Dizimnen ótiń: perfend.com
Belsendi qatnasıń hám jeńiske erisiń.
“Talabalıq dáwiri — háreket etiw dáwiri!”
Sizdiń belsendi qatnasıńız - bizdiń kúshimiz!
Studen Juwir marafonında biz benen birge júgir! 🏃♂️🏃♀️
Startta kórisemiz! 💪
“STUDENT JUWIR — START SENEN BASLANADI!”
Repost from Joqarǵı Keńes.uz
Дыққат дағаза!
Усы жылдың 8-сентябрь күни саат 10:00 де Нөкис қаласындағы Дослық каналы бойында мийнет ҳәм исбилерменлик ярмаркасы өткериледи.
Қатнасыўшыларға қолайлық жаратыў мақсетинде ярмарка аймағы үш арнаўлы павильонға ажыратылады.
Егер сиз турақлы жумыс орнына ийе болыўды яки жеке исбилерменлигиңизди баслап, дәраматыңызды арттырыўды мақсет еткен болсаңыз ярмаркада қатнасыўға шақырамыз.
___
Диққат эълон!
Жорий йилнинг 8-сентябрь куни соат 10:00 да Нукус шаҳридаги Дўстлик канали бўйида меҳнат ва тадбиркорлик ярмаркаси ўтказилади.
Иштирокчиларга қулайлик яратиш мақсадида ярмарка ҳудуди учта махсус павильонга ажратилади.
Агар сиз доимий иш ўрнига эга бўлишни ёки хусусий тадбиркорликни бошлаб, даромадингизни оширишни мақсад қилган бўлсангиз ярмаркада иштирок этишга таклиф қиламиз.
Каналға ағза болыў: @joqargikenes
Website|Telegram|Instagram|Facebook|YouTube
