cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

KIMYO "MINDON ZIYO"

Advertising posts
613
Subscribers
+224 hours
+37 days
+4130 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Photo unavailableShow in Telegram
#диққат Ўзгариш!  Абитуриентлар кам ҳужжат топширгани сабаб тест синовлари 14-25 июль кунлари бўлиб ўтади Аввалроқ, тест синовлари 28 июлга қадар (15 кун) ўтказилиши айтилган эди. Аммо кутилганидан камроқ абитуриентлар ҳужжат топширгани учун тест синовлари 12 кунда тугайдиган бўлди. Охирги тест синови 25 июлда ўтказилади. Абитуриентларга юбориб қўямиз. @KIMYOMindonZIYO
Show all...
🔥 1
kimyodan olimpiada masalalari. S.Fazliyev.pdf16.16 MB
❓Testdan keyin abituriyent nimalarni tanlaydi? #abituriyent ✅ Joriy yilda ilk marta testgacha faqat fanlar majmuasi tanlanadigan bo'ldi. Qolgan muhim jihatlar testdan keyin tanlanadi. Xo'sh, testdan keyin abituriyent nimalarni tanlaydi? 1️⃣ Birinchidan: beshtagacha yo'nalish tanlaydi. Bunda test topshirgan fanlar majmuasiga to'g'ri keladigan ISTALGAN yo'nalishlarni va ISTALGAN OTMlarni tanlashi mumkin. Ko'pchilik ro'yxatdan o'tish chog'ida tanlagan yo'nalishini o'zgartirsa bo'ladimi, deb so'ramoqda. Bu haqda avval ham aytgandik, UzBMB saytida fanlar majmuasini emas, yo'nalishni tanlaydigan qilishgani uchun ko'pchilik chalg'ib qoldi. Lekin siz tanlagan yo'nalish hech narsani anglatmaydi, shunchaki osonroq bo'lishi uchun misol sifatida qo'yilgandi xolos. Bu haqda batafsil mana bu postda tushuntirganman: https://t.me/xushnudbek/24239 Xullas, siz ro'yxatdan o'tishda qaysi yo'nalishni tanlaganingiz muhim emas, testdan keyin fanlaringizga mos keladigan ISTALGAN beshtagacha yo'nalishni tanlay olasiz. 2️⃣ Ikkinchidan, ta'lim shaklini tanlaydi. Bunda kvotada ajratilgan joyga qarab, kunduzgi, sirtqi, kechki yoki masofaviy shaklni tanlash mumkin. Yoki beshta yo'nalish ichida aralashtirib tanlasa ham bo'ladi. Masalan, 1 va 2-yo'nalishga kunduzgi, 3-ga sirtqi, 4-ga kechki va 5-ga masofaviy qilib. Qaysi yo'nalishda sirtqi, kechki, masofaviy bor-yoki yo'qligini kvotalar chiqqach bilib olishingiz mumkin. Lekin hozircha kvotalar tasdiqlanmadi. 3️⃣ Uchinchidan, tanlov ustuvorligini tanlaydi. Bunda tanlov ustuvorligini yoki davlat grantiga, yoki yo'nalishga qaratish mumkin. Masalan, kimdir "menga qaysi beshta yo'nalishdan biriga kirishimning farqi yo'q, asosiysi davlat grantiga kirishim kerak", desa, unda ustuvorlikni grantga beradi. Kimdir esa aksincha "men birinchi tanlagan yo'nalishimga kirishim shart, kontraktga kirsam ham roziman" desa unda ustuvorlikni yo'nalishga beradi. Bu haqda batafsil mana bu postda tushuntirganman: https://t.me/xushnudbek/19940 ❗️XULOSA: Demak, abituriyentlar 14-25-iyul kunlari testga kirib chiqadi. Necha ball olganini ertasi kuni bilib olishadi. Barcha testlar tugagach, yuqoridagi uchta masalani tanlash uchun 15 kun vaqt beriladi. 15 kun o'tgach, umumiy mandat shakllantirish boshlanadi. Qoida tariqasida, yakuniy mandat 1 hafta ichida chiqishi kerak. Demak, 20-avgust atrofida mandat chiqishi mumkin (agar avvalgi yillardagidek tasdiqlashni cho'zib yuborishmasa). Oliygohlarning mandati chiqib bo'lgach, o'qishga kira olmagan abituriyentlarga kollej va texnikumlarni tanlash uchun imkoniyat beriladi. Bunga 10 kun vaqt ajratiladi. Manbaa: xushnudbek @KIMYOMindonZIYO
Show all...
Xushnudbek.uz

