en
Feedback
Angren shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi | Rasmiy kanal 🏢

Angren shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi | Rasmiy kanal 🏢

Open in Telegram

Ангрен шаҳар ММТБ расмий канали. Ушбу каналда Мактабгача ва мактаб таълими бўлими ва тизимдаги муассасаларнинг аҳамиятга молик янгиликларини акс эттириб борамиз. Мурожаат учун: @AngrenMMTB_bot

Show more
758
Subscribers
No data24 hours
+67 days
+930 days
Posts Archive
#Kun_yangiligi #Bilimlar_kuni Yangi o‘quv yili — yangi zafarlar sari! Angren shahridagi 7-umumiy o‘rta taʼlim maktabida "Bili
+8
#Kun_yangiligi #Bilimlar_kuni Yangi o‘quv yili — yangi zafarlar sari! Angren shahridagi 7-umumiy o‘rta taʼlim maktabida "Bilimlar kuni" ko‘tarinki ruhida bo‘lib o‘tdi. Bayramona bezatilgan maktab hovlisi va yangragan sho‘x kuylar yig‘ilganlar qalbiga quvonch ulashib,o‘quvchilarning ilmga bo‘lgan shijoatini yanada oshirdi.Tadbir davomida Davlatimiz rahbarining maktab o‘quvchilari va o‘qituvchilariga yo‘llagan bayram tabrigi tantanali ravishda o‘qib eshittirildi.Ushbu o‘quv yili maktabimiz uchun yangi sahifa ochdi. Ko‘p yillar davomida muassasamizni muvaffaqiyatli boshqargan sobiq rahbarimiz Usmonov Vaqqosxon Abbasovich  bu yil faxriy nafaqaga kuzatildi. Maktab jamoasiga rahbarlik qilish mas’uliyati yangi direktor — Umarov Begzod Qurbonovich zimmasiga yuklatildi. Yangi rahbarimiz o‘z tabrigida barcha ustoz va o‘quvchilarga kelgusi ishlarda omad va zafarlar tiladi. Tadbirning eng hayajonli lahzalari maktab ostonasiga ilk bor qadam qo‘ygan 1-sinf o‘quvchilariga "Prezident sovg‘alari" topshirilgan jarayon bo‘ldi.

#Prezident_sovg‘asi #Quvonch_ulashib Angren shahar 18-umumiy o‘rta taʼlim maktabining 1-sinf o‘quvchilari uchun tayyorlangan
+3
#Prezident_sovg‘asi #Quvonch_ulashib Angren shahar 18-umumiy o‘rta taʼlim maktabining 1-sinf o‘quvchilari uchun tayyorlangan Prezident sovg‘alari biriktirilgan vakillar bilan birgalikda topshirildi. Ularga "Aʼlo" baholarga o‘qish topshirig‘i berildi. O‘quvchilar bunday quvonchli va eʼtiborga "labbay" deb javob berishga vaʼda berishdi

#Kun_yangiligi #Bilimlar_kuni #"Taraqqiyot"_MFY Angren shahar 18-umumiy o‘rta taʼlim maktabida " Bilimlar kuni" ko‘tarinki ru
+5
#Kun_yangiligi #Bilimlar_kuni #"Taraqqiyot"_MFY Angren shahar 18-umumiy o‘rta taʼlim maktabida " Bilimlar kuni" ko‘tarinki ruhida bo‘lib o‘tdi. Maktab atrofi bayramona bezatilgan, musaqalar yangrashi barcha insonlarni yuragida quvonch, o‘qishga bo‘lgan shijoatlarini yanada oshirdi. Prezident tabrigi barchaga o‘qib eshittirildi. Maktab direktori Egamberdiyev Odil Sattorovichning tadbirdagi tabrigi orqali hammaga omadlar tiladi. Ayniqsa, maktabga endiga tashrif buyurgan birinchi sinf o‘quvchilariga Prezident sovg‘alarini topshirishdagi uvonchli holatni ko‘rish o‘zgacha bo‘ldi. Birinchi qo‘ng‘iroq sadolari ostida darslarga kirishi ham o‘zgacha bo‘ldi.

