cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

TTA Urganch Filiali | Rasmiy Kanal

Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali Matbuot xizmatining rasmiy telegram sahifasiga xush kelibsiz!

Show more
Advertising posts
3 684
Subscribers
-324 hours
+17 days
-2230 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Repost from Edu.uz
Photo unavailableShow in Telegram
#foydali #salomatlik Hurmatli obunachilar! Salomatlik va strategik rivojlanish instituti tomonidan aholi orasida sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, oʻz sogʻligʻi holatini baholash va aholi tomonidan sogʻlom ovqatlanish boʻyicha tavsiyalar olish maqsadida ilgʻor, zamonaviy va innovatsion texnologiyalarni qoʻllagan holda bir qator telegram-bot va android qurilmalari uchun mobil ilovalar ishlab chiqilgan. Ularni quyidagi havolalar orqali yuklab olishingiz mumkin: ➖Tana vazni indeksini hisoblash va natijaga koʻra sogʻlom turmush tarzi tavsiyalarni olish imkoniyatini beradigan telegram-bot va mobil ilova. ➖Qandli diabet 2-turi rivojlanish xavfini baholash va sogʻlom ovqatlanish boʻyicha telegram-bot va mobil ilova. ➖Yurak-qon tomir kasalliklari rivojlanish xavfini baholash va xavfga bogʻliq holda sogʻlom turmush tarzi boʻyicha tavsiyalar olish imkoniyatini beradigan telegram-bot va mobil ilova.
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
Show all...
👍 1
Repost from Edu.uz
Photo unavailableShow in Telegram
#o‘qishni_ko‘chirish #o‘tish_ballari
⚡️O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tish ballari tasdiqlandi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan 2024/2025-oʻquv yili uchun xorijiy va nodavlat oliy taʼlim muassasalaridan talabalar oʻqishini respublika davlat oliy taʼlim muassasalariga koʻchirish boʻyicha oʻtkaziladigan maxsus sinovlar boʻyicha oʻtish ballari tasdiqlandi. Ushbu o‘tish ballari joriy yilda ham tizimida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralarning takliflari asosida shakllantirildi. Ta’lim sohalari kesimida o‘tish ballari rasmda👆 👉 PDF shaklida yuklab olish
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
Show all...
🔥 2
00:28
Video unavailableShow in Telegram
TTA Urganch filiali huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash navbatdagi dissertatsiya ishi himoyasini o`tkazdi. 11-iyul kuni TTA Urganch filiali direktori R.Y.Ruzibayev raisligida Xamidova Gulnoza Sayfiddinovnaning 14.00.05 – “Ichki kasalliklar” ixtisosligi bo`yicha “Revmotoidli artrit bilan kasallangan bemorlarda YAQNV-assosatsiyalangan astropatiyaning klinik va molekulyar-genetik jihatlari” mavzusidagi tibbiyot fanlari bo`yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya ishi himoyasi bo`lib o`tdi. 🏫 TTA Urganch filiali matbuot xizmati 🚀Telegram |📷Instagram |🔵Facebook | 📹 Youtube
Show all...
IMG_2997.MOV20.78 MB
👍 15🔥 4👏 3
Xorijiy hamkorlar soni yana bittaga ko`paydi. TTA Urganch filiali direktori Rashid Ruzibayev boshchiligidagi delegatsiya vakillari 5-iyul kuni Bursa shahriga tashrif buyurib, Bursa Uludag universitetida bo`lishdi. Tashrif doirasida, sal kam 50 yil davomida faoliyat olib borayotgan mazkur ta`lim maskani faoliyati, yaratilgan sharoit va imkoniyatlar bilan tanishildi, universitet rahbariyati bilan uchrashuv tashkil qilindi. Uchrashuv davomida hamkorlik aloqalari muhokama qilinib, kelishuv shartnomasi imzolanishiga erishildi. Ikkala oliygoh vakillari ham ushbu hamkorlik akademik mobillikni oshirishi va xalqaro miqyosda ko`plab ilmiy yo`nalishlarda muvafaqqiyatlarga erishishda muhim ro`l o`ynashiga ishonch bildirishdi. Uchrashuv samimiy ruhda bo`lib o`tdi. 🏫 TTA Urganch filiali matbuot xizmati 🚀Telegram |📷Instagram |🔵Facebook | 📹 Youtube
Show all...
👍 9 1🏆 1🤓 1
Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali va Turkiyaning Yalova Universiteti o`rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Filial direktori boshchiligidagi delegatsiya vakillari 4-iyul kuni Yalova shahridagi Yalova universitetiga tashrif buyurushdi. Dastlab, mazkur universitet rahbariyati bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv davomida o`zaro hamkorlikni yo`lga qo`yish masalalari muhokama qilindi. Professor-o`qituvchilar, magistrlar va talabalar akademik mobilligi, ilmiy yo`nalishlarda hamkorlik masalalari e`tibor markazida bo`ldi. Uchrashuv so`ngida ikki oliygoh o`rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Shundan so`ng, ta`lim maskanida yaratilgan sharoitlar va mavjud imkoniyatlar bilan yaqindan tanishildi. 🏫 TTA Urganch filiali matbuot xizmati 🚀Telegram |📷Instagram |🔵Facebook | 📹 Youtube
Show all...
🔥 7👍 6👏 2🎉 2
Direktorning Turkiya Respublikasiga tashrifi provardida ko`plab ijobiy natijalarga erishildi. TTA Urganch filiali direktori R.Ruzibayev, Xalqaro hamkorlik bo`yicha direktor o`rinbosari D.Batirov, shuningdek, bosh yurist-konsult G`.Nurullaevlardan iborat delegatsiya 1-7 iyul kunlari Turkiyada xizmat safarida bo`lishdi. Dastlab, 4-iyul kuni Xorazm viloyati hokimi J.Rahimov boshchiligidagi delegatsiya tarjibida filial mas’ullari ham Istanbul shahrida bo`lib o`tgan O`zbekiston-Turkiya forumida ishtirok etishdi. Davlat tashkilotlari vakillari, ishbilarmonlar va investorlar ishtirokida o`tkazilgan mazkur forum doirasida “Maxvision” kompaniyasi bilan filial hududida 400 o`ringa mo`ljallangan turar joylar qurish bo`yicha muzokaralar olib borildi, shuningdek, 1998 yildan o`z faoliyatini boshlagan, bugungi kunda eng ilg`or labarotoriya jihozlarini amaliyotga tatbiq etayotgan Turkiyaning “Akinlab” kompaniyasi bilan ham filial klinikasi hududida zamonaviy diagnostik laboratoriyalar tashkil qilish bo`yicha investitsion loyihalar muhokama qilindi va kelishuv memorandumlari imzolandi. 🏫 TTA Urganch filiali matbuot xizmati 🚀Telegram |📷Instagram |🔵Facebook | 📹 Youtube
Show all...
👍 19👏 3 1
00:04
Video unavailableShow in Telegram
#Dolzarb_30_kun 🗣Respublikamizning barcha hududlarida 1-iyuldan 1-avgustgacha, Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha Hukumat komissiyasining tegishli bayoniga muvofiq, “Yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha Dolzarb 30 kun” tadbirlari davom etmoqda. ✅Mazkur tadbirlarda, faol ishtirok etib, o’zingiz va yaqinlaringiz xavfsizligini ta’minlashd o’z xissangizni qo’shing. 🏫 TTA Urganch filiali matbuot xizmati 🚀Telegram |📷Instagram |🔵Facebook | 📹 Youtube
Show all...
IMG_2949.MP42.51 KB
Repost from Edu.uz
Photo unavailableShow in Telegram
#qabul2024 #eslatma #akademik_litsey ⚡️DIQQAT, bugun akademik litseylarga hujjat topshirishning so‘nggi kuni ✅ Bugun, 10-iyul kuni AKADEMIK LITSEYLARga kirish test sinovlarida ishtirok etish uchun abituriyentlarni ro‘yxatga olish yakunlanadi. 👨🏻‍💻 Umumtaʼlim maktablarining joriy yil 9-sinf bitiruvchilari 23:59 ga qadar my.edu.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin. 🔗Foydali havolalar (matn ustiga bosing): 👉 Akademik litseylarning fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni va baholash mezonlari; 👉 Ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma.
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
Show all...
01:04
Video unavailableShow in Telegram
#kibermadaniyat_oyligi #xorazm ✅Хоразм вилоятида ўтказилаётган 1-31 июль "Кибермаданиятни юксалтириш ойлиги"да фаол иштирок этишга чақириб қоламиз. 🚀Телеграм иловасидаги сизни кузатишлари мумкин. Текшириш учун видеоқўлламмани кўриб чиқинг. Сиз ҳам буни ўзингизнинг телеграмингизда синаб кўринг. Видеони яқинларингизга тарқатинг!
Show all...
IMG_2945.MP422.15 MB
👍 7 1🔥 1
#Qabul2024 #Abituriyent2024 ⚡️ Abituriyentlarga ruxsatnomalarni berish boshlandi ✅ 2024-2025-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi”ni berish boshlandi. 👨🏻‍💻 Abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun “Abituriyent ruxsatnomasi”ni my.uzbmb.uz saytiga shaxsiy identifikatsiya raqami hamda pasport seriyasi va raqamini kiritgan holda olishlari mumkin. 📋 Abituriyentlar test sinoviga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari lozim. ❗️ Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi! Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Show all...
👍 4
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.