❓Hujjat topshirayotganda nega yo‘nalish tanlayapmiz? Testdan keyin boshqa yo‘nalishni tanlay olmaymizmi? #abituriyent Shu kabi savollar ko‘p berilmoqda. Darhaqiqat, UzBMB saytidan ro‘yxatdan o‘tayotganda "fanlar majmuasini tanlash" degan joyni bossangiz, sizga yo‘nalishlar ro‘yxatini chiqarib beradi. Shu sababli ko‘pchilik "biz yo‘nalish tanlayapmiz" deb o‘ylab, adashyapti. Aslida joriy yildan boshlab, birinchi bosqichda yo‘nalish emas, shunchaki fanlar majmuasi tanlanadi. Ya’ni siz qaysi fandan imtihon topshirishingizni belgilaysiz xolos. Testlar to‘liq yakunlangach esa, o‘sha fanlarga mos keladigan BESHTA yo‘nalishni tanlaysiz. Bunda yo‘nalish tanlashda hech qanaqa cheklov yo‘q, asosiysi fanlar majmuasiga to‘g‘ri kelsa bo‘ldi. ❓Unda nega ro‘yxatdan o‘tishda yo‘nalish chiqyapti? Menimcha, fanlar majmuasini tanlashda abituriyentlarga osonroq bo‘lsin, mo‘ljal olishga qiynalishmasin, degan maqsadda shunaqa qilingan bo‘lsa kerak. Aslida texnik jihatdan chalg‘itmaydigan boshqacha yo‘l qilish kerak edi. Ya’ni abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tishda dastlab birinchi fanni, keyin ikkinchi fanni tanlashi kerak, ro‘yxatda ham faqat mavjud fanlar nomi chiqishi kerak edi. Fanlarni tanlab bo‘lgach, pastda shu fanlarga mos keladigan yo‘nalishlarning to‘liq ro‘yxati chiqishi maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Shunda abituriyentda to‘liq tasavvur paydo bo‘lardi. Hozirgi usul esa, rostdan chalg‘ityapti. Bundan tashqari ro‘yxatdan o‘tish chog‘ida qaysi fanlar majmuasi qaysi yo‘nalishga to‘g‘ri kelishini oson tekshirib oladigan imkoniyat ham bo‘lishi kerak. Buning uchun albatta Telegram kanallarga o‘tib, qaysidir faylni ko‘chirib olib qarashi shart emas. Balki bu yil shoshilinch o‘zgarishlar bo‘lganiga, ulgurishmagandir, ammo kelasi yildan algoritmni o‘zgartirish kerak. ‼️XULOSA: ro‘yxatdan o‘tishda tanlayotgan yo‘nalishingizning hech qanday ahamiyati yo‘q. Hozir asosiysi fanlar majmuasiga qarashingiz kerak. Test yakunlangach, istalgan yo‘nalishni tanlashingiz mumkin bo‘ladi. Hattoki ro‘yxatdan o‘tishda belgilagan yo‘nalishingizni umuman tanlamaslikka ham haqqingiz bor. Masalan, yuqoridagi rasmda men "Buxgalteriya hisobi" degan yo‘nalishni tanladim va matematika-chet tili fanlari chiqib keldi. Test tugagach, men matematika-chet tiliga mos keladigan beshta yo‘nalishni tanlayman, bunda aynan buxgalteriyani tanlashim shart emas. ℹ️ ESLATMA: Qaysi fanlar majmuasiga qaysi yo‘nalishlar mos kelishini mana bu yerdagi jadvaldan ko‘rib olishingiz mumkin:

