cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

DΛRDLΛRIM | ألمي

Kanal faoliyati yakunlandi. © .. @dardlarimda_reklama

Show more
The country is not specifiedThe language is not specifiedThe category is not specified
Advertising posts
205
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
No data30 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Repost from N/a
​​(Sifatsiz) “Oliy ta’lim” haqida ! Bu mavzu bo’yicha ko’pdan beri yozishni o’ylab yurgandim va nimadir sabablar bilan yozishga qo’l bormayotgandi. Yaqinda SUBYEKTIV jamoasi “Oliy ta’lim” haqida juda ajoyib kontent tayyorlab chiqish, uni ko’rmagan inson deyarli qolmagan bo’lsa kerak. https://youtu.be/eGp6VIVzyIk Agar ko’rmagan bo’lsangiz albatta ko’rishni qattiq tavsiya qilaman. O’zi oliy ta’limni oliyligi qoldimikam degan savol tug’iladi. Hech kimga sir emas, Oliy ta’limni tugatgan ko’pchilikdan so’rashganda: 4-5 yil o’qib nimani o’rganding deyishsa, umuman diplom kerak emasligini deyishadi, aslida ham bu haqiqat ! Diplom sizni inson yoki obro’li ekanligingizni ko’rsatadigan narsa emas, shunchaki oddiy qog’oz xolos. Menimcha Oliy ta’limni to’g’irlash kerak yoki umuman Oliy ta’limda o’qigan yaxshi. Bor budingizdan ham shunaqa yil umringizni ham yo’qotasiz. Umuman o’zi ta’limda barcha muammolar, maktabdan too Oliy ta’limgacha rasvosi chiqqan. Bundan keyin mustaqil o’qib ilm, biron kasb yoki narsa o’rganmasangiz bu ta’lim tizimida boridan ham ayrilasiz. O’qishaga kira olmagan abutirentlarni shaxsan tabriklayman. Bu sifatsiz oliy ta’limda chirigan jamiyatga aylanib chiqishdan ozodsiz. O’ylamanglar o’qishga kirib tugatib, katta ishlarda katta lavozimlarda ishlayman deb, bizdan unaqa ish o’rinlari yo’q, bo’lgan taqdirda ham u joylarni miyasi yo’q puldorlar, tanish-bilishlar va qairindosh-urug’lardan ortmaydi. Shu sababli ham bizda faqat rivojlani oldinga emas, orqaga qarab ketmoqda. Hech narsani qizig’i qolmadi, faqat o’zlarini manfaatlari-u, soqqabozlik avj olgan. Pul bo’lsa bo’ldi, muammo yo’q. Super kontrak degan narsani asl maqsadi ham faqat pul, mana yaqinda deyarli barcha universitetlar kredit tizimiga o’tdi, bu karrupsiyani qonuniy varianti va bu ham davlatni foydasiga. Shu sababli ham o’z ismni yoza olmaydigan shaxslar ham Oliy ta’limda o’qishmoqda va shular ertangi kunda ham biron idora-tashkilotda ham faoliyat yuritishlari aniq. Mana sizga adolat va mantiq ! Hech bir inson “Oliy ta’lim” haqida ijobiy fikr bildirmasa ham kerak. Bildiradiganlar ham shu sifatsiz “Oliy ta’lim”da ishlaydigan insonlar bu gaplarni qoralab chiqish mumkin. Bu “Oliy ta’lim”ning maqsadini, Jorj Oruellning “1984” asarini o’qiganimda tushunib yetkaman, bizni yaqin kelajakda juda ayanchli va achinarli kelajak kutmoqda ! Biz o’zimiz mustaqil o’qib, ongimizni rivojlantirmas ekanmiz, hech narsa ham o’z-o’zimdan yaxshi tamonga o’zgarmaydi ! Shuncha yil o’qib, qanchadan-qancha mablag’larni sarflab, diplomni olganingiz bilan u diplom hech qayerga ishlamasligini tushunganlar qancha oramizda.. O’qishga kirish muammoning hal etilishi emas, muammoning tug’ilishidir. O’qishga sarflagan mablag’ingizni, kerak bo’lsa bu jamiyatda butun umr ishlab ham topa olmasligingiz mumkin )) Talaba bo’lganimizda ustozlar aytishardi: yiqilganlar qutildi, siz esa tutildingiz ! Bu gaplarni o’sha paytlari tushunmaganmiz, lekin keyinchalik bu gaplar asli haqiqatligini tushunib yetdik. Bu gaplar bilan aslo abutirentlarni ishtiyoqlarini yo’qatmoqchi emasman, davom eting, o’z ustingizda ishlang, doim izlanishda bo’ling, yangi narsalarni o’qib, o’rganishdan to’xtamang va o’qishaga kira olmagan bo’lsangiz umuman o’ksinmang. Bu balkim siz uchun yaxshilikkadir. “Oliy ta’lim”ning maqsadi faqat pul bo’lib qolgan, ta’lim tizimni esa umuman qizig’i yo’q. Gapimni oxirida shuni xulosa qilib takidlashim mumkin, o’z erkingizni cheklab qo’ymang, ogoh bo’ling !!! @solihodam
Show all...

