en
Feedback
FAKULTET YANGILIKLARI

FAKULTET YANGILIKLARI

Open in Telegram
617
Subscribers
No data24 hours
-177 days
-7230 days
Posts Archive
https://t.me/AT_fakulteti Ассалому-алайкум ҳурматли талабалар. Институтимиз Андижон давлат техника институти бўлиб янги ташкил этилди. Шу муносабат билан факультет каналини янгидан қайта ташкил этмоқдамиз. Барчаларингизни ушбу ҳавола орқали факультет янги каналига қўшилиб олишингизни сўраб қоламан.

Mahmudxoʻja Behbudiyning 150 yilligi munosabati bilan quyidagi tanlovlar tashkil etiladi. 1. Institut talaba-yoshlari oʻrtasi
Mahmudxoʻja Behbudiyning 150 yilligi munosabati bilan quyidagi tanlovlar tashkil etiladi. 1. Institut talaba-yoshlari oʻrtasida  “Mahmudxoʻja Behbudiy saboqlari” mavzusida insholar tanlovi. 2. “Behbudiy asarlarida ma’rifat va taraqqiyot gʻoyalari” mavzusida munozara tanlovi. 3. “Behbudiyni qayta kashf etamiz” mavzusida ijtimoiy tarmoqlarda esse va postlar tanlovi. Tanlov sanalari qo‘shimcha eʼlon qilinadi. Tayyorgarlik ko‘rib turishingiz uchun maʼlumot.

