617
Subscribers
No data24 hours
-177 days
-7230 days
Posts Archive
#tavalludlar
Bugun 1-mart - Zulfiyaxonim tug‘ilgan kun.
🔹Zulfiya Isroilova (1-mart 1915-yil — 1-avgust 1996-yil) — Zulfiya nomi bilan tanilgan oʻzbekistonlik shoira, jurnalist, tarjimon, jamoat arbobi hamda Oʻzbekiston xalq shoirasi (1965) va Mehnat Qahramoni (1984).
🔹Oʻzbek xalqining sevimli shoirasi, taniqli jamoat arbobi, Oʻzbekiston xalq shoiri Zulfiya Isroilova 1915-yil 1-martda Toshkentning Oʻqchi mahallasida dunyoga kelgan.
🔹Aleksandr Pushkin, M.Y. Lermontov. N.A. Nekrasov, M. Voqif, L. Ukrainka, M. Dilboziy, S. Kaputikyan, E. Ognetsvet, Mustay Karim, Amrita Pritam, Y. Bagryana va boshqalarning asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan.
🔹Zulfiya xalqaro „Javaharlal Neru“ (1968), „Nilufar“ (1971) mukofotlari hamda Hamza nomidagi Oʻzbekiston davlat mukofoti (1970) laureati.
🔹Shuningdek, u Bolgariyaning „Kirill va Mefodiy“ (1972) ordeniga sazovor boʻlgan.
#Хайрли_тонг
Ассалому - алайкум қадрдонлар фасллар келинчаги баҳор ва кириб келган Рамазон ойи муборак бўлсин!
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Муборак Рамазон ойи кириб келиши муносабати билан Ўзбекистон халқига табрик
—
Поздравление народу Узбекистана с наступлением священного месяца Рамадан
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Repost from Edu.uz
+4
#Prezident_topshirigʻi_ijrosi
“Kelajakka qadam” markazi va oliy taʼlim tashkilotlari oʻrtasida hamkorlik yoʻlga qoʻyilmoqda
27-fevral kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, “Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ hamda Andijon viloyatidagi oliy taʼlim tashkilotlari oʻrtasida “Kelajakka qadam” dasturi doirasida bitiruvchi talabalarning bandligini taʼminlash va ularning mehnat bozoriga muvaffaqiyatli integratsiyasini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan uchrashuv oʻtkazildi.
Uchrashuvda yoshlar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash maqsadida uchta muhim hujjat imzolandi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/38221
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
Repost from AndDTI yoshlari | Rasmiy kanali
+6
Andijonda “Yurtim qadriyatlari” tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi!🎉Mamlakatimizda yoshlarning milliy qadriyatlar, tarixiy tafakkur va milliy ongini rivojlantirish, ularni ma’naviy merosimiz bilan yaqindan tanishtirish maqsadida o‘tkazilayotgan “Yurtim qadriyatlari” respublika ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi Andijon davlat pedagogika institutida bo‘lib o‘tdi. 🗓27-fevral kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan tashkil etilgan ushbu tanlovda viloyatimizdagi oliy ta’lim muassasalarining iqtidorli talabalari ishtirok etdi. 🖋Tanlovda “Milliy an’ana, qadriyat va urf-odatlar”, “Kompozitsion musiqiy chiqishlar” hamda “Jadidlar jasorati – millatimiz faxri” kabi shartlar bo‘yicha jamoalar bellashdilar. Har bir jamoa milliy an’analarimiz, tariximiz va madaniy merosimizni chuqur anglab, ijodiy chiqishlari orqali ularning ahamiyatini yorqin tarzda namoyish etdilar. 📊Natijalarga ko‘ra, Andijon davlat tibbiyot institutining “Shifokorlar” jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Andijon davlat texnika institutining “Nihol” jamoalari ikkinchi oʻrin hamda Andijon davlat universitetining “Humo” uchinchi o‘rinlarni egallashdi. 🔃Mazkur tanlov talaba-yoshlar o‘rtasida milliy ongni rivojlantirish, ularning ijtimoiy-madaniy faolligini oshirish yo‘lida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Respublikamiz bo‘ylab davom etayotgan tanlovning navbatdagi bosqichlari ham yurtimizning turli hududlarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. 🇺🇿Bizning sahifalarimiz: 📱Telegram📱Instagram📱Facebook
