en
Feedback
TRIBUNELLO

TRIBUNELLO

Open in Telegram

⚽️Futbol bu oddiy o‘yin emas — bu emotsiya, aql, tarix. Tribunello — futbolga boshqacha nigoh: tahlillar, tarixiy ma’lumotlar, statistika. 🧠Aql bilan futbolni sevuvchilar uchun ! Aloqa uchun : @bokha_sbi

Show more
1 979
Subscribers
-124 hours
-117 days
-7030 days
Posts Archive
Insoniyat nomidan o’zga sayyoralik bilan kurashgan daho! @tribunello

Repost from Fayziev Live
Машҳур 433 саҳифаси 2-голдан кейин жаҳон кубогини кўтариб йиғлаб ўтирган ёш ўзбекистонлик муҳлисни колумбияликлар овутиб, "Ўзбекистон, Ўзбекистон" дея болакайни кўнглини кўтаришга ҳаракат қилишганини улашди. Мана биз нима учун футболни яхши кўрамиз. @Davron_Fayziev

O'zbekiston terma jamoasi jahon chempionatida kuchli raqibga qarshi jang ko'rsata oldi. @tribunello

Neymar Jr Braziliya terma jamoasi bilan Jahon chempionatiga boradi va chempion bo’lishga harakat qilib ko’radi.

Daydi to’tining qaytishi… Aslida real muxlislarining ko’pchiligi aynan o’sha Mourinyoning betakror jamoasiga rom bo’lib muxlislikni boshlashgan . Endi esa u qaytyapdi! #comeback

Har o’yinda 95% dan baland aniqlik bilan o’ynaydigan Kroos uchun bunday pas juda kamdan kam uchraydigan holat edi. Lekin voqealar rivoji bu pasni baribir Real foydasiga ishlashiga olib keldi. Darvozabon Loris Karius to‘pni qo‘li bilan tezda o‘yinga kiritmoqchi bo‘ladi. Shu paytda Benzema uni kuzatib turadi. Karius to‘pni uzataman deb chiqarganda, Benzema oyog‘ini qo‘yadi To‘p uning oyog‘iga tegib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri darvozaga kirib ketadi Hech qanday kuchli zarba emas — bu reaksiya + aql + Benzemaning vaziyatni qanchlik diqqat bilan kuzatganida edi. Nega bu gol juda mashhur? Bu oddiy gol emas, darvozabon xatosidan maksimal foydalangan Real oqibatda Karius va Liverpulni psixologilk bosim ostida qoldiradi. Finaldagi birinchi gol bo‘lgani uchun o‘yin taqdiriga ta’sir qildi. O‘yin 3:1 hisobida Real Madrid foydasiga tugadi va ular ketma-ket 3-marta Chempionlar Ligasini yutishdi. “Bu gol — tasodif emas Karim Benzema shunchaki omadli emasdi… U oxirigacha bosim qildi va Loris Karius xatosini jazoladi . Futbolda 1 soniyalik diqqat­sizlik — hammasiga nuqta qo‘yadi. @tribunello

Kroosning Benzemaga bergan notog'ri pasi hikoyasi. O‘yin Real Madrid va Liverpool o‘rtasida kechayotgan edi. Hisob 0:0. To'p Kroosga tushadi. Kroos qochayotgan Benzemani ko'radi va unga yengil qilib himoyachilar ustidan pas tashlab bermoqchi bo'ladi ammo pas salgina kuchli bo'ldi va to'p tog'ri darvozabon Karius qo'liga borib tushdi. @tribunello

🇪🇸Kechagi Valverdening o'yiniga butun futbol ahlining reaksiyasini kecha jarohat sabab maydonga tushmagan Jud Bellengemda ko'rish mumkin. Valverde kecha ideal o'yin o'tqazdi. Realning maydondagi barcha muammolarini yopdi . - Trentning himoyadagi kamchiliklarini bilib raqib jamoasining eng kuchli texnikali futbolchisi Dokuga qarshi turib berdi. - Raqib hujumga o'tayotganda markaziy himoyada son jihatdan ustunlikni saqlab turdi. - Yarim himoyada doimiy jamoaning bo'sh nuqtalarini yopdi va pressingda haqiqiy mashinadek harakat qildi. - Real hujumga Vini va Brahimni tashlagan edi , lekin Vini hujumni ko'proq qanotga tortib ketaverdi, Brahim esa yarim himoyaga tushib kelaverdi va oqibatda Realning hujum chizig'ida bo'shliq paydo bo'ldi ko'rgan Valverdi o'sha nuqtaga yugurdi va 9 lik rolida bo'ldi. - Va shu ishlarni barchasini ideal qilgani kamdek bir taymning o'zida xetrik qilishga ham ulgurdi. Shu payt Anchelotting bir gapi o'z isbotini topadi.
" Shunday futbolchilar borki ular tinmasdan yugurib pressingda ishlab va pozitsiyalarda ochilib jamoaga ustunlik olib kelishadi va yana shunday futbolchilar borki ular o'zlarining individual mahorati evaziga jamoasiga ustunlik beradi Valverde esa bu ikkisini ham bir vaqtda bajaradigan ideal futbolchi"

🏆Chempionlar ligasi qur'a natijalari aniq bo'ldi. 🇪🇸Real keyingi bosqichga o'tish uchun 🇵🇹 Benfikani yutmasa bo'lmaydi d
🏆Chempionlar ligasi qur'a natijalari aniq bo'ldi. 🇪🇸Real keyingi bosqichga o'tish uchun 🇵🇹 Benfikani yutmasa bo'lmaydi deyishgan ko'rinadi. 🇫🇷PSJ o'z hamyurti 🇫🇷Monako to'sig'idan o'tsa Barselonaga tushib qolish ehtimoli bor. Bizni olovli o'yinlar kutib turibdi. 😂