Repost from Edu.uz
#taqdirlash #VazirKubogi #Rektorlar “Vazir kubogi” sport musobaqasi g‘olib va sovrindorlari aniqlandi Toshkent davlat sharqsh
+9
#taqdirlash #VazirKubogi #Rektorlar “Vazir kubogi” sport musobaqasi g‘olib va sovrindorlari aniqlandi Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida Toshkent shahrida joylashgan oliy ta’lim muassasalari rektorlari o‘rtasida o‘tkazilgan mini-futbol, stol tennisi va shaxmat bo‘yicha “Vazir kubogi” sport musobaqasining g‘olib va sovrindorlari taqdirlandi. Tadbir davomida ishtirokchilarning yuqori darajadagi o‘zaro raqobati va jamoaviy qat’iyati alohida e’tirof etildi. Musobaqa g‘oliblariga “Vazir kubogi”, medallar hamda tashakkurnomalar topshirildi. Mazkur tadbir kelgusida sport sohasidagi hamkorlik va qo‘shma loyihalarni yanada rivojlantirishga turtki bo‘lib, oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida sportni ommalashtirishga xizmat qilishi qayd etildi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Repost from Edu.uz
4️⃣4️⃣4️⃣ 5️⃣5️⃣5️⃣ 💬“Ilmiy-ommabop gazeta va jurnallarda e’lon qilingan eng yaxshi material” tanlovi o‘tkaziladi ✔️Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi sizni “Ilmiy-ommabop gazeta va jurnallarda e’lon qilingan eng yaxshi material” tanlovida ishtirok etishga chorlaydi! ❗️Tanlovda oliygohlarda faoliyat olib borayotgan 35 yoshgacha boʻlgan yosh olimlar, ilmiy izlanuvchilari va talabalar qatnashishlari mumkin. ➡️G‘oliblar iyun oyining 5-sanasiga qadar aniqlanib, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan quyidagi mukofotlari bilan taqdirlanadi: 🥇-o‘rin - BHMning 25 baravari miqdorida; 🥈-o‘rin - BHMning 20 baravari miqdorida; 🥉-o‘rin - BHMning 15 baravari miqdorida. 🎚 Arizalar joriy yilning 1-10-may kunlari qabul qilinadi. 📃Tanlov nizomi
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Repost from Edu.uz
#izohsiz #sport #VazirKubogi #Rektorlar
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Repost from Edu.uz
#live #sport #VazirKubogi #Rektorlar Toshkentdagi oliy ta’lim muassasalari rahbarlari o‘rtasida “Vazir kubogi” sport musobaqa
+9
#live #sport #VazirKubogi #Rektorlar Toshkentdagi oliy ta’lim muassasalari rahbarlari o‘rtasida “Vazir kubogi” sport musobaqasi boshlandi Toshkent davlat Sharqshunoslik universiteti sport maydonlarida Toshkent shahridagi barcha oliy ta’lim muassasalari rektorlari (direktorlari) sportning mini futbol, stol tennisi va shaxmat turlari bo‘yicha kuch sinashmoqda. Ushbu tadbir davlatimiz rahbarining belgilagan topshiriqlarini amaliyotga joriy etishdagi qadam sifatida katta ramziy ahamiyatga ega bo‘lib, oliy ta’lim muassasalarida sport musobaqalari tizimini shakllantirish va mustahkamlashga yo‘naltirilgan strategik tashabbus sifatida e’tirof etildi. Tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Sport vazirligi, Milliy Olimpiya hamda Milliy Paralimpiya qo‘mitalari rahbariyati va boshqa tashkilotlar, shuningdek ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Repost from Edu.uz
#Ogohlik Firibgarlar endi ichki ishlar organlari rahbarlari nomidan qo‘ng‘iroq qilmoqda So‘nggi vaqtlarda yangi turdagi kiberfiribgarlik ommalashmoqda. Bu gal ular tomonidan huquq-tartibot idoralari, xususan ichki ishlar organlari rahbarlari nomidan soxta qo‘ng‘iroqlar bo‘lmoqda. Toshkent shahar IIBBning ma’lum qilishicha, firibgarlar O‘zbekistondagi aloqa kompaniya raqamlaridan chiqqani ko‘ringani bilan, aslida ular xorijdan qo‘ng‘iroq qilayotgan bo‘ladi. Turli ma’lumotlarni aytish orqali fuqarolardan yolg‘on sabablarni ko‘rsatib bank plastik kartasi raqamlariga ega bo‘lishmoqda va karta ichidagi pullarni yechib olishmoqda.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Repost from Edu.uz
#sport #ochilish #memorandum “Vazir kubogi” sport musobaqasi ochilish marosimida vazirliklar o‘rtasida qo‘shma qaror va memor
+9
#sport #ochilish #memorandum “Vazir kubogi” sport musobaqasi ochilish marosimida vazirliklar o‘rtasida qo‘shma qaror va memorandum imzolandi Toshkent davlat Sharqshunoslik universiteti sport maydonlarida “Vazir kubogi” sport musobaqasining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Sport vazirligi, Milliy Olimpiya hamda Milliy Paralimpiya qo‘mitalari rahbariyati va boshqa tashkilotlar vakillari ishtirok etdi. Ochilish marosimida so‘zga chiqqan mutasaddilar davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish va aholi jismoniy faolligini oshirishga qaratilgan tashabbuslarini hayotga tatbiq etish maqsadida “Vazir kubogi” sport musobaqasi tashkil etilganini ta’kidlab, ishtirokchilarga muvaffaqiyat tiladilar. Tadbir doirasida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Sport vazirligi o‘rtasida ikki muhim hujjat imzolandi: 🟢“Oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlarini sportga keng jalb etish, ular o‘rtasida ommaviy sportni rivojlantirish, zarur sharoitlar yaratish, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish to‘g‘risida” Qo‘shma qarori; 🟢“Oliy, oʻrta maxsus va kasbiy ta’lim muassasalari oʻquvchilari va talabalari oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib etish hamda ularni sport bilan muntazam shugʻullanishga jalb qilish yuzasidan” hamkorlik memorandumi. Qayd etilganidek, mazkur musobaqa oliy ta’lim muassasalari rahbarlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda do‘stona hamkorlikni kuchaytirishga xizmat qiladi. Tadbir davom etmoqda...
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Qay biri toʻgʻri?
Anonymous voting

