Jami1ov
Open in Telegram
Hayotiy xulosalar va kadr ortidagi sarguzashtlar 5 yildan beri "media va marketing" sohasidaman Bu yerda o'zim o'qiganlarim va his qilganlarim haqida yozaman Ismim Abu Bakr Aloqa | Hamkorlik: @Jami1ov_me
Show more257
Subscribers
No data24 hours
-37 days
-1330 days
Posts Archive
257
Shu uyga ketadigan kunim mandan bir baxtli mandan bir xursand odam bo'lmaydida
Lekin qiziq paradoks bor, doim uyga ketadigan kunim hamma meni eslab qoladi, nimadir ishlarimiz shu kuni hal qilinishi kerak bo'ladi, men uyda paytim menga aloqador ishlar Toshkentda avj olishni boshlaydi 🫠 Lekin Toshkentda bo'lsam yana hammasi tinch bo'ladi qoladi, xullas ham ko'proq ishlab ham dam olish uchun kettim :))
257
"To'satdan o'libdi..."
Atrofda shivirlab aytilayotgan
yagona gap shu edi.
Barcha hayratda, kutilmagan xabardan sarosimada. Aslida esa bu hayotning "to'satdan" kelgan zarbasi emasdi.
Uning qanday yiqilganini hech kim ko'rmadi. Odamlar orasida jimgina qanday singanini, tunlari qanday qiynalganini umuman sezishmadi. Atrofidagilar uchun u har doimgidek kulib yurgan, yashashda davom etayotgan oddiy inson edi. O'zidan o'tgan dardu azoblarni, qalbida nimalar vayron bo'lganini faqatgina o'zi bildi... Barcha kurashlar, yengilishlar va so'nishlar mutlaq jimjitlikda, yolg'izlikda kechdi.
Barchasi tugagach esa... Atrofdagilar uchun u shunchaki kutilmaganda, "to'satdan o'lib qolibdi"...)
To'satdan o'lib qolishdan O'zi asrasin...)
257
Ikki soatdan beri uxlolmay shuni o'ylayapman: nega biz doim bolalikni, eski xotiralarni shunday bir entikib, o'zgacha sog'inch bilan eslaymiz-a?
O'sha paytlar rostan ham hayot shunchalik zo'r, mukammal va beg'ubor bo'lganmi yoki shunchaki vaqt o'tib miyamiz bizni shunga ishontirib qo'yganmi? Qiziq-a?
Miyamizjuda g'alati va ustasi farang "muharrir" nazarimda. Bolalik paytlarimni eslasam, faqatgina quyoshli kunlar, kechgacha chang ko'chada chopib yurganlarim, qandaydir cheksiz erkinlik ko'z oldimga keladi. Lekin... bundoq sovuq miya bilan o'ylab qarasam, o'sha paytda ham o'zimizga yarasha "dahshatli" muammolarimiz bo'lgan-ku, to'g'rimi? Ertalab barvaqt uyg'onish azobi, dars qilgisi kelmaslik, o'rtoqlar bilan arazlashish yoki velosiped baloni yorilsa, butun dunyo vayron bo'lgandek siqilishlar...
Ammo yillar o'tishi bilan xotiramiz hamma "og'riqli" va oddiy kunlarni o'chirib tashlab, faqat eng chiroyli, issiq kadrlarnigina yig'ib, bitta ajoyib "nostalgiya kinosi" qilib bersa kerak.
Aslida biz o'sha vaqtdagi hayotni emas, o'sha paytdagi XOTIRJAMLIKNI sog'inamiz nazarimda. Yelkada hech qanday jiddiy mas'uliyat yo'q, eng qiyin qarorimiz "qaysi o'yinni o'ynash" bo'lgan, qolgan hamma katta muammolarni kattalar hal qilib beradigan o'sha xavfsiz hududni qo'msaymiz.
Shu joyda odamni ikkilantirib qo'yadigan bitta savol tug'iladi: agar miya shunday ishlasa... Balki, hozirgi - bizga tinimsiz stress, charchoq, o'xshamagan loyihalar va yechimsiz muammolarga to'la bo'lib ko'rinayotgan bugungi kunlarimiz ham... yana 10 yildan keyin xuddi shunday "ehh, eng zo'r, muammosiz davrlarimiz ekan-a" bo'lib eslanar?)
