cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Termiz tumani hokimligi

Termiz tumani hokimligining rasmiy axborot kanali Veb sayt: www.tertu.uz Facebook: www.facebook.com/termiz.tuman.hokimligi Telegram: https://t.me/termiztumanhokimligi Twitter: @TermizX Murojaat uchun: @termizt_hokimga_Murojaat_bot

Show more
Advertising posts
2 134
Subscribers
No data24 hours
+47 days
-2230 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

📣 Ҳурматли сурхондарёликлар! Ўзбекистон Республикаси Президенти Администрацияси ҳузуридаги Ахборот ва оммавий коммуникациялар агентлиги Сурхондарё вилояти бошқармасининг телеграм мессенжердаги расмий каналига аъзо бўлинг. Унда воҳамиз ҳаётига оид энг сўнгги хабар ва янгиликлар, вилоятдаги давлат ва хўжалик бошқаруви органлари ахборот хизматларининг фаолиятига оид материаллар эълон қилиб борилади. 🌏 Бошқарманинг расмий телеграм каналига қуйидаги ҳавола орқали аъзо бўлишингиз мумкин: 👇 https://t.me/AOKA_Surxondaryo
Show all...
АОКА | Сурхондарё

Ахборот ва оммавий коммуникациялар агентлиги Сурхондарё вилояти ҳудудий бошқармаси расмий ахборот канали Веб сайт: http://surxonaoka.uz Мурожаат учун: @surxonAOKBbot

