cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

O'zbekiston yoshlari

Узбекистонга кошни давлатдан окишни кочириб отиш хакида малумотлар шу каналалдан билиб олишингиз мумкин 🖥️Админ @ uzname

Show more
Uzbekistan90 942The language is not specifiedThe category is not specified
Advertising posts
129
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
No data30 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Бизни кузатинг боринг
Show all...
⚡️​​​​Xorijdan oʻqishni koʻchirish uchun arizalar 15-iyuldan 5-avgustga qadar qabul qilinadi 📌 Xorijiy davlatlarning akkreditatsiyaga ega bo‘lgan OTMlaridan O‘zbekiston OTMlariga o‘qishni ko‘chirish O‘zbekiston ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi qarori bilan amalga oshiriladi. 📑Kerakli hujjatlar: • ariza; • reyting daftarchasi yoki akademik ma’lumotnoma nusxasi; • pasport nusxasi. ❗️Birinchi kursni tamomlagandan so‘ng o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha 15-iyuldan 5-avgustga qadar Oliy ta’lim vazirligiga shaxsan borgan holda yoki www.transfer.edu.uz sayti orqali ariza bilan murojaat qilishlari mumkin. 📝 Imtihonlar test yoki yozma ish yoki kasbiy (ijodiy) imtihon shaklida topshiradi. 💰Maxsus sinov natijasi Davlat komissiyasiga taqdim etiladi va fuqaro Davlat komissiyasi qarori bilan ko‘rsatilgan o‘quv shaklidagi guruhlarga to‘lov-kontrakt asosida ko‘chiriladi. 🙅🏻‍♂Xorijiy OTMlarning magistratura bosqichida tahsil olayotgan talabalar o‘qishini O‘zbekiston OTMlariga ko‘chirilishiga ruxsat etilmaydi.❌ 📩 [email protected] | +998712461081 📍2-Chimboy ko‘chasi, 96-uy. Toshkent 100095 https://t.me/yangiliklar28
Show all...
O'zbekiston yoshlari

Узбекистонга кошни давлатдан окишни кочириб отиш хакида малумотлар шу каналалдан билиб олишингиз мумкин 🖥️Админ @ uzname

#Nostrifikatsiya ⚡️ NOSTRIFIKATSIYA O'ZI NIMA? “Nostrifikatsiya" soʻzi lotincha “noster" - “bizniki" hamda “facere" - “qilmoq" soʻzlaridan olingan. Amalda ushbu atama xorijda berilgan diplomlarni davlat darajasida tan olish, ekvivalentligini qayd etishni bildiradi. 📄NOSTRIFIKATSIYA QANDAY OLINADI? Bir narsani bilishingiz kerakki, xorijda olingan har qanday diplom Oʻzbekistonda tan olinishi uchun nostrifikatsiya qilinishi kerak. Faqat hukumatlararo shartnomalar asosida tashkil etilgan OTMlarning diplomi bundan mustasno (Vestminstr, MDIS, Turin, Inxa va h.k.). Xorijiy diplomlarni nostrifikatsiya qilishning 2 xil yoʻli bor: 👉biri imtihon asosida, 👉ikkinchisi imtihonsiz. IMTIHONSIZ NOSTRIFIKATSIYA 👉2019-yil 1-martdan boshlab quyidagi shaxslarning xorijiy davlatlarda berilgan diplomlari toʻgʻridan-toʻgʻri (maxsus sinovlarsiz) tan olinadi va nostrifikatsiya qilinadi: - Oʻzbekiston hududida alohida boʻlinmalari (filiallari) va qoʻshma taʼlim muassasalari faoliyat yuritayotgan xorijiy taʼlim muassasalarida taʼlim olgan Oʻzbekiston fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning; - QS, THE, ARWU reytingida TOP-1000 talikka kirgan xorijiy OTMlarda taʼlim olganlarning (ilgari TOP-500 edi); - tasarrufida OTMlari boʻlgan Oʻzbekiston vazirlik va idoralarining yoʻllanmalari asosida mutaxassislarni maqsadli tayyorlash uchun xorijiy davlatlar tomonidan ajratilgan kvotalar (grantlar) hisobidan taʼlim olgan fuqarolarning; - 1992-yil 1-yanvargacha xorijiy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirgan fuqarolarning; - Oliy taʼlimda sifatni kafolatlash Yevropa assotsiatsiyasining (European Association for Quality Assurance in Higher Education) toʻlaqonli aʼzolari - vakolatli tashkilotlar tomonidan akkreditatsiya qilingan taʼlim muassasalarida taʼlim olgan fuqarolarning, ayrim istisnolar Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi; - AQSH, Avstraliya, Isroil, Kanada, Singapur, Janubiy Koreya, Yaponiya davlatlarining ushbu davlatlar vakolatli tashkilotlari tomonidan akkreditatsiya qilingan taʼlim muassasalarida taʼlim olgan fuqarolarning, ayrim istisnolar Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi; - xorijiy OTMlarda mutaxassislarni maqsadli tayyorlash uchun Oʻzbekistonning vazirlik va idoralari tomonidan ajratilgan mablagʻlar hisobidan taʼlim olgan fuqarolarning; - Oʻzbekistonning xalqaro shartnomalari, Prezident va Vazirlar Mahkamasining qarorlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda. ☝️Diplomni nostrifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi arizalar faqatgina Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilinadi. MAXSUS IMTIHON BILAN NOSTRIKATSIYA Agar siz oʻqigan OTM ushbu roʻyxatda boʻlmasa, demak, Sizning diplomingiz maxsus imtihondan keyingina Oʻzbekistonda tan olinadi. Qanday hujjatlar zarur?  - diplom va ilovaning asli (ariza qabul qilingandan soʻng egasiga qaytariladi); - diplom va ilovani aslini davlat (oʻzbek) tiliga tarjima qilib notariusdan tasdiqlangani (2 nusxada); - pasport va pasport nusxasi; - davlat boji toʻlanganligi haqidagi kvitansiya (bazaviy hisoblash miqdorining 3 barobari – 735 ming so'm). Hujjatlarni topshirish onlayn tizimida amalga oshiriladi. ☝️Taʼlim shakli ham mos boʻlishi kerak Diplomingiz nostrifikatsiya qilinishi uchun albatta Siz oʻqigan xorijiy OTMdagi taʼlim shakli Oʻzbekistonda ham mavjud boʻlishi lozim. Bu nima degani? Masalan, hozircha bizda rasman masofaviy (distansion) oliy taʼlim mavjud emas. Demak, distansion oʻqib, olingan diplomlar nostrifikatsiya qilinmaydi. Bizni kuzatib boring 👇👇👇 https://t.me/yangiliklar28
Show all...
O'zbekiston yoshlari