#Angren_shahar #40-maktab 🇺🇿 “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” 🏫 2026 yil 2 sentyabr 40
+8
#Angren_shahar #40-maktab 🇺🇿 “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” 🏫 2026 yil 2 sentyabr 40-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida ushbu ezgu shior ostida barcha sinflarda “Kelajak soati” darslari ko‘tarinki ruhda tashkil etildi. Darslarning asosiy maqsadi o‘quvchilarda Vatanga muhabbat, yurtga sadoqat, milliy g‘urur, xalqimizning birdamligi va kelajakka bo‘lgan ishonch tuyg‘ularini yanada mustahkamlashdan iborat bo‘ldi. 📚 Dars jarayonlarida Angren shahar MMTB boshlig‘i Sh.M.Mirzakarimov, Yangi Go‘shsoy MFY raisi S.Mutalov hamda Angren “Oqila onalar” rahbari M.Saynazarova, MMIBDO‘ G.Nuraliyeva, maktab maslahatchisi I.Xolikova, maktab psixologi M.Nurmatovalar ishtirok etib, o‘quvchilarlarga Vatan—yagona va muqaddas maskan, uning tinchligi va ravnaqi har bir fuqaroning ezgu maqsadi ekanligi, bugungi tinch va farovon hayotimizni qadrlash, yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanish, kelajakda yurtimiz taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘shish muhimligi ta’kidlandi.

Angren shahar 7-umumiy oʻrta taʼlim maktabida “Yagona Vatan, yagona xalq boʻlib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” mavzusida
+7
Angren shahar 7-umumiy oʻrta taʼlim maktabida “Yagona Vatan, yagona xalq boʻlib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” mavzusida 7-“D” sinf o‘quvchilari ishtirokida Mustaqillik darsi o‘tkazildi. ▪️Dars jarayonida o‘quvchilarga Mustaqillikning xalqimiz hayotidagi beqiyos ahamiyati, Vatanimizning bugungi taraqqiyoti, tinchlik va osoyishtalikning qadri haqida tushunchalar berildi. Shuningdek, yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat, yurt taqdiriga daxldorlik va kelajakka ishonch tuyg‘ularini shakllantirishga alohida e’tibor qaratildi. ▪️O‘quvchilar o‘z fikr-mulohazalari, savol-javoblar va turli ijodiy chiqishlari bilan darsda faol ishtirok etdilar. ▪️Mustaqillik — xalqimizning eng ulug‘ va bebaho ne’mati! Uni qadrlash, asrash va kelajak avlodga munosib yetkazish barchamizning sharafli burchimizdir! Sinf rahbar: Bekzod Xayrullayev ➖➖➖➖➖➖➖➖ 📱Angren shahar MMTBning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari 👇👇👇👇👇👇👇👇👇 Telegram|Facebook|YouTube|Sayt

+1
#Angren_shahar # 40_maktab "BIRINCHI QO‘NG‘IROQ” TADBIRI 🔔 Angren shahar 40-umumiy o‘rta ta’lim maktabida 2026–2027-o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan 2-sentabr kuni “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbiri o‘tkazildi.Tadbir “Yagona Vatan, Yagona Xalq bo‘lib yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida tashkil etildi.Tadbirda Angren shahar MMTB boshlig‘i Sh.M.Mirzakarimov, Yangi Go‘shsoy MFY raisi S.Mutalov,  ota-onalar hamda faxriy mehmonlar ishtirok etdilar. 📌Tadbir O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi bilan boshlandi.So‘ngra maktab direktori X.X.Xojamberdiyev so‘zga chiqib, barchani yangi o‘quv yili bilan samimiy muborakbod etdi. 🇺🇿Tadbir davomida Angren shahar MMTB boshlig‘i Sh.M.Mirzakarimov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tabrigini o‘qib eshittirib,barchani yangi o‘quv yili bilan qutladi. ⚡️1-sinfga qabul qilingan o‘quvchilarga faxriy mehmonlar tomonidan Prezident sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.Tadbirda o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan she’rlar, raqslar ijro etildi.

