en
Feedback
TRIBUNELLO

TRIBUNELLO

Open in Telegram

⚽️Futbol bu oddiy o‘yin emas — bu emotsiya, aql, tarix. Tribunello — futbolga boshqacha nigoh: tahlillar, tarixiy ma’lumotlar, statistika. 🧠Aql bilan futbolni sevuvchilar uchun ! Aloqa uchun : @bokha_sbi

Show more
1 977
Subscribers
-124 hours
-127 days
-6730 days
Posts Archive
Eng qiyin guruh. Fransiya Urugvay O'zbekiston Italiya (Pley offdan chiqsa) Bunday holatda guruhdan ochiq aytish kerak 1 ochko bilan qaytishimiz ham biz uchun bayramga teng bo'ladi. Har bir nuqtasida jahon miqyosidagi yulduzlar yig'ilgan va bu yil super mavsum o'tkazayotgan Mbappesi bor Fransiyaga , jismoniy jihatdan o'ta kuchli o'yin ko'rsatadagigan Urugvayga va JCH ga chiqsa boshqa daraja ko'rsatadigan Italiyaga qarshi o'yinlarda tan oling bizda juda kam imkoniyat bo'ladi.

Bugun Jahon chempionatiga qur'a tashlanadi. O'zbekiston uchun ehtimoliy raqiblar aniq. Ehtimoliy guruhlarni ham hamma o'zicha
Bugun Jahon chempionatiga qur'a tashlanadi. O'zbekiston uchun ehtimoliy raqiblar aniq. Ehtimoliy guruhlarni ham hamma o'zicha tasavvur qilishlari mumkin . Keling biz ham shu haqida gaplashib ko'ramiz . Biz uchun eng qiyin , o'rtacha va oson guruhlarni tushish ehtimolini ko'rib chiqamiz.

✅ #Rasman. 🇺🇿 Timur Kapadze - "Navbahor" klubi bosh murabbiyi. Indoneziya bilan muzokaralar ijobiy hal bo'lmagan ko'rinadi
✅ #Rasman. 🇺🇿 Timur Kapadze - "Navbahor" klubi bosh murabbiyi. Indoneziya bilan muzokaralar ijobiy hal bo'lmagan ko'rinadi yoki O'zbekistonda qolib hali nimalarga qodir ekanligini shu yerda, hammani ko'z o'ngida isbotalamoqchimikan? Nima bo'lganda ham sobiq milliy terma jamoamiz murabbiyi karyerasini kuzatish hammamizga qiziq. Yana bir qiziq jihat: endi "Super liga"mizda 6 ta sobiq terma jamoa murabbiylari faoliyat olib borishadi. Bular: Dinamoda - Abramov Andijonda - Babayan AGMKda - Qosimov Nasafda - Berdiyev Navbahorda - Kapadze Neftchida - Ismoilov (U17) Kelasi mavsum juda qiziq bo'lishi aniq. @tribunello

Futbolda o’z xizmatlariga yarasha qadrlanmagan 3 ta darvozabon. @tribunello

Zamonamizning eng qadrlanmagan darvozaboni. @tribunello

Futbolda hakamdagi tablolar qanday ishlashi o’zimga har doim qizi bo’lar edi. Endi bu qanday ishlashini siz bilan biz bilamiz. @tribunello

Barselona va YUNISEF Barselona marketingi pulni emas insoniyat qadrini tanlab hammaning xurmatiga sazavor bo’lganligi haqida hikoya. @tribunello

⚔️ Bu mavsumning ilk klassikosida "Real" "Barsa"dan ustun keldi. 2:1 ! ⚽️ Gollar: Mbappe 22’, Bellingem 43' - Lopez 38'. Bell
⚔️ Bu mavsumning ilk klassikosida "Real" "Barsa"dan ustun keldi. 2:1 ! ⚽️ Gollar: Mbappe 22’, Bellingem 43' - Lopez 38'. Bellingem jarohatdan keyin to’liq formasiga qaytmagan bo’lsada bugun maydonda eng yaxshisi bo’ldi, Mbappe esa nafaqat bugun balki bu mavsum dunyoning eng yaxshi o’yinchisi ekanligini bizga ko’rsatdi. Yamal o’yindan oldin gapirilgan gaplar har doim faqat o’zigagina bosim berishini yana bir bor tushungan bo’lsa kerak. Hozircha u yomon formada va gapirgan gaplariga yarasha o’yin ko’rsata olmadi. @tribunello

⚔️ Bu mavsumning ilk klassikosida "Real" "Barsa"dan ustun keldi. 2:1 ! ⚽️ Gollar: Mbappe 22’, Bellingem 43' - Lopez 38'. Bell
⚔️ Bu mavsumning ilk klassikosida "Real" "Barsa"dan ustun keldi. 2:1 ! ⚽️ Gollar: Mbappe 22’, Bellingem 43' - Lopez 38'. Bellingem jarohatdan keyin to’liq formasiga qaytmagan bo’lsada bugun maydonda eng yaxshisi bo’ldi, Mbappe esa nafaqat bugun balki bu mavsum dunyoning eng yaxshi o’yinchisi ekanligini bizga ko’rsatdi. Yamal o’yindan oldin gapirilgan gaplar har doim faqat o’zigagina bosim berishini yana bir bor tushungan bo’lsa kerak. Hozircha u yomon formada va gapirgan gaplariga yarasha o’yin ko’rsata olmadi. @tribunello

Elklassiko uchun asosiy tarkiblar ma’lum . O’yingacha bir necha daqiqalar qolmoqda. O’zbekcha sharxlarda Zo’r TV , Sport Uz t
+1
Elklassiko uchun asosiy tarkiblar ma’lum . O’yingacha bir necha daqiqalar qolmoqda. O’zbekcha sharxlarda Zo’r TV , Sport Uz telekanallarida yoki Setanta Sportsning You tube kanalida yoki online platformalarida ko’rishingiz mumkin. 🔥 @tribunello

Futbol - bu shunchaki o’yin emas. Biz futbolning millionlarni birlashtiradigan kuchini, uning emotsional ta'sirini va insonlarning chegara bilmaydigan orzularini tahlil qilamiz. Tribunella kanalida biz sportning qalblarimizga qanday ta'sir etishini ko'rib chiqamiz. @tribunello

Ronalduning eng baland "parvozlari" .
Ronalduning eng baland "parvozlari" .