#vatan_manzumasi 🔰Bugungi murakkab globallashuv davrida yoshlarni turli yot va zararli, o‘tkinchi g‘oyalardan ishonchli himo
+5
#vatan_manzumasi 🔰Bugungi murakkab globallashuv davrida yoshlarni turli yot va zararli, o‘tkinchi g‘oyalardan ishonchli himoyalash, ular qalbida vatanparvarlik, yurtga sadoqat, o‘zi tug‘ilib o‘sgan yurt kelajagi uchun mas’uliyat tuyg‘ularini mustahkam qaror toptirish endilikda har qachongidan ham dolzarblik kasb etmoqda. 🗓2025-yilning 4-mart kuni Andijon davlat texnika instituti, Muhandislik iqtisodiyoti va boshqaruv fakultetida “Vatan manzumasi” mavzusida adabiy-ma’rifiy kecha tashkil etildi. Tadbirda Tillar va gumanitar fanlar kafedrasi professor-o‘qituvchilari U.Abdullayev, M.Nazarov, Z. Aripova, I.Sirojiddinovalar mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosatini izchillik bilan amalga oshirilayotgani, ulg‘ayib kelayotgan avlodning ongi, tafakkurini to‘g‘ri shakllantirish, yoshlarning bilim olishi, kasb-hunar egallashi uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar haqida so‘zladilar.
✅ Bizni kuzatishda davom eting! 📱Telegram |📱 Facebook | 📱Instagram | 📱YouTube

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti ✅ Idoraviy mansubligi: O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi ✅ Aloqa harbiy instituti (keyingi o‘rinlarda - Institut) O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-yanvardagi "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa sohasida ofitser kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'grisida"gi PQ-4122-son qaroriga asosan tashkil etilgan. ➡️ O'qish muddati: 2 yil. ⚠️ Qizlar qabul qilinmaydi!!! ❗️ Kimlar nomzod bo'la oladi: 👉 Toshkent axborot texnologiyalari universiteti yoki uning hududlar bo‘yicha filiallarining 3-kurs bitiruvchi talabalari; 👉 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 3-kurs bitiruvchi talabalari; 👉 Axborot texnologiyalari yoki aloqa-kommunikatsiyalari yo'nalishlari 3-kurs bitiruvchi talabalari; 👉 Muhandislik-texnika oliy ta'lim muassasalari 3-kurs bitiruvchi talabalari. ✅ Mutaxassisliklari: 1⃣ Aloqa taktik-qo‘mondonligi; 2⃣ Axborotlarni kriptografik himoyalash va maxsus aloqa; 3⃣ Axborot texnologiyalari va dasturiy injiniring; 4⃣ Radioelektron razvedka va kurash; 5⃣ Havo hujumidan mudofaa radiotexnika qo‘shinlari uchun kadrlar tayyorlash; 6⃣ Havo hujumidan mudofaa zenit-raketa qo‘shinlari uchun kadrlar tayyorlash; 7⃣ Tarmoq va axborot tizimlari xavfsizligi; 8⃣ Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari uchun kadrlar tayyorlash (intellektual tizimlar). ✍ Institutga nomzod bo'lish istagidagi talabalar tegishincha o‘zlari tahsil olayotgan oliy ta'lim muassasalari (keyingi o‘rinlarda - oliy ta'lim muassasalari) rektorlari nomiga ariza bilan murojaat qiladilar. 🏢 Arizalar oliy ta'lim muassasalari tomonidan ular joylashgan hududdagi tegishli mudofaa ishlari bo'limlariga ikki kun muddatda yuboriladi. 🔠 Test sinovlari uchun fanlar majmuasi: 🔹 dasturlash – 20 ta test topshirig‘i, har bir tog‘ri javob uchun 1 balldan (jami 20 ball); 🔹 tarix – 20 ta test topshirig‘i, har bir tog‘ri javob uchun 1 balldan (jami 20 ball); 🔹 matematika – 20 ta test topshirig‘i, har bir tog‘ri javob uchun 1 balldan (jami 20 ball); 🔹 fizika – 20 ta test topshirig‘i, har bir tog‘ri javob uchun 1 balldan (jami 20 ball); 🔹 ingliz tili – 20 ta test topshirig‘i, har bir tog‘ri javob uchun 1 balldan (jami 20 ball). ➡️ Maksimal ball: 100 ball. ⏳ Test topshiriqlarini bajarish uchun (javoblar varaqasini to‘ldirish bilan birga) 100 ta savolga 3 soat 20 daqiqa vaqt beriladi. ✅ Umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash. ❗️ O‘qish yakunlari bo‘yicha yuqori natijalarga erishgan, mazkur institutda o‘qishni davom ettirish hamda kelgusida kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tash istagini bildirgan, shuningdek, sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra harbiy xizmatga yaroqli deb topilgan talabalar orasidan tanlab olinadi. ✅ Nomzodlarni saralab olish va o‘qishga qabul qilish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-apreldagi 775-son qaroriga muvofiq olib boriladi. ✅ Institut manzili: Toshkent viloyati, Zangiota tumani, Quyoshli MFY, 167-harbiy shaharcha.

