en
Feedback
Ehtido

Ehtido

Open in Telegram

Ehtimol foydali : 📚 Hayot falsafasi 🖋 Hikmatli so'zlar 🖋 Sheriat olami 🖋 https://tirikchilik.uz/ehtido

Show more
580
Subscribers
+124 hours
-27 days
-330 days
Posts Archive
Bolasi ortidan o'zini poezdni tashlagan ota bolasi bilan birgalikda poezd tagidan omon qolishdi ... Allohning rejasi mukammal dir.. @ehtidoo

Sevgi tomon bormoqchi bo'lsangiz , aqlingizni o'zingiz bilan olib boring. Agar aql sari bormoqchi bo'lsangiz, muhabbatni unitib qoldirmang Chunki aqlsiz muhabbat havfli, muhabbatsiz aql esa dahshatlidir . ©️ Karl Gustav Yung @ehtidoo

Инсон дегани қалбдир. У қалбини қаерда топса, ўша ерда яшайди. ©️IkromSharif @ehtidoo
Инсон дегани қалбдир. У қалбини қаерда топса, ўша ерда яшайди. ©️IkromSharif @ehtidoo

🍃 Yelkamga orqalab tashvishu g'amni, Izladim ma'nosin "Baxtli ' so'zini Beg'ubor nigohi aytar bolamni, Ehtimol ko'rgansan baxtning o'zini .. ✍ Farhod Ibrohim @ehtidoo

#ҳикоя Hali juda yosh bola paytim edi. Dadam uyimizga telefon o‘rnattirdi. Qo‘ni-qo‘shnilarimiz orasidagi eng birinchi telefonlardan biri edi u. Uyimiz devoriga mahkamlab qo‘yilgan, yuzasi silliq sayqallangan o‘sha apparat hali-hamon yodimda. Nafis ishlangan go‘shagi uning bir chetiga ilib qo‘yilardi. Bo‘yim hali juda kichik bo‘lganligidan bu ajib matohga qo‘lim yetmasdi, ammo har gal onam u bilan gaplashganda o‘zgacha bir entikish va hayrat bilan quloq solib turardim. Keyinroq esa, bu matoh ichida g‘aroyib mitti bir  ayol yashashligini bilib oldim. Uning ismi Ma’lumot Markazi edi. U ayol bilmagan hech narsa yo‘q edi dunyoda. Aniq vaqtdan tortib, qo‘shnilarimizning telefon raqamlarigacha bilardi.     Bir kuni onam qo‘shnimiznikiga chiqib ketib, uyda o‘zim yolg‘iz qolgan paytim birinchi marotaba o‘sha ayol – “chiroq ichidagi jin” bilan suhbatlashdim. Yerto‘lada, asbob – anjomlar saqlanadigan joyda o‘ynayotgandim. Tasodifan, qo‘limni bolg‘a bilan urib oldim. Og‘riq kuchli edi, ammo yig‘lashning ham mavridi emasdi. Chunki yig‘lasam meni yupatadigan, ovutadigan hech kim yo‘q edi yonimda. Lo‘qillab og‘riyotgan qo‘limni nafasim bilan kuf-kuflagancha uyning u yog‘idan bu yog‘iga yugura boshladim. Zina yoniga yetganimda esa ko‘zimga bir nima yarq etib tashlandi: telefon! Xonadagi kursichani uning tagiga surdim va  bir amallab go‘shakni ko‘tarib, qulog‘imga tutdim.     -Ma’lumot markazi, iltimos, - dedim go‘shakka qarata. Avvaliga bir oz shig‘irlagan tovush, keyin esa tiniq va yoqimli ovoz keldi go‘shakdan:     -Ma’lumot markazi, eshitaman!     -Qo‘limni urib oldiiim..,-ana endi ho‘ngrab yig‘lay boshladim, chunki yig‘imni eshitadigan odam topilgandi.    -Onajoning uydami?    -Mendan boshqa hech kim yo‘q uyda,-piqilladim men.    -Qonayaptimi?-so‘radi ovoz.    -Yo‘q,-javob qaytardim men.-Barmog‘imni bolg‘a bilan urib oldim, qattiq og‘riyapti.    -Uyingda muz solingan idish bormi? Uni ocha olasanmi?    -Ha.    -O‘sha idishdan bir oz muz olgin-da, barmog‘ingga bos,-maslahat berdi yoqimli ovoz.    Shu voqeadan so‘ng Ma’lumot Markazi ismli ayolga har qanday muammoimni aytib qo‘ng‘iroq qilaveradigan bo‘ldim. Bir safar, geografiya fanidan yordam so‘rab qo‘ng‘iroq qilganimda, Filadelfiya qayerda joylashganini aytib bergan bo‘lsa, yana bir safar esa matematikadan uy vazifasini qilishimga yordam berdi. Boshqa safar esa bog‘da tutib olgan olasichqonimni meva va yong‘oqlar berib boqishim kerakligini aytdi.    Bir kuni uyimizdagi kanareyka o‘lib qoldi. Bundan qattiq qayg‘uga tushdim va noxush xabarni darhol Ma’lumot Markaziga yetkazdim. U esa kattalar yosh bolalarni yupatish uchun aytadigan odatiy gaplarni gapirdi. Bu meni ovuntirmadi  va unga savol berdim:    -Nega shunchalik chiroyli sayraydigan, hamma oilalarga xursandchilik olib keladigan qush o‘lishi, qafasning bir chetidagi bir uyum patga aylanib qolishi kerak?    U mening qanchalik qayg‘uda ekanimni tushundi shekilli, ohista javob berdi:    -Yodingda tut, Pol,  qushlar sayraydigan boshqa dunyolar ham bor. Qushing o‘sha dunyolarga ketgan.    Uning bu javobi menga bir oz taskin berdi. Qayg‘u hissi bir oz chekingandek bo‘ldi. Bir-ikki kundan so‘ng yana unga qo‘ng‘iroq qilishga majbur bo‘ldim:    -Ma’lumot Markazi, “fix” so‘zi qanday yoziladi?    Bu voqealarning barchasi Amerikaning shimoli-g‘arbidagi kichik bir shaharchada bo‘lib o‘tgandi. 9 yoshga kirganimda esa Bostonga ko‘chib o‘tdik. Bolalarcha xayolimda Ma’lumot Markazi oldingi uyimizdagi o‘sha eski telefonda yashardi hamon. Shuning uchun yangi uyimizdagi zamonaviyroq telefonda u bilan gaplashishni hayolimga ham keltirmadim. Ulg‘aydim. Ana endi o‘smir yigitga aylanib, hayotga qarashlarim ham o‘zgara boshlagandi. Ammo beg‘ubor bolaligimdagi o‘sha suhbatlar xotirasi hech ham meni tark etmasdi. Ba’zan o‘sha notanish ayolning kichkina bir bolaning go‘daklarcha gaplarini sabr bilan eshitganidan,vaqtini qizg‘onmay  mehribonlik bilan suhbatlashganidan minnatdor bo‘lardim. Davomi kamentda 👇.... @ehtidoo   