🇵🇹Krishtianu Ronaldu yiliga 280 million dollar daromad bilan dunyodagi eng ko‘p maosh oladigan futbolchi bo‘ldi. Shundan 23
🇵🇹Krishtianu Ronaldu yiliga 280 million dollar daromad bilan dunyodagi eng ko‘p maosh oladigan futbolchi bo‘ldi.
Shundan 230 million dollarini “Al-Nasr” klubidan, yana 50 million dollarini reklama va homiylik shartnomalaridan topadi (Forbes ma’lumoti).
Top-10 futbolchilar ro‘yxati: 🇵🇹 Krishtianu Ronaldu – 280 mln 🇦🇷 Lionel Messi – 130 mln 🇫🇷 Karim Benzema – 104 mln 🇫🇷 Kilian Mbappe – 95 mln 🇳🇴 Erling Haaland – 80 mln 🇧🇷 Vinisius Junior – 60 mln 🇪🇬 Mohamed Salah – 55 mln 🇸🇳 Sadio Mane – 54 mln 🏴 Jude Bellingham – 44 mln 🇪🇸 Lamin Yamal – 43 mln @tribunello

🇦🇪👀 BAA da muxlislar futbolchilarga yangi "Iphone" larni uloqtirishdi . Jahon chempionatiga bir qadam qolganda Qatarga yutqazib qo'ygandan so'ng BAA lik muxlislar qo'lidagi barcha narsani maydonga uloqtira boshlashdi, bularning ichida mashina kalitlari, oyoq kiyimlar va hattoki "Apple" ning yangi modellarini ham ko'rish mumkin edi. @tribunello

🇺🇾Urugvayga qarshi o'rtoqlik o'yini uchun asosiy tarkibimiz ma'lum. @tribunello
🇺🇾Urugvayga qarshi o'rtoqlik o'yini uchun asosiy tarkibimiz ma'lum. @tribunello

Mourinyo haqida video tayyorladim o’tib baho bersangiz minnatdor bo’lar edim. 👇🏻👇🏻 https://www.instagram.com/reel/DPiz70JDC4i/?igsh=MXhzOWF6MzdxN2k3OQ==

"Men Yevropa chempioniman . Men ko'p gapiradigan odamlardan emasman, Men noyob insonman (I am special one) " Mana shu gaplar bilan Mourinyo Angliyadagi birinchi intervyusini boshlagan. Aslida ham u o'zgacha murabbiy edi. APL ga yorib kirdi. 2004/05 - yil Angliyada rekord darajada 95 ochko yig'di. APLni allaqachon o'ziniki qilib olgan Ser Aleks Fergyussonga haqiqiy kurash taklif qila oldi. Futbolga yangicha qarashlar olib kirdi. Xarizmasi bilan raqiblarga o'yindan oldin va keyin ruhiy bosimlarni yog'dirardi. Mourinyo juda kuchli shaxs. Har bir ishlagan joyi haqida alohida gaplashsak, uning xarakteridagi o'zgacha tomonlari chiqaveradi. @tribunello

Olaveringlar , olaveringlar… Bundan davlatimiz qashshoqlashib qolmaydi. © @tribunello
Olaveringlar , olaveringlar… Bundan davlatimiz qashshoqlashib qolmaydi. © @tribunello

FIFA Jahon Chempionati 2026 uchun ishlatiladigan to’plarni ommaga taqdim etdi. Ishlatilgan ranglarda rasmiy ma’nolar bor. 3 t
FIFA Jahon Chempionati 2026 uchun ishlatiladigan to’plarni ommaga taqdim etdi. Ishlatilgan ranglarda rasmiy ma’nolar bor. 3 ta rang 3 xil davlatga belgi. Har bir rang o’sha davlat o’ynaydigan formasi rangidan olingan. 🔵Ko’k - AQSH 🔴Qizil - Kanada 🟢Yashil - Meksika Bu uchchala rang esa bizni bayroqda bor🇺🇿 😅 @tribunello

Shunaqa gaplar… Bilmadim qaysi darajadagi insonlar bu qarorni qabul qilishdi, qaysi natijalariyu qaysi qaysi o’yin uslubi uch
Shunaqa gaplar… Bilmadim qaysi darajadagi insonlar bu qarorni qabul qilishdi, qaysi natijalariyu qaysi qaysi o’yin uslubi uchun. Chuqurlashib tahlil qilaylik desak aytarli natijasi yo’q ekan. Futbolchi sifatida juda katta shaxs lekin bu murabbiylikda aks etganida allaqachon biror Yevropa jamoasida faoliyat olib borayotgan bo’lar edi. Bu qaror oldida undan ko’ra Bentuga rozi bo’lsak bo’larkan deb o’ylab qoldim. Kapadze uchun juda afsusdaman. Bu fikrlarim hammasi noto’g’ri bo’lib chiqishini va Kannavaro bilan futbolimizda katta tarixlar yozilishini chin dildan istayman. @tribunello