#talabalar_bahori_festivali Har bir millat dunyo xalqlari vakillari orasida o‘zining urf odatlari, an’analari bilan ajralib t
+4
#talabalar_bahori_festivali Har bir millat dunyo xalqlari vakillari orasida o‘zining urf odatlari, an’analari bilan ajralib turadi. Milliy qadriyat va urf-odatlar millatni dunyo tamaddunidagi o‘rni, tarixan mavjud ekanligini yaqqol isbotidir. Zamonaviy dunyoda millatni o‘zligini saqlab qolish muhim masalalar qatoridan o‘rin olgan. Xalqimiz asrlar davomida o‘z qadriyatlari, milliy urf-odatlarini asrab-avaylab, uni asl holicha bizgacha yetib kelishini ta’minlagan. Ana shu vazifa bugungi kunda ham amalda. Andijon davlat texnika institutida Milliy qadriyatlar va urf odatlarimizni o‘zida jamlagan "Talabalar bahori" an’anaviy festivali tashkil etildi Mustabid tuzum davrida koʻplab urf-odatlarimiz eskilik sarqiti deb poymol qilindi, bu esa yoshlar taʼlim-tarbiyasiga milliy oʻzlikni asrab-avaylashga va shu orqali oʻzbek millatining maʼnaviy rivojiga salbiy taʼsir koʻrsatdi. Milliy urf-odatlar millat va elatning tarixi, anʼanalari, xalq ogʻzaki ijodi, sanʼat va adabiyoti, turmush tarzi va boshqa omillar taʼsirida shakllanib, takomillashib boradi. Tashkil etilgan festivalda milliy qadriyatlarimiz, urf-odat va an’analarimiz talaba-yoshlar ishtirokida bajarildi. Bu esa bugungi kun yoshlarini o‘zligimizni anglashida katta omil bo‘lib xizmat qildi.
✅ Bizni kuzatishda davom eting! 📱Telegram |📱 Facebook | 📱Instagram | 📱YouTube

Repost from AndMI I Oltin liga
⚽️"Oltin Liga - 2025" 3-tur uchrashuvlari ro'yxati bilan tanishing! ✅️"Oltin Liga" sahifalarimiz: 📱Telegram 📱Instagram 📱Fa
⚽️"Oltin Liga - 2025"  3-tur uchrashuvlari ro'yxati bilan tanishing! ✅️"Oltin Liga" sahifalarimiz: 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook

📌 Soliq mobil ilovasi orqali "kontrakt"dan to‘langan soliqni qaytarib oling ✅Jismoniy shaxslar "kontrakt" to‘loviga yo‘naltirilgan 12% daromad solig‘ini masofadan qaytarib olishi mumkin. 📲Buning uchun soliq organlariga bormasdan Soliq mobil ilova orqali shartnoma va toʻlov hujjatlarini (bitta pdf faylda skanerlangan holda) 📎 ilova qilib deklaratsiya yuborish mumkin. ✅“Soliq imtiyozini qaytarish” elektron xizmatida foydalanuvchining ish haqi va boshqa daromadlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar avtomatik shakllanadi. 📲Deklaratsiya yuborilganidan keyingi qadam – Keshbek va imtiyozlar bo‘limida "Ortiqcha to‘lovni qaytarish" xizmati orqali ariza yuboriladi. 🟣Face ID orqali shaxsingizni tasdiqlang. Bu haqda batafsil videoqo‘llanmada. ✈️Obuna bo’ling➡️ @OTM_Minbari

