en
Feedback
ADChTI.uz | Rasmiy kanal

ADChTI.uz | Rasmiy kanal

Open in Telegram
7 756
Subscribers
+16824 hours
+4097 days
+1 61630 days
Posts Archive

👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍 ANDIJON DAVLAT CHET TILLARI INSTITUTIDA YANGI O‘QUV YILI — “ANDIJON” TELEKANALI NIGOHIDA 👍Andijon davlat chet tillari institutida 2026–2027-o‘quv yiliga rasman start berildi. Yangi o‘quv yilining ilk kunlari ko‘tarinki ruhda boshlanib, talaba-yoshlarni munosib kutib olish, ularning ta’lim jarayoniga moslashuvi hamda sifatli bilim olishi uchun yaratilgan shart-sharoitlarga alohida e’tibor qaratilmoqda. Institutda yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan tashkil etilgan tadbirlar, birinchi bosqich talabalarini kutib olish jarayonlari hamda ta’lim maskanida yaratilgan imkoniyatlar “Andijon” telekanalining informatsion dasturida ham keng yoritildi. 🎥Telelavhada institutning bugungi ta’lim muhiti, yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari, talaba-yoshlar uchun yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar hamda 2026–2027-o‘quv yilidagi ustuvor vazifalar xususida so‘z yuritildi. 🔻Ushbu jarayonlar "Andijon" telekanalining informatsion dasturida ham alohida e’tirof etildi. Lavhada yoshlarimizning erishayotgan yutuqlari, institutimizdagi sport infratuzilmasi hamda chempionlarimizning mashaqqatli yo‘li haqida so‘z boradi. ​📺 Lavhani to‘liq holda yuqoridagi videoda tomosha qilishingiz mumkin. 👍Sahifalarimizni kuzatib boring:️️️️️️Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube

🟥🟥🟥 👍Andijon davlat chet tillari institutida “Mustaqillik darslari” doirasida 1-bosqich talabalari ishtirokida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi. 🔺Uchrashuvda institut Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i A.Yunusov talabalar bilan ochiq muloqot olib bordi. 👍Sahifalarimizni kuzatib boring:️️️️️️Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube

🟥🟥 Ayni vaqtda Andijon davlat chet tillari institutida “Mustaqillik darslari” doirasida 1-bosqich talabalari uchun “Vatan” nomli kinofilm namoyishi boʻlib oʻtmoqda.
🎥Video mualliflari: “ADCHTI Media” jamoasi a’zolari — Sherali Ismoilov va Gulira’no Roʻziyeva.
👍Sahifalarimizni kuzatib boring:️️️️️️Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube

🇺🇸🇺🇿 АҚШлик талабалар Андижон "ИнЯз"да ўзбек тилини ўрганади Бугун Андижон давлат чет тиллари институтида АҚШдан ташриф б
+2
🇺🇸🇺🇿 АҚШлик талабалар Андижон "ИнЯз"да ўзбек тилини ўрганади Бугун Андижон давлат чет тиллари институтида АҚШдан ташриф буюрган 5 нафар талаба билан учрашув ташкил этилди. Меҳмон талабалар институт фаолияти, таълим жараёни ва яратилган шарт-шароитлар билан яқиндан таништирилди. 🇺🇿 Талабалар ўзбек тилини ўрганиш мақсадида институтимизга ташриф буюрган бўлиб, улар бир йил давомида АДЧТИда таҳсил олиб, ўзбек тилини ўрганадилар. 🌎 Мазкур ташриф Ўзбекистон ва АҚШ ўртасидаги таълимий-маданий алоқаларни ривожлантириш, хорижий талабаларни ўзбек тили ва миллий маданиятимизга янада яқинлаштиришда муҳим қадамдир. 👉 Vodiy1.uzга уланиш учун   https://t.me/Vodiy1uzofficial.  Водийнинг 1- рақамли каналига аъзо бўлинг