Jarqo‘rg‘onda "Yangi O‘zbekiston" massivi, Termiz tumanida sanoat zonasi loyihalari va issiqxona, Muzrabotda qishloq xo‘jaligi ishlari bilan tanishildi Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Show all...
Viloyat rahbari Jarqo‘rg‘on tumani “Yangi O‘zbekiston” massivida turar joylar, ijtimoiy soha obyektlari va xizmat ko‘rsatish nuqtalarining qurilishi, tuman markazini obodonlashtirish, infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha loyihalar taqdimoti bilan tanishdi. Shuningdek, Termiz tumani Ayritom mahallasida 54 gektar maydonda joylashgan “Termiz erkin iqtisodiy zonasi”da qurilayotgan loyihalar, Qahramon mahallasi hududida “Janub Surxon eksport” MChJ tomonidan faoliyatsiz issiqxonani tiklash, mahsulot yetishtirishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi. Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2040 #Surxondaryo #YangiUzbekiston #turarjoylar #EIZ #loyihalar Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Show all...
👍 1
UzA | Surxondaryoda ibratli oilalar saralanmoqda 15 may – Xalqaro oila kuni Surxondaryo viloyatida 15 may--Xalqaro oila kuniga bag‘ishlab qiziqarli ko‘rik-tanlov, sport bellashuvlari va boshqa ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazish ajoyib an’anaga aylangan. Termiz tumani madaniyat bo‘limida ushbu sana munosabati bilan tashkil etilgan "Yangi O‘zbekistonning ibratli oilasi" ko‘rik-tanlovi tuman bosqichida mahallalardagi eng namunali oilalar bellashdi. Batafsil: https://uza.uz/posts/597622 Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Х
Show all...
Termiz tumanida targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, oliy ta’lim muassasalari professor o‘qituvchilari va diniy soha vakillaridan iborat targ‘ibot guruhi tomonidan "Jaholatga qarshi ma’rifat" shiori ostida targ‘ibot tadbirlari maktablarda bo‘lib o‘tmoqda. Maktablarda o‘tkazilayotgan tadbirlarda yuqori sinf o‘quvchilari, o‘quvchilar, ota-onalar ishtirok etishmoqda. Uchrashuvlarda targ‘ibotchilar ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, o‘quvchilarni Vatanga bo‘lgan mehr-muhabbat ruhida tarbiyalash hamda aholini, ayniqsa yoshlarni diniy mutaassiblik, turli yot g‘oyalar tahdidlaridan asrash yuzasidan ma’ruzalar qilishdi. Tadbirlarda ishtirokchilar uchun “Tinchlik qadri” nomli videofilm namoyish etildi. Termiz tumani hokimligi Axborot xizmati Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Х
Show all...
Jaholatga qarshi ma’rifat bilan Termiz tumanida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, oliy ta’lim muassasalari professor o‘qituvchilari va diniy soha vakillaridan iborat targ‘ibot guruhi tomonidan davlat tashkilotlari, keng jamoatchilik vakillari hamda yoshlar ishtirokida “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda. Xususan, tuman hokimligida o‘tkazilgan uchrashuv davomida ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, turli ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish, Vatanga bo‘lgan mehr-muhabbatni oshirish hamda aholini, ayniqsa yoshlarni diniy mutaassiblik, turli yot g‘oyalar tahdidlaridan asrash yuzasidan ma’ruzalar qilinib, “Tinchlik qadri” nomli videofilm namoyish etildi. Tuman bo‘ylab mahalla va ta’lim muassasalari hamda boshqa jamoat joylarida targ‘ibot tadbtirlari davom etmoqda. Termiz tumani hokimligi Axborot xizmati Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Х
Show all...
👍 2
#Kun_hikmati ➖ Biz odamni nimani bilishiga qarab emas, nimadan quvonishiga qarab anglaymiz. 📝 Rabindranat Tagor Termiz tumani hokimligi Axborot xizmati Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Show all...
👍 1
Yengil atletika musobaqalarining Termiz tuman bosqichi o‘tkazildi Bugun "Besh tashabbus olimpiada"si doirasida yengil atletika musobaqalarining Termiz tuman bosqichi boʻlib oʻtdi. Musobaqalar 16-21, 22-26, 27-30 yosh toifalari doirasida o’tkazildi. Musobaqalar yakuniga ko'ra o'g'il bollar o‘rtasida 16-21 yosh toifasida: 🥇-o'rinni “Qoraxon” mahallasi; 🥈-o'rinni “Qo'ng'irot” mahallasi; 🥉-o'rinni “Gulbahor” mahallasi. Qiz bollar o‘rtasida 16-21 yosh toifasida: 🥇-o'rinni “Gulbahor” mahallasi 🥈-o'rinni “Guliston” mahallasi 🥉-o'rinni “Navro‘z” mahallasi jamoalari egalladi. 🏆 G‘oliblar tashkilotchilar tomonidan diplom, tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanib, musobaqaning viloyat bosqichi yo‘llanmasiga ega bo'lishdi . Termiz tumani hokimligi Axborot xizmati Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Show all...
👍 1
Bosh vazir o‘rinbosari Zulayho Mahkamova Termiz tumani pillakorlari bilan uchrashdi Bosh vazir o‘rinbosari Zulayho Mahkamova Surxondaryo viloyati hokimi o‘rinbosari Zulxumor Xidirova hamrohligida Termiz tumanidagi “Agro pilla” MCHJ Yangiariq filialiga tashrif buyurdi. Filialda ipak qurtini parvarishlayotgan xodimlari bilan suhbatlashib, pilla parvarishlash jarayonini uyushqoqlik bilan o‘tkazish bo‘yicha muhim tavsiya va topshiriqlar berib o‘tdi. Shuningdek, ipak qurti yetishtirish bo‘yicha kontraktatsiya shartnomalari tuzilgan pillakorlar hamda fermer xo‘jaliklari vakillariga yaratilgan imkoniyat va imtiyozlarga to‘xtalib o‘tdi. Termiz tumani hokimligi Axborot xizmati Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Show all...
🏫 Yangi o‘quv binosi foydalanishga topshirildi Bugun Termiz tumani Xalqobod mahallasidagi 9-sonli umumtaʼlim maktabi uchun qurilgan qo‘shimcha 120 o‘rinli o‘quv binosining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi boshlig‘i Xusniddin Mamadiyev, tuman hokimining o‘rinbosari Rahmatillo Tog‘ayev, nuroniylar, ota-onalar, mahalla faollari hamda maktab jamoasi ishtirok etishdi. Tadbirda so‘z olganlar keyingi yillarda davlatimiz tomonidan taʼlim tizimiga berilayotgan eʼtibor va imkoniyatlarga to‘xtalib o‘tishdi. Shundan so‘ng, mehmonlar bu yerda yoshlarning o‘qib, bilim olishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Maʼlumot uchun, loyiha qiymati 1 mlrd 297 mln so‘m bo‘lgan ushbu o‘quv binosining qurilishi “Zarautsoy” MCHJ tomonidan amalga oshirilgan. Termiz tumani hokimligi Axborot xizmati Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Show all...
👍 1
Go to the archive of posts