https://t.me/xushnudbek/24148

👉 @xushnudbek 👈

👍 3
𝖣𝖳𝖬 𝗂𝗆𝗍𝗂𝗁𝗈𝗇𝗂𝖽𝖺 𝖻𝖾𝗋𝗂𝗅𝖺𝖽𝗂𝗀𝖺𝗇 𝗁𝖺𝗊𝗂𝗊𝗂𝗒 𝖽𝖺𝗏r𝗂𝗒 𝗌𝗂𝗌𝗍𝖾𝗆𝖺 𝗏𝖺 𝗄𝗂𝗆𝗒𝗈𝗏𝗂𝗒 𝖿𝗈𝗋𝗆𝗎𝗅𝖺𝗅𝖺𝗋. 𝖠𝗒𝗇𝖺𝗇 𝗌𝗁𝗎𝗇𝗂𝗌𝗂𝖽𝖺𝗇 𝖻𝖾𝗋𝖺𝖽𝗂. @KIMYOMindonZIYO
Show all...
ximiya.pdf4.09 MB
🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
❗️Абитуриентлар диққатига! Эртага, 11 июль куни соат 11:00 дан 13:00 га қадар ёки 14:00 дан 15:00 га қадар барча абитуриентлар рухсатномаларида кўрсатилган манзилдаги ўзлари тест синовида иштирок этадиган бинога келиб, тест синови ўтказиладиган жойлар билан танишиб кетишлари мумкин. @KIMYOMindonZIYO
Show all...
🔥 4👍 1
❗️#Tarqating! ⚡️Abituriyentlar uchun eng muhim eslatmalarni yigʻib chiqdik: ⚡️  Test 14-iyuldan 28-iyulgacha 2 ta smenada bo‘ladi. ✔️ Abituriyentlar testga kamida 1 soat vaqtliroq borgani oʻzlari uchun foydali. ❌ kechikkan abituriyentlar test sinovlariga qoʻyilmaydi; 📑 testga kirish uchun atigi 2 ta hujjat kifoya qiladi: 1) pasportning originali; 2) abituriyent ruxsatnomasi. ‼️ Pasport nusxasi (kopiya), haydovchilik yoki harbiy guvohnoma kabi hujjatlar o'tmaydi. Albatta pasportning originali boʻlishi kerak; 👉 abituriyent ruxsatnomasini  @ruxsatnomalarbot orqali yuklab olish mumkin; ☝️abituriyent ruxsatnomasida test sanasi, vaqti, joyi, sektor va guruh raqami aks etgan boʻladi; 🖨 abituriyent ruxsatnomasini printer orqali qogʻozga chop etib olish kerak. Oq-qora rangda chop etsa ham boʻladi, rangli printerdan chiqarish shartmas; ❗️Abituriyent ruxsatnomasi abituriyent qayd varagʻi bilan almashtirmaslik kerak.🤦‍♂️ Hujjatning yuqori qismida “ABITURIYENT RUXSATNOMASI” degan yozuv boʻlishi kerak. Koʻpchilik “ABITURIYENT QAYD VARAQASI” degan hujjat bilan adashtirib qoʻyyapti; ✏️ testga ruchka olib borish shart emas, oʻsha yerda tarqatishadi; 👕  testga kirish uchun talab etilgan aniq bir kiyim (forma) yoʻq. Abituriyentlar oʻziga qulay koʻrinishda kiyinishlari mumkin, kiyim rangi ham muhim emas; 👉 Joriy yil 5 ta fan, 90 ta savol, 189 maksimal ball. ⏰ Bu yil jami 90 ta test boʻladi va ularni ishlash uchun jami 3 soat vaqt beriladi. 3 ta majburiy fanlar uchun — 60 daqiqa (1 soat); 2 ta mutaxassislik fanlari uchun — 120 daqiqa (2 soat). ✅ Jami: 180 daqiqa (3 soat). 📹 test jarayonlarini test2024.uz sayti yoki maxsus telekanal orqali onlayn tomosha qilish mumkin. 🆗 Eng asosiysi test sinovlaridan qoʻrqmang. Hayajon boʻladi, bu tabiiy, hayajon boʻlgani bir hisobdan yaxshi ham. Ammo bu vahimaga aylanib ketmasin. Xotirjamlikni yoʻqotmang, diqqatingizni bir yerga jamlang, ichingizda oʻzingiz sevgan duolarni qaytaring, oʻz bilimingizga ishoning. Barcha bilimli abituriyentlarga omad tilaymiz! @KIMYOMindonZIYO
Show all...