Nima deb o'ylaysiz, bolaligimiz rostan ham shunchalik go'zal o'tganmi yoki biz shunchaki qiyinchiliklarni tez unutib, o'tmishni chiroyli qilib chizib olishga dasturlangan ajoyib mavjudotlarmizmi? :))
257
Ey Robbim, qancha ne'matni menga ato qilding bunga shukur qilishim oz bo'ldi. Qancha balo bilan meni sinading, unga mening sabrim oz bo'ldi. Ey ne'matlariga shukrum oz bo'lsa ham ularni man qilmagan zot, Ey balolarga sabrim oz bo'lsa ham meni xor qilmagan zot, Ey ma'siyatlarim uchun meni sharmanda qilmagan zot, Ey sanoqsiz va tuganmas ne'matlarning egasi dunyoyim bilan dinimga yordam ber
Taqvo bilan oxiratimga yordam ber. Bilmagan narsalarimdan meni saqlagin. Mening nafsim istayotgan narsaga meni tashlab qo'ymagin. Sendan yaqin yengillikni va go'zal sabrni so'rayman. Jamiiyki balolardan ofiyatni va ofiyat uchun shukur so'rayman...
257
Yana bir narsani o'ylab qoldim... Bo'sh vaqtim bo'lganda shunga o'xshash kichik muammolarni hal qiladigan turli web-dasturlarni boshqalarga ham foydasi tegadigan qilib, ochiq ishga tushirib yuborish mumkin-ku :))
Miyamda yana bir 100 ta g'oyani test qilib ko'rish niyati bor. Balki ichidan 5-10 tasi ko'pchilik uchun rostdan ham kerakli va qulay yechim bo'lib chiqar.
Shunga, sizlardan ham kichik g'oyalar va takliflar kutib qolaman. O'zingizning sohangizda yoki kundalik hayotingizda qanday kichik, g'ashga tegadigan muammolar bor? Qanday kichik AI dasturchasi ishingizni osonlashtirgan bo'lardi?
G'oyalarni shu yerda yozib qoldirng! Tayyorlab ko'ramiz, ishga tushiramiz. Foydasi tegsa - juda zo'r, o'xshamasa - yana bitta qip-qizil tajriba bo'ladi :))
257
+1
Ho'oop, demak, bir boshidan boshlasak...
1. "Kitob tarjimon"
Birinchisi va eng ko'p foydalanadiganim. Ish sabab yoki tarmoqlardagi iqtiboslarni ko'rib, ba'zi xorijiy kitoblarga qiziqishim oshib qoladi. Lekin til bilish darajam pand beradimi yoki boshqa tilda o'qishga odam malollanadimi, xullas o'qilmay qolib ketardi. Mening bu dasturim esa yozuvchining uslubini o'rganib chiqib, ayni shu tempni ushlab qolgan holatda kitobni tarjima qilib beradi. O'zim ishlatamanmi? Hehe, albatta, adashmasam 4-5 ta kitobni shunaqa qilib maza qilib o'qivordim. Xullas, o'zim uchun zo'r narsa tayyorlab olganman.
2. "Kommunal tushuntirgich"
Ikkinchisi — hayotimdagi juda bir qiynalgan soham uchun. Turli xil kommunal idoralardan keladigan xatlarni o'qib, ba'zan ichida nima deyilganini umuman tushunmayman. Shuni rasmga olaman-u yuklayman, mendagi web-dastur uni o'qib chiqib: qarz summasi qancha, kimga murojaat qilish kerak, umuman gap nima haqida ketayotganini qisqa va lo'nda qilib tushuntirib beradi. Plyus, qonuniy maslahatlar berib, o'zimga savollar ham tashlab turadi. Qolganlarni bilmadim-u, hayotimni ancha osonlashtirgan asosiy ish qurolcham shu bo'ldi.