#Angren_shahar #Birinchi_qo‘ng‘iroq #19_maktab Bugun Angren shahar MMTBga qarashli 19-umumiy o‘rta ta’lim maktabida 2026–2027
#Angren_shahar #Birinchi_qo‘ng‘iroq #19_maktab Bugun Angren shahar MMTBga qarashli 19-umumiy o‘rta ta’lim maktabida 2026–2027-o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan an’anaviy “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbiri yuqori saviyada tashkil etildi. Tadbirda maktab ma’muriyati, pedagog-xodimlar, o‘quvchilar, ota-onalar hamda taklif etilgan mehmonlar ishtirok etdilar. Tadbir davomida yurtimizda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, yosh avlod uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, Vatanga muhabbat, bilim olish haqida fikrlar bildirildi. Maktabimizning 1-sinfga qabul qilingan o‘quvchilari tomonidan Vatan, maktab va ustozlarni madh etuvchi she’rlar, kuy-qo‘shiqlar namoyish etildi. Tadbir yakunida o‘quvchilarga yangi o‘quv yilida muvaffaqiyat, yuqori natijalar va mustahkam bilim tilandi. “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbiridan soʻng 1-sinf oʻquvchilariga "Prezident sovgʻasi" topshirildi. 📱Angren shahar MMTBning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari 👇👇👇👇👇👇👇👇👇 Telegram|Facebook|YouTube|Sayt

#E’tirof #Toshkent_viloyati #Angren_shahar #8_Maktab Joriy yilning 18-20-avgust kunlari O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi
+2
#E’tirof #Toshkent_viloyati #Angren_shahar #8_Maktab Joriy yilning 18-20-avgust kunlari O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Angren shahrida “Sifatli ta’lim - yangi O‘zbekiston taraqqiyotining mustahkam poydevori” shiori ostida Toshkent viloyati 5-ustozlar milliy forumi bo‘lib o‘tmoqda. Forumning so‘nggi kuniga kelib ta’lim sohasida xizmat qilayotgan Angren shahar 8-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori Usmanova Minnura Xoldibekovna Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan “Fidokorona mehnati uchun” esdalik belgisi bilan taqdirlandi. Ustozimizga ta’lim sohasida bundanda ko‘proq yutuqlarga erishishida ulkan zafarlar tilaymiz. 📱Angren shahar MMTBning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari 👇👇👇👇👇👇👇👇👇 Telegram|Facebook|YouTube|Sayt

ТОП -1000 талик киритилган Олий таълим муассасалар рўйхати Kanalga ulanish uchun👇👇👇👇👇 DIYORBEK XAYDAROV/METOD XTB 📖

#Toshkent_viloyati #Angren_shahar #Jasorat_maktabi #Sport_sinovlari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2026-yil 15-apre
+5
#Toshkent_viloyati #Angren_shahar #Jasorat_maktabi #Sport_sinovlari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2026-yil 15-apreldagi 140-son buyrug‘i bilan belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida 2026-yil 5-avgust kuni soat 08:00 da Angren shahar 6-sonli umumta’lim maktabida 2026–2027-o‘quv yili uchun “Jasorat sinfi”ga qabul qilinadigan nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash bo‘yicha sport sinovlari o‘tkazilishi belgilangan. Shu munosabat bilan, 2026-yil 5-avgust kuni Angren shahar 6-sonli umumta’lim maktabida o‘tkaziladigan “Jasorat sinfi”ga qabul qilish bo‘yicha jismoniy tayyorgarlik sinovlari uchun o‘quvchilar munosib kutib olindi hamda imtihon uchun start berildi. 📱Angren shahar MMTBning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari 👇👇👇👇👇👇👇👇👇 Telegram|Facebook|YouTube|Sayt

📢 E‘LON 🎓 ABITURIYENTLAR VA OTA-ONALAR DIQQATIGA! Ayni paytda bitiruvchilar hayotidagi eng muhim bosqichlardan biri — oliy ta’lim muassasasi va ta’lim yo‘nalishini to‘g‘ri tanlash jarayoni davom etmoqda. Agar siz to‘plagan balingizni bilsangiz-u, biroq qaysi oliy ta’lim muassasasiga yoki qaysi ta’lim yo‘nalishiga hujjat topshirish maqsadga muvofiqligi borasida ikkilansangiz, Sizga amaliy yordam ko‘rsatamiz. Shu maqsadda Angren shahar MMTB xodimlari hamda 6-, 20-, 23- va 29-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablarining tajribali va malakali rahbarlari tomonidan bitiruvchilar hamda ularning ota-onalariga oliy ta’lim muassasalarini tanlash, ta’lim yo‘nalishlarini belgilash va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish bo‘yicha maslahat va yo‘naltiruvchi amaliy ko‘mak ko‘rsatiladi. 📅 Sana: 2026-yil 2-avgust📍 Manzil: Angren shahar MMTB binosi, 4-qavat Hurmatli bitiruvchilar va ota-onalar! Farzandingizning kelajagi uchun muhim bo‘lgan ushbu jarayonda malakali mutaxassislar tavsiyasidan foydalaning. Oliy ta’lim sari to‘g‘ri tanlov — porloq kelajak sari ishonchli qadam! 📱Angren shahar MMTBning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari 👇👇👇👇👇👇👇👇👇 Telegram|Facebook|YouTube|Sayt

‼️‼️‼️ #Диққат_эълон 🟡 Hurmatli ota-onalar! 🔰 Tasdiqlangan Reglamentga ko‘ra (01.06.2026-y. 295-son) joriy yilning 1-avgust
‼️‼️‼️ #Диққат_эълон 🟡 Hurmatli ota-onalar!
🔰 Tasdiqlangan Reglamentga ko‘ra (01.06.2026-y. 295-son) joriy yilning 1-avgustidan:
➖O‘quvchilarni bir davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasasidan boshqasiga o‘tkazish; ➖Chet el fuqarolari hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning farzandlarini davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga qabul qilish; ➖ O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining chet elda ta’lim olgan farzandlarini umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga qabul qilish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatilishi boshlanadi. Ota-onalar Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining elektron platformasi (my.maktab.uz) hamda Yagona Davlat elektron xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali murojaatlarini yuborishlari mumkin. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating:
Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

🔄Уважаемые родители! 1 августа в 10:00 начинается 2-й этап приема в 1-й класс! 🗣Хотите зачислить ребенка в школу, не относя
🔄Уважаемые родители! 1 августа в 10:00 начинается 2-й этап приема в 1-й класс! 🗣Хотите зачислить ребенка в школу, не относящуюся к вашему микрорайону? 🗓 С 1 августа вы можете подать новое заявление по дополнительной квоте, если в выбранной школе имеются свободные места. 💻Подать заявление можно на порталах: my.maktab.uz my.gov.uz 📞 Телефоны для справок: 71 203-07-04 71 203-04-03

🔄 Hurmatli ota-onalar! 1-avgust kuni soat 10:00 da 1-sinfga qabulning 2-bosqichi boshlanadi! 🗣Farzandingizni o‘z mikrohudud
🔄 Hurmatli ota-onalar! 1-avgust kuni soat 10:00 da 1-sinfga qabulning 2-bosqichi boshlanadi! 🗣Farzandingizni o‘z mikrohududingizdan tashqaridagi maktabga joylashtirmoqchimisiz? 🗣 1-avgustdan boshlab, tanlagan maktabda bo‘sh o‘rinlar mavjud bo‘lsa, qo‘shimcha kvota asosida yangi ariza yuborishingiz mumkin. 💻 Ariza yuborish uchun: my.maktab.uz my.gov.uz 📞 712030704; 712030403

