O‘ZBEKISTON QO‘L JANGI FEDERATSIYASI
Open in Telegram
O‘zbekiston huquqni muhofaza qilish organlari qo‘l jangi federatsiyasi Instagram👇 https://www.instagram.com/qoljangi_official/ Facebook👉 https://www.facebook.com/jangi.qol Youtube👉 https://www.youtube.com/@qoljangi1910 Veb sayt👉 https://qoljangi.uz
Show more2 392
Subscribers
-324 hours
+67 days
-4130 days
Posts Archive
Repost from Namangan viloyati sport boshqarmasi
+9
NAMANGANDA QO‘L JANGI BO‘YICHA VILOYAT KUBOGI O‘TKAZILDI
2026-yilning 18–20-avgust kunlari Namangan shahridagi “Qo‘l jangi markazi”da sportning qo‘l jangi turi bo‘yicha yoshlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida Namangan viloyati kubogi musobaqasi yuqori saviyada tashkil etildi.
Mazkur musobaqadan ko‘zlangan asosiy maqsad — yoshlar o‘rtasida qo‘l jangi sport turini yanada ommalashtirish, ularning sport bilan muntazam shug‘ullanishini ta’minlash, iqtidorli va istiqbolli sportchilarni saralab olish hamda ularning mahoratini oshirishdan iborat.
Musobaqada Namangan viloyatining turli hududlaridan tashrif buyurgan yoshlar va kichik o‘smirlar g‘oliblik uchun bahs olib bordilar. Sportchilar turli vazn toifalarida kuch sinashib, o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi, tezkorligi, chaqqonligi, kuchi, texnik va taktik mahoratini namoyish etdilar.
Murosasiz va qizg‘in kechgan bellashuvlarda har bir ishtirokchi g‘alaba uchun bor kuchini ishga soldi. Ayniqsa, yosh sportchilarning qat’iyati, intilishi va sportga bo‘lgan qiziqishi musobaqaga o‘zgacha ruh bag‘ishladi.
Musobaqa yakunlariga ko‘ra, o‘z vazn toifalarida yuqori natijalarni qayd etgan sportchilar g‘olib va sovrindorlar qatoridan joy oldilar. Ularga diplom, medal hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.
Ushbu musobaqa yosh avlodni jismonan barkamol etib tarbiyalash, ularda iroda, jasorat, intizom va g‘alabaga bo‘lgan ishonchni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Namangan viloyati sport boshqarmasi axborot xizmati
🌐Web-Sayt |📝Telegram | 📝Facebook | 💻Instagram | 🎞Youtube
Xalqaro Qo‘l jangi federatsiyasi prezidenti Astaxov Sergey Aleksandrovichning O‘zbekiston Milliy gvardiyasi o‘z faoliyatini boshlagan kuni munosabati bilan yo‘llagan tabrigi.
- - -
Поздравление президента Международной федерации рукопашного боя Сергея Александровича Астахова по случаю Дня начала деятельности Национальной гвардии Республики Узбекистан.
Website |Telegram |Instagram |Facebook| Youtube
Qoʻl jangi boʻyicha “Prezident kubogi” turniri oʻtkazildi
Website |Telegram |Instagram |Facebook| Youtube
Namangan TV | MAXSUS REPORTAJ
QO’L JANGI BO’YICHA XALQARO TURNIR BO’LIB O’TDI
Website |Telegram |Instagram |Facebook| Youtube
Namangan viloyati Chust tumanining chekka hududlaridan biri — Karkidon shaharchasida qo‘l jangi sport turiga ixtisoslashtirilgan “Lochin sport klubi”ning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur sport klubining foydalanishga topshirilishi yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, qo‘l jangi sport turini ommalashtirish hamda iste’dodli sportchilarni kashf etish va ularning mahoratini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Website | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | OAV
Turnirning oltinchi, ya'ni so‘nggi bahsi yakunlandi.
🇹🇷 Turkiya vakili Shehzade Mahsun 🇺🇿 O‘zbekiston sportchisi Mahammatov Begzod ustidan nokaut evaziga g‘alaba qozondi.
👏 Sportchilarni munosib ishtiroki bilan tabriklaymiz va kelgusi musobaqalarda ulkan zafarlar tilaymiz!
Ayollar o’rtasidagi yana bir jang
O‘zbekiston vakilasi Polvonova Nilyufar 70 kg vazn toifasida Qozog‘iston sportchisi Berkumbayeva Arujanga qarshi bahs olib bordi.
Bellashuv davomida Nilyufar ketma-ket aniq va kuchli zarbalar yo‘llab, ustunlikni qo‘lga oldi hamda ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Website |Telegram |Instagram |Facebook| Youtube
Bugun soat 20.00 da Namangan shahrining “Yangi O‘zbekiston”bog‘ida bo‘lib o‘tadigan qo‘l jangi bo‘yicha “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti kubogi” xalqaro turnirining qizg‘in jarayonlarini YouTube hamda Namangan va Sport telekanalida to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuzatishingiz mumkin.
Bizni kuzatishda davom eting, murosasiz janglarga boy bo‘lishi kutilayotgan qizg‘in bellashuvlarni o‘tkazib yubormang!
Website |Telegram |Instagram |Facebook| Youtube