+7
“Jadidlar: milliy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik g‘oyalari” mavzusida talabalar o‘rtasida o‘tkazilgan eng yaxshi insholar tanlovi
Ajdodlar xotirasini abadiylashtirish, ularning faoliyati va merosini yangicha tafakkur asosida o‘rganish, talaba-yoshlarni yuksak ma’naviyatini shakllantirish, jadidlarimizning badiiy asarlari roli hamda ahamiyatini yoshlar ongiga singdirish, jadid bobolarimizning ibratli hayoti va ijodi bilan tanishish maqsadida Andijon davlat texnika instituti “Avtomobilsozlik va transport” fakulteti “Tillar va gumanitar fanlar” kafedrasi bilan hamkorlikda fakultet talabalari o‘rtasida joriy yilning 28-fevral kuni “Jadidlar: milliy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik g‘oyalari” mavzusida eng yaxshi insholar tanlovini o‘tkazdi. Dastlab Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari G.Yusupova va fakultet tyutorlari A.Norboyev, D.Yaxshiboyevlar ishtirokchilarni tanlov shartlari va baholash mezonlari hamda Hakamlar hay’ati a’zolari bilan tanishtirdi. Shundan so‘ng tanlov boshlandi. Tanlov o‘tishini Hakamlar hay’ati a’zolari “Tillar va gumanitar fanlar” kafedrasi professor - o‘qituvchilari O.Ergashev, Sh.Xudoyberdiyevlar nazorat qilib borishdi. Tanlov yakunlangandan so‘ng, talabalar tomonidan yozilgan insholar Hakamlar hay’ati a’zolari tomonidan belgilangan tanlov baholash mezonlariga asosan tekshirildi va baholandi.
Yakuniy natija esa quyidagicha bo‘ldi: 1-o‘rin “Yo‘l muhandisligi” yo‘nalishi K-35-23 guruh talabasi Ibroximov Fayzullo Xabibullo o‘g‘li; 2- o‘rin “Yo‘l harakatini tashkil etish” yo‘nalishi K-11-24 guruh talabasi Nematullayeva Maftuna Xabibullo qizi; 3-o‘rin “Yo‘l harakatini tashkil etish” yo‘nalishi K-34-23 guruh talabasi G‘ofurjonova Muxayyo G‘anijon qizi.
Bugungi kunda Yangi O‘zbekistonda inson qadri ulug‘lanadigan adolatli, erkin va obod jamiyat, xalqparvar davlat, farovon hayot barpo etishga qaratilgan islohotlarimiz jadid bobolarimizning ezgu g‘oya va dasturlariga har jihatdan uyg‘un va hamohangdir.
Repost from AndDTI yoshlari | Rasmiy kanali
#LIVE
#Andijon_yoshlari
🇺🇿O'zbekiston yoshlar ittifoqi Andijon viloyat Kengashi hamda Sharqiy harbiy okrugiga qarashli harbiy qism bilan hamkorlikda oliy ta'lim muassasalardagi talaba yoshlar hamda O'zbekiston bolalar tashkiloti Andijon viloyati bo'linmasi sardorlar Kengashi uchun "Dala o'quv maydonida bir kunim" loyihasiga start berildi. #Bizni_kuzatishda_davom_eting.
Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram📱Facebook
📱Telegram
Repost from Edu.uz
#qonunchilik_yangiliklari
Ramazon – saxovat, birdamlik va bag‘rikenglik oyi
Prezidentning “Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risida”gi Qarori tasdiqlandi.
Unga ko‘ra, O‘zbekiston musulmonlari idorasining axborotiga asosan 2025-yilda muborak Ramazon oyining boshlanishi 1-mart kuni etib belgilandi.
Shuningdek, mahalliy hokimliklar tegishli tashkilotlar bilan birgalikda hududlarda Ramazon oyini milliy an’ana va qadriyatlarga mos tarzda o‘tkazishga doir chora-tadbirlarni amalga oshiradi.
Ushbu fazilatli oyda “Ramazon – saxovat, birdamlik va bag‘rikenglik oyi” g‘oyasi asosida:
🟢ehtiyojmandlar hamda ilm-ma’rifat yo‘lida izlanayotgan yoshlarga yordam berish bo‘yicha tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga;
🟢oilaviy rishtalarni mustahkamlash, mahallalarda o‘zaro tushunish va ishonch muhitini kuchaytirish hamda hurmat va mehr-oqibat qadriyatlarini tarannum etishga;
🟢atrof-muhitni asrash, muqaddas qadamjo, ziyoratgoh va qabristonlarni obodonlashtirish, ko‘chatlar ekishga hamda Ramazon oyi bilan bog‘liq tadbirlarda me’yorga amal qilish va isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslikka alohida e’tibor beriladi.