Узбекистонга кошни давлатдан окишни кочириб отиш хакида малумотлар шу каналалдан билиб олишингиз мумкин 🖥️Админ @ uzname

Qaysi xalqaro olimpiada g‘oliblari OTMga test sinovlarisiz qabul qilinadi? 2019-yil 3-maydagi PQ-4306-sonli Prezident qaroriga binoan, g‘oliblari davlat OTMlariga test sinovisiz va qo‘shimcha imtihonsiz qabul qilinadigan xalqaro olimpiadalar ro‘yxati tasdiqlandi. Unga ko‘ra, quyidagi 5 ta xalqaro olimpiada g‘oliblariga ana shunday imtiyoz beriladi: 1. Xalqaro matematika olimpiadasi – International Mathematical Olympiad (IMO) 2. Xalqaro fizika olimpiadasi - International Physics Olympiad (IPhO) 3. Xalqaro kimyo olimpiadasi - International Chemistry Olympiad (IChO) 4. Xalqaro biologiya olimpiadasi - International Biology Olympiad (IBO) 5. Xalqaro informatika olimpiadasi - International Olympiad in Informatics (IOI) Izoh: mazkur ro‘yxatda keltirilmagan xalqaro va mintaqaviy fan olimpiadalari maqomi asosiy olimpiadalarning respublika bosqichiga tenglashtiriladi va ular ro‘yxati Vazirlar Mahkamasining qarori bilan belgilanadi. Bu nima degani? Ya’ni yuqorida sanalgan 5 ta xalqaro olimpiadadan boshqa barchasida g‘olib bo‘lgan o‘quvchilarga test sinovisiz o‘qishga kirish huquqi berilmaydi, balki qaysi fandan g‘olib bo‘lgan bo‘lsa, faqat o‘sha fandan maksimal ball beriladi Aytaylik, barchamizga yaxshi tanish bo‘lgan Mendeleyev xalqaro kimyo olimpiadasida g‘olib bo‘lgan o‘quvchi OTMga hujjat topshirsa, unga test sinovlarida kimyo fanidan maksimall ball beriladi, lekin qolgan 2 ta fanini o‘zi ishlashiga to‘g‘ri keladi. Yaqinlaringizga ulashishni unutmang! https://t.me/yangiliklar28
Show all...
O'zbekiston yoshlari

Узбекистонга кошни давлатдан окишни кочириб отиш хакида малумотлар шу каналалдан билиб олишингиз мумкин 🖥️Админ @ uzname