👍👍👍👍👍👍👍 Bugun 8-sentabr haftaning seshanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing. #bayramlar 🇺
👍👍👍👍👍👍👍 Bugun 8-sentabr haftaning seshanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing. #bayramlar 🇺🇳BMT – Xalqaro savodxonlik kuni. 🌏Fashizm qurbonlarini xotirlash kuni. 🌏Butunjahon jismoniy terapiya kuni. 🇪🇪Estoniya, 🇵🇭Filippin, 🇨🇦Kanada, 🇺🇸AQSh – Bobo va buvilar kuni. 🇰🇿Qozogʻiston – Oila kuni. #muhim_voqealar 🔹1504 – Mikelanjelo Florensiyada marmardan yasalgan Dovud haykalini koʻrgazma qildi. 🔹1636 – AQSHda Garvard universiteti tashkil topdi. 🔹1886 – Janubiy Afrikaning eng yirik shahri – Yoxannesburgga asos solindi. 🔹1888 – Angliya futbol ligasining 1-o‘yini o‘tkazildi. #tavalludlar 🔹1779 – Mustafo IV – Usmonlilar imperiyasining podshohi. 🔹1923 – Rasul Hamzatov – Dog‘iston shoiri. 🔹1946 – Aziz Sanjar – turk olimi, biokimyogar, Nobel mukofoti sohibi. 🔹 1969 – Darya Aslamova –  rus jurnalisti, yozuvchi. 👍Sahifalarimizni kuzatib boring:️Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube

🎬KADR ORTIDA — KATTA JAMOA! 🎥Bugungi yorqin kadrlar ortida “ADCHTI Media” jamoasining mehnati, kreativligi va fidoyiligi bor! 📸Har bir lahzani tarixga muhrlash uchun jamoamiz bugun ham bir tan-u bir jon bo‘lib ishladi.
🎥Video muallifi: “ADCHTI Media” jamoasi a’zosi - Marjona Umarova.
👍Sahifalarimizni kuzatib boring:️️️️️️Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube

YANGI O‘QUV YILI — YANGI ZAFARLAR SARI! 👍Andijon davlat chet tillari institutida 2026–2027-o‘quv yilining ilk qadamlari boshlandi! Yangi marralar, katta orzular va yorqin natijalar sari birgalikda olg‘a!💫 (2-video)
🎥Video muallifi: “ADCHTI Media” jamoasi a’zosi - Sherali Ismoilov.
👍Sahifalarimizni kuzatib boring:️️️️️️Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube

Repost from Aktual_uz TV
🎙 Yosh jurnalistlar to‘garagiga marhamat! 💵 Jurnalistikaga qiziquvchi barcha uchun BEPUL to'garak!!! ✅ Jurnalistlar uyushmasi Andijon viloyati bo'limi qoshida "Yosh jurnalistlar" to'garagining navbatdagi guruhiga qabul boshlandi. ‼️To'garakda siz: 🎙 Jurnalistika bo'yicha bilimlarga; 📱 Mobil jurnalistika bo'yicha ko'nikmalarga; 📹 Montaj qilishni o'rganish; 📹 Ko'rsatuvlar tayyorlash; ✍️ Xabar va maqolalar yozish; 📲 Ijtimoiy tarmoqlarda sahifalarni samarali yurgizish orqali daromadga erishish; 📲 SMM va target reklama; 🎙 Brand facelik qilish; 📷 TV va radiolarda amaliyot o'tash imkoniyatiga ega bo'lasiz. 📆 Kasting 19-sentabr kuni soat 10.00 da Andijon shahri Ma’rifat uyi 3-qavatda bo‘lib o‘tadi. 📝 Kastingda ishtirok etmoqchi bo'lganlar @abduvali_qurbon telegram manziliga "Kurs" so'zini yozib qoldirsin. 🏃 Shoshiling! Kastingga oz fursatlar qolmoqda. Ko'p tinglovchi olmaymiz. Joylar soni chegaralangan! 👉 https://t.me/aktual_uztv

YANGI O‘QUV YILI — YANGI MAQSADLAR SARI! 👍Andijon davlat chet tillari institutida 2026–2027-o‘quv yiliga rasman start berildi! Yangi oʻquv yili — yangi bilimlar, yangi yutuqlar, yangi imkoniyatlar va unutilmas lahzalarga boy bo‘lsin! (1-video)
🎥Video muallifi: “ADCHTI Media” jamoasi a’zosi - Umidjon Odilov.
👍Sahifalarimizni kuzatib boring:️️️️️️Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube

#Qabul2027 ANDIJON DAVLAT CHET TILLARI INSTITUTIDA DOKTORANTURA VA TAYANCH DOKTORANTURAGA QABUL BOSHLANDI 👍Andijon davlat chet tillari instituti 2027-yil uchun Oliy ta’limdan keyingi ta’limning doktorantura (DSc) va tayanch doktorantura (PhD) shakliga quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha qabul e’lon qiladi: 📝Ixtisosliklar ro‘yxati:10.00.04 – Yevropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti (PhD); — 10.00.05 – Osiyo va Afrika xalqlari tili va adabiyoti (PhD); — 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik va tarjimashunoslik (PhD); — 10.00.11 – Amaliy va kompyuter lingvistikasi (DSc va PhD); — 10.00.13 – Qiyosiy va chog‘ishtirma tilshunoslik (DSc va PhD); — 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (PhD); — 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (PhD); — 13.00.07 – Ta’limda menejment (PhD); — 13.00.08 – Maktabgacha ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (PhD). 🕘Hujjat topshirish muddati: 2026-yil 15-sentabrdan 15-oktabr kuni soat 23:59 gacha. 🌐 Hujjat topshirish manzili: ➡️ daraja.ilmiy.uz onlayn platformasi orqali. ✉️Qo‘shimcha ma’lumot uchun: Telegram manzili — @adchti_ilmiy1 👍Sahifalarimizni kuzatib boring:️️️️️️Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube

#13SKA #말하기 #시험 🗓 6-sentabr, yakshanba kuni Andijon Qirol Sejong koreys tili markazi tomonidan Andijon Davlat chet tillari i
+9
#13SKA #말하기 #시험 🗓 6-sentabr, yakshanba kuni Andijon Qirol Sejong koreys tili markazi tomonidan Andijon Davlat chet tillari institutida 13-SKA - koreys tili bilim darajasini aniqlash imtihonining gapirish (말하기) bo‘limi bo‘lib o‘tdi. Imtihon jarayoni malakali imtihon nazoratchilari tomonidan mas’uliyat bilan nazorat qilib borildi. 💻 Imtihon oldidan nazoratchilar tomonidan imtihon tartibi va jarayoni bo‘yicha zarur tushuntirishlar berildi. Imtihon noutbuklar orqali Zoom platformasi yordamida o‘tkazildi. Imtihon topshiruvchilar o‘zlariga belgilangan vaqtda kelib, imtihonda muvaffaqiyatli ishtirok etdilar. Imtihon yakunlangach, SKA imtihonini baholash va takomillashtirish maqsadida ishtirokchilardan so‘rovnoma olindi. 🇰🇷 Eslatib o‘tamiz! Ushbu SKA sertifikati Koreya Respublikasi Elchixonasi tomonidan tasdiqlangan bo‘lib, Koreyada o‘qishga kirish hamda viza olish jarayonlarida talab qilinishi mumkin bo‘lgan muhim sertifikatlardan biridir. 🤝 13-SKA imtihonida ishtirok etgan barcha imtihon topshiruvchilarga hamda imtihon nazoratchilariga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz! ☺️Andijon Qirol Sejong koreys tili markazi axborot xizmati ✔️ 🌀 Murojaat uchun: 👨‍💻@andijankr 📞 +998-99-007-56-99 @SEJONGANDIJAN

✍️✍️✍️✍️✍️ XO‘JAOBOD TUMANIDA DUAL TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH YO‘LIDAGI AMALIY ISHLAR DAVOM ETMOQDA 🏫 Xo‘jaobod tumanidagi 24-sonli umumta’lim maktabida Andijon davlat chet tillari instituti Umumiy va qiyosiy tilshunoslik kafedrasining tumandagi "Xorijiy tillar kafedrasi" markaziy filiali o‘z faoliyatini boshladi. 👍Institut rektori D.A.Rustamov filial faoliyati bilan yaqindan tanishib, dual ta’lim jarayonini samarali tashkil etish, nazariy bilimlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirish hamda filial imkoniyatlaridan maqsadli foydalanish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berdi. 🤝Mazkur tashabbus talabalarning nazariy bilimlarini amaliyotda mustahkamlash, kasbiy va pedagogik ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda zamonaviy talablarga javob beradigan malakali pedagog kadrlarni tayyorlashga xizmat qiladi. 👍Sahifalarimizni kuzatib boring: ⭐️️️️️️Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube