Hamidulloh
Closed channel
• Sayyid Muhyiddin Maxdum madrasasi talabasi 4/4 📍Andijon O’rganganlarim, o’qiganlarim va fikrlarimni ulashaman ❗️Diniy kanal emas, shaxsiy kanalim
Show moreThe country is not specifiedEducation27 447
6 319
Subscribers
No data24 hours
-387 days
+5 56930 days
Posts Archive
6 319
Ким Менинг зикримдан юз угирса, унинг хаёти танг булур, Киёмат куни эса уни кур ахволида тирилтирурмиз. У: Роббим, нима учун мени кур ахволда тирилтирдинг. Ахир курар эдим-ку? дейди. У Зот: Мана шундай! Сенга оятларимиз келди, сен са уларни унутдинг! Худди шунингдек, узинг хам бугун унутилурсан, дейди (Тохо, 124-126)Бу оятлар Курьон тиловати ва кироати хакидадир. Ибн Касир шундай деганлар: Бази муфассирлар «Ким Менинг зикримдан юз угирса» оятини Куронни эсдан чикариш хакида, дейишган. Куръон укишдан юз угириш, ёд олганини эсдан чикариш, унга беэтибор булиш жуда катта бепарволикдир, этиборсизликдир, Аллох сакласин! ©️Huzuriy
6 319
Ahli ilm, ahli fazl yoki tolibi ilming ayoli qanday bo'lishi kerak?
Bu savolga “bitta qolip” bilan javob berib bo‘lmaydi. Chunki ahli ilmning ayoli shunchaki “olima turmush o‘rtoq” emas, balki ilm yo‘lini tushunadigan, bu yo'lda qo‘llab-quvvatlaydigan hamroh hisoblanadi. O'zingiz bilganingizdek ana shu hamrohlarning turli turli darajalari bor. Bu masalada ulamolarning ba'zi so‘zlari va tajribalaridan kelib chiqib asosiy sifatlarni tartibli qilib aytib ketamiz, shunga qarab o'zingiz xulosa qilib olaverasiz. Ilm bilan mashg‘ul insonning hayoti boshqalarnikidan tubdan farq qiladi. U ko‘p o‘qiydi, fikr qiladi, ba’zan yolg‘izlikni tanlaydi. Ayol bu holatni tushunsa, erining yo‘lini yengillashtiradi, agar aksi bo'lsa uning yo'lini sezilarli qiyinlashtiradi. U turli katta-kichik muammolarni o'zi yecha oladigan, mulohaza ila ishlarni o'z o'rniga erisiz ham qo'ya oladigan bo'lishi kerak. Hazratning ayollari erini hech qachon ro'zg'or, bozor o'char ishlari bilan band qilmagan edilar. Ilm yo‘li tez natija bermaydigan yo‘l. Ba’zan moddiy jihatdan, vaqt jihatidan sinovlar bo‘ladi. Sabr qiladigan ayol esa oilani barqarorlashtiradi, uning muvozanatini ushlaydi, tirgak bo'ladi. Ahli fazlning ayolining ilmga moyil bo'lishi majburiy emas, lekin juda katta fazilat. Hech bo‘lmaganda u ilmga hurmat bilan qaraydigan, ilm ahlining vaqtini qadrlashni biladigan, diniy va ma’naviy o‘sishga intiladigan, mulohazali va erining reja va g'oyalarini his qiladigan bo'lishi kerak. U faqat “uy bekasi” bo'lmasin, balki, uyning ruhiy tayanchi, uy ustunining maslahatdoshi, tashqi bosimlardan himoya qiluvchisi bo‘la olishi kerak. Qolgan boshqa ishlarni boshqa har qanday ayol qila oladi, bular esa faqat ahli fazl bo'lgan ayolninggina qo'lidan keladi. Ilm bilan band inson ko‘p fikrlaydi. Uyda esa unga tinchlik kerak. Yaxshi muomala bu jarayonda eng katta ne’mat, uni sokinlashtiruvchi, o'stiruvchi ne'mat hisoblanadi. Iffat va hayo har qanday ayol uchun eng muhim narsa, lekin ahli ilm oilasida bu