🇪🇸🇪🇸Haqiqiy El Klassiko qanaqa edi? Bu o'yinlar taftini yana his qilishingiz uchun qisqa rolik😭 @tribunello

Ramosning Realni chempionlar ligasi taxtiga qaytargan goli haqida esladik. Bu golning ahamiyati va gol qanday yuzaga kelganligi haqida. @tribunello

XIX asrda qilingan katta tajribalardan biri "Qaynoq suvdagi qurbaqa" tajribasi deyiladi. "Qaynoq suvdagi qurbaqa” tajribasini
XIX asrda qilingan katta tajribalardan biri "Qaynoq suvdagi qurbaqa" tajribasi deyiladi. "Qaynoq suvdagi qurbaqa” tajribasining mohiyati shundaki, qurbaqani qulay haroratdagi suv to‘ldirilgan idishga solib, keyin past olovga qo‘yishgan. Suv juda sekin qaynagani uchun qurbaqa moslashgan va biroz noqulay sharoitga ko‘nikkan. Buning uchun o‘z resurslarini sarflagan. Issiq suvda qolish imkonsiz bo‘lgan fursatda esa qurbaqada sakrash uchun kuch qolmagan. Yana bir boshqa nazorat qurbaqasi ham bo‘lgan. U darhol qaynoq suvga solingan. Bu qurbaqa o‘z kuchini moslashish uchun sarflamagan, suvdan o‘sha zahoti sakrab, tashqariga chiqqan. Ana shu yo‘l bilan o‘z hayotini saqlab qolgan. Bu tajriba nima uchun ahamiyatli? Gap shundaki, hayoti asta-sekin isiyotgan suvdagi qurbaqaga o‘xshagan kishilar mayda murakkabliklar va qiyin vaziyatlarning ilk belgilariga e'tibor bermaydi. Moslashadi, ko‘nikadi, biroq keyin vaziyat tobora qiyin tus oladi. Yaxshiyamki, odamlar – qurbaqalar emas. Odamlarda imkon bor. Kirib kelayotgan 2026-yil muborak bo'lsin!

Repost from STOCK FOOTBALL
📊 Ronaldu va Neymarning 28 yoshgacha bo'lgan statistikasi. 🔔 Kanalga ulanish: STOCK FOOTBALL ✅️
📊 Ronaldu va Neymarning 28 yoshgacha bo'lgan statistikasi. 🔔 Kanalga ulanish: STOCK FOOTBALL ✅️

Vaqt haqiqatan ham yil sayin tezroq o‘tmoqda — vaqt o‘tishi bilan miya xotirani tejash uchun kundalik ishlarning bir qismini
Vaqt haqiqatan ham yil sayin tezroq o‘tmoqda — vaqt o‘tishi bilan miya xotirani tejash uchun kundalik ishlarning bir qismini shunchaki e’tiborsiz qoldirishi ma'lum bo’ldi. Biz ulg'ayganimiz sari vaqtni soatlarga qarab emas, voqealarga qarab anglay boshlaymiz. Agar yil davomida hech qanday qiziqarli hodisa sodir bo‘lmagan bo‘lsa, u sezilmay o‘tib ketganga o‘xshaydi. Yangi taassurotlar va noodatiy ssenariylar vaqtni «sekinlashtirishi» mumkin — masalan, tasodifiy yo‘nalishlar bo‘ylab yurish yoki turli xil taomlar tayyorlash.

Rasman. Jahon chempionati o'yinlarimiz vaqtlari ma'lum:
Rasman. Jahon chempionati o'yinlarimiz vaqtlari ma'lum:

Umumiy jadval esa mana shunday👀
Umumiy jadval esa mana shunday👀

Ronuldu muxlislariga savol bor. Kimga muxlis bo’lasiz? 😅

Demak aniq bo’ldi : Portugaliya Kolumbiya O’zbekiston Pley off g’olibi ( Kongo, Yamayka, Yangi Kaledoniya) Sizningcha imkoniyatlarimiz qanday?

Oson guruh (nisbatan) . Kanada Ekvador O'zbekiston Kurasao Bu guruhda har bir jamoa bilan bemalol o'ynab yuta olishimiz kerak deb o'ylayman, hatto Kanada bilan ham. Lekin Jahon chempionatida oson o'yinlar va oson raqiblar bo'lmaydi. Bu shunchaki nisbiy o'lchov edi.

O'rtacha guruh ( O'z o'yinimizni ko'rsata olishimiz mumkin bo'lgan guruh). Meksika Marokash O'zbekiston Turkiya Bu guruhda haqiqiy darajamizni ko'rsata olishimiz mumkin lekin bu ham oson bo'lmaydi. Har bir o'yin janglarga boy o'tadi. Agar bu chempionatda nimagadir davo qilsak bu mana shunday guruhlardan chiqa olishimiz bilan ko'rinadi. Meksika bilan o'yanab ko'rdik. Garchi bu o'rtoqlik o'yini bo'lsa ham lekin shunday tasavvur bor ediki o'ynab o'zimiznikini tortib oladigandekmiz. Marokash o'tgan JCH dan keyin yulduzlarida pasayish bor ( Hakimidan tashqari) . Yangi Zenlandiyadan esa kuchlimiz.