3. Qarz daftari
Olgan va bergan summalarni yozib qo'yasiz, muddati kelganida o'zi eslatadi, oradagi qolgan kunlarni hisoblab boradi. Xullas, pul deb oqibat yo'q bo'lib ketishining oldini oladi. Buniyam eng zarur holatlarda ishlatib turaman :))
4. Target bo'yicha dashboard
Reklama (target) loyihalari bo'yicha hisobotlar, tahlillar, tavsiyalar va natijalarni vizual diagrammalarda ko'rish, bir-biri bilan solishtirish imkonini beradigan tizim. Xullas, to'liq mening ish jarayonimga moslashtirilgan dashboard. Buni ham juda ko'p ishlataman.
5. Ish taqsimlovchi va shaxsiy maslahatchi
Beshinchisi — miyamdagi g'oyalarni tartibga solib, ish taqsimlash uchun. Biror idealarni yoki hozirgi holatni to'liq aytib beraman, keyin u bilan birgalikda dekompozitsiya qilamiz (ya'ni kattaroq ishni mayda qismlarga bo'lib, bajarish ketma-ketligini tuzib chiqamiz). Jarayondagi e'tibordan chetda qolishi mumkin bo'lgan kichik nyuanslardan ham oldindan ogohlantiradi.
Buni ishga tushirishdan oldin, bazasiga o'zim haqimdagi kerakli infolarni kiritib, yaxshilab "o'qitib" olganman. Shuning uchun ham u aynan o'zimga moslashtirilgan personal yordam beradi.
257
AI qaysidir ma'noda hayotimizni haqiqatan ham ancha osonlashtirib yuborganini endi bemalol ayta olaman.
Ehhe, shu paytgacha adashmasam 100 dan ortiq g'oyalarimni test qilib ko'ribman. Shularning salkam 90 foizi qip-qizil "fail" bo'ldi)) Lekin rosti, aynan shu 90 ta o'xshamagan urinish menga qolgan yaxshi g'oyalarni qanday qilib sayqallashni o'rgatdi.
Hozir hatto ba'zi ishlarni avtomatlashtirish, kundalik yumushlarni yengillatish uchun o'zimga kichkina mini-dasturchalar ham tayyorlab olyapman va bular turli sohalarda rosa asqotyapti.
Xullas, niyat qilib turibman, shularning ba'zilari haqida kanalga sekin yozib boraman. Balki sizlarga ham qiziq va foydali bo'lib qolar. Qolaversa, bahonada blogimda ham anchadan keyin tuzukroq post bo'b qolar deyman-da :))
257
Sizga sog'lik omonlik, bizga oq yo'l 😎
Yo'llarni eng yaxshisi uyga olib boradigani, eh men kettim uyga
257
Qurilish loyihasida mijozimizni kutib zerikib o'tirganimda shu hayol kelib qoldi, yozib qo'yay dedim))
257
Ba'zan odamlarning aql-zakovati va salohiyatini ko'rib rostan lol qolasan. Lekin ayni shu aqlli insonlarning urushlarini, bir-birini nohaq qirishi va qiladigan zulmlarini ko'rib, faqat yoqa ushlashdan boshqa chorang qolmaydi.
Bitta qo'limiz bilan osmono'par binolar, mo'jizalar quramiz-u, ikkinchi qo'limiz bilan butun boshli shaharlarni va insonlar taqdirini qonga belab, vayron qilamiz.
Eh, ajoyib mavjudotlarmiz-da o'zi))
257
Yozni bunaqa issig'idan omon qolish uchun kim nima metoddan foydalanyapti 😄
Bizga ham tirik qolish yo'llarini o'rgating))
257
Yozgi mood:
Kun davomida kichik tasklarni hafsala qilib yopish 🚫
Kechasi uxlamasdan hamma yeg'ilgan tasklarni bitta qilib yopish ✅
P.s ishdan 19:00 da chiqadigan odamlarga, 23:30 dan keyin uxlaydigan odamlarga, ertalab nonushta qiladigan odamlarga havasim keladi hayotlarida tartib bor deymanda 😁
257
25 yoshga kirmay turib men:
- Chorva qilish kerak, bog' qilish kerak, dehqonchilik qilish kerak, yer olib qo'ysammi 🤔
P.s yo erta qarib qolyapman yo shahar shovqini charchatyapti 😄
257
Sarvqomat Dilbarim...