Repost from N/a
​​7. Ko’plab yangi narsalar haqida bilib borasiz, qaysi janrdagi kitoblarni o’qishingizdan qat’i nazar juda ko’p narsalarni bilib olasiz. Bu tarix, psixologiya, madaniyat, ruhiyat, urush oqibatlari, insonlarning bir-biri bilan munosabatlari va hayotingizda zarur bo’ladigan turli ma’lumotlar bo’lishi mumkin. Ko’p narsa bilishni xohlaysizmi ?! Falsafa, psixologiya, ommaviy-ilmiy adabiyot va biografiyalarni o’qing. Bizning zamonamizda har qanday turga munosib kitobni topish mushkul emas. Agar siz izlagan kitobingizni topa olmasangiz, bu o’sha mavzuda o’zingiz yozishingiz uchun ajoyib imkoniyat bo’ladi ! 8. O’ylaganingizdanda ahmoq bo’lganingizni tushunib yetasiz, o’ylab ko’ring, kitob o’qishni boshlashingizdan oldin o’zingizni hamma narsaga aqlim yetadi, deb o’ylagansiz. Kitob o’qishni boshlaganingizdan so’ng esa hamma narsa o’zgardi va hech narsa bilmasligingizga amin bo’lasiz. O’qigan birinchi kitobingizdan so’ng, hech narsa o’zgarmasligi mumkin. Ammo har bir kitob, vaziyatga boshqa nuqtadan qarashga o’rgatadi. Qancha ko’p kitob o’qisangiz, dunyoqarashingiz shuncha o’zgarib boraveradi. Qarshingizda yangi eshiklar ochilaveradi. Miyangizda yangi fikrlar, g’oyalar, ma’lumotlar paydo bo’laveradi. Siz o’zga insonlarning his-tuyg’ularini xuddi o’zingiznikidek his qila boshlaysiz ! 9. Sizda ijodiy fikrlar paydo bo’la boshlaydi, miyangizni yangi ilmlar bilan boyita boshlaganingizdan so’ng, ajoyib bir holat sodir bo’la boshlaydi. Fantaziyangiz uyg’onadi. Ijod bu aslida insonlar hayratlangan ilhomning amaldagi ko’rinishidir. Hayotda bunday insonlar ko’plab topiladi. Bu insonlar she’riyatni ilm bilan, e’tiqodni tarix bilan aralashtirishdan qo’rqishmaydi. O’qishni boshlaganingizdan so’ng, ko’chirmalarga hech qanday ehtiyojingiz qolmaydi. Siz o’zingiz to’plagan bilim manbalaringizdan foydalana boshlaysiz. Shunda sizda turli fantaziyalar paydo bo’ladi. Siz esa ularni turli holatlarga solib, yangi bir g’oyalarni o’ylab topa boshlaysiz ! 10. Tasavvuringiz yanada tiniqlashadi, siz o’qiyotgan kitob, bu kimningdir fantaziyasi. Uning ichida yurar ekansiz o’z fantaziyangiz paydo bo’ladi va kengayib boradi. Siz o’z fantaziyangizga quloq tuta boshlaysiz. Shu yo’l bilan miyangizdagi tasavvur olamini yanada tiniqlashtirasiz. O’zingizni boshqacha his eta boshlaysiz. Aslida esa, o’zingizni dunyodagi eng normal inson ekanligingizni tushunib yetasiz. Bilimingizni turli ma’lumotlar bilan to’ldirib boring. Kitob o’qish ertami kechmi, baribir, ongizda turli ranglarda jilovlana boshlaydi. Sinab ko’rasizmi ? Unda qo’lingizga kitob oling. Bu ish, albatta, sizda ham sodir bo’ladi, xatto kafolatlanadi ! Agar buncha jihatlar sizda ham bo’lishini xohlasangiz, ertani kutmasdan hozir boshlang. Asosiysi chinakam xohish bo’lsin. Hozirgi vaqtda sizni qo’lingizdan tutib yaxshi yo’lga boshlaydigan insonlarni