yanada muhimroq bo'ladi, chunki ular jamiyatda namuna hisoblanishadi. Agar eri haqni aytsa unga qarshi emas, balki ana shu haqning yonida turadigan bo‘lishi kerak. Bu juda nozik, lekin oilada totuvlikni saqlaydigan muhim sifat. Ana shu totuvlik sabab uning xonadonida fayz bo'ladi. Ahli ilmning ayoli mukammal bo‘lishi shart emas. Lekin u sabab shu oilada fayz, totuvlik va ilmiy rivojlanish yuksalsin. Ana shu jarayonga o'zining turli xurmacha qiliqlari va fe'llari bilan xalaqit beruvchi emas, balki bu jarayonga o'zini go'zal tutishi bilan yordam beruvchi bo'lsin. Shu yo'ldagi hamrohlikning qaysi darajasida bo'lishingizdan qat'iy nazar: "Ahli ilmni eng ko'p qadriga yetmaydigan toifa uning ahli, yaqinlari bo'ladi", - degan ta'rifdan uzoq bo'ling
6 319
Шерлар шерлар билан яшайди. Кийиклар кийиклар билан яшайди. Табиат қонуни шу
Одам ҳам қандай бўлса, атрофига шундайлар тўпланади. Шундайлар сараланиб қолади
Тижоратчилар тижоратчилар билан. Қорилар қорилар билан. Қадриятлилар қадриятлилар билан. Ҳимматлилар ҳимматлилар билан. Данғасалар данғасалар билан
Мақсади ўхшаш одамлар бир нуқтада жам бўлиб қолаверади. Қизиғи, дунёдаги бирлик охиратга ҳам кўчади инсон яхши кўргани билан у ерда ҳам бирга бўладиҚадриятингиз кимнинг қадрияти билан туташадиганига, атрофингизда кимлар борлигига ва кимни яхши кўраётганингизга диққатли бўлинг © ULUL ALBAB
6 319
#oila
Alloh taolo erkakka oila qo'riqchisi va xonadon boshlig'i bo'lishdek alohida maqom ato etgan.
Ammo afsuski, ba'zi ayollar erlarini go'yo asirga aylantirib qo'yadilar: uning har bir qadamini nazorat qilib, sha'nini kamsitadilar, doimiy rashk va shubhalar bilan qalbini ozorlaydilar. Bunday xulq muhabbat va hurmatni yemiradi.
Er sizning mulkingiz emas.
Haqiqiy soliha ayol — erini hurmat qiladigan, uni qo'llab-quvvatlaydigan va kuchiga kuch qo'shadigan ayoldir. U rashk va ta'nalar bilan erining qo'lini bog'lamaydi. Chunki u biladiki, uning kuchi muloyimligida, nufuzi hurmatida, go'zalligi esa Alloh taologa itoatidadir.
6 319
Аллоҳ таоло эркакка оила қўриқчиси ва хонадон бошлиғи бўлишдек алоҳида мақом ато этган. Аммо афсуски, баъзи аёллар эрларини гўё асирга айлантириб қўядилар: унинг ҳар бир қадамини назорат қилиб, шаънини камситадилар, доимий рашк ва шубҳалар билан қалбини озорлайдилар. Бундай хулқ муҳаббат ва ҳурматни емириб боради. Эр сизнинг мулкингиз эмас.
Ҳақиқий солиҳа аёл эрини ҳурмат қиладиган, уни қўллаб қувватлайдиган ва кучи га куч қўшадиган аёлдир. У рашк ва таъналар билан эрининг қўлини боғламайди. Чунки у биладики, унинг кучи мулойимлигида, нуфузи ҳурматида, гўзаллиги эса Аллоҳ таолога итоатидадир
6 319
Bir odam bilan 20 yildan keyin ham vaqtimizni o'tkazishni ko'rmayotgan bo'lsak,
hozir ham o'tkazmay qo'ygan ma'qul.
6 319
arabiy desak chig'atoy eski o'zbek tili, va fors tillariga hurmatsizlik qilgan bo'lamiz
*қизиқ
6 319
Тебе пришло новое сообщение:
sanagan xar bir kitobimni
* қайси китобларни айтяпсиз, тепада айтган арабий китобларми