Chingiz Aytmatov ijodi bilan juda yaqindan tanish emasman, lekin muallif qissasi asosida Sarvar Karimov suratga olgan filmni ko'rgandim. Bu postda asar tahlilini emas, balki bitta film orqali o'zim uchun kashf qilgan 2 ta qiziq xulosamni o'rtoqlashmoqchiman.
Birinchisi, hayotda katta xatolar ham qilishimiz mumkin. Asl fojia esa xatoning o'zida emas, u olib boradigan oqibatda bo'ladi. Ba'zan voqealar shunday nuqtaga kelishi mumkin ekanki, kimdir baribir yutqazadi, kimningdir qalbi sinadi va hislari rad etiladi. Eng yomoni, bu yerda na mutlaq aybdor bor, na mutlaq haq. Oxirida esa faqat dahshatli bo'shliq qoladi...
Balki shu sabablidir, film so'ngida hech kimni to'liq ayblay olmadim. Shu bilan birga, hech birini ham oqlay olmadim. Bu hissiyotni so'z bilan tushuntirish qiyin. Shunda o'ylab qoldim: muallif nega aynan shunday yakunni tanlagan? U bu voqeani yozayotganda nimalarni his qilgan ekan?.. Qiziq.
Ikkinchisi esa filmda ishlatilgan Akbarali Ochilovning "Meni kechir" qo'shig'i bo'ldi. Musiqa kinodagi o'sha men aytgan "bo'shliqqa" shunday kirib borganki, ohang butun voqeani bitta o'zi ko'tarib turgandek. Bilmadim, chamamda, bu qo'shiq endi ancha vaqtgacha mening pleylistimdan tushmasa kerak... Xullas, oltinga teng shedevr!
Xullas, odatda bunaqa og'ir kayfiyatdagi filmlarni unchalik yoqtirmayman. Lekin bu safar ko'rganimga afsuslanmadim. Ayrim hikoyalarni shunchaki tomosha qilmay, ular bilan birga yashab o'tishga majbur bo'lasan kishi. Aynan shuni his qildira olgani uchun ham ijodkorlarga qoyil qolmay ilojim yo'q :))
Gapning indallosi, filmni ko'ring, fikrlaringizni o'rtoqlashing. Ko'rgan bo'lsangiz, yaxshi kitob yoki kino tavsiya qilib o'tib ketishni unutmang))
257
Blogcham borligi esimga tushib ketti, bugun erta indin bir narsalar yozib qolaman hay))
Oma bunaqa blog yuritishimga chidab kanalda qolganlar yo kanaldan chiqishni esidan chiqarib yuborgan o'rtoqlar siz eng zo'risiz ishonavering 😎🫂
P.s yangi alifboda post kutmang hali moslasha olmadim))
257
Biz odatda qiyinchiliklarni romantizatsiya qilishga o'rganib qolganmiz. Katta natijalar uchun albatta ko'p uyqudan kechish, asablarni yeyish va doim stressda yashash kerak deb o'ylaymiz.
Lekin hozir men eshitgan duo fikrlarimni ostin-ustun qilib yubordi, oldin ham bu duoni eshitganman lekin endi angladim nazarimda: "Ofiyating men uchun kengroqda..."
Ma'nosi fikrimcha - "Har qanday qiyinchilik va sinovlaringga chiday olaman, lekin menga beradigan tinchliging, ofiyating men uchun yaxshiroq va qulayroq"
O'ylab qarasam, biz ba'zan o'zimizga ataylab qiyinchilik qidiramiz. Yo'q, qiyinchilikdan qochish kerakmas, lekin xotirjamlik va yengillikni so'rash ham katta ne'mat. Har qanday katta loyiha yoki maqsad, oxir-oqibat, qalb xotirjamligini o'g'irlamasligi kerak.
Harchand kuchli bo'lmaylik, Uning ofiyati baribir hammamiz uchun kengroqda...)
