cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Flutter Uzbek | Mobil dasturlash

Flutter bo'yicha birinchi o'zbekcha darslik bu yerda https://www.youtube.com/c/ZayniddinMamarasulov Discord server ►https://discord.gg/KQAeB9wa 🍊Donate Apelsin (UZCARD/HUMO) ►https://donate.apelsin.uz/pay/Zayniddin

Show more
Advertising posts
883
Subscribers
+124 hours
+17 days
+1230 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Show all...
#1 O'sha shirin Apelsin - Mendurman o'sha

👍 4 2🔥 1
Yangi loyiga boshladik Real katta loyihalarda ishlagan, qiyin masalalarga yechim topgan dasturchilar o'zlarini tajribalarini ulashadigan loyiha Barcha dasturchilarga albatta foydali bo'ladi Qani videoga like bosib, kanalga a'zo bo'lamiz, asosiylari hali oldinda Go go go ➖ @flutter_uzbek
Show all...
🔥 5👏 1🎉 1🤩 1
Show all...
Backendsiz yangi release chiqarardik. O'sha shirin Apelsin 🍊

🔥 1🥰 1👏 1🎉 1
Photo unavailableShow in Telegram
Flutter is back!
Show all...
🔥 2 1👏 1🎉 1🤩 1
Show all...
O'sha shirin Apelsin

🔥 1🎉 1🤩 1
Repost from Bek Olimjon
Boy bo’lmoqchisiz, avtomoykada ish boshladingiz. Umrida pul topmagan, otasi olib bergan mashinada kelgan bittasi sizga past nazar bilan qaradi. Moyka egasi tadibrkor odam maqsadigizdan motivatsiya oldi. Dunyo kezmoqchisiz, sayohatni qishlog’ingizdan qo’shni viloyatga, avtobusda boshladingiz. Atrofdagilar uchun bu kulgili bo’ldi. Avtobusda Kanadalik turist bilan tanishdingiz. U Madagaskarga qilgan sayohati rasmlarini ko’rsatdi. Marafon yugurmoqchisiz, do’stlaringiz ahmoqmisan deyishdi. Marafon yuguradiganlar xolis maslahatlar berishdi. Zo’r mutaxassis bo’lmoqchisiz, chet tili o’rganishni boshladingiz. “Choyxonadan ustunmi” shu deyishdi. Ikki yildan keyin Frankfurtda o’zbeklar bilan choyxonadasiz. Ular sizning hikoyangizni maroq bilan tinglashmoqda. O’zi biror natijaga erishmaganlar doim bir negativ fikr beradi. Niyatimiz xolis va harakatimiz chin dildan ekanligini ko’rgan haqiqiy natijaga erishganlar doim biz tomon bo’lishadi, yo’l ko’rsatishadi, o’z davrasiga taklif etadi. Bek Olimjon Mallorca, Ispaniya 08.05.24
Show all...
🔥 6
Vohid aka Jahongir aka bilan bo'lgan suhbatni kanaliga joylabdi. Boshqa suhbatlardan farqi Yevropada bo'ydoq yoki oila bilan yashaganda qanday qulayliklar, kamchiliklar borligi yoritib berilgan. Aynan shu savollarga javob izlaganlarga tavsiya qilaman 👇 https://www.youtube.com/watch?v=VVlTWHM0UdQ
Show all...
Podcast: Jakhongir / Vohid

Jakhongir Rakhmonov hozirda Germaniyaning Berlin shaxrida yashaydilar. Jakhongir aka Amazonning AWS jamoasida Software Engineer bo'lib ishlaydilar. Ular bilan qilgan quyidagi mavzularni gaplashdik: 0:00 Intro 2:05 Kiki 5:10 Germaniya xayoti: plyus va minuslar 21:20 Amazon vs Google 35:25 Rust va scalability 52:15 Shaxsiy loyihalar 55:25 Layofflar va hozirgi IT ish bozori Jakhongir Rakhmonov:

https://t.me/jakhonrakhmonov

Vohid Karimov:

https://t.me/vovopap

🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
👍 1
“Boyib ketsam umuman ishlamayman, mazza qilib yotaman” Men tanigan muvaffaqiyatli insonlar muvaffaqiyatga o’zlarini tirishqoqliklari va mehnatkashliklari orqali erishganlar. Ko’p holatlarda bu tirishqoqlik va mehnatkashlik orqasida yaxshiroq hayotga bo’lgan ehtiyoj yotadi. Ular ham bir paytlar “oyoqqa turib ketsam umuman ishlamayman, dadam ham onam ham ortiqcha ishlashmaydi, mazza qilib yashaymiz” degan qattiq maqsadni o’z oldilariga qo’yishgan. Bu juda yaxshi maqsad — har birimiz ham yaxshiroq hayotga intilib yashashimiz kerak. Lekin, boyib ketsam umuman ishlamayman deganlar sal kalta o’ylashadi. Keling shu yerda #storytime qilamiz. 2014-yil. Toshkentga o’qishga keldim. Menda ham yaxshiroq hayotga ehtiyoj katta. Omadim kelib dasturlash soxasi oyog’im ostidan chiqdi. Dasturlashni astoydil oldim, internship qildim, ishladim, o’z ustimda ishlashni to’xtatmadim va 2-3 yilda oilamni moliyaviy taminlay oladigan xolatga chiqdim. Dadamga mag’rurlik bilan “bo’ldi ishlamasangiz bo’ladi, men o’zim hammani taminlayman, ishingiz bergan oylik qilayotgan mehnatingizga arzimaydi” dedim. Lekin dadam ishlarini to’xtatmadilar. Boshida hayron qoldim, lekin keyinroq sababini tushunib oldim. Hop, nega dadam moliyaviy muhtojlik bo’lmasada ishlashni to’xtatmadilar? Qisqa javob — hayot mazmuni. Sizga yoqadimi yoqmaydimi, kunlik ishimiz (kollegalar, qizg’in suxbatlar, muammolar, unga yechimlar, va hattoki ishdagi dramalar ham) bizning hayotimizga katta mazmun beradi. Mazmunsiz esa hayot bo’lmaydi. Huddi shu sababli ham puli 10ta avlodiga yetadigan milliarderlar ham har kuni ertalab turib ishga boradi va o’z oldiga qo’ygan buyuk maqsadlari sari ishlashadi. Chunki shu ish ularning hayotiga mazmun beradi. Hayotga mazmun beradigan boshqa narsalar ham albatta bor (oila, do’stlar, hobby, sport, va hkz), lekin ko’pchiligimiz uchun ishning o’rni sezilarlicha katta. E’tiboringiz uchun raxmat, hayotingiz mazmunli bo’lsin!
Show all...
👍 14🔥 3