uchratmasangiz, ular deyarli yo’q. Bu jihatlar sizda hali sezilmayotga taqdirda ham bunga biz emas, o’zingizni qandaydir xato yoki kamchilikingiz tufayli bo’ladi. Lekin siz shunda ham bu maqsadingizdan qaytmang va qaytishga ham sabab bo’la olmaydi. Mayli sizni bu ishingizga qarshi bo’lsin, mensimasin yoki umuman odam o’rnida ko’rmasin, ammo siz hech qachon yomonlik va yomon ishlar qilishni o’zingizga ravo ko’rmaysiz va bunga vaqt ham sarflamaysiz. Xullas kitoblarda juda ko’p yaxshiliklar va juda ko’p yaxshi narsalar mavjud, faqat va faqat o’qish kerak ! @solihodam
Show all...

Repost from N/a
Kitob o’qishning 10 ta rad etib bo’lmas foydalari !🤫 O‘zini hurmat qila biladigan har qanday aqlli inson sizga kitob o’qish odati o’zini-o’zi iroda qilish va o’z maqsadlariga erishishda juda katta yordami tegadi, deb uqtiradi. Kitob o‘qishni qadrlaydigan odamlarda sodir bo’ladigan 10 ta o’zgarishlar haqida gap ketadi : 1. Hayotingiz murakkablashib ketganida, undan chiqib ketishning qulay yo’llarini adashmay topa olasiz. Hayotingizning og’ir damlarida, boshingizga tashvish tushganida pulingiz va sog’lig’ingizni behuda narsalarga: ichkilik, kiyim-kechak, yegulik va shunga o’xshash narsalarga sarf qilmay, biror-bir kutubxonaga borib, o’zingizga yoqqan kitobni oling yoki shu kitobni internetdan topib o’qing. Shunda siz o’zingiz uchun mutlaqo yangi bir olamni ochasiz. Bu kundalik hayot tashvishlari va muammolaridan chalg’ishning eng foydali va arzon usulidir ! 2. Oilangiz borligini payqab qolasiz, so’z ota-onangiz yoki qarindoshlaringiz haqida ketmayapti. Siz kitobga mehr qo’yib, yangi kitobsevarlar oilasiga qo’shilasiz. Bu oilaga qo’shilishingiz bilan atrofingizdagilar doim sizni qo’llab-quvvatlaydigan va har qanday vaziyatda yordam qo’lini cho’zadigan odamlar paydo bo’ladi. Bu kitob o’quvchilar va kitob sevuvchilar oilasidir. Sizga e’tibor berishlarini xohlasangiz bir sirli uslubni qo’llang. Oxirgi o’qigan kitobingiz haqda o’z fikr-mulohazalaringizni yozib qoldiring. Shuning o’zi kifoya bo’ladi ! 3. Siz cheksiz muloqot olamiga kirasiz, inson kitob yordamida o’tmishdagi avlodlari hayotini o’rganishi, unda yashashi mumkin. O’qish sizga turli xalqlar madaniyati va turli toifa odamlar hayotini so’zlab beradi. Ma’naviy dunyoqarashingiz kengayadi. Kitob insonlarning o’zaro bir-birlarini tushunishga yordam beradi. Siz esa o’zga bir insonning hayotiga kirib borasiz. O’ylab ko’ring, boshqa bir insonning o’rnida bo’lishni istarmidingiz ? Umuman ko’rmagan joylaringizga sayohat qilishnichi ? Hayotda yangi tajribalarga erishishnichi ? Bu siz o’ylaganchalik qiyin ish emas. Shunchaki kitob o’qish kerak xolos ! 4. Chiroyli so’zlashni yoki yozishni o’rganib olasiz, o’qish insonning so’z boyligini va fikrlash qobiliyatini oshiradigan, uni to’g’ri talaffuz qildiradigan va yozdiradigan eng oddiy uslub hisoblanadi. Ko’proq o’qing. Do’stlaringiz internet saytlarida xato bilan yozishganida, ularning bu ishidan taajjublanadigan bo’lasiz. Ammo birovning xatosini izlaydigan, uning ustidan kuladigan va masxara qilishga urunmang ! 5. Kutish zallarida yoki navbatlarda vaqtingizni mazmunli o’tkazasiz, hayotingizda ulkan o’zgarish bo’lishiga tayyor turing. Navbatda turganingizda yoki kutish zallarida u yerdan bu yerga yurib, soatingizga qarab yoki biror bir hamsuhbat izlab siqilmang, asabiylashmang. Shunchaki kitob o’qing. Aynan mana shunday vaziyatlarda kitobingiz doim yoningizda bo‘’lsin. Uni qo‘lingizga oling va o’qing. Shunda sizni kutish zalida o’tkazgan vaqtingiz yoqimli va foydali bo’ladi ! 6. Qiziqarli shaxsga yoki hamrohga aylanasiz, sizda dunyoqarashingizni o’zgartirish niyati bo’lmasa ham yon-atrofdagilar sizni o’zgarganligingizni darrov payqaydi. Siz qiziqarli va yaxshi suhbatdoshga aylanasiz. Kitob bizlarga hissiyotlarni va boshqa insonlarning dunyoqarashini o’rgatadi. Oqibatda biz his-tuyg’ularni yaxshi his qiladigan va boshqalarning dardiga hamdard bo’ladigan insonga aylanamiz. Hayotingizda zulm ko’rmagan, qo’pol muomalaga duch kelmagan, kambag’allik nima ekanini bilmasligingiz yoki javobsiz muhabbat nima ekanini tasavvur ham qilmasligingiz mumkin. Bunday narsalarni his qilmasligingiz uchun kimningidir ustidan kulishingiz ham mumkin. Kitob esa shu narsalarni his qilishni, yon atrofga o’zgacha nazar bilan qarashni va bo’layotgan voqealarni qiziqish bilan kuzatishga o’rgatadi. Siz dunyoga, odamlarga o’zgacha va boshqacha nazar bilan qarashni boshlaysiz ! @solihodam📚
Show all...
Repost from N/a
​​Hayotiy kuzatuvlar va tajribalar asosida yozildi ! Insonlar o’zini “jabrlanuvchi” qilib ko’rsatishni yaxshi ko’radi yoki shunga o’rgangan. Nahotki inson o’ziga boshqalarning e’tiborini qaratish uchun o’z hayotini achinarli qilib ko’rsatadi, deyishingiz mumkin. Bunday insonlar oramizda yo’q emas, mavjud. Chunki shunaqa qilmasa odamlarni ishonchiga kirib bo’lmay qoldi. Hamma yo’lini qilib bo’lishdi, odamlarni ishonchiga faqat shu yo’l bilan kitishni bilishdi. Mayli bilganini qilishsin, biz faqat hushyor bo’lishimiz shart, ayniqsa hozir. Odamlar hozirda o’z manfaatlar uchun hech narsadan qaytmaydi. Har tarafimiz xavf-hatarga to’la, kimdir sizga haqiqatdan ham azob bergan bo’lsa, bu azoblarni o'ylab, siqilgan bilan sizga yengillik bermaydi. Siz bu gapdan azoblanayotganingizni ko'rgan raqib, ich-ichidan faqat yayraydi. Balki ustimizda kulayotgandir ham, lekin bilmaydiki o’zini ustidan kulayotganini. Har bir xatoyingiz uchun kuyib-yonavermang, to’g’ri xato qildingiz, lekin endi nima to’g’ri nima noto’g’ri ekanligini bilasiz va tajribaga ega bo’ldingiz. Agar xato qilmaganingizda, qayerdan bilardingiz bu o’zgacha hislarni..?! Balki, hislaringizda, do’st tanlashda, insonlarga ishonishda qoqilgandirsiz, buni o’zingiz uchun bir dars deb biling. Inson qanchalik qiyinchiliklarni yengsa, shunchalik kuchli bo’lib shakllanaveradi va bilingki Allohni ham suyukli bandasi ekanligingizni isbotidir. Siz doim yaxshi inson bo’lishga intiling, shundoq ham yomonlar juda ko’p. Dunyoga boshqacha nigoh bilan boqishni ham o’rganing. Inson ko’nglini sindirish, ka’bani buzgandek gap deyishgan. Xoliqqa yig’lang, xalqqa kulish kerak. Inson hayoti davomida har xil vaziyatlarga, qiyinchiliklarga, yo’qotishlarga va ushalmagan armoni bo’ladi. Menda ham shunaqa vaziyatlar bo’lgan. Hayotiy tajribadan kelib shuni ayta olaman-ki, ming uringaningiz bilan foydasi yo’q, bizdan ketadigan narsa baribir ketadi. Sababi bizniki emas, Allohni aytgani bo’ladi. Biz shu narsani butkul unutib qo’yganmiz. Yo’qotgan narsangizni o’ylab siqilgan bilan hech narsa avvalgidek bo’lmaydi va qaytmaydi. Arzimagan kimsalar (narsalar) va bizga nomunisib insonlarni qaytishini kutamiz, lekin hayotimizda undan ham qadrli (o’tib ketgan) yaqinlarimizni haqida yoki qaytishini umuman o’ylab ham ko’rmaymiz. Yoki erisha olmagan orzularimiz armonga aylanganini o’ylab g’amgin yuramiz. Vaholan-ki shu narsaga tayyor emasligimizni yoki vaqti emasligiga hech kimni o’ylagisi kelmaydi. Bizda o’xshamagan barcha narsada bir hikmat bor. Bu narsalar hammani hayotida bo’ladi yoki allaqachon uchragan. Bu kechinmalarni boshdan kechirganlar meni tushundi. Gohida yozmoqchi bo’lgan narsamni yoza olmayman. Sababi shu narsani to’liq his qilmaganman va o’sha payt vaqti emasligini bilganman. Hozirgi o’qiyogan gaplaringiz ham bir qismi ancha oldin yozilgan va hozir tahlil qilib, qayta shu mavzuga qo’l urildi. Agar siz hali ushbu vaziyatga dech kelmagan bo’lsangiz, albatta bir kun shu so’zlarni o’ylab tushunasiz hammasini. Kimdirlar biron yaqin insonini yo’qotishdan qo’rqadi, kimdirlar allaqachon yo’qotib bo’lgan va yana kimdirlar yo’qotmaslik uchun bor kuchi bilan harakat qilmoqda. Yuqorida aytganimdek, bizniki bo’lgan narsa boshqasigan hech qachon ketmaydi, ketdimi unda bizniki bo’lmagan. Shunday xulosa chiqarish kerak. Shu narsani takidlab aytgan bo’lardim, hech qachon o’zingizni bechora holda jabrlanuvchi qilib yoki soddadek ko’rsatishga urunmang. Sizdan o’z maqsadlari yo’lidan foydalanishlari mumkin, oxir oqibat o’zingiz ham shu narsaga o’rganib qolasiz, harakatdan to’xtaysiz, bir joyda qotib qolasiz va hayotni ham siz uchun qizig’i qolmaydi. O’z joniga qasd qilish ehtimoli ham katta. Hayotda sabrli va kuchli bo’ling, faqat oldinga intilib boravering ! Bizni ya’ni odamlar oldida hayvonlar ham hijolat, ishonavering )) P/s: Shuncha gap yozildi, endi uni o’qiydigan inson topish kerak 🫣 @solihodam
Show all...

Bu kanal admini hozirda yangicha yo’nalishda yangi kanalda davom ettirmoqda ! @solihodam @tikonzor bemalol kuzatib borishingiz mumkin.
Show all...
Repost from N/a
Repost from N/a
Repost from N/a