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Муборак Рамазон ойини муносиб тарзда ўтказиш тўғрисида"ги Қарори
—
Постановление Президента Республики Узбекистан "О проведении священного месяца Рамазан на достойном уровне"
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
+8
📜📜📜📜📜
Yurtimiz bo‘ylab talaba-yoshlarni boy madaniyatimiz va tarixiy merosimiz bilan yaqindan tanishtirish maqsadida “Muzeylarga tashrif” loyihasi tashkil etilmoqda.
Andijon davlat texnika instituti "Avtomobilsozlik va transport" fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari G.Yusupova, fakultet tyutori A.Norboyevlar tomonidan 2025-yil 26-fevral kuni talabalar uchun Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi "Shon-sharaf" muzeyiga sayohat tashkil qilindi. Sayohat chog‘ida Andijon viloyati IIB mas’ul xodimi tomonidan tizim o‘tmishi, shakllanish bosqichlari, muzeyda saqlanayotgan eksponatlarning ahamiyati haqida so‘zlab berildi.Talabalar Andijon viloyatida jamoat tartibini saqlash xizmatining vujudga kelishi, turli yillarga taalluqli xizmat kiyimlari, qurollar va maxsus vositalar, mustaqillik yillari tizimda amalga oshirilgan o‘zgarishlar, xalq osoyishtaligi yo‘lida xizmat qilgan fidoyi xodimlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan tanishdilar. Andijonlik general mayor G‘ofur Rahimov xizmat faoliyati, ichki ishlar xodimlarini jasorat namunalari yoshlarda ushbu tizimga bo‘lgan qiziqishni uyg‘otdi. ✅️Fakultet rasmiy telegram sahifasi:https://t.me/Translogis
#Xayrli_tong
Assalomu-alaykum qadrdonlar. Sog‘-salomatlikda otgan tongingiz xayrli va barakali kunning boshlanishi bo‘lsin. Doimo sevinch va baxtlarga to‘lib yashang!
Repost from ⚽️FUTBOL • TV
🇺🇿 Abduqodir Husanov asosiy tarkibda !
🇬🇧 "Man Siti"ning 🇬🇧 "Tottenhem"ga qarshi asosiy tarkibi ma'lum
⏰ Boshlanish vaqti: 00:30
⚽️FUTBOL TV kanali👇
https://t.me/+uhwjECp6j85kNDFi
Repost from TRM - Rasmiy kanal
🔹 Professor-oʻqituvchilar, metodistlar, amaliyotchi oʻqituvchilar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, magistrantlar, talabalar va taʼlim tizimidagi barcha muassasalar xodimlari diqqatiga!
🔹 Oʻzbekiston Respublikasi Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tomonidan 2025-yil 16-aprel kuni “Ta’lim muhitining transformatsiyasi: zamonaviy o‘qitishda raqamli texnologiyalarning o‘rni” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazilishi munosabati bilan maqolalar qabul qilish boshlandi.
🔹 Maqola va tezislar elektron shaklda 2025-yil 10-aprelga qadar raqamlitalim.trm.uz/conference veb-manzili orqali qabul qilinadi.
🔹 Batafsil maʼlumot axborot xatida.
Konferensiya to'plamida maqolalarni chop etish bepul!
— — — — — —
🔹 Вниманию профессорско-преподавательского коллектива, методистов, преподавателей-практиков, докторантов, независимых исследователей, магистрантов, студентов и сотрудников всех учреждений системы образования!
🔹 Республиканским научно-методическим центром развития образования начался прием статей в связи с проведением 16 апреля 2025 года международной научно-практической конференции «Трансформация образовательной среды: роль цифровых технологий в современном обучении».
🔹 Статьи и тезисы принимаются в электронном виде до 10 апреля 2025 года через веб-сайт raqamlitalim.trm.uz/conference.
🔹 Подробная информация в информационном письме.
Публикация статей в сборнике конференции бесплатна!
🔹 Telegram 🔹 Instagram
🔹 Facebook 🔹 X (Twitter)
🔹 YouTube 🔹 Trm.uz
📣📣📣Hurmatli talabalar, "Oltin Liga - 2025" musobaqasi 2-turi ertaga. Fakultet jamoalariga omad yor bo‘lsin!