🔥🔥🔥 #IKKINCHI_KUN 😊"YIL O‘QITUVCHISI" TANLOVINING UCHINCHI BOCIQCHI O‘TKAZILMOQDA ✍️Kuni kecha Maktabgacha va maktab ta’l
+8
🔥🔥🔥 #IKKINCHI_KUN 😊"YIL O‘QITUVCHISI" TANLOVINING UCHINCHI BOCIQCHI O‘TKAZILMOQDA ✍️Kuni kecha Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan mamlakatimizning barcha hududlarida “Yil o‘qituvchisi” tanlovining uchinchi bosqichiga start berildi. 📎Yuksak bilim va kasbiy tajribaga ega ustozlarning o‘zaro mahorat maydoniga aylanib borayotgan mazkur tanlovda viloyatimiz miqyosida 22 ta tuman shahardan 43 nafar pedagog ishtirok etmoqda.
🟠Mazkur bosqichda nomzodlar jami 100 ballik tizim asosida, quyidagi 2 ta yo‘nalish bo‘yicha baholanadi: 1.Ma’naviy-ma’rifiy faoliyat yo‘nalishi. -Bunda nomzodning shaxsiy rivojlanishi, o‘z ustida ishlashi, shuningdek, ma’naviy-axloqiy, tarbiyaviy va sinfdan tashqari faoliyati hamda tashabbuslari yuzasidan taqdimoti e’tiborga olinadi va 20 ballik tizim asosda baholanadi. 2.Test sinovi (kitobxonlik bo‘yicha) yo‘nalishi. -Bunda nomzodlar tasdiqlangan adabiyotlar asosidagi 40 ta savoldan iborat test sinovida qatnashadi. Har bir to‘g‘ri javob uchun 2 balldan (jami 80 ball) taqdim etiladi. Ma’lumot uchun: “Yil o‘qituvchisi” tanlovining dastlabki bahslarida malaka sinovlari natijalariga asosan eng yaxshi ko‘rsatkichga ega bo‘lgan 66 nafar pedagoglar tanlab oldingan. Ayni damida, tanlovda 44 nafar pedagog qatnashmoqda. Ushbu sinov jarayonlarida yuqori natijaga erishgan 22 nafar pedagog g‘olib, deb tan olinadi.
Ma’lumot uchun: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-apreldagi tegishli qaroriga asosan, tanlovda har bir tuman (shahar) bo‘yicha birinchi o‘rinni egallagan g‘olib pedagoglar bazaviy hisoblash miqdorining 1 400 baravari (hozirgi vaqtda 576 mln 800 ming so‘m)ga teng pul mukofoti bilan taqdirlanadi. 📍Tanlov jarayonlari Toshkent viloyati Pedagogik mahorat markazida o‘tkazilmoqda. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing https://t.me/toshkentv_xtb | 🌐Facebook| 🔎 Veb-sayt |  🌐 Instagram|▶️ YouTube 👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot

#yil_oqituvchisi ✅ Ayni vaqtda Toshkent viloyatida "Yil o‘qituvchisi – 2026" tanlovining uchinchi bosqich sinovlarining ikkin
+4
#yil_oqituvchisi ✅ Ayni vaqtda Toshkent viloyatida "Yil o‘qituvchisi – 2026" tanlovining uchinchi bosqich sinovlarining ikkinchi kuni ko‘tarinki kayfiyatda boshlandi. 💬 Mazkur bosqichda ishtirokchilar o‘zlarining kasbiy mahorati, innovatsion yondashuvi hamda ma’naviy-ma’rifiy faoliyatdagi tajribalarini namoyon etib, belgilangan mezonlar asosida baholanmoqda. © Toshkent viloyati PMM matbuot xizmati Ijtimoiy tarmoqlarimiz: 🚀 🔵 Telegram 🟥 Instagram 🟥 YouTube 🟦 Facebook 🌐 Web Sayt

#yil_oqituvchisi "Yil o‘qituvchisi – 2026" tanlovining uchinchi bosqich sinovlarining birinchi kuni yakunlandi. 📹 Kun davomida ishtirokchi pedagoglar o‘zlarining kasbiy mahorati, bilim va salohiyatini namoyon etdilar. Quyidagi videolavhada tanlovning birinchi kunidan yorqin lavhalarni tomosha qilishingiz mumkin. © Toshkent viloyati PMM matbuot xizmati Ijtimoiy tarmoqlarimiz: 🚀 🔵 Telegram 🟥 Instagram 🟥 YouTube 🟦 Facebook 🌐 Web Sayt

#Mahallada_obodlik_va_mehr_saxovat_oyligi Angren shahrida Mustaqillik bayramiga tayyorgarlik ishlari davom etmoqda Angren sha
+9
#Mahallada_obodlik_va_mehr_saxovat_oyligi Angren shahrida Mustaqillik bayramiga tayyorgarlik ishlari davom etmoqda Angren shahridagi 33-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan "Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib — yangi hayot va kelajak yaratamiz!" shiori ostida bayramona muhit yaratish hamda obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Maktab direktori D.Turg‘unboyev tashabbusi bilan ta’lim muassasasi hududida qator bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda. Xususan, maktab ichki hududida voish-uzumzor barpo etish uchun zarur moslamalar o‘rnatilmoqda. Shuningdek, maktab hududiga olib boruvchi asosiy yo‘lakni ta’mirlash, gulzorlar tashkil etish, ota-onalar uchun dam olish maskani yaratish ishlari rejalashtirilgan. Bundan tashqari, muassasa yonidagi bo‘sh yer maydonida ( «Karvon» MFY, 31-daha hududi) mevali daraxtlardan iborat bog‘ barpo etish kabi keng ko‘lamli obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari "Dolzarb 40 kunlik" loyihasi doirasida amalga oshirilishi belgilangan. Mazkur ezgu tashabbuslar ta’lim muassasasining yanada obod va zamonaviy qiyofa kasb etishiga, o‘quvchilar hamda ota-onalar uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga xizmat qiladi. Angren shahar hokimligi Axborot xizmati 📲 Bizni kuzatib boring:👇 🌐Sayt I 💬Telegram I Facebook 📱I Youtub| 📱