📌 Talabalarga akademik ta’til berishning yangi tartibi o‘rnatilmoqda Unga ko‘ra, akademik ta’til olishni istagan talabalar o‘z ixtiyori bilan akademik ta’til muddatiga ta’limning sirtqi va masofaviy shakliga o‘tkazilib (agar oliy ta’lim muassasasida bunday ta’limning shakllari mavjud bo‘lsa), ularga uzluksiz mustaqil ta’lim olish imkoniyati yaratiladi. Oilasining betob a’zosini parvarish qilish sababli an’anaviy shakldagi ta’limni davom ettirish imkoniyati bo‘lmagan talabalarga ham akademik ta’tilni olish huquqi beriladi. Talabalarga o‘qish davomida akademik ta’til berilishi bo‘yicha miqdoriy cheklovlar bekor qilinadi. Shuningdek, akademik ta’tildan qaytgan talabalarni ilgari o‘zlashtirilgan fanlar bo‘yicha qaytadan o‘qitish amaliyoti bekor qilinadi. Bularning barchasi Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan “2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmonda o‘z aksini topgan. Farmonga ko‘ra, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi bilan birgalikda bir oy muddatda akademik ta’til olishni istagan talabalar tomonidan sirtqi va masofaviy shaklda mustaqil ta’lim olishni tashkil etish, oliy ta’lim muassasalarida eksternat tartibida ta’lim olish bo‘yicha huquqiy asoslarni yaratishni nazarda tutuvchi qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritishi belgilangan. Do'stlaringizga ulashing 👇👇👇 https://t.me/yangiliklar28
Show all...
O'zbekiston yoshlari

Узбекистонга кошни давлатдан окишни кочириб отиш хакида малумотлар шу каналалдан билиб олишингиз мумкин 🖥️Админ @ uzname

#Rasman 17-maydan Bitiruvchi kurs (magistratura ham) talabalari uchun offline 1,2,3-bosqich ( magistratura ham) talabalari online!!! Boshqa guruhlardagi xabarlarga ishonmang!!! https://t.me/yangiliklar28
Show all...
O'zbekiston yoshlari

Узбекистонга кошни давлатдан окишни кочириб отиш хакида малумотлар шу каналалдан билиб олишингиз мумкин 🖥️Админ @ uzname

Ассалом алекум кадрли талабалар
Show all...
🇺🇿Yangi yil bilan 🇷🇺С новым годом 🇰🇬Жангы жыл мыненен 2021 2021 2021 2021 2021 2021 2021 2021 2021 2021 2021 2021 2021 2021 2021 2021 2021 2021 2021 2021 2021 2021 2021 2021 2021 2021 2021 2021 2021 2021 2021 2021 2021 2021 2021 2021 2021 2021 2021 2021 2021 2021 2021 2021 2021 2021 2021 2021 2021 2021 2021 2021 2021 2021 2021 2021 2021 2021 2021 2021 2021 2021 2021 2021 2021 2021 2021 2021 2021 2021 2021 2021 2021 2021 2021 2021 2021 20212021 2021 2021 2021 2021 2021 2021 2021 2021 2021 2021 2021 2021 2021 2021 2021 2021 🎄yangι yιlιngιz вιlan🎄
Show all...
#LIVE #OTM #Ananaviy_talim ⚡️ Bizga yetib kelgan ma'lumotlarga ko'ra an'anaviy ta'limga ruxsat berilmagan barcha OTMlardagi 2 va 3-kurs talabalariga an'anaviy darslar Yanvar oyidan boshlanishi rejalashtirilgan. P.S: Ko'p OTMlarda hozirda 2,3-kurslar onlayn o'qimoqda, ba'zi OTMlarda esa 3,4-kurslar onlayn. Yanvardan boshlab esa barcha kurs talabalari an'anaviy ta'limga qaytadi! 👉Misol uchun, Farg'ona davlat universitetining kechki ta'limda o'qiydigan talabalariga yanvar oyidan offlayin ta'limga qaytishi haqida habarlar berilgan. #Maktabgacha_talim ⚡️Maktabgacha ta’lim vazirligining ma’lum qilishicha noyabr oyining oxiriga qadar barcha bog‘chalar ishga tushiriladi. jhttps://t.me/yangiliklar28
Show all...
⚡️ Айрим талабалар учун контракт тўлаш муддати узайтирилди Давлат қабул комиссияси мажлисининг 7-сон баёни қарорига мувофиқ, ўқишга тўлов-контракт асосида тавсия этилган абитуриентлар (яъни 1-курслар, бакалавр ва магистр) ҳамда ўқишини кўчирган (тиклаган) талабалар учун (курсидан қатъи назар) контракт маблағларини тўлаш муддати 1 декабргача узайтирилди. https://t.me/yangiliklar28
Show all...
O'zbekiston yoshlari

Узбекистонга кошни давлатдан окишни кочириб отиш хакида малумотлар шу каналалдан билиб олишингиз мумкин 🖥️Админ @ uzname