Bobolarning hikmati Hayotga yorug' yo'ldir Otang bolasi bo'lma , Odam bolasi bo'l der . Bu so'zni ilk bor menga O'rgatgan Otam edi Men Otam farzandiman U esa odam edi. ✍ Erkin Vohidov

✍Ey, Dil Ko'ngil berib Hotam bo'lmassan. Kel, endi banda bo'l, Bandalik qilgin. Banda bo'lmay turib, odam bo'lmassan... @ehti
Ey, Dil Ko'ngil berib Hotam bo'lmassan. Kel, endi banda bo'l, Bandalik qilgin. Banda bo'lmay turib, odam bo'lmassan... @ehtidoo

🍃Қанчадан қанча фақиру ночорлар борки, Аллоҳга бўлган чин имони туфайли молу давлатининг ҳисобини билмайдиган кўплаб пулдорл
🍃Қанчадан қанча фақиру ночорлар борки, Аллоҳга бўлган чин имони туфайли молу давлатининг ҳисобини билмайдиган кўплаб пулдорлар ҳис қилмайдиган саодатли ҳаёт билан яшамоқдалар. Қанчадан қанча бой-бадавлат кишилар борки, уларнинг бойлиги ҳаёт ташвишлари ва тангликларидан уларни қутқара олмаяпти. Кўзингиз кўрган ўлчов билан одамларнинг бахтли ёки бахтсиз эканлигига ҳукм чиқарманг. Илоҳий лутф хафий (махфий)дирки, у кўзингиз кўра олмайдиган, қулоғингиз эшитмайдиган, бирор ҳиссиётингиз билан сеза олмайдиган йўл орқали қалбларга илинади.🍃 ©️Муҳаммад Саъид Рамазон Бутий @ehtidoo

Atay..... ✍ Suhrob Ziyo

Shaxmatda bir qoida bor: Agar piyoda raqib tomondagi oxirgi qatorga yetib borsa, u shohdan tashqari istalgan figuraga aylanis
Shaxmatda bir qoida bor: Agar piyoda raqib tomondagi oxirgi qatorga yetib borsa, u shohdan tashqari istalgan figuraga aylanishi mumkin. Lekin ot yoki fil bunday qila olmaydi. Shuning uchun piyoda bo‘lib tug‘ilganingizga xafa bo‘lmang. Mehnatingiz bilan marraga yetib boring va istalgan figuraga aylaning. Buning mazasi o‘zgacha bo‘ladi. 🍃🍃🍃 @ehtidoo

Repost from Ehtido
🎥Ушбу лавҳа маҳаллий аҳоли яширин камера ўрнатгандан кейин олинган... Чунки ярим тунда итлар нега тинмай вовуллашларини билм
🎥Ушбу лавҳа маҳаллий аҳоли яширин камера ўрнатгандан кейин олинган... Чунки ярим тунда итлар нега тинмай вовуллашларини билмоқчи бўлишган... Кадрда эса леопард пайдо бўлган. ✅️Бу леопард туғилганида онаси ўлиб қолган ва шу сигирнинг сутини эмиб катта бўлган экан. У эса сигирни онам дея қабул қилган. Йиллар ўтиб ҳам у "онаси"ни унутмабди. Ҳар оқшомда билдирмасдан сигирни кўргани келиб турар экан. Афсус баъзилар эса туғган Ота-онасини унутиб юбормақда... @ehtidoo / Instagram