Гордость школы №33 города Ангрена! Ученица 10 класса школы №33 города Ангрена Садатова Шахризодабону вошла в состав группы во
+2
Гордость школы №33 города Ангрена! Ученица 10 класса школы №33 города Ангрена Садатова Шахризодабону вошла в состав группы волонтёров и принимает активное участие в общественной жизни нашей страны. Во время рабочего визита Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева в город Нурафшан нашей ученице выпала высокая честь встретиться с главой государства. В ходе встречи Президент провёл тёплую и содержательную беседу с волонтёрами, отметив важную роль молодёжи в развитии страны, укреплении гражданского общества и реализации созидательных инициатив. Для Шахризодабону эта встреча стала незабываемым событием и большой честью. Мы гордимся тем, что ученица нашей школы достойно представляет молодёжь города Ангрена и принимает участие в мероприятиях государственного уровня. Коллектив школы №33 сердечно поздравляет Шахризодабону с этим знаменательным событием! Желаем ей крепкого здоровья, новых успехов в учёбе, неиссякаемой энергии, уверенности в своих силах и достижения самых высоких целей во благо нашей родины

🏛 НЕ УПУСТИТЕ ВОЗМОЖНОСТЬ ОБУЧАТЬСЯ В ГОСУДАРСТВЕННОМ ВЫСШЕМ УЧЕБНОМ ЗАВЕДЕНИИ! Прием документов продолжается! Филиал Федера
🏛 НЕ УПУСТИТЕ ВОЗМОЖНОСТЬ ОБУЧАТЬСЯ В ГОСУДАРСТВЕННОМ ВЫСШЕМ УЧЕБНОМ ЗАВЕДЕНИИ! Прием документов продолжается! Филиал Федерального государственного бюджетного образовательного учреждения высшего образования «Национальный исследовательский университет «МЭИ» в городе Ташкенте, созданный в соответствии с Постановлением Президента Республики Узбекистан № ПП-4350 от 4 июня 2019 года, продолжает прием документов. 🇺🇿 Единственное государственное высшее учебное заведение в системе Министерства энергетики Республики Узбекистан осуществляет подготовку по следующим направлениям:
😄 Теплоэнергетика и теплотехника 😄 Электроэнергетика и электротехника 😄 Фундаментальная информатика и информационные технологии (Системы искусственного интеллекта) 😄 Экономика 😄 Электроника и наноэлектроника 😄 Управление качеством
Почему именно филиал НИУ «МЭИ» в городе Ташкенте?
🟢 Государственное высшее учебное заведение 🟢 30% от общего количества мест составляют государственные гранты 🟢 Студентам, обучающимся на государственном гранте и имеющим отличную успеваемость, выплачивается стипендия 🟢 Современные лаборатории, высококвалифицированные преподаватели и образование, соответствующее международным стандартам
Подать документы очень просто! 👉 qabul.mpei.uz ⚡️ Полностью онлайн ⚡️ Без лишних хлопот ⚡️ Без каких-либо дополнительных платежей ⚡️ Язык обучения — русский. ⏳ Подайте документы уже сегодня и воспользуйтесь возможностью стать обладателем одного из государственных грантов! У вас есть еще один шанс получить высшее образование в государственном вузе. Не упустите его! 📞 Для получения подробной информации и консультации работает Call Center (Консультационный центр): ☎️ +998 55 500-77-40 ☎️ +998 95 145-77-41 ☎️ +998 95 145-77-42 ☎️ +998 95 145-77-43 ☎️ +998 95 145-77-45 ☎️ +998 95 145-77-46 🌐Web-sayt 📱Telegram 📱Instagram 🎞You tube