👍 12
00:47
Video unavailableShow in Telegram
Oʻqishga kira olmaganingdan faxrlanaman, ogʻlim! Videodagi bunday otalar koʻpchilikning orzusi boʻlsa kerak-a?😐 Xazil oʻz oʻrniga. Hurmatli ota-onalar: "Sen odam boʻlarmiding," "sen qoʻyingni boq", "sen oʻzingcha odam boʻlib qoldingmi?!"- deb bolalarini koyigan odamlarni koʻrganman. Ularga gapim: Siz odam boʻlmagan boʻlsangiz, oʻgʻlingiz ham odam boʻlmaydi degani emas, siz hayotda hech narsaga erishmagan boʻlsangiz, farzandingiz ham erishmaydi degani emas, ularga umid bering! Imkoniyat bering! Dadangiz agar sizga qattiq muomala qilgan boʻlsa, adolatsizlik qilgan boʻlsa, siz ham bolangizga qilishingiz kerak degani emas! Hamma narsani takrorlash shart emas, Allohning oʻzi qaytarib qoʻyadi. © Muhammad Ali Eshonqulov @KIMYOMindonZIYO
Show all...
884a1ecb596641d7bd7855faa020ea3b.mp44.56 MB
👍 7
Photo unavailableShow in Telegram
Biz bilan Arab tilini qulay va oson o‘rganing. ✅Arab tili gramatikasi ✅O‘qish ✅Yozish ✅Erkin so‘zlashish ✅Tarjima qilish MINDON ZIYO o'quv markazida Arab tili kurslariga qabul boshlandi. 👩‍🏫 Qiz bolalar 6-60 yoshgacha 👨‍💼Og'il bolalar 6-12 yoshgacha qabul qilinadi. 👉O‘zlaringni qiziqtirgan savollaringiz bo‘yicha @islom_0616 ga bog‘lanishingiz yoki, +99891-661-2122 telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin. Manzil: MINDON ZIYO o'quv markazi @KIMYOMindonZIYO
Show all...
👍 9
Photo unavailableShow in Telegram
Biz bilan Arab tilini qulay va oson o‘rganing. ✅Arab tili gramatikasi ✅O‘qish ✅Yozish ✅Erkin so‘zlashish ✅Tarjima qilish MINDON ZIYO o'quv markazida Arab tili kurslariga qabul boshlandi. 👩‍🏫 Qiz bolalar 6-60 yoshgacha 👨‍💼Og'il bolalar 6-12 yoshgacha qabul qilinadi. 👉O‘zlaringni qiziqtirgan savollaringiz bo‘yicha @islom_0616 ga bog‘lanishingiz yoki, +99891-661-2122 telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin. Manzil: MINDON ZIYO o'quv markazi @KIMYOMindonZIYO
Show all...
👍 3
Kimda imtihon qachon bo'ladi? Imtihon sanalar bo'yicha taqsimoti: 👉 14-iyul - Huquq+Ingliz tili, Matematika+Fizika, Chet tili+Ona tili, Biologiya+Kimyo (Avvalgi yil bitiruvchilari), Matematika+Ingliz tili, Tarix+Ona tili 👉 15- Iyul - Matematika+Ingliz tili, Huquq+Ingliz tili, Tarix+Ingliz tili, Matematika+Fizika, Tarix+Ona tili, Tarix+Geografiya, Geografiya+Matematika 👉 16-Iyul - Biologiya+Kimyo, Biologiya+Ona tili, 👉 17-Iyul - Biologiya+Kimyo (ru Joriy yilgi bitiruvchilar), Biologiya+Ona tili, 👉 18-iyul - Biologiya+Ona tili, Matematika+Fizika, Biologiya+Kimyo, 👉 19-Iyul - Matematika+Fizika, Matematika+Ingliz tili, Biologiya-Kimyo 👉 20-Iyul - Matematika+Ingliz tili, Biologiya+Kimyo, Matematika+Fizika 👉 21- Iyul - Ona tili+Ingliz tili, Ingliz tili+Ona tili, Matematika+Ingliz tili 👉 22- Iyul - Ingliz tili+Ona tili, Matematika+Ingliz tili 👉 23- Iyul - Ingliz tili+Ona tili, Matematika+Fizika, Rus tili+Ona tili, Ona tili+Matematika 👉 24- Iyul - Ingliz tili+Ona tili, Matematika+Fizika 👉 25- Iyul - Ingliz tili+Ona tili, @MINDON_ZIYOKIMYO
Show all...
Abituriyent EDU

#Tezkor #Tarqating #Qabul2024 #Abituriyent2024 ⚡️ Rasman: Ruxsatnomalar berish boshlandi ✅ 2024-2025-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi”ni berish boshlandi. 👨🏻‍💻 Abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun “Abituriyent ruxsatnomasi”ni my.uzbmb.uz saytiga shaxsiy identifikatsiya raqami hamda pasport seriyasi va raqamini kiritgan holda olishlari mumkin. 📋 Abituriyentlar test sinoviga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari lozim. ❗️ Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi! ✅@Abituriyent_edu - Ta'lim xabarlari kanali

👍 2
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.