Taqdir doimo kutilmagan qarorlari bilan seni ojiz qoldiradi. Sen ko‘p narsani rejalashtirishing mumkin, ammo u barcha narsani
Taqdir doimo kutilmagan qarorlari bilan seni ojiz qoldiradi. Sen ko‘p narsani rejalashtirishing mumkin, ammo u barcha narsani sening o‘rningga hal qilib bo'lgan bo'ladi. ✍Erix Mariya Remark @ehtidoo

Eng yaxshi sarmoya bu ta'limga berilgan sarmoya! Najot ham ilm hayot ham ... @ehtidoo
Eng yaxshi sarmoya bu ta'limga berilgan sarmoya! Najot ham ilm hayot ham ... @ehtidoo

Men qachon ulg'aydim bilmayman hanuz.. Kecha maktabga chiqqan edim fasli edi kuz Bugun qachon degan savol og'ritar boshim.. Ruhim yosh boladek, lek ulg'ayan yoshim @ehtidoo

Repost from Ehtido
#Табассум Бир йигит кекса чол кампирнинг уйига меҳмон бўлди. Етмиш беш ёшли отахон кампиридан бир пиёла сув сўраб: — Гулим, б
#Табассум Бир йигит кекса чол кампирнинг уйига меҳмон бўлди. Етмиш беш ёшли отахон кампиридан бир пиёла сув сўраб: — Гулим, бир пиёла сув олиб келасанми? - дебди. Бироздан кейин “Азизам, чой қуйиб бер”, “Гўзалим, сени уринтираётганимдан хижолатдаман, илтимос, чойимга новвот солиб берсанг” деб мурожаат қиларди. Меҳмон кекса отахон кампирига мурожаат қилганида фойдаланган меҳр тўла эркаловчи сўзлардан таъсирланиб, чолни саволга тутди: — Амакижон, оила қурганингизга неча йил бўлди? — Эллик йилга яқинлашиб қолди, ўғлим, - дея кулимсиради отахон. — Ўзаро меҳр-муҳаббатингиз, муносабатларингиздан кўнглим ҳузурланди,- деди йигит.  Момомга “Гулим, азизам, гўзалим” деб мурожаат қилар экансиз... Кекса аёлнинг ёноқлари пуштиранг тус олди: — Ҳа, амакингиз бир неча йилдан бери шундай сўзлар билан мурожаат қиладилар...- Онахон шундай деб ошхонага чиқар экан, отахон меҳмонга шивирлади: — Ўзи эшитиб қолмасин ўғлим, икки йил бўлди исмини унутиб қўйганман, ҳалиям эслолмаяпман. 😁 @ehtidoo

🍃 Bizga bitta boshpana yetar, Bir qattiq non bo'lsa kifoya. Faqat unda o'zingdan bo'lak, So'zlanmasa o'zga hikoya... @ehtido
🍃 Bizga bitta boshpana yetar, Bir qattiq non bo'lsa kifoya. Faqat unda o'zingdan bo'lak, So'zlanmasa o'zga hikoya... @ehtidoo

Mendan:     – Yetisha olmasligingni bilib turib, nega endi Uni izlamoqdasan? -deb so‘raydilar... Men esa ularga shunday javob beraman:     – O‘lishimni bilib turib nima uchun yashayotgan bo‘lsam, o‘shaning uchun...🌿 -✍ Jaloliddin Rumiy @ehtidoo

🎊💐🌙РАМАЗОН ҲАЙИТИ МУБОРАК БЎЛСИН!!!✨💐🌙 @ehtidoo

#Sheʼriyat MAHZUNLIK Ketmoqda jimgina buyuk ramazon, Uning ko‘zlariga tikilmoq qiyin. Kimdir pichirlaydi judayam arzon: "Qaytadi baribir bir yildan keyin..." Ha, olg‘ir hayotning qoidalari Yutib yuboradi yana bizlarni. Ovchidek ergashib yurganimiz sari,   sekin yo‘qotib borar izlarin... Go‘yo dil yurtidan quvilgan surgun Ichga to‘kajakmiz ko‘z yoshlarimiz,   bizni quchoqlab oladi bir kun -- Tugab bitganida bardoshlarimiz... Ha, shunda topamiz armug‘on kuchin: "Ey yurak, och qolsang, g‘amingni yeyman!" Tiriklik sharafin saqlamoq uchun Ramazon bir yillik quvvatmi, deyman. Alvido so‘zidan yasamam taskin, Axir, qaylardadir mangudir bahor -- Ramazon taqvimdan ketishi mumkin, Ammo yuraklarda qolmog‘i ham bor. Ul yurak yurtida daryo besohil, Risolat chashmasi tutqazar payg‘om -- Sharafli zotlarning uyida bir yil Ayyom davom etar, ilohiy ayyom!!! ✍ Xayrulla Hamidov @ehtidoo