❗️Ихтиролари билан дунёни ўзгартирган олимлар: 🇮🇹 Галилео Галилей — Телескоп 🇬🇷 Архимед — Тутқич 🇬🇧 Исаак Ньютон — Ҳисоблаш 🇩🇪 Алберт Эйнштейн — Э=мc² 🏴󠁧󠁢󠁳󠁣󠁴󠁿 🇨🇦 🇺🇸 Александр Грем Белл — Телефон 🇵🇱 🇫🇷 Мари Кюри — Радиоактивлик 🇩🇪 Вернер Ҳеисенберг - Ноаниқлик принципи 🇺🇸 Томас Эдисон - Лампочка 🇬🇧 Чарлз Дарвин — Эволюция 🇳🇱 Антон ван Левенгук — Микроскоп 🇺🇸 Томас Эдисон — Фонограф 🇩🇪 Жоҳаннес Гутенберг — Босмахона 🇨🇦 Сер Фредерик Бантинг - Инсулин 🇺🇸 Бенжамин Франклин - Чақмоқ 🇸🇪 Алфред Нобел — Динамит 🇷🇺 Дмитрий Менделеев — Даврий система 🇺🇸 Роберт Оппенгеймер - Атом бомбаси 🇬🇧 Жеймс Ватт — Буғ двигатели 🇦🇹 Зигмунд Фрейд — Психоанализ 🇸🇪 Карл Линней - Бином номенклатураси 🇩🇪 Роберт Кох — Бактериология 🇺🇸 Карл Саган — Экзобиология кашшофи 🇫🇷 🇵🇱 Пер ва Мари Кюри — Радиоактив элементлар 🇮🇳 А.П.Ж. Абдул Калам - Ракета технологияси 🇬🇧 Розалинд Франклин — ДНК тузилиши 🇺🇸 Ричард Фейнман — Квант электродинамика 🇦🇹 Грегор Мендел — Мерос қонунлари 🇬🇧 Френцис Крик - ДНК тузилиши 🇩🇪 Отто Хан - Ядро бўлиниши 🇸🇪 Андерс Цельсий — Цельсий бўйича ҳарорат шкаласи 👉https://t.me/+4dzCB39t2RgyYjQy

⚡️Yil nomlari 1991-yildan 2025-yilgacha!
1991-yil — Alisher Navoiy yili. 1992-yil — Hamshiralar yili. 1993-yil — Ahmad Yassaviy yili. 1994-yil — Mirzo Ulug‘bek yili. 1995-yil — Abu Ali ibn Sino yili. 1996-yil — Amir Temur yili. 1997-yil — Inson manfaatlari yili. 1998-yil — Oila yili. 1999-yil — Ayollar yili. 2000-yil — Sog‘lom avlod yili 2001-yil — Ona va bola yili. 2002-yil — Qariyalarni qadrlash yili. 2003-yil — Obod mahalla yili. 2004-yil — Mehr-muruvvat yili. 2005-yil — Sihat-salomatlik yili. 2006-yil —Homiylar va shifokorlar yili. 2007-yil —Ijtimoiy himoya yili. 2008-yil — Yoshlar yili. 2009-yil — Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili. 2010-yil — Barkamol avlod yili. 2011-yil — Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili. 2012-yil — Mustahkam oila yili. 2013-yil — Obod turmush yili. 2014-yil — Sog‘lom bola yili. 2015-yil — Keksalarni eʼzozlash yili. 2016-yil — Sog‘lom ona va bola yili. 2017-yil— Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili. 2018-yil — Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili. 2019-yil — Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili. 2020-yil — Ilm-ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili. 2021-yilYoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili. 2022-yil — Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili. 2023-yil — Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili. 2024-yil — “Yoshlar va biznesni qo’llab-quvvatlash yili”
2025-yil — Atrof-muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili Edu - ta'lim yangiliklari✅️👇 https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy

"Oltin Liga - 2025"da qaysi jamoa chempion boʻladi deb oʻylaysiz?
Anonymous voting

2_5386553936020775531.m4a3.69 MB

Keldi bahor Sherali Jo rayev.mp35.72 MB